Nutqda “Q” tovushini hosil qilish
Maqsad:
- Bolalarning nutqida ―Q‖ tovushini hosil qilish, so’zlarda o’rnini
bilish;
- Bolalarni so’z boyligini va tafakkurini rivojlantirish.
Metodik usullar:
Mashqlarni bajarish, savol-javoblar uyushtirish, rasmlar bilan
ishlash, ―Kim tez topadi‖ didaktik o’yini
Jihozlar:
O’yinchoqlar, rasmlar, bolalarning ishtiroki.
Mashg’ulotning borishi:
“Q” tovushining pastanovkasi.
“Q” tovushini talaffuz qilganda:
A) Lablar biroz ochiq bo’ladi;
B) Tishlar orasi ham biroz ochiq:
V) ―Q‖ tovushi A, I, O, U unli tovushlari bilan birgalikda talaffuz etilganda til uchi
pastga tushgan va pastki kurak tishlarga biroz etmay turadi, tilning orqa kuragi
yumshoq tanglay bilan birikadi;
G) yumshoq tanglay ―K‖ tovushiga nisbatan yanada ko’tarilgan va tomoqning orqa
devoriga tiralgan bo’ladi, havo og’iz bo’shlig’i orqali o’tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |