«Kim chaqqon»
Maqsad:
Ko'rish, harakat sezgilari, rangni va fazoviy munosabatlarni idrok
qilish tushunchalarini rivojlantirish.
Ishning borishi:
Stol ustiga 12 ta shakl tartibsiz holda yoyib qo'yiladi. Shakllar
har xil rangda va kattalikda bo'lishi kerak. O'qituvchi bolalarning birini chaqirib
shaklni tez topib berishni taklif etadi, shaklni tez topgan bola uni baland ko'tarib,
uning nomini va nima uchun to'rt burchakligini, rangini, katta-kichikligini aytadi.
O'yin oxirida g'oliblar aniqlanadi.
«Kim chaqirdi»
Maqsad:
Bu o'yin orqali bolalarning eshitish sezgisini va idrokini
rivojlantirish.
Ishning borishi:
Bolalar doira shaklida o'tiradilar, bolalardan birortasi ko'zini
yumib yoki orqasini o'girib turadi, o'quvchilardan birortasi shu o'quvchining nomini
aytib chaqiradi.Ko'zini yumib turgan bola qaysi bola uni chaqirganini topa olishi
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |