Pedagogika-psixologiya fakulteti psixologiya kafedrasi



Download 2,39 Mb.
bet63/67
Sana15.06.2022
Hajmi2,39 Mb.
#672503
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
Bog'liq
3-kurs Yosh davrlari majmua

O’qituvchiga qo’yiladigan talablar
O’qituvchi jamiyat tomonidan quyilgan talablar bilan bir hatorda o’z faoliyagida tevarak-atrofidagi kishilar, maktab ma’muriyati, hamkasblari, o’quvchilar va ularning ota-onalari undan nimalarni kugashini ham esdan chiqarmasligi lozim.
O’qituvchining o’z ishidan nimanidir kutayotganligining uziyoq muhim ahamiyatga egadir, mana shu tariqa kutishlar, garchand jamiyat tomonidan o’qituvchiga qo’yiladigan talablarga kelsada, uziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi, Lekin bu talablar hamma vaqt ham birbiriga mos kelmasligi mumkin. Psixologlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning ko’rsatishicha xalq ta’limi bo’limlari va maktab direktorlari o’qituvchining ayrim xislatlari naqadar muhimligini har xil baholaydilar. Jumladan, xalq ta’limi bo’limlarining mudirlari o’qituvchidan birinchi navbatda o’z fanini yaxshi bilishini va dars berish metodikasini mukammal o’zlashtirishini talab qilsalar, maktab direktorlari o’qituvchiga qo’yiladigan bunday talablarni uchinchi o’ringa qo’yadilar. Shu bilan birga xalq ta’limi bo’limlarining mudirlari o’qituvchilarning o’quvchilar va ota-onalar, maktab jamoasi bilan qanday muloqotda bo’lishini bilishini naqadar ahamiyatga ega ekanligiga unchalik e’tibor bermaydilar, maktab direktori esa bunday xislatlarni o’qituvchi shaxsiga quyiladigan talablar ichida birinchi o’ringa qo’yadilar.


O’qituvchining kasbiga xos xislatlari
Ota-onalar o’qituvchidan uning ish staji va yoshi qanday bo’lishidan qat’iy nazar, farzandlarini tarbiyalash va o’qitish mahoratini kutadilar, o’quvchilar esa o’qituvchilarni uch xil xislatlari bo’yicha xarakterlab beradilar. Jumladan, birinchidan, o’qituvchining odamgarchiligi, adolatliligi, sof vijdonliligi, bolalarni yaxshi ko’rish xislatlari; ikkinchidan, o’qituvchining sezgirligi, talabchanligi bilan bog’liq tashqi xislatlari va xulq-atvoriga qarab; uchinchidan, o’qituvchining o’z fanini bilishi, uni tushuntira bilishi kabi ta’lim jarayoni bilan bogliq xislatlariga qarab xarakterlab beradilar.
Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga qo’yiladigan talablar bilan birga, o’qituvchi shaxsi va uning faoliyatiga nisbatan qo’yiladigan ijtimoiy talablar ham o’sib bormoqda.
O’qituvchiga jamiyat tomonidan qo’yiladigan talablar, turli xilda ijtimoiy kutishlar, pedagogning individualligi, shu tariqa talablarga javob berishga subyektiv tayyorligi muayyan o’qituvchining pedagogik faoliyatiga naqadar tayyorligidan dalolat beradi.
Shunisi muhimki, zamonaviy o’qituvchi uchun zarur bo’lgan shaxsiy xislatlarni batafsil ko’rib chiqish kerak. Bu qanday xislatlar ekan?
Ko’pchilik psixologlar, shu bilan birga o’zbekistonlik psixolog olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar zamonaviy o’qituvchilar uchun eng zarur xislatlarni aniqlab olish imkoniyatini beradi. Rossiya psixologlaridan N.V.Kuzmina, V.Slastenin, F.N.Gonobolin, o’zbekistonlik psixologlardan R.Z.Gaynutdinov, M.G.Davletshin, S.Jalilova, A.Jabborov, M.Kaplanova va boshqalar tomonidan olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar o’qituvchilik kasbini atroflicha o’rganib, ancha batafsil ko’rsatib berish imkoniyatini yaratadi. Bunda ran o’qituvchilik kasbining professiogramma (ma’lum tizimga keltirilgan, mehnat psixologik tomonidan o’rganishga va undan kelgusi amaliy faoliyatda foydalanishga qaratilgan qisqa va har tomonlama batafsil kursatib berilgan hujjatga professiogramma deyiladi). Professiogramma psixologik nuqtai nazardan ishlab chiqarish faolyyati xarakteristikasi (aniq birorta kasb bo’yicha kelgusi amaliy Ishlar uchun zarur bo’lgan mazmundagi barcha tomonlarini o’z ichiga olishi kerak) ustida boradi.
O’qituvchi professiogrammasi muayyan fan tomonidan o’qituvchiga quyiladigan maxsus talablarni uz ichiga qamrab olishi lozim. Bulajak o’qyatuvchi u yoki bu xildagi fan tomonidan qanday talablar quyilshshshi bilish va shu asosida o’quv-tarbiya jarayonini tashkil qilish uchun pedagogika oliy o’quv yurtlarida muayyan mutaxassislik buyicha o’qituvchi professiogrammasi ishlab chiqilishi zarurdir.
Psixologik tadqiqot ishlarini olib borgan M.Abdullajonova, Ye.Gladkova, L.Mashkurov, T.Hamroqulov, E.Xidirov va boshqalarning ilmiy izlanishlari uzbek tili va adabiyoti, o’zbek maktablarida rus tili va adabiyoti, matematika, jismoniy tarbiya o’qituvchilari va maktabgacha tarbiya muassasalarining tarbiyachilari kabi qator mutaxassisliklar bo’yicha o’qituvchi professiogrammasining taxminiy modelini (namunasini) aniqlab olish imkoniyatini berdi.
Har bir mutaxassislik bo’yicha o’qituvchining ixtisoslashgan xarakteristikasini nazarda tutgan professiogrammasi tuziladi. Jumladan, maktabning o’qituvchi-murabbiys professiogrammasini misol qilib keltiramiz. Professiogrammada muhim xislatlaridan borgan sari birmuncha ortib borishini hisobga olgan holda o’qituvchining quyidagi xislatlari kursatib berishi lozim.

Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish