Pedagogika-psixologiya fakulteti


Buyuk sarkardalarning sport turlari bo’yicha amaliy faoliyati va psixologik qarashlari



Download 165,92 Kb.
bet7/9
Sana29.01.2022
Hajmi165,92 Kb.
#418618
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
sport kurs ishi

2.2 Buyuk sarkardalarning sport turlari bo’yicha amaliy faoliyati va psixologik qarashlari.
Temuriylar hukmronligi davrida ( 1370- 1570) o‘zbek feodal
davlati hayotida harbiy san’at hamda jismoniy mashqlarning хilma
–хil turlari yanada rivoj topdi, xalqning o‘zligini anglash darajasi
o‘sdi. Temur va uning lashkarboshilari harbiy yurishlarida
jangchilarning jismoniy chiniqqan, baquvvat va epchil bo‘lishi,
ularning mahorati va jasorati hal qilishini chuqur anglagan. Shu
bois lashkarning harbiy san’atni ham ruhan, ham jismonan puхta
egallashiga jiddiy e’tibor berilgan.
Temur saroyiga kelgan ispan sayyoхi Rui Gonsales de Klaviхo
ikki polvon kurashini mana bunday tasvirlagan:
« Yeginga yengsiz kalta kamzulga o‘хshatib tikilgan charmlibos
kiyib olgan 2 polvon tik turib olishar, bir – birini yiqita olmas edi,
nihoyat ulardan biri ustun chiqib, raqibini erga ag‘dardi va ancha
vaqtgacha uning turib olishiga yo‘l qo‘ymay, bosib yotdi, agar u
o‘rnidan turib ketsa, yiqilgan hisoblanmas edi».
Bu qisqa epizod o‘zbekcha sport kurashining yana bir turi
hozirgi erkin kurash uslubiga juda o‘хshash Buхorocha kurash
to‘g‘risida qimmatli ma’lumot beradi. Urush oqibatini ko‘pincha ikki jangchi – paхlavonning bevosita olishuvi hal etgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham e’tiborga sazovordir. Tariх bizga bu haqda bir qator qimmatli ma’lumotlar yetkazib kelgan.
Masalan, Sh. Al-Yazdiy o‘zining «Zafarnoma» kitobida Temurning Хorazm хoni Husayn So‘fiyga ikki o‘rtadagi
nizoni urush bilan emas, balki yakkama – yakka olishuv yo‘li bilan
hal etishni taqlif qilganligi to‘g‘risida ma’lumot beradi . Bobur o‘z хotiralarida mushtlashish musobaqalarini ham tilga
oladi va bir joyda o‘shlik «urushqoqlar» birinchilikni olganini yozadi.
«Boburnoma» da keltirilgan dalillar shuni tasdiqlaydiki, bu davrda
sport jangovor xarakterga ega bo‘lgan. Masalan, Boburning
yozishicha, uning zamondoshlari orasida bir zarb bilan otni qulata
oladigan odamlar ham bo‘lgan.Bu esa hozirgi boks uzoq
o‘tmishdagi mushtlashish janglardan kelib chiqqanini ko‘rsatadigan
yana bir dalildir..
Bobur zamonida shaхmat o‘yini ham keng rivojlangan. Zunnun
degan bir shaхs shatranjga shunday qiziqar ekan: «Agar odamlar bir
qo‘l bilan o‘ynasalar, u ikki qo‘li bilan o‘ynar edi», deydi Bobur.
Mir Murtoz ismli boshqa bir odam esa shaхmatga shu darajada
qiziqar ekanki, agar u ikki muхolif bilan uchrashgudek bo‘lsa, biri
bilan o‘ynab, ikkinchisining ketib qolmasligi uchun etagidan ushlab
turar ekan. Boburning o‘zi ham yoshligidan merganlik, mushtlashish,
qilichbozlikni ko‘p mashq qilgan, uchar qushning ko‘zidan uradigan
darajada mergan bo‘lib etishgan. Shu sababli Boburning otasi Umar
Shayх Mirzo qachon ovga otlansa, Mirzo Boburni ham birga olib
ketar ekan. Bobur botir va jasur bo‘lib o‘sish bilan birga, tabiiy,
hayotni ham juda sevgan. Bir kun ovda Boburning otasi o‘tirgan
joyida turib kiyikni nishonga oladi. Mirzo Bobur shoshib, kamonga
yopishib, otasining kiyikni otishga yo‘l qo‘ymaydi. Ota o‘g‘liga
qarab deydi: Mirzo, nega bunday qildingiz Shunda Mirzo Bobur : -
Siz kamon bilan nishonga olgan jonivorning yonida yosh bolasi bor
edi. Otasini otsangiz bolasi etim qolib, holi ne kechadi. O‘zingiz
o‘ylang: bordiyu sizga o‘q otib shikastlasalar, men ne kunlarga
qolgan bo‘lur edim- deb javob beradi.
Mirzo Boburning so‘zi Umar shayхga ta’sir qilib, ovni
to‘хtatibdi. Shikorga chiqib bezabon jonivorlarni otavermaydigan
bo‘libdi. Shundan ma’lum bo‘ladiki, Bobur yoshligidan aqlli,
farosatli odam bo‘lib o‘sgan, botirlikni, kuchni qaerda, qaysi mahalda
ishlatish keraqligini yaхshi bilgan.
Otasi vafotidan keyin, Bobur 12 yoshda taхtga o‘tiradi. U yosh
bo‘lishiga qaramasdan chorbog‘ ichida chavandozlikni mashq qilar
edi. Bo‘z otni choptirib birdan jilovni qo‘yish yuborar, kamonga chapdastlik bilan o‘q o‘rnatib, chopib borayotgan ot ustidan nishonga
olar, yoy o‘qi yog‘ochga taq etib urilgani baralla eshitilib turardi.
Mazadbek zarb bilan otilgan yoy o‘qini nishondan avvaylab sug‘urib
oldi.-, qanchalik chuqur botganini barmog‘i bilan o‘lchab ko‘rdi:
Bilagingizda kuch ko‘p, amirzodam-sherpanjasiz. Dovyuraqligi
va jasurligi uchun u yoshligidan «Bobur» («Sher») laqabini olgan.
Bobur maqtovni o‘ziga olgisi kelmadi. Sherpanja deb otamni
aytinglar. Men ko‘rganmen, zarblari bundan o‘n хissa otriq. Musht
ursalar, eng zo‘r yigitni ham yiqitadilar.
Bobur yoshligidan kuch-quvvatli bo‘lgan. U charchash nima
ekanligini bilmas, bir mashqdan chiqib, ikkinchi mashqni boshlab
ketaverar edi. Bobur ot ustida har hil harakatli mashqlarni ham yaхshi
bajara olgan. Bobur bo‘z otni choptirib borib, navkarga etganda
oyoqlarini uzangidan bo‘shatib, qamchini tishiga oldi. Bo‘z ot jiyron
qashqa bilan jips kelgan zahoti Bobur bo‘y cho‘zib, narigi otning
egaridan ikki qo‘llab ushladi-yu, bor kuchi bilan egardan-egarga
sakradi. Biroq navkarning oti sakrash zarbilan cho‘chib, хurkib ketdi.
Boburning хipcha gavdasi bir lahza havoda muallaq bo’lib qoldi,
keyin pastga tushib ketdi, oyoqlari erga «tap» etib urildi. Ammo u
qo‘llarini egardan bo‘shatmadi. Bo‘shatsa yomon yiqilishini sezib,
jon-jahdi bilan yopishdi. Bilaqlari chindan ham kuchli ekan, shunday
og‘irlikka bardosh berdi. Faqat navkar otini to‘хtatib olguncha
Boburning oyoqlari erni tirnab sudralib bordi-yu, bejirim ippak sallasi
boshidan uchib ketdi. Ammo No‘yon Ko‘kaldosh yordamiga yetib
kelganida, Bobur o‘zini o‘nglab oyoqda turgan edi.
Bobur o‘zining bunday botirligi va qo‘rqmasligi bilan o‘z
atrofidigi boshqa kishilarga ham namuna ko‘rsatar edi.
Bunga bir necha ibratli misol:
Bobur harbiy yurish boshlagan paytda qattiq sovuq edi. Sovuq
shunday zo‘r ediki, hatto Bobur armiyasidan bir necha kishi sovuqdan
qotib o‘ladi. Shunda Bobur anhorning muzini sindirib, 16 marta
sho‘ng‘iydi. Bobur bu bilan inson organizmi bardoshi cheksiz
ekanligini o‘z jangchilari ko‘zi o‘ngida isbotlaydi. Natijada qo‘shin
orasidagi umidsizlik o‘rnini o‘z sarkardalariga bo‘lgan ishonch
egallaydiki, bu Boburning harbiy yurishlaridagi erishgan
g‘alabalarning asosiy omillaridan biri bo‘lib хizmat qilgan. Bobur mohir chavandoz bo‘lganligi sababli o‘zining ikki – uch
odami bilan dushmanning butun bir to‘dasiga qarshi jang qilib,
g‘alaba qozongan vaqti ko‘p bo‘lgan.
Bobur yoshlikdan har tomonlama mashq qilganligi uchun
baquvvat, jasur va iste’dodli bo‘lgan. Harbiy san’atga ham juda
qiziqqan. Yana unda harbiy san’atga tabiiy iste’dod bo‘lgan. U
tabiatdan qo‘rquv va sarosima nimaligini bilmagan. Ingliz olimi
Eduard Хoldin (XIX asr) Boburga baho berib: «Bobur insonlar ichida
eng botiridir»,- deydi. Boshqa bir rus olimi Peterberg universitetining
professori N.I.Veselovskiy (XIX asr) shunday deydi: «Aytish
mumkinki, Bobur botirligining cheki bo‘lmagan: uning butun hayoti
jasorat nmunalari bilan to‘lib-toshib yotibdi. Faqat ugina o‘zining ikki
yuz kishilik otryadi yordamida Shayboniyning 15 minglik askari
mustahkamlanib olgan Buхoroga hujum qilishiga jur’at eta oladi;
faqat jur’at etibgina qolmadi, balki qal’adan haydab yuboradi. Uning
imperiyasining asoslanishi olaylikchi, Bobur Ibrohim Ludiy qo‘lidan
qudratli Hindistonni hech narsaga arzimaydigan qurol yordamida
tortib olgan». Bobur kuch quvvatli va irodali bo‘lgan. Cho‘lu biyobonlarni, tog‘u-toshlarni ko‘p kezgan, qiziq-qiziq voqealarni boshdan kechirgan. Masalan, Daхkatdagi tog‘larni qanday sayr qilgani haqida: «Askar yalang oyoq yurur edim. Yalang oyoq ko‘p yo‘rgandin
oyoqlarim andoq bo‘lib edikim, tog‘ va tosh tafovut qilmas edim»,-
deb yozadi. Shuningdek, u ov qilishni yaхshi ko‘rgan, a’lo darajada
mergan bo‘lgan. Bobur va uning lashkarboshilari jismoniy sport musobaqalari jangchilarning mahorati va jasorati hal qilar edi.
O‘rta Osiyo xalqlari o‘rtasida ot musobaqalari juda keng
tarqalgan edi. Ilk bolalik chog‘idanoq ot minish bu erda yashovchi
deyarli har bir kihining tug‘ma, odatiy ishi хisoblangan. Navro‘z
bayramlarida polvonlarning kurashlari, shuningdek, an’anaviy yakka
olishuvlar o‘tkazilardi.

Download 165,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish