Pedagogika-psixologiya fakulteti


II-Bob. Jismoniy tarbiya mashg'ulotlarini tashkil etish va o'tkazishda



Download 259,46 Kb.
bet7/12
Sana26.06.2022
Hajmi259,46 Kb.
#705459
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
maktabgacha talim muassasalarida jismoniy tarbiya mashgulotlarini tashkil etish va otkazishda talim metodlaridan foydalanishning oziga xos yollari

II-Bob. Jismoniy tarbiya mashg'ulotlarini tashkil etish va o'tkazishda
ta'limiy metodlarni qo'llash usullar. 2.1. Jismoniy tarbiya mashg'ulotlarida qo'llaniladigan ta'lim metodlari
turlari va ularning tavsifi.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiya mashg'ulotlari bolalarda harakat harakat ko'nikmalari, malakalari va jismoniy mashqlar haqidagi bilimlarni shakllantirishda mahim ahamiyatga ega bo'lgan ta'lim berish shaklidir. Bolalar jismoniy tarbiya mashg'ulotlari davomida "Bolajon" dasturi talablari asosida har bir chorak, xafta va kunlarga belgilangan jismoniy harakat turlarini mukammal o'rganib, mustahkamlab va takomillashtirib boradilar.
Jismoniy tarbiya mashg'ulotlari samarali va metodik jihatdan to'g'ri o'tkazilishi uchun maktabgacha ta'lim muassasasi xodimi-tarbiyachi o'ta bilimli,tajribali va metodik jihatdan qurollangan bo'lishi lozim. Har bir mashg'ulot to'g'ri rejalashtirilgan, mashg'ulot ishlanmasi oldindan tuzilgan va maktabgacha ta'lim muassasasi metodisti bilan uslubiy jihatdan maslahatlashilgan holda tashkil etilishi kerak.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiya mashg'ulotlari sport zalida yoki sport maydonchasida o'tkaziladi. Mashg'ulot o'tish joyi gigienik va metodik talablarga javob beradigan toza va ozoda saqlanadi. Jismoniy tarbiya mashg'ulotlarida ishtrok etuvchi bolalar tibbiyot xodimi nazoratidan o'tgan, sog'lom va sport kiyimlari (futbolka, shortik, sport oyoq kiyimi) kiygan xolatda mashg'ulotlarda ishtirok etadi.
Mashg'ulotda ishtirok etish jarayoni, mashg'ulotni tashkil etish va boshqarib borish tarbiyachidan etarli darajada ta'limiy metodlari qo'llashni talab qiladi.
Jismoniy mashqlarni mashg'ulotlar uchun tanlash programma asosida tuziladigan ish plani bo'yicha belgilanadi. Muayyan gruppa bolalari yoshini, har bir bolaning salomatligini, umumiy rivojlanish darajasini hisobga oluvchi prespektiv va kalendar planlar bolalar tomonidan egallangan xarakat ko'nikmalari, bolalarning individual-tipologik xususiyatlari, yil fasli, mashg'ulotlarni o'tkazish sharoiti, shuningdek, bolalarning avvalgi faoliyatini xisobga olishdan kelib chiqqan holda mashg'ulot vazifalari va konkret jismoniy mashqlar belgilanadi.
Navbatdagi mashg'ulot planini ishlab chiqishda oldingi mashg'ulotni sinchiklab analiz qilish qo'l keladi. Analiz jarayonida oldingi mashg'ulotda qo'yilgan vazifalarning amalga oshirilgan darajasi, bolalar reaktsiyasida namoyon bo'ladigan va mashg'ulotni hisobga olishda qayd etiladigan natijalar (barcha bolalar tomonidan va alohida holda yangi programma materiali o'zlashtirish darajasi; tanish harakatlarni egallashdagi progress yoki qo'shimcha mashqlar, engilroq variantlarni, birmuncha chuqurroq o'rganishni, bolalarni tashkil etish formasini o'zgartirishni, individual mashg'ulotlar va hokazolarni talab etuvchi u yoki bu qiyinchiliklar) aniqlanadi.
Oldingi va keyingi mashg'ulotlar o'rtasidagi uzviy aloqa, umumiy maqsadga yo'nalganlik mukammal sistemani ta'minlaydi. Bu tobora murakkablashib boradigan vazifalarni bajarishdagi aniq izchillikni, programmani o'tishni va shu asnoda har bir yosh gruppasidagi bolalar ta'limining natijalari muvafaqqiyatli bo'lishini belgilaydi. Oldingi mashg'ulot analizi asosida avvalo mashg'ulot asosiy qismining vazifalari: bolalarni yangi mashqlarga o'rgatish; oldindan tanish mashqlarni takrorlash va takomillashtirish (konkret jismoniy mashqlar ko'rsatiladi) belgilab olinadi. Shundan so'ng mashg'ulotning kirish va yakunlovchi qismiga mo'ljallangan mashqlar aniqlanadi.
Tarbiyachi, ayniqsa etarli tajribaga ega bo'lmagan tarbiyachi programmada berilgan metodik tavsiyalardagi jismoniy mashqlarni planlashtirish sistemasidan foydalanish mumkin. Ushbu tavsiyalarga ijodiy yondoshgan holda o'z gruppasidagi konkret sharoitga muvofiq planga zarur o'zgartirishlar kiritish mumkin. Ayni paytda mazkur ko'rsatmalar unga bolalarni programmaga ko'ra jismoniy mashqlarga sistemali o'rgatishda yordam beradi.
Tarbiyachi bolalarni uyushtirishning frontal, gruppaviy, individual kabi turli usullardan foydalanadi.
Frontal usullardan foydalanilganda bolalarga barcha uchun bir xil tarzda, bir vaqtda bajariladigan mashqlar beriladi. Frontal usulni mashg'ulotning istalgan qismida, ayniqsa bolalarni yangi mashqlarga o'rgatishda yoki allaqachon tanish mashqlarni takomillashtirishda qo'llashi maqsadga muvofiqdir. Bu usul bolalarda harakat uyg' unligini tarbiyalashda, ularni barcha uchun barobar vazifalarni hal etishga birlashtirishda, tarbiyachining bolalar bilan bevosita aloqaga kirishishida, shuningdek mashg'ulotlarning motor zichligini oshirishda samaralidir.
Bolalar mashg'ulot detallarini o'rganish va aniqlash jarayonida navbati bilan harakat qiluvchi unga katta bo'lmagan gruppaga bo'linishi mumkin. Bunda tarbiyachi mashqning bir yoki ikki gruppa tomonidan bajarilishini kuzatib borish imkoniyatiga ega bo'ladi, qolgan bolalar esa o'z o'rtoqlari harakatlarini kuzatadilar va tarbiyachini tinglaydilar.
Bundan tashhari mashqlarni potok usulida bajarishdan ham foydalaniladi, bunda barcha bolalar aynan bir mashqni navbatma-navbat, birin ketin, to'xtovsiz -potok usulida bajaradilar. Mashqlarni keng ko'lamda takrorlash uchun ularni bajarish ikki va uch potokda tashkil etilishi mumkin. Turli mashqlarni har bir bola tomonidan davra bo'ylab, stantsion tarzda izchil tartibda potok usulida bajarilishi foydali hisoblanadi (masalan, chambarak orasidan o'tish, skameykada qomatni tik tutib yurish, sakrab qo'ng'iroqchani chalish, chopish va yugurib kelib uzunlikka sakrash).
Jismoniy mashqlarni potok usulida bajarish usulini katta va tayyorlov gruppa bolalariga nisbatan qo'llash maqsadga muvofiqdir. Bu usulning mashqlarni takomillashtirishdagi alohida ahamiyatga molikligi va ularni o'rganishda esa kam ahamiyatga ega ekanligini qayd etib o'tmoq lozim: potok harakatning to'xtovsizligi tarbiyachiga ba'zan bolalar harakatdagi noaniqliklarni bartaraf etishda imkon bermaydi; u har bir bolani kuzatib boradi va bu vaqtda mashqlarni bajarilishini qisqa tarzda baholashi yoki ogohlantirishi mumkin. Shu bilan birga harakat - potok usulini ko'nikmalarni takomillashtirishda qo'llash bolalarda tezkorlik, epchillik, kuch, chidamlilik va fazoda mo'ljal olish kabi jismoniy sifatlarni tarbiyalashga xizmat qiladi.
Katta va tayyorlov gruppalarda gruppaviy usuldan foydalaniladi. U mashg'ulotda tarbiyachining bolalarni o'rgatish jarayoni va bolalarning avval orttirgan harakat ko'nikmalarini takomillashtirish bilan qo'shib olib borilgan hollarda qo'llaniladi. Bunda bolalarning bir gruppasi tarbiyachi rahbarligida biror-bir harakatga o'rgatiladi, ikkinchi gruppa bolalari (yoki ikkita katta bo'lmagan gruppa) esa bu vaqtda boshqa mashq turini mashq qiladilar (takroriy). O'zlariga avvaldan tanish, biroq turli mashqlarni (to'p o'yini, tirmashib chiqish, muvozanat saqlash va boshqalar), shuningdek ijodiy topshiriqlarni bajaradigan ikki yoki uch gruppa bolalar bo'lishi mumkin.
Tarbiyachi bir gruppani bevosita o'rgata borib, barcha shug'ullanuvchilarni ham e'tibordan qochirmaydi, bolalarga harakatlari to'g'riligini, tartib, xatti-xarakatlarini o'zlari nazorat qilib borishlarini taklif etadi. Mashg'ulot shunday tashkil etilganda bolalarda mas'uliyat, o'zini tuta bilishi, topshiriqni barcha uchun umumiy ish kayfiyatini buzmagan holda mustaqil bajarish malakasi, o'z ko'nikmalarini ongli ravishda takomillashtirish tarbiyalanadi va shuningdek, mashg'ulot davomida butun gruppaning xarakat aktivligi va yuqori motor zichligini saqlash imkoniyati yaratiladi.
Mashg'ulot jarayonida har bir bola o'ziga berilgan topshiriqni tarbiyachi nazorati ostida mustaqil bajarayotganida individual usuldan foydalanish mumkin. hamma uchun umumiy bo'lgan mashqlar detallarini aniqlashtirish maqsadida mashq tarbiyachi chaqirig'iga ko'ra individual tarzda bajariladi. Bunday usul tarbiyachining alohida e'tiborini, bolalarni yaxshi uyushtirishni, barchani aktiv kuzatishga jalb etish va topshiriqlar bajarilishining to'g'riligini analiz qilishni, mashqlarni tarbiyachi chaqirig'iga ko'ra qayta bajarishga tayyor turishni talab etadi.
Mashg'ulotda bolalarni uyushtirishning ko'rsatib o'tilgan usullarining har biridan foydalanish tarbiyachi qo'ygan vazifalarga, mashg'ulot o'tkaziladigan sharoitga va ularni ritsonal amalga oshirishga bog'liq. Bolalarni mashqlarga o'rgatishda fizkultura mashg'ulotlari samaradorligini oshirishga imkon beruvchi tashkil etishning turli aralash usullaridan foydalanish ayniqsa maqsadga muvofiqdir.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan fizkultura mashg'ulotlarini o'tkazishda nagruzka va dam olishni oqilona almashtirib turish zarur.
Dam olish mashg'ulot jarayonida aktiv va passiv bo'lishi mumkin. Aktiv dam olish birmuncha toliqish bilan kechgan faoliyatdan boshqasiga o'tishni ko'zda tutadi. Passiv dam olish aktiv harakat faoliyatini istisno qiladigan nisbatan xotirjam holat bilan xarakterlanadi.
Mashg'ulotda nagruzka va dam olishni to'g'ri almashtirib turish diqqatning optimal qo'zhalishini va bola emotsiyasini saqlashni ta'minlaydi, tabiiy vujudga keluvchi toliqishning oldini oladi. Bundan mayyan zo'riqish uyg'otadigan va kuch sarflashni talab etadigan, shu bilan bog'liq ravishda toliqish keltirib chiharadigan nagruzka ayni paytda organizmning tiklanish jarayoni, uning funktsiyalarini oshirishning omili ham hisoblanadi. Mavjud tadqiqotlar oganizmining ish qobiliyati ish va dam olishni almashtirish chog'ida muayyan fazalarning almashinish jarayonida qonuniy tarzda o'zgartirib turishini ko'rsatmoqda. Etarlicha nagruzkada ish qobiliyati asta-sekin pasayadi, biroz toliqish seziladi. Bolaning orgnizmga dam beruvchi faoliyatining almashinishi tiklanish jarayonlarining aktivlashishiga yordam beradi.
Shunday jqilib, toliqish va tiklanish jarayonlari o'rtasidagi organik aloqa va o'zaro o'tishlar dam olish va nagruzkaning o'zaro bog'liqlik qonuniyatini belgilaydi.
Yuqorida mashg'ulotning kirish qismi organizmni asta-sekin ishga ko'nikishiga va bolani mashg'ulotning asosiy qismiga tayyorlovchi psixik funktsiyalarning aktivlashishiga yordam berishi ko'rsatib o'tilgan edi. Mashg'ulot asosiy qismining boshida bolalarga juda qattiq diqqatni talab etuvchi material beriladi. Yangi harakat faoliyatiga o'rgatishda bolada uning dastlab obrazi, harakat tasavvuri vujudga keladi. Bu vazifani tushunib olish, mashq elementlarining tarbiyachi tomonidan bajarilish izchilligi, uning mashqni bajarish usullarini ko'rgazmasiz izohlash va tushuntirish bilan bog'liq. Shundan so'ng bolalar mashqni qaytadan mustaqil bajara boshlaydilar. Bu vaqtda mashqni iloji boricha aniqrog' bajarishga harakat jqilib bola o'z irodasini (aqliy va jismoniy) namoyon etadi. Bularning barchasi nerv sistemasining zo'riqishiga va organizmning psixik va fiziologik funktsiyasining oshishiga olib keladi. Shuning uchun bunday jarayon juda davomli bo'lishi kerak emas.
Bosh miya po'stlog'i to'qimalarining bir gruppa yoki butun bir uchastkasidagi uzoq davom etgan qo'zhalish albatta boshqa gruppalarda tormozlanish holatini keltirib chiharadi. Bu tashharidan haragandan bolalar parishonxotirligida, ular qiziqishi va emotsiyalarining susayishida, harakatlar koordinatsyasining bir qadar buzilishida, ba'zan qo'zg'flishdan ko'rinadi. Tormozlanishning muhim funktsiyalaridan biri miya po'stlog'i to'qimalarini o'ta darajadagi qo'zg'alishdan himoya qilishdir. Agar qo'zg'atuvchi ta'sir juda davomli yoki tez-tez takrorlansa, yohud haddan ortiq kuchli va tinkani quritadigan darajada bo'lsa, bunday holda miya po'stlog'ining qo'zhaluvchanligi susayadiva u qo'zg'atuvchiga javob qilmaydigan bo'lib qoladi.
Shunday ekan, nagruzkani dozalash, bolani bir xil faoliyatdan ikkinchisiga jalb etish va ish hamda dam olishni muntazam almashtirib turish qanday rol o'ynashi o'z-o'zidan ma'lum bo'lib qoladi.
Bolalar yangi mashqlarni o'zlashtirib olganlaridan keyin, ularga takroriy, kam kuch sarflab bajariladigan mashqlar beriladi. Bolalar tanish mashqni bajarishdan oldin tarbiyachining og'zaki ko'rsatmasini tinglaydilar va shundan keyin harakatlarni qaytadan bajaradilar. Tarbiyachi tomonidan ko'rsatma berishga sarflangan vaqt bolalarning tafakkur faoliyatini aktivlashtirishgan holda muskul faoliyatiga dam beradi.
Shundan so'ng bolalar harakatli faoliyatning detallarini ongli bajaradilar va nazorat qiladilar, bir necha bor takrorlash bilan uning to'g'riligini aniqlashtiriladi. Ana shulardan so'ng bolalarga avvaldan tanish mashqlar yoki stabillik bosqichida turgan variantlardan biri beriladi. Bu mashqlarning bajarilishi bolaning vazifaga nisbatan ongli munosabati saqlanishini ko'zda tutadi, biroq hosil qilingan sistema, ularning avtomatlashgani tufayli harakatli faoliyatni bajarish usuliga e'tiborni talab etmaydi. Bolalarga mashqni eslash va uni bajarish usulini hikoya jqilib berishni individual taklif etish mumkin, shundan so'ng mashqni hammalari qaytadan bajaradilar.
Ko'rsatib o'tilgan (namunaviy) topshirig'larni almashtirib turish tarbiyachiga butun mashg'ulotning qulay sur'atini (shoshma-shosharsizlik), bolalar faoliyati xarakterini almashlash, organizmning psixik va jismoniy funktsiyalari o'rtasidagi o'zaro aloqani belgilaydigan mashqlarning takroriy miqdorini ko'zda tutish imkonini beradi.
Mashg'ulotda bolalar faoliyatini to'g'ri almashtirib turish uning umumiy zichligini ta'minlaydi.
Mashg'ulotning umumiy va motor zichligi. Mashg'ulotning umumiy zichligi pedagogik jihatdan o'zini oqlagan vaqtning mashg'ulot davomiyligiga nisbati bilan belgilanadi.
Bolalarning tushuntirishlar, ko'rsatmalar, og'zaki instruktsiyalarni idrok etishi, tarbiyachi namoyish etgan jismoniy mashqlarni kuzatishi, topshiriqlarni tushunib olishi, bolalarning mashqlarni bajarish usullarini tushuntirib berishi, jismoniy mashqlarni bajarishi va dam olishi pedagogik jihatdan oqlangan usul hisoblanadi.
Jismoniy mashg'ulotlarga xarakteristika berishda jimoniy mashqlarni bajarishga, butun mashg'ulot davomiyligiga sarflanganvaqtning nisbati sifatida tushuniladigan motor zichligi juda muhimdir. U har bir konkret mashg'ulotning mahsuldorligini belgilaydi. Biroq mashg'ulotning motor zichligiga qo'yiladigan talablar o'quv-tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirishni istisno etmaydi. Bolalar aqliy va jismoniy faoliyatni to'g'ri, maqsadga muvofiq almashtirib turish mashg'ulot mazmuni puxta uylanganligi va uni malakali tarzda o'tkazishning ko'rsatkichi hisoblanada.
Mashg'ulot jarayonida zaruriy yordamchi harakatlarga juda oz vaqt ajratiladi (ashyolarni tarqatish, bolalarning qayta saflanishi, fizkultura snaryadlarini qayta joylashtirish). Tarbiyachi bu harakatlarni tashkil etishni oldindan o'ylab oladi va vaqtni behuda sarflash imkonini istisno qiladi. Tasodifan yuz beradigan tashkiliy xatoliklar (mashqlarni bajarish uchun zarur ashyolarning yo'qligi, bolalar kiyimi va poyabzalidagi kamchiliklar, zalda begona kishilarning paydo bo'lishi) pedagogik jihatdan o'zini oqlamagan holda sarflangan vaqt sifatida belgilanadi. Jismoniy mashg'ulotlar qo'yilgan ta'lim-tarbiyaviy va sog'lomlashtirish vazifalariga javob bera olishi uchun ular qiziqarli bo'lishi, bolalarda muayyan emotsional ko'tarinki ruh uyg'otishi zarur.
Istalgan yosh gruppasi mashg'ulotlarida qiziqishning yuzaga kelishi mashqlar va o'yinlarning muayyan yangiligi hamda fikr, harakat aktivligi, ijobiy emotsiyalar, natijaga erishish istagini uyg'otadigan vazifalarni asta-sekin murakkablashtirish bilan ta'minlanadi. Kichik gruppalarda qiziqish va emotsiyalar harakatlarni bajarish jarayonining yo'ldoshi hisoblanadi. U muskul harakati sezgisidan va harakat vazifalarini muvafaqqiyatli bajarishdan qoniqish hissini uyg' otadi.
Birmuncha kattaroq gruppalarda bolalarning qiziqishi ularning mashqlarni mustaqil bajarishi, ayrim qiyinchiliklarni ongli ravishda engib o'tishi tufayli ortadi. Shunday ekan, tarbiyachi mashg'ulotni muvafaqqiyatli o'tkazish uchun har bir bolaning xususiyatlarini yaxshi bilishi va shu asosda kollektiv mashg'ulot jarayonida individual rahbarlikni moqirona amalga oshira olish lozim. Bunda u psixik va jismoniy nagruzkalarning intensivlik darajasini hisobga oladi hamda ularni o'z vaqtida boshqarib boradi. Masalan, bolalar qiziqishi va emotsiyalarining susayishi, kechikadigan reaktsiyalar, diqqatning tarqoqligi, quzg'alish-bularning hammasi bir holda nagruzkaning kamligi, ikkinchi holda esa nagruzkaning ko'pligi va toliqish natijasi bo'lishi mumkin. Jismoniy zo'riqishda biroz halloslash, engil terlash, harakatlarning susayishi kuzatilishi mumkin. Bu ularning hammasi tarbiyachining mashg'ulotdagi rahbarligi mazmuni va metodikasida ba'zi bir kamchiliklar mavjudligidan guvohlik beradi.
Bunday qodisalarning oldini olish uchun gohida bolalar faoliyatini o'zgartirishga qaratilgan bir qator metodik usullar qo'llansa, bu bilan ko'zga tashlangan charchash, toliqish holatlarining oldi olinadi hamda organizmning psixik va fiziologik funktsiyalari mutanosib holga keltiriladi, bu esa ish qobiliyatini saqlab qolishga ko'maklashadi. Boshqa bir hollarda emmotsiyani, ya'ni xis - tuyg'ularni oshirishga qaratilgan harakatlarni bajarish yo'li bilan bunday charchash, harsillab qolish singari holatlarning oldini olish lozim.
"Bolalar bog'chasida ta'lim va tarbiya prograrnmasi'' ga ko'ra fizkultura mashg'ulotlari haftasiga uch marta o'tkaziladi. Ulardan biri muzika jo'rligida o'tkazilishi mumkin. Muzika asarlarini sinchiklab tanlash va ularni malakali ijro etish buning zarur sharti hisoblanadi.
Yosh jihatdan aralash gruppalardagi fizkultura mashg'ulotlari jismoniy mashqlarni juda sinchiklab tanlashni talab etadi. Bu mashqlar bir gruppaga birlashgan barcha bolalarning yosh xususiyatlari va imkoniyatlariga mos kelishi lozim.
Bola rivojlanishidagi har bir alohida yosh bosqichi o'zining psixik va jismoniy xususiyatlariga ega. Shuning uchun jismoniy mashqlar va ta'lim metodikasining mazmuni ham har xil bo'lishi kerak. Kichik yoshdagilar uchun oqirlik qiladigan, bevaqt berilgan va ayni paytda katta yoshdagi bolalar uchun engil, birmuncha psixik va jismoniy zo'r berishni talab etmaydigan material ikkala holda ham maqsadga muvofiq emas. Kichik yoshli bolalar o'zlari uchun murakkab bo'lgan zarur oraliq zvenodagi qiyinchiliklarni muvafaqqiyatsiz tarzda bartaraf etadilar.
A.V.Zaporojets "har bir yosh bosqichida umumiy psixofiziologik binoning navbatdagi qavati qo' yiladi, vazifa uni behuda shoshma-shosharsizlik, oldingi qavatni bitirib bo'lmasdan keyingisini qo'ymasdan juda yarashiqli qilib qurishdan iboratdir' -deb ogohlantiradi.
Ayni paytda katta yoshli bolalar o'z imkoniyatlaridan past mashqlarni bajarayotganlarida ularning o'zlariga beriladigan aqliy va jismoniy zo'r berishni talab etmaydigan materialga nisbatan qiziqishi yo'qoladi. Shuning uchun aralash gruppalarga mo'ljallangan mashg'ulotlar programmasining mazmuni har bir yosh gruppasi bolalari imkoniyatlariga mos bo'lishi lozim.
Bunday gruppalarda mashg'ulotni planlashtirishning qiyinchiligi shundaki, bir tomondan har bir gruppa bolalari uchun ularning yosh gruppalariga muvofiq jismoniy mashqlarni tanlash, ikkinchi tomondan barcha bolalarni ular uchun qiziqarli bo'lgan faoliyatga birlashtirish imkonini topish zaur.
Mashg'ulotlarni namunaviy o'tkazish imkoniyatlarini ko'rib o'tamiz.
Mashg'ulot boshlanishi oldindan katta yoshli bolalar sport kostyumlarini kiyadilar, so'ng ularning ayrimlari birmuncha kichik yoshlilarning kiyinishiga yordam beradilar, boshqalari esa zarur fizkultura inventarini mashg'ulotlarga mustaqil tayyorlaydilar. Ish shunday tashkil etilganda kichkintoylar mashg'ulotni o'tkazishni orqaga surmaydilar, katta yoshlilar esa ularning yoshiga yarasha mehnat faoliyati turi bilan shug'ullanadilar va kichiklarga yordam ko'rsatadilar.
Mashg'ulot turlicha boshlanishi mumkin: masalan, xonaga dastlab kichik bolalar kiradilar va o'tiradilar, ulardan so'ng katta yoshli bolalar kiradilar. Ularning qad-qomatni tutishi va harakatlari kichiklar tahlid qilishlari uchun ko'rgazmali namuna bo'lib xizmat qiladi.
Shundan so'ng kichik yoshli bolalar o'z programmalari bo'yicha qator mashqlarni bajaradilar. Bunda ba'zan katta yoshli bolalar mashqlarni bajarish usulini ko'rsatgan holda qatnashishlari mumkin (masalan, doira bo'ylab sarflanishda katta yoshli bolalar kichik yoshlilar o'rtasida turadilar, kichkintoylar ularning harakatlarini kuzatib turadilar). Boshqa bir holda esa kichik yoshlilarni gruppachalarga bo'lish va ularning har birini katta yoshlilarga topshirish mumkin, katta yoshlilar ularni tarbiyachi rahbarligida o'rgatib boradilar. "haranglar, - deydi tarbiyachi - katta bolalar bayroqchalarni yuqoriga qanday ko'tarishyapti va o?ista pastga tushurishyapti". Namoyishdan so'ng u: "Endi sizlar ham kattalar bilan birgalikda shu mashqni bajaring", - deydi. Ishni bunday tashkil etish katta tarbiyaviy mazmunga ega bo'lib, u katta yoshli bolalarda mas'uliyat, aqillik, qoniqish hissini, kichiklarda esa barcha narsani yaxshi ado etadigan o'zidan kattalarga hurmat hissini uyg'otadi.
Shunday bo'lishi ham mumkinki, tarbiyachi kichik bolalar bilan band bo'lganda katta yoshlilar xonaning ikkinchi burchagida boshqa biror harakat turi bilan mustaqil shug'ullanishadi, bunda ular tarbiyachi e'tiborida bo'ladilar.
Bolalarni mashg'ulotda uyushtirishning u yoki bu formasini tanlash, mashg'ulot vazifalari va mazmuniga, bolalar soniga hamda ularning umumiy intizomiga bog'liqdir.
Kichik yoshli bolalar bilan harakatli o'yin o'tkazishda (ba'zan barcha bolalar uchun umumiy o'yin o'tkazilishi mumkin) tarbiyachi katta yoshlilar gruppasidagi ayrim bolalarga o'yinni tushuntirishni (agar bolalarda bunday tajriba bo'lsa), o'yin vaziyati hosil qilishni (stullarni qo'yib chiqish, zarur bo'lganda o'yinchoqlarni joylashtirish va boshqalar) yoki ona qush, kurk tovuq, mushuk, avtomobil rolini bajarishni topshiradi: boshqa bolalar o'yinda kichik yoshlilar bilan birga qatnashishlari mumkin.
O'yindan so'ng kichik yoshlilar enaga kuzatuvi va yordamida sayrga tayyorlanadilar, katta yoshlilar esa, tarbiyachi bilan o'z programmalari bo'yicha shug'ullanishni davom ettiradilar.
Keltirilgan mashg'ulot plani taxminiy hisoblanadi va u doimiy bo'lishi mumkin emas. Yosh jihatdan aralash gruppalarda fizkultura mashg'ulotlarini har xil tashkil qilishga intilish zarur. Masalan, bolalar navbati bilan shug'ullanishlari mumkin: dastlab katta yoshli bolalar shug'ullanadilar, kichik yoshlilar esa bu vaqtda enaga kuzatuvida o' ynaydilar yoki aksincha - kichik yoshlilar tarbiyachi hamkorligida jismoniy mashqlar bilan shug'ullanadilar, katta yoshli bolalar esa tarbiyachining topshirig'iga ko'ra biror narsa bilan mustaqil mashqul bo'ladilar.
2.2. Jismoniy tarbiya mashg'ulotlarini o'tkazishni takomillashtirish maqsadida olib borilgan ilmiy tajribalar natijalari
Maktabgacha ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiyani tashkil etish shakllari xilma-xil bo'lib ularning barchasi maktabgacha yoshdagi bolalarni jismonan sog'lom va har jihatdan aqlan etuk jqilib tarbiyalashga qaratilgan.
Bitiruv malakaviy ishi mavzusi yuzasidan harshi shahri va harshi tumanidagi bir nechta maktabgacha ta'lim muassasalarida ushbu sohada olib borilayotgan ishlar bilan tanishganimizda harshi shahridagi "Semurg", "Turnacha" va "Yulduzcha" harshi tumani Beshkent shahridagi "G'uncha" va "Olmaxon" nomli maktabgacha ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiya bo'yicha sport sog'lomlashtirish tadbirlari, ertalabki gimnastika, harakatli o'yinlar, sayr paytidagi jismoniy mashqlar, jismoniy mashq daqihalari, kunduzgi o'yinidan so'ng o'tkaziladigan jismoniy mashqlar, chiniqtirish tadbirlari va ommaviy sport bayramlari muntazam o'tkazilib kelinayotganligining guvohi bo'ldik.
Jismoniy tarbiya mashg'ulotlari maktabgacha ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiyadan bo'ladigan ishlarning asosiysi bo'lib, mashg'ulotlar ta'limiy tarbiyaviy va sog'lomlashtirilgan vazifalarni hal etishga qaratilgan.
Yuqorida nomlari keltirilgan maktabgacha ta'lim muassasalari barchasida jismoniy tarbiya uchun mo'ljallangan jihozlar, sport maydonchalari, "Semurg" va "Turnacha" nomli maktabgacha ta'lim muassasalarida esa zamonaviy tarzda jihozlangan sport zallari mavjudligini guvohi bo'ldik.
Kuzatilgan maktabgacha ta'lim muassasalarining barchasida muassasa hududida ko'rilgan sport jihozlari, muassasa pedagog xodimlari va rahbariyatining ijodiy yondashuvida ikkilamchi materiallar: avtomobil balonlari, daraxt to' nkalari, yoh'och bo'laklari, rezina moslamalar va boshqa materiallardan foydalanib yaratilgan. Bu jihozlar nazariy-metodik jihatdan, estetik va pedagogik talablarga javob beradi.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida o'tkazilgan tajribalar jarayonida aniqlanishiga bola sporti uchun ishlab chiharilgan jihozlarning quyidagi turlari mavjudligi aniqlandi:

  1. Katta rezina to'p

  2. Kichik rezina, tennis to'pi

  3. Katta to'ldirilgan to'p

  4. Elim halqa

  5. Rangli metal, alyumen halqa

  6. Elim to'qmoqlar

  7. Elim kuboklar

  8. Yog'och kuboklar

  9. To'p tashlash uchun to'r-setka




  1. To'p tashlash uchun elim paqir

  2. Rangli bayroqchalar

  3. Gimnastik o'rindiqlar

  4. Gimnastik norvonchalar

  5. Hum to'ldirilgan xaltachalar

  6. Gimnastik to' shamchalar 16.Sport zalida osilgan arqon




  1. Jamoalar tortishi uchun arqon

  2. Maxsus halqaga tikilgan qoplar

  3. Yarim qirqilgan elim xalhalar 20.Sakrab o'tish jihozlari

Ushbu bolalar sporti jihozlari barcha maktabgacha ta'lim muassasalarida bir xil miqdorda yoki bir xil xilma-xillikda emas.
Kuzatilgan maktabgacha ta'lim muassasalari ichida "Semurg" va "Turnacha" maktabgacha ta'lim muassasalari imkoniyatlari yaxshiroqdir.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida jimsoniy tarbiya mashg'ulotlari, to'garak ishlari va ommaviy sport bayramlarini o'tkazish uchun sport murabbiysi ish o'rni (1 shtat birligida) joriy qilinishi mumkin.
Ammo hamma maktabgacha ta'lim muassasalarida ham ahvol bir xil emas. "Semurg" va "Yulduzcha" bolalar bog'chalarida jismoniy tarbiya mashg'ulotlari va boshqa barcha sport sog'lomlashtirish tadbirlarini o'rnatilgan tartibda maxsus oliy ma'lumotli jismoniy tarbiya mutaxassisi olib boradi. Ertalabki gimnastika, sayr vaqtidagi jismoniy mashqlar va jismoniy mashqlar daqiqalarini esa har bir guruh tarbiyachilari o'zlari o'tkazishadi.
"Turnacha" bog'chasida ham maxsus ma'lumotli mutaxassis mavjud faqat to'garak ishlarini olib bordi xolos. Guruhlardagi jismoniy tarbiyaning asosiy ish shakli hisoblangan mashg'ulotni va boshqa jismoniy tarbiya va sport ish turlarini guruh tarbiyachilari olib borishadi.
"Turnacha" maktabgacha ta'lim muassasida u bitiruv malakaviy ishi mavzusi yuzasidan 2013 yil mart-aprel oylarida o'tkazilgan tajriba sinov ishlari davomida 4 marta jismoniy tarbiya mashg'ulotlari o'tkazilishi kuzatilib tahlil etildi.
Tajriba sinov ishlari rejasiga muvofiq 2013 yil 16 aprel kuni to'rtta yosh guruhi, ikkita katta va ikkita maktabga tayyorlov guruhlarida "Sog'lomjon-polvonjon" sport sog'lomlashtirish tadbiri o'tkazildi. Tadbir shartiga ko'ra arqondan sakrash, to'pni nishonga uloqtirish, estafeta yugurish va kross yugurish shartlari bo'yicha bolajonlar bellashdilar. Sport sog'lomlashtirish tadbiri yakuni bo'yicha tahlil, muhokama o'tkazildi va unda maktabgacha ta'lim muassasasi rahbari Orzigul Shodieva hamda guruh tarbiyachilari o'z munosabatlarini bildirdilar.
Quyida "Turnacha" maktabgacha ta'lim muassasasi uchun ikkita mujassamlashgan jismoniy tarbiya mashg'ulotlari ishlanmasini tavsiya etamiz.

Download 259,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish