Pedagogika-psixologiya fakulteti psixologiya kafedrasi



Download 2,39 Mb.
bet4/67
Sana15.06.2022
Hajmi2,39 Mb.
#672503
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
Bog'liq
3-kurs Yosh davrlari majmua

Шундай қилиб, ёш психологиясининг асосий вазифаси шахснинг камол топиши қонунларини ва турли ёш босқичларидаги боланинг ривожланишида вужудга келадиган психик фаолият хусусиятларини аниқлашдан иборатдир.




Mamlakatimizda qabul qilingan «Ta’lim to’g’risidagi qonun» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» hamda barkamol shaxsni tarbiyalash xususidagi davlat xujjatlari ta’limning turli bosqichlarida ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishga, barkamol shaxsni kamol toptirishga qaratilgan. Bu dolzarb vazifani amalga oshirish, ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini to’g’ri, ilmiy asosda tashkil etishni talab qiladi. Buning uchun esa talim jarayoni va bola shaxsi taraqqiyotining o’ziga xos psixologik qonuniyatlarini yaxshi bilish kerak bo’ladi.
Bola jamiyatning a’zosi, mukammal shaxs sifatida muayyan ijtimoiy muhitda kamol topar ekan, uning butun bilish jarayonlari o’ziga xos xususiyatlari va ruhiy holatlari, ongi ham rivojlanadi. Ana shu rivojlanish natijasida uning ongi go’dakning dastlabki oddiy aks ettirish (in’ikos) tarzdagi sodda ongidan balog’atga yetgan insonlarga xos tevarak-atrofni, borliqni, odamlarni aniq, yaqqol to’la va anglab aks ettirish darajasigacha rivojlanadi.
Xulosa sifatida aytish joizki, agar umumiy psixologiya psixika haqidagi, psixikaning zohir bo’lish va taraqqiyot qonuniyatlari haqidagi fan bo’lsa, yosh davrlar va differensial psixologiya turli yoshdagi bolalarning o’qish faoliyatini, ularning psixik taraqqiyoti va psixologik xususiyatlari haqidagi fan bo’lib, yosh psixologiyasi va differensial psixologiya shaxsning kamol topishi jarayonida psixik faoliyatning individual xususiyatlari taraqqiyoti, fe’l-atvorlarini va umuman shaxsni kamol toptiradigan shart-sharoitlarini ham o’rganadi desak mubolag’a bo’lmaydi.
Komil inson tarbiyasi - Sharq mutafakkirlarining talqinida
Yosh davrlar psixologiyasi va pedagogik psixologiya alohida predmet sifatida XIX asrning boshlarida vujudga kelgan bo’lishiga qaramay, uning mustaqil fan sifatida rivojlanishi va qaror topish yo’li ancha murakkab kechgandir. Mazkur ilmning rivojlanishiga turli dunyoqarashlar o’rtasida olib borilgan doimiy kurash katta ta’sir ko’rsatgan. Jamiyat tarixiy taraqqiyotining u yoki bu bosqichida qanday dunyoqarash ustuvorligiga qarab, tekshirishlar darajasi va sifati, olingan natijalarni qanday izohlash zarurligi belgilab berilgan.
O’tmishda ajdodlarimiz insonning psixologik qonuniyatlarini, muayyan ilmiy yo’nalishda o’rganmagan bo’lsalar-da, biroq allomalarning qo’lyozmalarida mazkur holatlarning namoyon bo’liish, inson kamoloti borasidagi qimmatli fikrlari hozirgacha yuksak ahamiyat kasb etadi.
Jumladan, Abu Nasr Forobiy pedagogika masalalarini va ular bilan bog’liq bo’lgan psixologik, fiziologik muammolarni ijobiy hal etishda insonni har tomonlama yaxlit va uzaro uzviy bog’liq bo’lgan qismlardan iborat, deb aytadi. Forobiy mavjudotni bilishda ilm-fanning rolini hal etuvchi omil deb biladi, uningcha inson tanasi, miyasi, sezgi organlari tugilishda mavjud, lekin aqliy bilimi, ma’naviyligi, ruhi, intellektual va axloqiy xislatlari, xarakteri, dini, urf-odatlari, ma’lumogi tashqi muhit, boshqa insonlar va shu kabilar bilan muloqotda vujudga keladi, inson o’z faoliyati yordamida ularni egallaydi, ularga erishadi. Uning aqli, fikri, ruhiy yuksalishyning eng yetuk mahsuli bo’ladi, deb ta’kidlaydi.
Abu Rayhon Beruniy ta’lim va tarbiyaning maqsadi, vazifalari va mavqyei, inson, yosh avlodning rivojlanishi haqidagi fikrlari chin ma’noda insonparvarlik va insonshunoslik zamirida yaragilgan. Bilim va tarbiyaning tabiatga uyg’unlik tamoyillarini mutafakkirning barcha asarlarida kuzatish mumkin. U insonni tabiatning bir qismi deb ta’kidlaydi.
Beruniy ta’lim jarayonining tabiatiga chuqur kirib borib, bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish asosida qurilgan o’qitish tabiatga uygunligini uqtiradi. Beruniy pedagogik ijodida inson va uning baxt-saodati, ta’lim-tarbiyasi, kamoloti bosh masala bulgan.
O’rta asrda yashab, ijod etgan donishmand, tabobat ilmining dohiysi Abu Ali ibn Sino inson ruhiyati, tana va qalbning birligi, inson organizmining tuzilishi, undagi nerv faoliyati va ularning tarmoqlanishi, holatlari haqidagi qimmatli ma’lumotlari hozirga qadar tibbiyotning muhim negizini tashkil etadi.
Yusuf Xos Hojib ijodining bosh masalalaridan biri - komil insonni tarbiyalashdir. Adib o’z asarlarida eng komil, jamiyatning o’sha davrdagi talablariga javob bera oladigan insonni qanday tasavvur qilgan bo’lsa, shu asosda u o’z tamoyillarini izchil bayon etadi. «Qutadg’u bilig» («Saodatga yo’llovchi») asari ta’lim va tarbiya, ma’naviy kamolotning yo’l-yuriqlarini, usullarini, chora tadbirlarini o’zida mujassamlashtirgan, axloq va odobga doir ma’naviy manbadir.
Abdurahmon Jomiyning «Bahoriston», «Xirandnomai Iskandari», «Tuhfatul ahror» va boshqa asarlarida ilm-ma’rifat. ta’lim-tarbiya, kasb- hunar o’rganish, inson ijobiy fazilatlari haqidagi fikrlari ifodalangan.
Alisher Navoiyning «Xazoyinul maoniy», «Mahbubul qulub» va boshqa shu singari asarlarida yetuk, barkamol insonning axloqi, ma’naviyati, uzgalarga munosabati, iste’dodi va qobiliyati to’g’risida qimmatli mulohazalar yuritilgan. Ana shu psixologik mezonlar ijtimoiy adolatning qaror topishi uchun muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlangan. Shuningdek, Navoiy asarlarida yosh avlodni barkamol inson sifatida shakllanishida ota-onaning roli, ayollarning iffatliligi, kishilarning kamtarligi haqidagi fikrmulohazalari alohida urin egallaydi.
Navoiy «Xamsa»sining har bir dostonida bukilmas iroda, qat’iyatlilik, itoat, insonparvarlik tuyg’ulari, ijodiy xayolot, insonning murakkab ichki kechinmalari mohirona yoritilgan. Shuningdek, bu borada Mahmud Qoshgariy, Ulugbek, Naqshbandiy, Ogahiy singari buyuk sharq mutafakkirlarining yoshlar tarbiyasiga, o’qituvchi, tarbiyachining jamiyatdan urni, axloq-odob, fe’l-atvor, oilaviy hayot, kishilararo munosabatlarga doir qarashlari ularning asarlarida ravon va ixcham bayon etilganligini ta’kidlash mumkin.



Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish