Pedagogika-psixologiya fakulteti psixologiya kafedrasi



Download 2,39 Mb.
bet9/67
Sana15.06.2022
Hajmi2,39 Mb.
#672503
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   67
Bog'liq
3-kurs Yosh davrlari majmua

Муаммоли савол:
Ёш даврлар психологиясининг махсус методлари қайсилар?


Psixolog B.G.Ananyev psixikani o’rganish metodlarini to’rt guruhga ajratib, ularni tashkiliy, empirik, (amaliy), natijalarni qayta ishlash yoki natijalarni sharxlash metodlari deb nomlagan. Bu guruxlar o’zining maqsad va vazifasi bo’yicha yana bir necha toifa hamda turlarga bo’linadi. Quyida mazkur metodlarning umumiy va o’ziga xos xususiyatlari hamda qiyosiy tavsifini keltiramiz.


Tadqiqot metodlarining birinchi-tashkiliy guruxi o’z ichiga qiyoslash, longityud (uzluksiz) kompleks (ko’pyoqlama) deb atalgan turlarni oladi. Qiyoslash metodidan umumiy psixologiya sosial psixologiya (katta yoki kichik guruxlarni hamda ularning xar bir toifalarini) medisina psixologiyasi (sog’lom va bemor kishilarning psixik xususiyatlarini) sport psixologiyasi (sportchilarning xolati, kuchliligi va ishchanligini) o’zaro taqqoslash kabilarda unumli foydalaniladi.
Yosh davrlar psixologiyasida esa qiyoslash metodi turli yoshdagi odamlarning bilish jarayonlari, shaxs xususiyatlari, bilimlarni o’zlashtirishi, aqliy qobiliyati, salohiyati, rivojlanish dinamikasi, jinslarning tafovutlari va o’ziga xosligi kabilarni o’rganishda qo’llaniladi.
Yosh davrlar psixologiyasida qiyoslash metodi bilan bir vaqtda longityud (uzluksiz) metodi ham qo’llaniladi. Uning boshqa metodlardan farqi bir yoki bir nechta sinaluvchilar uzoq muddat, xatto o’n yillab tekshirishidir. Longityud metodidan foydalanib, nemis olimi V.Shtern, fransuz tadqiqotchisi R.Zazzo, rus psixologlari N.A.Menchinskaya, A.N.Gvozdev, N.S.Leytes, V.S.Muxina va boshqalar tadqiqotlar olib borganlar. Mazkur metod orqali bir xil jinsli (Xasan-Xusan, Fotima-Zuxra) yoki aralash jinsli (Xasan-Zuxra, Fotima-Xusan) egizaklar kuzatilgan. Shuning uchun qator tadqiqotlarning «Ona kundaligi» (N.A.Menchinskaya, V.S.Muxina) deb nomlanishi bejziz emas. Uzoq vaqt bir shaxsni kuzatish, unda paydo bo’layotgan yangi fazilatlarning rivojlanish dinamikasini, xulq-atvoridagi illatlarni oldini olish tadbirlarini, murakkab psixologik munosabatlarining ichki bog’lanish qonuniyati hamda mexanizmi to’g’risida mukammal ishonchli barqaror ma’lumotlar to’plash imkonini yaratadi.
Xozirgi fan va texnika taraqqiyoti psixologik tekshirishlarning ilmiyligini yanada oshirish uchun (subyektiv omillarning ta’sirini kamaytirish maqsadida) kompleks dastur asosida boshqa fanlar ( medisina, fizika, fiziologiya, biologiya, sosiologiya, kibernetika, statistika, filosofiya, logika va xakazolar) bilan birgalikda tadqiqot ishlari olib borishni taqazo etmoqda. Amaliy yo’sindagi ilmiy tadqiqot ana shu ko’p qirrali yondoshishni talab qiladi.
Psixologiya soxalarida (psixofiziologiya, kosmik psixologiya, medisina psixologiyasi, injenerlik yoki aviasiya psixologiyasi) tadqiqot obyektiga sistemali yondoshish prinsipi amalga oshirilmoqda. Kompleks metod yordamida o’rganilayotgan obyektdagi o’zgarishlar turli nuqtai-nazardan taxlil qilinadi yoki ularga turlicha yondoshiladi. Masalan, bolada oddiy bilimlarni o’zlashtirish xususiyati psixologik jixatdan tekshirilayotgan bo’lsa, kompleks yondoshish ta’sirida ana shu o’zlashtirishning falsafiy, mantiqiy, fiziologik, ijtimoiy, biologik xususiyatlari yoritiladi. Aytaylik keksayishning biologik omillarini o’rganish uning psixologik, fiziologik, mantiqiy jixatlarini yoritishda xizmat qiladi.
Kompleks dastur yordamida amalga oshirilgan tadqiqot natijasi ilmiy ahamiyatga ega bo’lib insonshunoslik muammolarini hal qilishda katta yordam beradi.
Ilmiy tadqiqot metodikalarining ikkinchi guruxi empirik metodlaridan iborat bo’lib, bu guruxga kuzatish, eksperiment, test, anketa, so’rov, sosiometriya, suhbat, intervg’yu, faoliyat jarayoni va uning maxsulini tahlil qilish, tarjimai xol kabilar kiradi va ular sinash, tekshirish, diagnoz va prognoz vazifalarni bajaradi. Insonda tug’ilganidan umrining oxirigacha sodir bo’ladigan psixologik o’zgarishlarni chuqurroq va obyektivroq tadqiq etish uchun empirik metodlardan navbati bilan foydalanish yaxshi natija beradi.




Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish