amaliy - konkret narsalarni bevosita solishtirish;
nazariy - tasavvur qilinayotgan obrazlarni va narsalarni ongda fikran taqqoslash.
Inson shaxsiy faoliyatida, ta’lim jarayonida taqqoslash ustida qanchalik ko’p mashq qilsa, taqqoslash ko’nikmasi paydo bo’lsa, unda fikr yuritish shunchalik samarali bo’ladi.
Umumlashtirish - umumiy va muhim sifatlariga ko’ra predmetlarni guruhlashtirish, umumiylashtirish kabilar kiradi. Umumlashtirish deganda psixologiyada narsa va hodisalardagi xossa, belgi, xususiyat, alomatlarni topish va shu umumiylik asosida ularni birlashtirish tushuniladi. Umumlashtirish asosida abstraktsiyalash jarayoni yotadi. Umumlashtirish jarayoni abstraktsiyasiz mavjud bo’lishi mumkin, lekin abstraktsiyasiz umumlashtirishning yuzaga kelishi mumkin emas. Narsa va hodisalarning, qonun va qonuniyatlarning ayrim belgisi, sifati, alomati yoki xususiyatlarini fikran ulardan ayirib olib, mustaqil fikr obyektiga aylantirishdan iborat fikr yuritish operatsiyasi - abstraktsiyalashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |