«Kim chaqirdi?» Maqsad: O'quvchilarning sezgi, idrokini rivojlantirish.
Ishning borishi: O'quvchilar doira shaklida o'tiradilar. Bolalarning biri ko'zini
yumib yoki orqasini o'girib turadi. O'quvchilarning biri uning ismini aytib chaqiradi.
Ko'zini yumib turgan bola qaysi o'quvchi uning nomini chaqirganini topishi kerak.
«Ta'midan top» Maqsad: O'quvchilarning sezgi, idroklarini o'stirish.
Ishning borishi: Stol ustiga to'g'ralgan meva va sabzavotlar likopchada
qo'yiladi. O'quvchilar diqqat bilan o'tirishadi. O'qituvchi bolalarga likopchalarda meva
yoki to'g'rab qo'yilgan sabzavotlardan totib ko'rib, ta'mini aytib berishini taklif etadi.
Shundan so'ng o'quvchilardan biri ko'zlarini yumib turadi, ikkinchi o'quvchi uni
58
mehmon qiladi. Bola mevaning ta'mini totib ko'rib, uning nomini aytib beradi. Bu o'yin
orqali bolalarning sezish, idrok qilish jarayoni rivojlanadi.