Pedagogika psixologiya



Download 18,99 Mb.
bet52/168
Sana13.02.2022
Hajmi18,99 Mb.
#446136
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   168
Bog'liq
Pedagogika va psixologiya majmua 2021 (1)

Kuzatish metodi. Psixologiya fanida bu metodning ob’ektiv (tashqi) va sub’ektiv (o’zini-o’zi) kuzatish turlari mavjud. Inson psixikasidagi o’zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

  1. kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi;

  2. kuzatiladigan ob’ekt tanlanadi;

  3. sinaluvchining yoshi, jinsi, kasbi aniqlanadi;

  4. tadqiqot o’tkazish vaqti rejalashtiriladi;

  5. kuzatish qancha davom etishi qat’iylashtiriladi;

  6. kuzatish insonning qaysi faoliyatida (o’yin, o’qish, mehnat va sportda) amalga oshirilishi tavsiya qilinadi;

  7. kuzatishning shakli (yakka, guruh, jamoa bilan o’tkazilishi) tayinlanadi;

  8. kuzatilganlarni qayd qilib berish vositalari (kundalik, suhbat daftari, kuzatish varaqasi, magnitafon, videomagnitafon, videoapparat, fotoapparat va boshqalar) taxt qilinadi.

Kuzatish orqali odamlarning diqqati, his-tuyg’ulari, nerv sistemasining tashqi ifodalari, temperament xususiyatlari, imo-ishoralari, sezgirligi, harakatchanligi, ishchanligi, xulq-atvori, nutq faoliyati va hokazolari o’rganiladi. Ammo o’ta murakkab ichki psixologik kechinmalar, yuksak hissiyotlar, tafakkur, mantiqiy xotira va aql-zakovatni tadqiq etishga bu metodning imkoni yetishmaydi.
Masalan, go’dak bolani kuzatishda uning harakatlari, o’yinchoqlarga munosabati, his-tuyg’usi, talpinishi, mayli, xohishi aniqlanadi. O’quvchining darsdagi holatini kuzatishda esa diqqatining xususiyati, tashqi qo’zg’atuvchi bilan ta’sirlanishi, temperamenti, xatti-harakatining sur’ati, emotsional kechinmasining o’zgarishi to’g’risida ma’lumotlar to’plashga imkoniyati tug’iladi. O’spirin yoshlarning sport faoliyatini kuzatish orqali ularning irodasi, ishchanligi, his-tuyg’usining o’zgarish xususiyatlari, g’alabaga intilishi, o’zining harakatini idora qila olishi yuzasidan materiallar yeg’ish mumkin. Ishchining dastgoh yonidagi faoliyatini kuzatish natijasida uning o’z diqqatini taqsimlashi, qiyin damlarda o’zini tutishi, imo-ishoralari, tashqi qo’zg’atuvchidan ta’sirlanish darajasi haqida keng ma’lumotlar yig’iladi. Keksalarning muloqot jarayonini kuzatish ularning xarakteri, nutq faoliyati, his-tuyg’usi, ekstravertivligi yoki intravertivligi, qiziquvchanligi va ruhiyatining boshqa xususiyatlarini aniqlash demakdir.
Tashqi kuzatishda ba’zan tafakkur bo’yicha ham ma’lumotlar olish: ish ustidagi kayfiyatini, fikrning muayyan ob’ektga yo’naltirilganini, tashqi qo’zg’atuvchilar ta’siriga berilmaslikni, chehradagi tashvish va istirobni, ko’zdagi g’ayri tabiiylikni, shuningdek, sinchkovlik, teranlik, termulish kabi ruhiy holatlarni kuzatib tafakko`rning kechishidagi o’zgarishlarni aniqlash mumkin. Bulardan tashqari, qo’lning titrashi, asabiylashish, nutqning buzilishi, hissiyotning beqarorlashuvi ham inson ruhiyatidagi o’zgarishlar bo’yicha ma’lumot beradi.




      1. Download 18,99 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish