Metodik ko`rsatma: Bolalar tinch o`tirishlari, og`izni ochish va yopish
vaqtida boshlarini u yoq – bu yoqqa tashlamasdan to`g`ri tutib turishlari kerak.
Og`izni ochiq holatda saqlab turish vaqti asta oshirib boriladi. Ammo u 4-6
sekunddan oshmasligi kerak.
«Kim kulishni biladi?» Maqsad: Lab harakatini faollashtirish.
O`yinning borishi: Tarbiyachi o`tirgan bolalardan shunday deb so`raydi:
«Oralaringizda kim ovoz chiqarmasdan kulishni biladi? Kulganingizda men
sizning ovozingizni eshitmay, faqat kulayotganlaringizni ko`ray. Qaranglar men
qanday kulaman («e» tovushini o`zicha talaffuz etib, qanday kulish kerakligini
7
ko`rsatadi.) Endi bolalar, hammamiz birgalikda kulamiz». SHundan keyin
tarbiyachi ovozsiz kulish harakatini yaxshi bajargan bolalarni bir-bir chaqirib,
boshqa bolalarga bu harakatlarni namuna tariqasida ko`rsatadi.