Semestr
5
|
ECTS - Kreditlar
4
|
Fan / modul/ turi
Ochiq tanlov fan
|
Ta’lim tili
O’zbek va rus
|
Haftadagi dars soatlari
|
|
|
Auditoriya
|
Mustaqil
|
Jami
|
|
Fanning nomi
|
mashg’ulotlari
|
ta’lim
|
yuklama
|
1.
|
|
(soat)
|
(soat)
|
(soat)
|
|
Pedagogika. Psixologiya
|
60
|
60
|
120
|
O’quv fanining dolzarbligi va oily kasbiy ta’limdagi o’rni
Mazkur dastur pedagogika va psixologiyaning obyekti, predmeti va vazifalari va metodlari, kategoriyalari, pedagogik psixologik muloqotning texnologiyalari, O’zbekiston Respublikasining ta’lim tizimi, uzluksiz ta’limning maqsadi, mazmuni va tuzilishi, shaxs haqida tushuncha, faoliyatning psixologik tahlili, psixik jarayonlar,shaxsning individual psixologik xususiyatlari, rahbar, boshqaruv va mehnat psixologiyasi haqidagi masalalar, komil insonni tarbiyalashga aloqador bo’lgan tarbiya vositalari va manbalarini pedagogik faoliyatda samarali qo’llay olishga o’rgatishdan iboratdir. Pedagogik va psixologik bilimlar talabalarda o’quv va kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli egallash hamda amalga oshirish omili sifatida insonning shaxsiy xususiyatlari to’g’risidagi yaxlit tasavvurni shakllantirishga, o’qish, aqliy mehnat madaniyati va mustaqil o’qib bilim orttirish ko’nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.
“Pedagogika.Psixologiya” fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 3-kurs, 5-6- semestrida barcha nopedagogik bakalavriat ta’lim yo’nalishlarida o’qitiladi.
O’quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarning pedagogik va psixologik madaniyatini oshirish, inson faoliyatining muvaffaqiyatga erishish omili, mustaqil fikrlash va shaxsiy xatti-harakatlari oqibatlarini oldindan sezish, o’z imkoniyatlarini baholash, maqsadga erishish va hayotiy qiyinchiliklarni bartaraf etishning maqbul yo’llarni mustaqil toppish bo’yicha pedagogik va psixologik bilim va ko’nikmalarni shakllantirishdir.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko’nikmalar, pedagogik va psixologik hodisa va jarayonlarga ijodiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Fan bo’yicha talabalarni bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar qo’yiladi. Talaba:
pedagogik – psixologik bilim asoslari, o’quv faoliyati motivlari, xulq-atvori, muloqoti masalalarida uchraydigan ayrim muammolarni nazariy va amaliy jihatdan hal etish to’g’risida tasavvurga ega bo’lishi;
umumiy pedagogik va psixologik tushunchalarni, jamiyatdagi voqea-hodisalarni, shaxsning o’zida kechadigan ijtimoiy-psixologik jarayonning xususiyatlarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
talaba narsa-hodisalarni ilmiylik va mantiqiylik asosida o’rganish, ilmiy tafakkur va psixologik tasavvurning uyg’unligini ta’minlash, zamonaviy fikrlash, kundalik faoliyatda pedagogik va psixologik bilimlarni, qoidalarni qo’llay olish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
ma’ruza mashg’ulоtlarining tеmatik rеjasi
Do'stlaringiz bilan baham: |