Kuchliroq o’yinlardan esa:
- Ot va tuyaga minish;
- Kajava va aravalarga tushishni tavsiya qiladi.
Xalq o’yinlarining kuchli turlariga maydonda bajariladigan quyidagi harakatlarni kiritadi:
- Kishining o’z soyasi bilan olishishi;
- Chapak chalish;
- Sakrash;
- Nayza uchi bilan sanchish 14].[
O’zbek xalq o’yinlari o’zlarning serharakatligi, barcha organizm va muskullarni o’rgatuvchanligi, chidamlilikka o’rgatuvchanligi, chiniqtiruvchi haraktlardan tashkil topganligi bilan boshqa xalqlar o’yinlaridan farq qiladi.
Xalq o’yinlari har bir faslga mos bo’lgan. Xalq o’yinlari xalq pedagogikasining manbalaridan biri bo’lib, bolalarda ko’plab insoniy sifat va xususiyatlarni shakllantirish imkonini beradi. Har qaysi ma’lum darajada xalqning mehnat faoliyatiyatini aks ettiradi, ya’ni bolalarda mehnat uchun zarur ko’nikmalar va xislatlarni hosil qilishga qaratilgan bo’ladi.
Bolalarning jismonan baquvvat, qo’rqmas, qiyinchiliklarni mustaqil yengib o’tadigan, o’zini va Vatanini himoya qilishga shay, go’zallikni his etuvchi bo’lib etilishida xalq o’yinlarining imkoniyatlari katta. Xalq o’yinlari yoshlarda badantarbiya bilan muntazam shug’ullanish extiyojini tugdirish vazifasini ham to’laroq hal etadi. Eng asosiysi, xalq o’yinlari xalq o’yinlari xalqning yashash ehtiyojlaridan kelib chiqqanligi sababli bolalarni kelajakda aynan shu milliy-ijtimoiy muhitda muvaffaqiyatli turmush kechirishni ta’minlashaga qaratilganligidir.
O’zbek halq milliy o’yinlarining kelib chiqishi va rivojlanishi
O’zbek xalq o’yinlari qadim zamonlarda bizning eramizgacha bo’lgan davrlarda vujudga kelgan. Buni arxeologik qazilmalar va qadimgi rim yozuvchisi Elianning etnografik materiallari ham tasdiqlaydi. Chunki ularda saklar qabilasida o’yin musobaqalar juda keng tarqalgan va ular xalqning sevimli odati bo’lgani haqida ma’lumotlar bor. Uning guvohlik berishicha saklar qabilasining yigitlari ana shu o’yin musobaqalarda o’zlari yenggan qizlarga uylanish huquqini olganlar Milliy xalq o’yinlari qadimgi tomoshalar sifatida bir necha yuz yillar muqaddam maydonlarda vujudga kelgan.
Buni arxeologik qazilmalar va qadimgi rim yozuvchisi Elianning etnografik materiallari ham tasdiqlaydi. Ularning paydo bo’lish tarixi bizning hududimizda sport, teatr, raqs va sirk san’atining rivojlanishi bilan bog’liqdir. Xalq o’yinlarining mazmuni g’oyat boy, rang-barang va juda xilma-xil bo’lib, muayyan tarixiy xarakterga egadir. Ular xalq tantanalari va tomoshalarining eng yaxshi an’analarini o’zida jamladi, betakror o’ziga xosligi va xususiyatlari bilan milliy madaniyatini boyitdi, o’z avlodlarining xalq an’analarini mujassamlashtirdi.
O’yinlar o’zbek xalqining ko’p avlodlari turmushi va ijtimoiy hayotining zarur elementi sifatida asrlar bo’yi takomillashib keldi hamda rivojlanishning har bir tarixiy bosqichida turli ijtimoiy vazifalarni bajardi. O’zbek xalq o’yinlari tarixning ijodiy kuchini, moddiy va ma’naviy boyliklarini o’zida mujassamlashtirilgan,
Milliy xalq o’yinlari orasida, ayniqsa, qadimiy dorboz va simbozlik san’ati alohida ajralib turgan. Ilgari dor o’yini juda mashhur bo’lgan. Ommaviy va mahalliy bayramlar, mavsumiy bozorlar dorbozlarsiz o’tmagan deyish mumkin. Registonda bozor maydonlarida, chorsularda dorlar qurilgan. Karnay-surnay va nog’oralar sadolari tomoshalarning boshlanishidan darak berib turgan. Odamlar to’plangach, o’yinlar boshlangan. Tomoshabinlar baland qilib tortilgan arqon ustida o’ynayotgan dorbozning dadil harakatlarini hayajon bilan kuzatishgan.
Bir vaqtlar bizning hududimizda yog’och oyoq o’yini ommaviy ravishda tarqalgan. Yog’och oyoqlar yugurib, sakrab, raqsga tushib, karnay, surnay kabi milliy cholg’u asboblarda kuylar ijro etib, ajoyib tomoshalar ko’rsatgan. Mana shular haqida Zaxriddin Muxammad Bobur o’zining “Boburnoma” asarida anchagina ma’lumotlar bergan. Xorazmda “Tayoq o’yini” keng tarqalgan.
O’zbek xalqining an’anaviy turmushini o’rganishidan ma’lum bo’lishicha, hozirgi O’zbekiston Respublikasi hududida bir vaqtlar asosan ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi elatlar yashagan. Ularning asosiy mashg’uloti chorvachilik bo’lgan. Chorvachilik bilan nafaqat yarim o’troq, balki o’troq dehqonlar ham shug’ullangan. Dehqonlar mollarni yer haydashda, bug’doy yanchishda, daryo va quduqlardan suv tortishda ishlatgan.
Shuningdek, chorva mollaridan savdogarlar va hunarmandlar ham foydalangan. Mana shular tufayli “Podachi”, “Oqsoq bo’ri va qo’ylar”, “Echkilar va cho’ponlar”, “Oq tuya”, “Bo’ri keldi” singari qator o’zbek xalq o’yinlari kelib chiqqan Xalqimuuiz orasida hayvonlar va qushlar mavzuidagi juda qiziqarli “Kaptar o’yini”, “Chag’alak”, “Yumronqoziq”, “Ot o’yini” kabi raqslar keng rasm drr’lghahn. O’zbeklar orasida “Karnaymi, surnay”, “Nina, ip va tuguncha”, “Tapir-hto’pur qayirag’och”, “Qovoq ekish”, “Xo’rozlar jangi”, “Xo’roz va tovuq”, “Qoch bolam, qush keldi”, “Oq terakmi-ko’k terak” kabi o’yinlar ham mashhur bo’lguan.
Milliy xalq o’yinlari juda qadim zamonlarda vujudga kelgan, rivojlanishining har bir tarixiy bosqichida mazmunan o’zgarib, turli ijtimoiy vazifalarni bajargan . An’analar, fanlar, shu jumladan, xalq milliy o’yinlari, millatimiz hayoti bilan bog’liq bo’lib, avloddan avlodga meros bo’lib o’tib kelgan. Avlodlar egallagan bilim va tajribalar amaliy hayotda sinalgan, keyingi avlodlar tomonidan mustahkamlangan va takomillashtirilgan.
Ularning mazmunini har bir avlod, jamiyat rivojlanishining bosqichlari yangilab borgan. Bolalar jamiyat rivojlanishining o’sha bosqichida kattalar o’ynagan xalq milliy o’yinlarini o’ynaganlar. Ko’pgina milliy o’yinlar otalar va bobolardan bolalarga va nabiralarga o’tgan. Xalq milliy o’yinlarida xalqning ijtimoiy hayoti, mehnat faoliyati va turmush tarzi o’ziga xos shakllarda aks etgan. Ularda juda boy hissiyot va kechinmalar, o’z Vatanini sevuvchi, himoya qilish orzu-umidlari mujassam bo’lgan.
O’yinlarning tabiiy-tarixiy paydo bo’lish asosi va taraqqiyoti mehnat jarayoni bilan bog’liq. O’yinning ilk boshlang’ich ko’rinishi ibtidoty jamiyatda sinkrelik (qorishiq) san’at qismi sanalib, insonning mehnat va kundalik faoliyatini ifodalagan. Ular qo’shiq, raqs, musiqa bilan ajralmas bo’lgan. Ishlab chiqarish qurollarining takomillashuvi va tilning taraqqiyoti bilan o’yinlar fikrlash faoliyatining mustaqil turiga ajragan hamda o’z mazmuniga ko’ra boyib borgan, ularning harakatni talab qiladigan shakllari paydo bo’lgan.
O’yinlar faoliyatning mustaqil turi sifatida muayyan darajada hamma vaqt jamiyat hayot tarzini belgilagan desak mubolag’a bo’lmaydi. Ko’pgina mamlakatlarning olimlari va pedagoglari o’yinlar mohiyatini, uning kelib chiqishi, taraqqiyoti va ahamiyatini o’rganmoqdalar. Shunga ko’ra o’yinlarning mohiyati va kelib chiqishini ifodalovchi turli xil nazariyalar, fikrlar va qarashlar ham mavjud.
Kishilik taraqqiyoti tarixida mehnat o’yinlari katta o’rin tutgan, ammo inson hayotida o’yinlarning kelajakdagi mehnat faoliyatidan oldin turadi. Masalan, bola o’ynab rivojlanadi, undagi shartli reflekslar birinchi va ikkinchi signallar tizimi, dotmiy ravishda organizm atrof-muhit bilan o’zaro faoliyat va tarbiyaning hal qiluvchi ta’siri paytida tashkil qilgan pedagogik jarayon sifatida shakllanadi.
Shaxsning shakllanish va rivojlanish jarayoni insonning ijtimoty tajribasini o’zlashtirish jarayoni hamdir. O’zbek xalq o’yinlarining paydo bo’lishi bizning eramizgacha bo’lgan davrlarga, aniqrog’i ibtidoty jamoa tuzimi davrlariga to’g’ri keladi. Buni tarixiy, arxeologik, etnografik. folklor va boshqa manbalar to’la-to’kis isbotlaydi.
Qadimgi rim yozuvchisi Elianning guvohlik berishicha, ajdodlarimiz bo’lgan saklar qabilasida o’yin musobaqalari juda keng tarqalgan va ular xalqning sevimli odati sanalgan. Uning tasdiqlashicha, saklar qabilasining yig’inlari ana shu o’yin musobaqasida o’zlari yenggan qizlarga uylanish huquqini olganlar.
O’zbek xalq o’yinlari mazmunan g’oyatda boy, shaklan xilma-xil bo’lib. muayyan ijtimoty- tarixiy tavsifga egadir. Demak, ajdodlarimizning ovchiligi asosida - "ovchilik o’yinlari", chorvachilik asosida "ho’kiz, ot, ayiq o’yinlari», dehqonchilik asosida - "mehnat o’yinlari"shakllandi.
Milliy o’yinlarimiz serharakatligi barcha organizm va muskullarni o’stiruvchanligi, chidamlilikka o’rgatuvchi, chiniqtiruvchi harakatlardan tashkil topganligi bilan boshqa xalqlar o’yinlaridan tubdan farq qiladi.
Halqimiz orasida har bir faslga mos o’yinlar mavjud bo’lib o’ynalib kelingan.
O’zbek milliy o’yinlari hatiyligi, har tomondan yaratilganligi uchun xam katta-yu kichik va hatto xotin-qizlar tomonidan sevib o‘ynalgan. Ota-bobolarimiz o’z farzandlarini qiyinchiliklar oldida dovdiramaslik, qo‘rqmaslik ruxida tarbiyalab uni yechishga o’rgatganlar [42.14].
Ko’p yillar davomida yiqqan malakalariga tayanib o’z farzandlariga badan tarbiya va aqliy o’yinlardan foydalanish yo’l yo’riqlarini ko’rsatganlar Og’ir mehnatdan keyin kishilar bir joyga to’planishib turli milliy o’yinlar bilan mashg’ul bo’lganlar, dam olganlar .
Grek tarixchisi Gerodot xorazmiylar bilan yonma-yon yashagan saklar qabilasidagi mohir merganlar haqida bunday deb yozgan: “Saklar dunyodagi merganlar orasida o’qni zoe ketkazmaydigan juda mohir merganlar sifatida shuhrat qozongan edi”.
Mashhur adib Oybek o’zining "Bolalik" qissasida xalq milliy sporti turlaridan bo’lgan "uloq o’yini"ni juda yaxshi bayon qiladi: “Uloq» xalqning qadimiy o’yini. Uni ilk bor ko’rgan Muso hang-mang bo’lib qoladi. Qalin odamlar orasidan jonivor ot o’qday uchib ketdi. Bir ongina sarosimaga tushgan uloqchilar ko’pirgan, quturgan daryoday, duv etib, orqadan quvib ketdi. Uloqchilar biridan biri uloqni olib qochadi, yana butun otliq duv quvadi...”
Bu o’yinlar ular kayfiyatlarini ko’targan, tetiklashtirib kuch to’plaganlar. Ayniqsa bahorgi va kuzgi fasllarga mos bo’lgan o’yinlarni butun-butun qishloqlar uynashib, o’zlarini shod etishga harakat qilganlar. Bu o’yinlar hosil bayramlarida. Sayl va to’ylarda tantanali ravishda o’tkazilgan. Eng kuchli qurqmas botir chaqqon ishtirokchilar taqdirlangan va sovrinlar olgan. Bu esa o’zbek badantarbiya o’yinlarining rivojlanishiga katta yo’l ochib bergan.
Respublikamiz Prezidenti Sh.Mirziyoev yosh avlod tarbiyasi haqidagi fikrlari katta ahamiyat kasb etadi; “yosh avlodni tarbiyalash biz uchun eng asosiy vazifadir” [2]. Shundan kelib chiqib, hozirgi vaqtda O’zbekiston pedagogik jamiyati tarbiyaning odatiy bo’lgan shakllari va usullarini izlab topish, o’sib borayotgan avlodda mustahkam umuminsoniy ishonch va qarashlarini shakillantirish; shaxsda milliy madaniyat va milliy qadriyatlarni hurmat qilish,avaylab asrash tuyg’ularini o’stirishga diqqatini qaratmog’imiz lozim.
Xalq milliy o’yinlari milliy qadriyatlar tarkibidagi xalqning eng sevimli ommaviy ma’naviy tadbirlaridan biridir. «Navro’z», hayit, to’ylar va turli xil an’anaviy marosimlar, udumlar qadimdan kurashsiz, ko’pkarisiz (uloq), poygasiz va boshqa ko’p milliy o’yinlarisiz o’tmagan. Bunday tadbirlar xalq og’zaki ijodining barcha turlarida, dostonlarda ifoda etilgan. Ular ulug’ allomalar Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy, Mirzo Bobur va undan keyingi o’tgan adiblar, shoirlaming asarlarida qiziqarli hamda to’la bayon etilgan.
Yaqin o’tmishda va ayniqsa, mustaqillik yillari davrida xalq milliy o’yinlarini o’iganish va ulami qayta tiklash bilan o’quvchi yoshlarning ma’naviy hamda jismoniy kamolotlarini tarbiyalashda ulardan maqsadli foydalanish amalga oshirildi. Bu yo’lda madaniyat va san’at arboblari, taniqli olimlar M.Murodov, U.Qoraboev, T.S.Usmonxo’jaev, R.Abdumalikov, F.N.Nasriddinov kabilarning xizmatlari g’oyat katta bo’ldi.
Xalq milliy o’yinlari bir necha yo’nalishlarga ega bo’lib, ularning tarkibida raqslar, laparlar, aytishuvlar, askiyalar va juda ko’p janrlardagi san’at ancha ustun turadi. Shuningdek, ular qatorida ajdodlardan meros bo’lib kelayotgan qator harakatli o’yinlar va sportga xos o’yinlar ham juda ko’p. Ularni quyidagi asosiy guruhlaiga ajratish mumkin, ya’ni:
1. Kurashchilar (Buxoroga, Farg’onaga, Xorazmga va x.k.).
2. Ot o’yinlari (ko’pkari-uloq, poyga (yayov), qiz quvmoq, otdan ag’darish, chovg’on va h.k.).
3. Dorboz (dor ustidagi mashqlar, hazil va aytishuvlar).
4. Tosh (gir) ko’tarish.
5. Arqon tortishish.
6. Bilak kuchini sinash.
7. Harakatli o’yinlar (quloq cho’zma, eshak mindi, yelkada kurash, xo’rozlar jangi, chillik, poda to’p va h.k.).
Bunday o’yinlaring deyarli barchasi hoziigi davrdagi ommaviy bayramlar, musobaqalar va to’ylarda keng qo’llanmoqda. Ulaming mazmunlari xalqqa ma’lum.
Qolaversa, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Toshkent va boshqa viloyatlarning tog’li hududlari va yangi o’zlashtirilgan joylarida bo’layotgan katta to’ylarda kurash, ko’pkari-uloq, poyga va turli xil harakatli o’yinlar doimiy ravishda qo’llanilmoqda.
Bu o’yinlar to’ylaiga fayz, baraka kiritish bilan birgalikda tomoshabinlar olqishiga sazovor bo’lmoqda, ayniqsa, o’quvchi yoshlarning milliy o’yinlar, zamonaviy sport turiga qiziqishini tobora oshirmoqda.
Bolalar o’yinlarida shu bilan bir qatorda yengil hazil, musobaqa, jamoaviy birlikka yo’naltiruvchi sifatlar ko’proq ko’zga tashlanadi. O’zbek xalq o’yinlarini turlicha tasniflash mumkin. Masalan, o’yin ishtirokchilarning yoshiga nisbatan (bolalar, o’smirlar, kattalar), jinsga nisbatan (o’g’il va qiz bolalar yoki erkak va ayollar), mavsumga nisbatan (baxorgi, qishgi, yozgi, kuzgi), o’ynaladigan joyga nisbatan (maydon, suv, xona), kasbga nisbatan (dehqon, hunarmand, chorvador va boshqa), hududga nisbatan (shimoliy, janubiy, sharqiy yoki shimoliy).
O’yinlarni paydo bo’lish jarayoniga nisbatan quyidagilarga bo’linadi:
• ovchilik o’yinlari (Gang, Jambil, Lappak, Oshiq, Xappak, Chirgizak va boshqa);
• cho’pon o’yinlari (To’ptosh, Ko’tarma tosh, Echki o’yin, Cho’pon va shoqol, Qadama tayoq, Chillik, Podachi, Chanta, Chuv-chuv va boshqa);
• hunarmandlik o’yinlari (Dandarak, Charxpalak, Besh barmoq, Paqilloq, Lanka, Chig’iriq, Uzuk soldi, Varrak, Sartarosh, Ko’z bog’lar va boshqa);
• dehqonchilik o’yinlari (Palaxmon, Jon burgam, Somon sepdi, CHanoq o’yin, Shaftoli shakar, Qo’riqchi va boshqa);
• taqlidiy o’yinlar (Hola-hola, Topaloq, Kim oladi-yo, Ayiq o’yin, Xo’roz urishtirish, Oqsoq turna, Bosari, Asalari, G’ozlar va boshqa);
• harakatli o’yinlar (Cho’nka shuvoq, Chim otish, Kim tez, Xurkach, Tufaloq, Chori chambar, Mushuk-sichqon, Yog’och oyoq, Durra solish, Halinchak va boshqa);
• so’z o’yinlari (Kim chaqqon, Bolqon-bolqon, Botmon-botmon, Juftmi-toq, Oq quyonim alomat, Oq terakmi, ko’k terak, Pirr etdi va boshqa);
• yig’in o’yinlari (Gap-gashtak, To’piq o’yin, Podsho-vazir, Podsho-o’g’ri, Arshi a’lo va boshqa);
• kurash va u bilan bog’liq o’yinlar (Milliy kurash, Polvonbozlik, Yelkada kurash, Bel olish kurashi va boshqa);
• chavandozlik o’yinlari ( Chavgon, Uloq-ko’pkari, Piyoda poyga, Oltin qoboq, Shog’uloq, Qiz quvish, Eshak mindi va boshqa).
O’zbek xalq milliy o’yinlari o’zining uzoq o’tmishi, boy tarixiga ega bo’lgan, ajdodlardan avlodlarga meros sifatida o’tib kelayotgan, ma’naviy boyligimiz, qadriyatlarimizdan sanaladi. Zero, bolalar va o’smirlarni har tomonlama sog’lom, jismonan baquvvat, ma’nan zukko va topqir bo’lib ulg’ayishlarida har bitta milliy o’yinimizning o’z o’rni bor.
Bugunda unutilib borayotgan qator milliy o’yinlarni kengroq targ’ib etish yo’li bilan yoshlarimizni sog’lom turmush tarziga targ’ib etish, ularning intellektual salohiyati bilan birgalikda jismonan barkamol bo’lib voyaga yetishlariga xizmat qiluvchi qadimiy xalq o’yinlarini yana bir bor yodga olish festivalning asosiy maqsadi.
Bolalar va o’smirlar o’rtasida ovchilik o’yinlaridan «Oshiq-moshiq”, “Xappak tosh”, hunarmandlik o’yinlaridan “Lanka”, “Kuz bog’lar”, dehqonchilik o’yinlaridan “Qo’riqchi”, taqlidiy o’yinlardan “Kim oladi-yo shuginani-yo”, “Xo’roz urishtirish”, harakatli o’yinlar turkumiga kiruvchi “Halinchak”, so’z-harakat o’yinlaridan “Oq terakmi - ko’k terak”, “Arqon tortishuv”, kurash va u bilan bog’liq o’yinlar sirasiga kiruvchi “Milliy kurash”, “Yelkada kurash”, “Bel olish kurashi”, chavandozlik o’yinlaridan “Piyoda poyga”, “Eshak mindi” kabi asrlar elagidan o’tib kelayotgan milliy o’yinlarni tarib qilish maqsadga muvofiqdir.
Milliy o’yinlarimizning har birida mardlik, jasurlik, rostgo’ylik va zukkolik talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |