O'yinni o'tkazish: mazmunli rasmlarning birortasi bolalarga ko'rsatiladi.
Rasmlarda nimalar aks ettirilganligini bolalar yaxshilab ko'rib olganlaridan so'ng,
biror bolaga rasmlarni stol ustiga qo'yib chiqish so'raladi. Rasmlarni qo'yib
chiqqandan keyin,bolalarning birortasi chaqirilib, rasmda aks ettirilgan faoliyat haqida
so'zlab berishni va stol ustiga qo'yilgan har bir buyumning nomini aytishni taklif
etadi.
«Uchadi, uchmaydi» Maqsad: Eshitish sezgisini, mantiqiy tafakkur va idrokni rivojlantirish.
Masalan: chumchuq - uchadi
ilon- uchmaydi
sigir- uchmaydi
bedana - uchadi
59
O'yinning borishi: bolalarga biror hayvon nomi aytiladi, bolalar aytilgan
hayvon harakatini bajarib ko'rsatadilar, uchmaydigan hayvon nomi aytilsa, jimgina
o'tiradilar.