Pedagogika-psixologiya fakulteti psixologiya kafedrasi


Ilk o’spirinlik davrida akliy rivojlaniga



Download 2,39 Mb.
bet44/67
Sana15.06.2022
Hajmi2,39 Mb.
#672503
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   67
Bog'liq
3-kurs Yosh davrlari majmua

Ilk o’spirinlik davrida akliy rivojlaniga
Yuqori sinf o’quvchilarining bilish jarayonlari turli nuqtai nazarlarni taxlil etishga va bu masala bo’yicha xar tomonlama o’ylagan o’z fikrini berishga yordam bera oladi. Bu yoshdagi o’spirinlar atrofdagi turli vokea-hodisalardagi xaqiqatni bilishga intiladi. Ularning tayyor yechimlar, ma’lumotlar emas, balki shu yechim va ma’lumotlarni o’zlari muloxaza yurgizib, qidirish jarayoniniig o’zi ko’proq qiziqtiradi. Bu borada turli masalalar bo’yicha bahs va munozaralar yuritishga va ularning fikrlarini isbotlashga juda qiziqadilar. O’spirinlik davrida bilish jarayonlarining rivoji faol ravishda danom etadi, lekin, bu rivojlanish o’spirinning o’ziga va uning atrofidagi ko’zatuvchilarga kam seziladi. Bu davrga kelib, o’spirinlar to’la ravishda mantiqiy tafakkurga ega bo’ladilar, nazariy fikr yuritib, o’zlarini-o’zlari taxlil eta oladilar. Ular endi bemalol axloqiy, siyosiy va boshqa mavzularda bahslasha olib, o’z munosabatlarini bildiradilar, O’spirinlik davrida bolalar juda ko’p ilmiy tushunchalarni o’zlashtirib, ulardan turli masala va muammolarni yechishda foydalana oladilar. Bolalarda anglash va o’z-o’zini anglash sezilarli darajada o’sadi. O’spirinning o’z-o’zini anglashi o’quv, mehnat va mulokot motivasiyalarini o’zgarishida o’z aksini topadi. Bu davrda, bolada yangi faoliyatlar yuzaga kelib, psixik rivojlanshdida yangi bosqich boshlanadi.
O’spirinlik yoshi uqish, mehnat, muloqot singari yetakchi faoliyatlar asosida umumiy va maxsus layoqatlariiing rivojlanayotganligi bilan xarakterlanadi. O’spirinlik davrida bilish jarayonlarining rivojlanishi faol kechadi. Lekin, bu rivojlanish o’spirinning o’ziga va uning atrofidagi kuzatuvchilarga kam seziladi. O’spirinlik davriga kelib, juda ko’p bolalarda o’z faoliyatlarini oldindan rejalashtirish layoqati yaxshi rivojlangan bo’ladi. Shuningdek, o’z-o’zini boshqarish ham o’spirinlik yoshidagi bolalarda yaqqol ko’zga tashlanadi.
O’spirinning o’quv mashg’ulotiga munosabati o’z xususiyati va mazmuni jihatidan boshqa yoshdagi o’quvchilarning ta’lim jarayonidagi munosabatidan tubdan farq qiladi. O’quv rejasi va dasturning murakkablashuvi, yangi fan va mavzularning kiritilishi, o’zlashtirilishi nazariy tafakkur yordamida amalga oshirishii taqozo etadi. Ana shundan kelib chiqqan holda, o’quvchilarning o’qishga munosabati ham o’zgaradi, ular ayrim fanlarga tanlab munosabatda bo’la boshlaydilar. O’spirin o’quvchilarning o’quv fanlariga munosabatlari quyidagi holatlarga bog’liqdir:

  1. Fanning dunyoqarashdagi roliga,

  2. Fanning ahamiyatiga.

  3. Fanning ijtimoiy ahamiyatiga.

  4. Fanning amaliy ahamiyatiga.

  5. Fanning o’zlashtirish darajasiga.

  6. Fanning o’zlashtirish uslubyayotiga

O’spirinlik davrida bilishga oid qiziqish ko’lami tobora amaliy xususiyat kasb eta boshlaydi. Jumladan, ijtimoiy-siyosiy masalalarga, texnika, tabiatga, osmon jismlariga, sport va xakazolarga qiziqishi kuchayadi. O’spirinlarda sezgirlik ko’zatuvchanlik yanada takomillashib boradi, mantiqiy xotirasi, esda olib qolishining oqilona yo’li, vositalari ta’lim jarayonida yetakchi vazifani ado eta boshlaydi. Mazkur pallada uspirinlarning tafakkuri tobora faol, mustaqil va ijodiy xususiyat kasb eta boshlaydi. Tafakkur rivojlanishi bilan birgalikda o’quvchilarning nutqi, madaniyati rivojlanadi. O’spirin turli janrdagi adabiy asarlarni o’qishi, tushunishi orqali mustaqil fikr yuritish, mulohaza qilish va munozaraga qilishishga o’rganib boradi. O’spirinlik tafakkurining sifatiga uning mazmundorligi, chuqurligi, yaxlitligi, mustaqilligi, samaradorligi, tezligi kabilar kiradi. Tafakkurning mazmundorligi deganda, o’spirin ongida tevarak-achrofdagi voqyelik to’g’risida qancha miqdorda mulohazalar, muxokamalar va tushunchalar joy olganligi nazarda tutiladi. Tafakkurning chuqurligi deganda esa moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning asosiy qonunlari, xossalari, sifatlari, ularning o’zaro bog’langanligi munosabatlari o’spirinning fikrlash faoliyatida tuliq aks etganligi tushuniladi. Tafakkurning kengligi o’zining mazmundorligi va chukurligi sifatilari bilan muntazam bog’liq bo’ladi. Tafakkurning mustaqilligi deganda o’spirinning shaxsiy tashabbusi bilan o’z oldiga yangi vazifalar qo’ya bilishi, bu vazifalarni hyech kimning yordamisiz, oqilona usullar bilan musaqill xal kilish o’quvchanligini tushunishi kerak Tafakkurning tezligi qo’yilgan savolga to’liq javob olingan vaqt bilan belgilanadi. Ayrim kiz va yigitlar aqliy rivojlanishdan orqada bo’lib, o’quv materiallariga o’zlashtirishga ulgurmaydilar yeki qiynalatilar, ular tevarak-atrofdagi voqyelikni bilib olish maqsadida umumlanshtiruvchi tushunchalardan foydalanishni bilmaydidar, chunki bu tushunchalar, xulosalar, fikrlar, hodisa va faktlarni tadqiq qilishni yodlab oladilar. Bolalarni aqliy jixatdan rivojlantirish uchun ularning o’qish faoliyatlarini faollashtirish va ularning bilimlarini ongli ravishda yctiriish kerak. Ta’limda onglilik o’quvchining yuqori darajasidagi faolligi bilan ta’minlanadi. Bilimlarini faoyl faoliyat ko’rsatib o’zlashtirganda, o’quvchilar bu bilimlarni yaxshi tushunibgina qolmay, ularni amaliy faoliyatda qo’llashga ham o’rganadilar. G.Ye.Zalesskiy o’quvchilarga ijtimoiy masalalar, iqtisodiy - ijtimoiy faktlar va hodisalarni mustaqil ravishda ilmiy taxlil qilish va ularga baho berish usullarini maxsus o’rgatish muxim va zarurligini tadqiqot asosida ko’rsatib bergan. Bu o’rinda o’quvchilarniig mustaqil fikrlashlarini faollashtirishga, to’g’ri rahbarlik qilgan holda tanishishi lozim.O’spirinlarning aqliy jihatdan rivojlanishida nazoriy tafakkurning roli kattadir. O’spirin adabiy asarlarni o’qish va tushuntirish orqali mustaqil fikrlash, mulohaza yuritish va munozaralarga o’rgana boradi. Unda asta-sekin tabiat va jamiyat hakida o’zining nuktai nazari, e’tikodi, qarashi shakllanadi. Ma’lumki, shaxsning ana shu fazilatlari unda fikrlash, mustaqil o’ylash, to’g’ri xukm va xulosalar chiqarish, kat’iy karorga kela olishi natijasidir. O’spirinlarning adabiy asarni baholashi, u hakida shaxsiy fikrlarni bildirishi, muammoning tomonlari yuzasidan bahslashuvi insoniy xislatlarning muayyan darajada ishtirok etishi akl tanqidligining aynan o’zginasidir. Turmushda uchraydigan noo’rin tanqidiylik esa o’spirinning badiiy didi va hayotiy tajribasi zaifligidir. O’qituvchining asosiy vazifasi o’quvchilar tafakkuridagi tanqidiylikni xaqqoniylik darajasiga ko’tarishdan, ularga vokelikka odilona, oqilona, tanqidiy nuqtai-nazardan qarashni o’rgatishdan iborat. O’spirinlarda moddiy dunyo to’g’risida shaxsiy fikrlar, muloxazalar, ilmiy dunyoqarash tarkib topganidan keyingina tafakkurning tankidiylik xususiyati rivojlana boshlaydi. Aql tanqidiyligining rivojlanishi o’quv materiallarini puxta o’zlashtirishga, ta’lim jarayonida tashabbuskorlikka, voqyelikni isbotlash va asoslash ko’nikmalari tarkib topishiga imkon yaratadi. Xodisalar to’g’risida hukum va hulosa chiqarish, tasdiqlash yoki inkor qilish qobiliyatini rivojlanadi. O’spirin qobiliyati va iste’dodi ta’lim jarayenida, mehnat faoliyatida rivojlanadi. Qobiliyatning o’sishi bilimlar, ko’nikmalar, malakalarning sifatiga bog’liq bo’lib, shaxsning kamol topish jarayoniga qo’shilib ketadi. Demak, maktabda o’tiladigan, darslar, laboratoriya ishlari, amaliy mashg’ulotlar, referat, konsnekt yozish kabi faoliyat turlari o’spirinlar o’zlashtirish uchun zarur materiallarni mustaqil holday tutunishga olib keladi. Bularning barchasi ilmiy-nazariy tafakkurning shakllanishiga, tevarak atrofdagi voqyelikning umumiy qonuniyatlarini o’sishiga, aqliy imkoniyatlarining vujudga kelishiga, tabiat va jamiyat rivojlanishining qonunlarini anglashiga muhim shart-sharoit yaratadi, yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, o’smirlik yoshida o’quvchilar aqliy faoliyatning omillari va usullari bilan qurollangan bo’ladilar.
Shunga kur har kim qobiliyatiga yarasha kasb-hunar tanlasa, bu sohada muvaffaqiyatli mehnat qilsa, ijtimoiy turmush taraqqiyetiga muhim hissa qo’shgan bo’ladi. O’spirinlar kasbga yunaltirishida ularning his-tuyg’u va irodalarini hisobga olishning ham muxim ahamiyati bor. Chunki o’quvchilarning his-tuyg’usi, kayfiyati, hayajonli holatlarda e’tiborga olinmasa, ko’zlangan maqsadga erishib bo’lmaydi. O’spirinlar u yoki bu kasbni o’z ixtiyorlari bilan ongli ravishda tanlashlari uchun ular mustaqilliq dalillik qatiylik o’zini tuta bilish, chidamlilik, sabr-toqat kabi umuminsoniy xislatlarga ega buligilari kerak. Mehnat qilishda muqaddas burchni bajarish istagi, maqsadning aniqligi, hunar o’rganishga ishtiyoqmandlik mazkur fazilatlarniig shakllanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
O’spirinlar aqliy rivojlanishda tasavvurning ahamiyati juda katta, chunki inson biron bir ishni qilishga kirishar ekan, albatta uning natijasini tasavvur eta olishi kerak Tasavvursiz hyech qanday ishni tug’ri rejalashtirish mumkin emas. O’spirinda tasavvur qila olish layoqati yaxshi rivojlangan bo’lsagina, u o’z hayotidai idealni tasavvur eta oladi, shunga kura uzoq va yakin rejalarini tuzadi.
Xozirgi yigit va kizlari 30-40 yil avvalgi tengqurlari bilan solishtirganda, ularning umumiy saviyalari naqadar o’sganligini ko’rish mumkin. Intellektual qiziqishlar qirasi keng va kupqirralidir. O’spirinlar radio, televideniye, ilmiy-ommabon asarlar, kinofilmlar, fan va texnika taraqqiyotida muhim rol o’ynamokda. O’spirinlarning qiziqishlari aksariyat hollarda o’zi tanlagan kasb va yo’nalishi shuningdek, hayotiy rejalariga asoslangandir. O’spirinlik yoshiga kelib, yigit va kizlarning dunyoqarashlari yuksak pog’onaga ko’tarila boshlaydi. Bu esa o’spirinning tashqi olamni tushunishiga, baholashiga bo’lgan munosabatlarini aniqlashga yordam beradi. O’spirinlarning dunyoqarashi endi ularning ilmiy, falsafiy, siyosiy va diniy qarashlari tizimidan iboratdir. Xayotda turli xil kasblar mavjud. Bir odam bir necha xil kasblarni egallashi mumkin, lekin shu bilan birga qar bir kasb shu qadar murakkabki, inson o’z hayotini, asosan, ana shu bir kasbga bag’ishlashi mumkin. Shu asosda kasb tanlash muammosi vujudga keladi. Aslida kasb tanlash barcha davrdan boshlab, bolalarning rolli o’yinlarida ko’rinadi. Demak, bola o’yin orqali to’la kasblar va shu faoliyat bilan tanisha boshlaydi. Masalan; «magazin» yoki «bozor» o’yini orqali, bola ham “sotuvchi” ham “xaridor» bo’la oladi, «pul» va “tovar» bilan muomala qilishni o’rganadi. Bu bosqichni kasb tanlashga tayyorgarlikni boshlanish bosqichi deb atash mumkin. Keyingi yosh davrlarda bu tayyorgarlik turli faoliyatlarda va turlicha ko’rinishlarda davom etadi, «Men kim bo’sam?» savoliga to’qnash keladi. Ma’lum bir kasbda faoliyat ko’rsatishni boshlayotgan o’spirin unga intellekual, ijtimoiy-psixologik hamda axloqiy jihatdan tayyor bo’lishi kerak o’smirlik davrining oxirlari va uspirinlik yoshiga kelib, ularda mehnat ko’nikma va malakalari rivojlanadi. Bu ko’nikma va malakalaridan ularning kelgusidagi kasbiy faoliyatlari bilan to’g’ridan-to’g’ri boqdik. Tajribalarning ko’rsatashicha, agar o’spirinlik davriga kelib unda kelgusida yaxshi kasbiy layoqatlarni yuzaga kelishiga umid bog’lash qiyin. Misol uchun bolalik paytlarida texnika bilan muomala qila olmagan, slesarlik asbob-uskunalaridan foydalana olmagan, o’z qo’li bilan nimanidir bajara olmagan bola talantli injener-konstruktor bo’lib yetishishi ancha mushkul, yoki lisey va kollejlarda matematik lingvistiq badiiy-ijodiy layoqatlarini ko’rsata olmagan bola katta bulganida xech qachon kuchli matematik filolog yoki musanvir bo’lib yetisha olmaydi.
Hyech qanday kasbiy kunikma va malakalarning usishi, avvalo, o’spirin intellektining umumiy rivojlanganlik darajasiga boqliq, Shuning uchun ham bu davrdagi o’spirinlar intellektining rivojlanishiga aloxida e’tibor berish lozim.
Bu yeshdagi bolalarga mulokrtga kirishish extiyojining mavjudligi ham juda muxim, lekin u yetakchi emas, faqat tanlagan kasb va yo’nalishlari bo’yicha mashgul bo’lmagan o’spirinlargina ko’proq tengdoshlari bilan muloqotda bulishiga extiyoj sezadilar. Bu yeshdagi bolalar mehnat faoliyati bilan xuddi kattalardek shug’ullana oladilar. Ilk usiirinlik davrini kasbiy bilim, kunikma va malakalarning shakllanishi uchun senzitiv lavr deb xisoblash mumkin, O’zining kasbiy takdirini tasodifan yoki noto’g’ri hal etilishi murakkab ichki kechinmalarga, ikkilanishlarga, ziddiyatlarga olib kelishi mumkin, Bu esa yigit'va qiz xdyoti uchun ham, jamiyat uchun xdm katta zarar keltiradi. Kasb tanlash vaqtidd ilk o’spirinlar o’z moyilligi va qobiliyatlarini shaxsiy sifatlar, xususan, nerv sistemasining tiii, analizatorlar xususiyati emoqional-idoraviy sifatlarini ham hisobga olishlari zarur.

Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish