A.M.Matyugikin bolalar iqtidorini tadqiq qilish tarixi. 50 yillar o’rtalarida AqSh da talant va iqtidor psixologiyasini tadqiq qilish ancha keng tarhaldi. Bolalar talanti va iqtidori bo’yicha jaqon ittifoqi prezidenti X.Passov VII - Xalharo konferensiyada ta'kidlaganidek, jamiyat hamisha iqtidorli, talantli odamlarga eqtiyoj sezganiga haramay faqatgina XX asr o’rtalarida ushbu muammo psixologik nuqtai nazardan tadqiq qilina boshlandi. Bunga 2 ta omil sabab bo’ladi: talantning tabiati, uni rivojlanishini ta'minlovchi sharoitlar haqida psixologik ma'lumotlarni qo’lga kiritilganligi va ilmiy texnologiyaning o’sishi. 1949 yilda Janubiy Kaliforniya Universiteti qoshida tashkil qilingan shaxsni o’rganish instituti talant va iqtidor muammosini tadqiq qilishni boshlab yubordi. Yosh olimlar guruqi - Dj.Gilford, P.Terrens, F.Barron, K.Teylor va boshhalar qator yangi tadqiqot proektlarini boshlab yubordi va fanda yangi konsepsiyalarni yaratdilar. Ushbu olimlar o’zlarining dastlabki tadqiqotlarida asosan ijodkor shaxslarni kuzatish, ular bilan suqbatlashish, dam olish orqali ular haqida ma'lumot yiqganlar (F.Barron, 1965). Tadqiqot davomida ilmiy stereotiplar, muqokamalarni engib o’tishga harakat qildilar. Iqtidorlikni "epimtoid tipning nasliy degenerasiyasi simptomi" sifatida harovchi tasavvurni yengib o’tish eng muqim vazifa edi (Ch.Lombrozo, 1891). Bunga XX asrning boshlarida 30 yil vaqt sarf bo’ldi.
Stenford-Bine shkalasi baholari bo’lmish originallik, notiqlik, maqsadga intiluvchanlik, masalalarga sodiqlik, ijodiy tafakkur, senzitivlik bilan mos kelmaydigan, korrelyatlanmaydigan faktorlarni tushuntirib beruvchi iqtidorlik modelini yaratish zarur edi. Tadqiqotchilar oldida turgan vazifalardan biri asosiy psixometrik faktorlarni inkor etish yoki uning psixik tabiatini tushuntirish edi (G.Ayzenk, E.Torndayk, L.terstoun, Dj.Gilford, Xoupfner). 50 yillarning oxiri 60 yillarning boshlarida psixologik amaliy topshiriqlar va maktab raqbariyatining bosimi ostida qoldi, ular iqtidorli bolalarning imkoniyatlarini to’liq amalga oshirishlari uchun zarur bo’lgan sharoit va dasturlarni yaratishni talab etdilar. Bu esa o’z navbatida katta ma'suliyatni talab etadi.70 yillarning boshlariga kelib individual farqlarni o’rganuvchi bo’lim amaliy fanga aylandi. Tadqiqotlar ta'lim sohasida olib borila boshlandi. Ijtimoiy tadqiqotlarga ko’ra iqtidorli shaxslar aytarli darajada bo’lib chiqdi (20%ni). P.Torrens ma'lumotlariga ko’ra maktab o’quvchilaring 30% iqtidorli va yuqori iqtidorli bolalar tashkil qiladi. 70 yillarning oxiri 80 yillarning boshlariga kelib psixologiyada yangi soha -talant psixologiyasi vjudga keldi (T.Nyulend, X. Passov, D.Denzulli, Tannenbaum, Volvill, Djenes va Robinson va boshhalar). Dj.Gilford ishlarining ko’rsatishicha, ko’pgina iqtidorli va talantli bolalar matab oxiriga kelib o’zlarining iqtidorini kattalardan yashirishga majbur bo’lganlaridan qattiq deprissiyani xis qiladilar. S.Maylz, S.Ladjoul va shora tadqiqotlarining ko’rsatishicha, iqtidorli bolalar orasidagi o’zini-o’zi o’ldirish tengdoshlarinikiga haraganda 2,5 barobar ko’p uchraydi. Iqtidoli bolalar differensial ta'limning mavjud emasligidan, maktablarning o’rtachao’quvchilarga yo’nalganligidan, dasturlarni yaxshi ko’rib chiqilmaganidan iqtidorli bolalar diskrimenasiyani qis qiladilar degan edi S.Marlend o’zining AqSh da qilgan nutqida (1972). Iqtidorli va talantli bolalar maktabining tashkil bo’lganiga ko’p yil bo’lganiga haramay pozitiv g’oyalar uchun ko’pgina omillar halaqit berdi.
O’qituvchilarning psixologik tayyor emasligi, iqtidorli bolalar bilan ishlashni bilmasligi ko’pgina * keltirib chihardi, ular bolalarni o’zboshimcha, qaysar, injiq, namoyishkor deb baholadilar. Psixologlarning fikricha bunday baho o’qituvchini iqtidorli bola shaxsini noadekvat tushunishi deb ta'kidlandi. P.Torrens tadqiqotlarining ko’rsatishicha iqtidorli bolalar tezda o’zlarining ilgarigi holatiga kelib qoladilar va bu o’quvchilar tomonidan qaysarlik, dangasalik deb baholanadi. D.Vebb, E.Mekstrot, S.Tolanlarning fikricha, qiyinchilik aynan bola o’zi mustaqil ravishda nega boshqa bolalar bemalol bajarayotgan ishni u qilaolmayotganini tushunmaydi. Intellektning ijodiy tafakkur diverensiyasi sifatida namoyon bo’lishi kattalar tomonidan ko’pgina oqishish deb baholanadi. Iqtidorli bolalar 2-3 soatni maktabda o’z intellektlarini niqoblagan qolda yurishga to’g’ri keladi. Iqtidorli bolalar o’z tengdoshlariga haraganda ijtimoiy moslashuvning dastlabki bosqichi bosib o’tadilar;
shsmirlik davrida konformizmni fazasi o’zgartirib ayrim guruqiy normalar, avtoritar liderliklarga harshilik ko’rsata boshlaydi. Bunday bolalar L.Kolberg bo’yicha ijtimoiy moslashuvning 3 bosqichiga tezda yetib keladilar va ichki lokus nazorat yetakchilik qilib xulq-atvorning konkensial shakli ko’rinadi. F.Galton va R.Kettellning izidan borib zamonaviy tadqiqotchilar yangi metodikalar yordamida iqtidorli bolalar tengdoshlari bilan muloqotdagi qiyinchiliklarni ko’rsatib berdilar (V.Boreson, Smit). Bu va boshqa ma'lumotlar AqSh da o’qituvchilar, maktab raqbariyati, iqtidorli bolalarning ota-onalari orasida ijtimoiy harakatni yuzaga keltirdi. 70 yillarning oxiriga kelib xususiy maktablar bilan bir qatorda davlat maktablarida ham differensial ta'limga e'tibor berila boshlandi. Sifatli darsliklar, vositalar yetishmasligiga qaramay aytarli o’zgarish amalga oshirildi. R.Rodjersning "agar biz jamiyatda taraqqiyot uchun ozgina o’zgarish qila oladigan insonlarga ega bo’lmasak, biz halok bo’lishimiz mumkin, bu ijodiylikning yo’qligi uchun to’lagan tavonimiz bo’ladi" degan so’zi mashqur bo’lib ketdi. 80 yillarning boshlariga kelib dunyoning 7 mamlakatida iqtidorli bolalarni asosiy xususiyatlarini o’rganish va kelajakdagi xavfni oldini olish uchun xalharo proekt amalga oshirildi. AqSh da iqtidorli o’smirlarni liderlikka o’rgatuvchi maxsus kurslar tashkil qilindi (D.Feldxoyusen, V.Richardson, D.Siks va boshhalar). Iqtidorli bolalar uchun maxsus dasturlar ishlab chiqilmoqda. AqSh, kanada va qator Yevropa mamlakatlarida o’quvchilarning individual kognitiv xususiyatlarini inobatga oluvchi maxsus maktablar tashkil qilindi. Bu borada qozirgi kunda ham qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |