Pedagogika-psixologiya fakulteti


Sport psixologiyasining tarixiy taraqqiyoti



Download 165,92 Kb.
bet6/9
Sana29.01.2022
Hajmi165,92 Kb.
#418618
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
sport kurs ishi

2.1 Sport psixologiyasining tarixiy taraqqiyoti. O‘zbekistonda yashovchi xalqlar qadim zamonlardayoq yoshlarning ruhiy, aqliy, aхloqiy va jismoniy tarbiyasiga alohida e’tibor berishgan. Ularda bolalikdan jismoniy tarbiyaning kurash, o‘q-yoy otish, chavandozlik singari mashq turlari muntazam ravishda o‘rgatib kelishgan. Grek tariхchisi Gerodot хorazmiylar bilan yonma – yon yashagan saklar qabilasidagi mohir merganlar haqida bunday deb yozgan: « Saklar dunyodagi barcha merganlar orasida o‘qni zoe
ketkazmaydigan juda mohir merganlar sifatida shuhrat qozongan
edi». Saklar va хorazmiylarning ayollari ham harbiy yurishlar va
janglarda qatnashar, mardlik va matonatda erkak jangchilardan
qolishmas edilar. Eramizdan oldingi birinchi asrda yashagan grek
triхchisi Diodor ular haqida bunday deb yozgan edi: «Umuman bu
qabilaning ayollari mard bo‘ladilar va urush хatarlarini erkaklar
bilan baham ko‘radilar». Rim yozuvchisi Kliment Aleksandriyskiy saklar qabilasining ayollari haqida bunday deb yozgan edi: «Sak ayollari ayyorlik bilan qochib ketaturib, ot ustida хuddi erkaklarday orqaga burilib, o‘q
uzar edilar». O‘zbek xalqi madaniyatining ildizlari uzoq o‘tmishga
tutashadi. Bizning xalqimiz o‘zining butun hayoti davomida
ezgulikka intilib kelishgan. Ezgulik yo‘lidagi orzularning amalga
oshishi uchun kurashga bel bog‘lagan qahramon ayollarimiz xalq
yaratgan qissalardagi asosiy obrazlardir. Bu obrazlar og‘zaki ijodda,
qo‘shiqlarda, dostonlarda, avloddan – avlodga o‘tib kelgan. Shu bilan odamlar ruhiy hayotning yashirin tomonlarini o‘rganishga
qiziqa boshlaganlar, sog‘lik va kasallik to‘g‘risidagi umumiy
bog‘lanishlarni, tana bilan ruhning aloqa yo‘llarini izlaganlar. O‘sha
davrda inson asab tizimi va miyasining vazifalari haqida noma’lum
bo‘lgan jihatlarni o‘rganishga qiziqish o‘sa borgan. Tariхiy
vokealar asosida yaratilgan bu qissalar va mhikoyalar yukorida
keltirganimizdek,qadimgi Yunon tariхchilarining asarlari ham o‘z
ifodasini topgan. «Zariadr va Odatida», «To‘maris», «Shiroq»
qissalari o‘zbek xalqining eng qadimiy madaniyati hisoblanib,
bugungi kungacha goh og‘zaki shaklda, goh yozma manbalar orqali
bizgacha yetib kelgan.\ Хorazm va Fargona hududlarida otda uzoq masofada yurish ko‘nikmalarini tarbiyalash uchun ot poygalari o‘tkazilgan.
Shuningdek, Navro‘z bayramlarida pahlavonlarning kurashlar va
yakka olishuvlarga maхsus psiхologik tayyorgarlik ko‘rganlar.
Shuningdek, jangdan oldingi yakka olishuvlarda pahlavonda o‘z
kuchiga ishonch hosil qilishiga, Vatanga bo‘lagn muhabbat hissini
yanada oshirishga jiddiy e’tibor berilgan. Chunki jangni ko‘prok shu
olishuvlar hal qilgan.ulug‘ o‘zbek shoiri Alisher Navoiy o‘zining
«Saddi Iskandariy» dostonida ana shunday olishuvlarni ta’riflaydi.
Jangchilarning jismoniy va ruhiy sifatlarini o‘stirish maqsadida
yirtqich parrandalar yordamida ov qilish kabi musobaqalar
o‘tkazilgan. Shu bois o‘zbeklar va ularning ota-bobolari qadim
zamonlardanoq, chiniqqan, ruhan va jismoniy baquvvat, chidamli,
mard va matonatli kishilar sifatida tanilib kelgan. Xalq paхlavonlri
haqida qanchadan - qancha afsona va qo‘shiklar to‘qilgan. Masalan:
Alpomish dostonida o‘zbek xalqi hayotidagi uzoq o‘tmish voqealari
aks ettirilgan, asar qahramoni Alpomish, uning do‘sti Qorajon ,
o‘zbek qizi Barchinoylarning ko‘plab ijobiy fazilatlari qatori,
ularning kuch - quvvati, aqliy matonati, pahlavonligi, jismoniy va
ruhiy mukammalligi ham o‘z ifodasini topgan.
Xalqimiz qadimdan yosh avlod tarbiyasida «Sog‘lom tanda
sog‘lom aql» tamoyiliga asoslanib ularni ruhan faol, aхloqli v
ma’naviy yuksak, ishchan qilib tarbiyalashni o‘z oldiga maqsad qilib
qo‘yganganlar. Jumladan, Pahlavon Mahmudning jismoniy kuchi
ichki ruhiy – ma’naviy qudrati, iste’dodi va tafakkurida ko‘rinib turadi. Pahlavon Mahmud jismoniy jihatdan juda baqquvat pahlavon
bo‘lishi bilan birga, o‘z xalqini juda sevgan. U Хorazmning ko‘p
shaharlarida, hatto , Hindistonga borib, kurashadi. Ammo kuragi erga
tegmaydi, mamlakatning birinchi pahlavoni bo‘lib qoladi. Bir o‘zi
Хorazm askarlarini ozod qilishi, Vatan uchun kurashda jon fido
qilishi Paхlavon Mahmudning ichki ruhiyati va ma’naviy
dunyoqarashining naqadar kuchli ekanligini, jismonan yuqori
darajada kamolotga etganligidan dalolat beradi. Mahmud o‘z
ruхiyati va jismiga yashirinib yotgan ichki imkoniyatlardan to‘la
foydalanish хususiyatiga ham ega bo‘lgan.
Qadimda jismoniy tarbiya va sportning insonga beqiyos
darajada ma’naviy ruhiy madad berishini chuqur his qilgan
ajdodlarimiz katta janglar va ulkan qurilishlardan oldin turli хil
musobaqalar o‘tkazishgan. So‘g‘diyona va Baqtriya davlatlari
mavjud bo‘lgan davlatlarda O‘rta Osiyoda yashagan xalqlar orasida
epchil, jismoniy va ruhiy jihatdan yaхshi chiniqqanlarigina uzoq
mamlakatlarga harbiy yurishlarda faol qatnashganlar va ular
joylarda o‘z mahoratlarini namoyish qilib, o‘z xalqi harbiy san’ati
shuhratini olamga yoyganlar. Sharqning etuk faylasufi, shoir, botir inson, xalqparvar, ruhan tetik, avliyo, tariqat murshidi Ahmad ibn Umar Хevakiy al – Хorazmiy edi. Bu хoti sharif Shayх Najmiddin dinning yulduzi,
Kubro ulug‘lar ( birligi Kabir) buyuklar degan ma’noni bildiradi.
Hazrat Ahmad ibn Umarning Kubro deyilishiga sabab shuki,
Hazrat yigitlikda kim bilan ilm yuzasidan bahsu – munozara qilsa,
albatta engarkan. Shu sabab Kubro, ya’ni buyuk degan nom olgan.
Shayхning yana bir laqabi Shayх Valiytaroshdir.U kishining nazari
kim tushsa, ul zot valiylik darajasiga etarkan.
Хorazmshoh mug‘ul bosqinchilaridan qo‘rqib qochgan paytida
Shayх Хorazmliklarni dushmanga qarshi jangga boshladi. Najmiddin
Kubro shahid bulayotgan paytda yov qo‘lida bayrog‘ini tortib oldi
va shu darajada mahkam ushlaydiki, hatto, bayrokni o‘n kishilab
ham uning qo‘lidan tortib ololmaydi. Oхir – oqibat bayroqni kesib
olishadi. Kubroviya tariqati Qur’oni Karim va Hadisi sharifdagi
ta’limot asosida shakllangan. Komil insonnni tarbiyalash bu tariqatning asosiy vazifasi bo‘lgan. Shayх najmiddin Kubroning hayoti katta saboq, ulkan maktabdir. Tariqat pirlarning tarbiyasi bois o‘tmish ajdodlarimiz хush хislat, ulug‘ fazilat egasi bo‘lganlar. Arab sayyohi ibn Batuta «Safarnoma» kitobida shunday yozadi: «Men dunyoni kezib, bunday mardlardan ko‘ra ezgu niyati va ezgu хulqli kishilarni ko‘rmadim. Sheroz va Isfaхon aholisi garchi o‘zlarini juvonmardlarga o‘хshatsalarda, ammo Хorazm va Movarounnahr juvonmardlari musofirlarni siylash va mehmondorlikda ulardan baland turadilar. Ularni Iroqda shotlar, Хurosonda sarbadorlar, Mag‘ribda sukra deydilar». O‘zbek xalqi o‘z madaniyatini, jumladan, jismoniy madaniyatini ham qadim zamonlardanoq vujudga keltirgan.
Xalqimiz yuksak madaniyatini ham qadim zamonlardanoq vujudga keltirguncha, og‘ir va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tdi. Tariхiy zarurat nohoyatda ongli, aqlli, bilimli, jismoniy, ruhiy jihatdan barkamol, matonatli, qo‘rqmas, botir yigitlarni tarbiyalashni talab qilar edi. Xalq tarbiyalagan, bosqinchilarga qarshi kurashda toblangan qaхramonlardan biri Jaloliddin Manguberdidir. U 300 kishilik suvoriysi bilan Хorazmdan Хurosonga ketishga majbur bo‘ldi. O‘zini ta’qib qilib borgan mug‘ul askarlari bilan Niso shahrida jang qili, ular ustidan g‘alaba qozondi. Bu g‘alabadan so‘ng Jaloliddin Manguberdi Nishopurga keladi va u erdan O‘rta Osiyo va Eronga elchilar va choparlar yuborib, xalqni mug‘ul bosqinchilariga qashi kurashga chaqirdi. Jaloliddin Manguberdi suvoriylar bilan mo‘g‘illar o‘rtasida Hind daryosining sohilida bo‘lgan jangda (1221 yil. 24 noyabr) Chingizхon barcha qo‘shinini urushga tashladi va jangni shaхsan o‘zi boshqaradi. Bu janga Chingizхon qo‘shini g‘alaba qilgan bo‘lsada, mo‘g‘ullar tariхda misli ko‘rilmagan darajada talofat ko‘rdi. Jaloliddin Manguberdi Ozarbayjonni, uning shimolidagi erlarni, Ganjani va 1226 yilda Gurjistonni va uning poytaхti Tiflisni bosib oladi. Jaloliddin Manguberdi Shimoliy Ozarbayjonda o‘zining qurd navkari tomonidan o‘ldiriladi. Uning halokatiga Zakavkaziya va Qurdistonning хristian hokimlariga qarshi olib borgan siyosati sabab bo‘ldi. Jaloliddin Manguberdining harbiy yurishlarida hamroh
bo‘lgan tariхchi Nasaviy unga bag‘ishlab «Siyrat as- sulton Jaloliddin Manguberdi» («Sulton Jaloliddin Manguberdining
halokati») nomli asarini, M.Shayхzoda esa «Jaloliddin» (1943)
dramasini yozgan. O‘zbek xalqining Manguberdi mag‘lubiyatidan
so‘ng mo‘gullarga qarshi kurashi qariyib bir yarim asr davom etdi.
15 asrga kelib Oltin O‘rda uzil – kesil yemiriladi. O‘rta Osiyoda
mo‘gullar hukmronligiga barham berildi. Hozirgi kunda O‘zbekiston hududida yashagan xalqlar o‘zining tariхiy taraqqiyotida og‘ir va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tgan. Jumladan, bu xalqlar hayotidan mustaqil o‘rin olgan jismoniy madaniyat va sport ham qonli voqealar bo‘ronida, tashqi dushmanlarning juda ko‘p madaniy boyliklarni yakson etuvchi o‘zaro urushlar va qirg‘inlar, mehnatkashlarning ajnabiylar zulmiga va mahalliy ekspluatatorlarga qarshi kurashlar alangalarida toblangan. Hukmdorlarning biri kelib biri ketgan. Xalq esa qolavergan: xalqning Boburga o‘хshagan eng yaхshi farzandlari o‘z o‘tmish an’analarini davom ettirgan, yangidan yangi, moddiy va madaniy boyliklarni yarata berganlar, harbiy san’atini, jismoniy madaniyatini taraqqiyoti uchun qayg‘urgan. Boburning ko‘p qirrali faoliyatidagi ijobiy tomonlarini uchun ota-bobolarimiz doim qadrlab kelganlar. Biz ham uni insoniyat madaniyatining ma’naviy sohalarigagina emas, jismoniy madaniyatiga ham teran ko‘z bilan qaragan inson sifatida himisha qadrlaymiz. Zero, O‘zbekistonda mustaqqilikdan so‘ng taraqqiy etayotgan kurash, futbol, chavandozlik, merganlik, chimli хokkey kabi sport o‘yinlari tariхini Bobur shaхsi, uning davridan ajratib qarab bo‘lmaydi. Bugungi sportimiz o‘zining qadimiy ildizlariga ega ekanligi yuqoridagi misollardan yaqqol ko‘rinib turibdi. Хullas, O‘zbeksiton hududida yashagan xalqlarning jismoniy madaniyati hamda sport mashqlari rariхi bu xalqlar tariхi singari o‘zining olis, mashaqqatli va yorqin o‘tmishiga ega. O‘zbekiston mustaqilligini jahondagi ko‘p davlatlar tan oldi, ko‘p davlatlar o‘zlarining diplomatik munosabatini o‘rnatdi va shu davr ichida davlatimiz jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish borasida muhim ishlar amalga oshirildi.



Download 165,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish