3.Komil insonni tarbiyalash qanday mezonlarga asoslanadi?
«Komil inson» iborasi kamol topgan, yetuk, mukammal degan ma’nolarni anglatadi.
Komil insonni tarbiyalash – umumbashariy g‘oya. Ya’ni, bu – jami odamzotga xos orzu. Dunyodagi barcha xalqlar, millatlar va insonlar farzandlarining yåtuk,
barkamol bo‘lishini orzu qiladi. Låkin bu maqsadni amalga oshirishda har bir xalq o‘zining milliy xususiyatlari, an’ana va qadriyatlaridan kålib chiqadi. Shuning
uchun ular o‘zlari eng yaxshi, mukammal deb bilgan insonlardek bo‘lishga intilishadi. Siz kitoblarda o‘qigan Alpomish, Barchinoy, Farhod, Shirin, Tohir, Zuhra,
Kånja botir kabi qahramonlar xalqimiz tasavvurida ming yillar davomida komil insonni ko‘rish orzusi bilan yaratilgan badiiy obrazlardir. Ular xalqimizning o‘z farzandlarini mard, pahlavon, aqlli, bilimli, go‘zal va sog‘lom qilib tarbiyalash yo‘lidagi ezgu intilishlarini ifoda etadi.
Komil inson tarbiyasi hamma davrlarda muhim ijtimoiy vazifa hisoblanib, yaxshi tarbiya koʼrgan insonga jamiyatning boyligi deb qaralgan. Inson ziynati u egallagan bilimlari koʼrgan tarbiyasi bilan oʼlchangan. Islom dini taʼlimotida bilimli insonlar yetuk deb sanalsa, mutafakkirlarimiz qarashlarida komil inson boʼlish uchun koʼpgina fazilatlarga ega boʼlish lozimligi oʼz aksini topganini koʼrishimiz mumkin. Hozirgi zamon odamlari yashayotgan ijtimoiy muhitda asosan ikki yoʼnalishdagi – ilmiy – falsafiy va diniy – mistik dunyoqarash mavjudligi oʼz — oʼzidan ayon. Ularni bir biriga qarama – qarshi qoʼymagan holda – shuni taʼkidlash kerakki, Oʼzbekistonning asosiy qomusi – Konstitutsiyasida dunyoviy davlat qurish nazarda tutilganligi bois bogʼcha, maktab, oliy oʼquv yurtlari va boshqa muassasalardagi taʼlim — tarbiya tizimi jarayonida ilmiy — falsafiy dunyoqarash shakllantiriladi.Komil inson toʼgʼrisidagi nazariya va uslubiyat metodologik jihatdan Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, “Talim toʼgʼrisida”gi Qonunda, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida va boshqa hujjatlarda har tomonlama ishlab chiqilgan.
Komillikning bosh mezoni insoniylik hisoblanadi. Insonning eng noyob fazilatlaridan biri uning komillikka intilishidir. Mehnat, aql, idrok, odob – axloq, odamlarga yaxshilik qilish – insonning oliy fazilatidir.Har bir xalqning oʼzi yetuk allomalari, komil inson unvoniga musharraf boʼlgan ajdodlari bor. Ularning mehnati, merosi avlodlar koʼksini gʼurur bilan toʼldiradi. Xorazmiy, Farobiy, Fargʼoniy, Ibn Sino, Ismoil Buxoriy, Margʼiloniy, Beruniy, Ulugʼbek, Navoiy, Muqumiy va boshqalar inson qadr qiymatini hamma narsadan ustun qoʼyishga harakat qilganlar.Farobiy insonnig yaratuvchanlik qobiliyatiga yuksak baho beradi. U inson biologik mavjudot emas, balki aql zakovat sohibi ekanligini, oʼz mehnati bilan ijtimoiy mohiyat kasb etishini uqtiradi. Yusuf Xos Hojib ham insonga aql berib qoʼyilgan, shuning uchun ham yer yuzida har qanday mushkullikni oson yenga oladi, degan fikrni bildiradi. Navoiy dunyoda insonga qaraganda ulugʼroq kamolot yoʼq deydi:
Menga ne yoru, ne oshiq havasdir.
Agar men odam oʼlsam ushbu basdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |