3. Aqli zaif shaxslarda oila psixologiyasi.
Yurtimizda yosh avlodning har jihatdan barkamol, sog‘lom bо‘lib voyaga yetishi uchun kerakli imkoniyatlar yaratilib, kо‘pgina hayrli ishlar amalga oshirilmoqda, onalik va bolalikning ijtimoiy muhofazasi, sog‘lom oila muhitini, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, bolalarning bо‘sh vaqtini tо‘g‘ri tashkil etish, ularni sportga, qо‘shimcha ta’limga jalb etish, sog‘lomlashtirish va profilaktika, kasbga yо‘naltirish, har taraflama uyg‘un rivojlangan yetuk shaxsni tarbiyalash borasidagi say-harakatlar e’tiborga molikdir.
Respublikada keng aholi qatlamlari doirasida sog‘lom turmush tarzini rivojlantirishni targ‘ib etish, yoshlar ongiga singdirish bо‘yicha о‘ziga xos tizim yaratilgan bо‘lib, bu tizim faoliyati О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, inson manfaatlarini himoya qiluvchi Qonunlar, Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, shuningdek, huqumatning turli rasmiy hujjatlari orqali tartibga solinadi.
Har qanday davlatning taqdiri, kelajagi yosh avlodga, uning jismoniy, ma’naviy kamolotiga bog‘liq. “Bizning ezgu niyatimiz – kelajagi buyuk davlat va erkin jamiyat qurish. Bizning taraqqiyot strategiyamiz sog‘lom avlod tarbiyasiga tayanadi va uni rivojlantirishga qaratilgan” – yurtboshimizning ezgu g‘oyasi mustaqillik yillarida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish borasida bajarilayotgan keng kо‘lamli ishlarning asl mohiyatini namoyon etadi.
Sog‘lom turmush tarzi – insonning paydo bо‘lishi bilan hayotiy ehtiyojga aylanib qolgan ma’naviy va jismoniy salomatlik haqidagi umuminsoniy hamda milliy qadriyatlarning mazmun va mohiyatini chuqur bilishdir, ya’ni sog‘lom turmush tarzi zamirida, birinchidan, inson jismoniy salomatligi va kamoloti, ikkinchidan, inson ma’naviy va mafkuraviy salomatligi, uning shaxs sifatida tо‘la kamol topishi mujassamdir. Demak, sog‘lom turmush tarzi nafaqat ozodalik, sport bilan shug‘ullanish, giyohvand moddalar va spirtli ichimliklar iste’mol qilmaslik, gigiyena qoidalariga rioya qilish, balki oilada sog‘lom muhit yaratish, ma’naviy-axloqiy tarbiya, о‘smirlarni bо‘sh vaqtini tо‘g‘ri tashkil etish, kasbga yо‘naltirishdan iborat. Ma’lumki, ma’naviy yuksak insonning turmush tarzi sog‘lom kechadi. Sog‘lom turmush tarzining asosiy negizi esa oila va mahalladir. Oilada ma’naviy, psixologik va jismoniy sog‘lom muhit yaratish, undagi sog‘lom turmush tarziga ulkan ma’naviy qadriyatlarimiz namunasi va hozirgi davrda turmushimizga singib borayotgan yangi an’analar asosida ilmiy yondoshish, farzandlarni sog‘lom tarbiyalashga e’tibor berish muhim ahamiyat kasb etadi.
Modomiki, oiladagi muhit farzand tarbiyasiga katta ta’sir о‘tkazar ekan, oila barqarorligini ta’minlash, oilada yetuk shaxslarni shakllantirish, ularning aqlan va jismonan uyg‘un rivojlanishlari uchun zarur choralar kо‘rib borish, mahallalarda voyaga yetmaganlar о‘rtasida sog‘lom turmush madaniyatini shakllantirish maqsadida ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini olib borish, maktablarda sog‘lom turmush madaniyati bо‘yicha о‘quv dasturlarini ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida olib borish doimiy ehtiyojdir.
Oilaning mustahkamligi va hamjihatligi yosh avlodning barkamol inson bо‘lib voyaga yetishida asosiy omillardan sanaladi. Shu bois, bugungi kunda yurtimizda oilalarda sog‘lom muhitni shakllantirish borasida bir qancha muhim ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, barkamol avlodni tarbiyalashga munosib hissa qо‘shish, fuqarolarning oilada va mahallalarda tinch-osoyishta yashashlarini ta’minlash, oilaviy kelishmovchiliklarni tinch yо‘l bilan hal etish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib-tashviq qilishda fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqarish organlari yurtimizda oila barqarorligini saqlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Oila davlatning tayanchi ekanligi, respublikamizning buyuk kelajagini yaratishda har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, xalqimizning ma’naviyatini yuksaltirishda muxim rol о‘ynaydi. Respublikamizda ijtimoiy siyosatining ustuvor yо‘nalishi ekanligi, xalqimizning an’analariga tayangan holda oilalalar imustaxkam bо‘lishiga imkoni boricha kо‘maklashish, bu borada ilg‘or tajribalar hamda progressiv ilmiy yondashuvlardan keng foydalanish-davlatimiz faoliyatining asosiy tamoyillaridir.
X1X asrning 30 yillarida L.S.Vigotskiy «Defektologiyaning asosiy muammolari» kitobida anomal bolaning nafaqat «salbiy», balki «ijobiy» tomonlarini о‘rganib, aniqlab shularga tayangan xolda va potensial imkoniyatlarini inobatga olib turib, ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etish zarurligiga jamoatchilik diqqatini jalb etdi.
О‘zbekistonda defektologiya fanining rivojlanishi 1967 yildan boshlab tezlashdi. Chunki shu yili Nizomiy nomidagi TDPI ning Pedagogika va psixologiya fakultetida Oligofrenopedagogika bо‘limi tashkil etildi. 1972 yilda oligofrenopedagogika kafedrasi о‘z faoliyatini boshladi. 1983 yilda surdopedagogika bо‘limi qо‘shildi. 1984 yili esa mustaqil kunduzgi va sirtqi defektologiya fakultetlarida oligofrenopedagog, surdopedagog, tiflopedagog, logoped mutaxassisliklari bо‘yicha kadrlarni tayyorlash ishlari boshlab yuborildi.
Bola shaxsining tarkib topishi xayotining birinchi kunlaridanoq boshlanadi. Bola xar kuni kо‘rgan va eshitganlari asosida borliqqa va tevarak-atrofdagi kishilarga о‘z munosabatini bildiradi. Kattalarning xatti-xarakatlari, ishlariga, sodir bо‘layotgan voqealarga bolaning beradigan baxosi, kishilarga bо‘lgan munosabati – bularning xammasi bola ma’naviy qiyofasining shakllanishiga ta’sir etadi.
Bolaning xox ona qornida, xox tug‘ilganidan keyin rivojlanib borishi uchun zarur bо‘lgan ma’lum shart-sharoitlarning buzilishi turli xil anomaliyalarga, ya’ni jismoniy yoki ruxiy nuqsonlar, kamchiliklarga olib kelishi mumkin.
Anomal bolalar maxsus yordamga muxtoj bolalar. Ular maxsus ta’lim-tarbiya muassasalarida tarbiyalanishi va о‘qitilishi kerak yoki Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan tasdiqlangan «Salomanka Dekoratsiyasiga «muvofiq, sog‘lom tengdoshlari orasida ular uchun integratsiyalashgan ta’lim-tarbiya tashkil etilishi zarur.
Anomal bolalarning ruxiy va jismoniy rivojlanishida kuzatiladigan og‘ir, keskin о‘zgarishlar bola shaxsining tarkib topishiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi, shuning uchun bunday bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish uchun maxsus sharoit yaratilishi kerak, ya’ni ular maxsus bog‘cha va maktablarda, yoki sog‘lom tengdoshlari orasida individual yondoshgan xolda, kerak bо‘lsa, maxsus darsliklar asosida ta’lim-tarbiya olishlari zarur, ular maxsus yordamga muxtoj bolalardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |