3. Xalq amaliy san’ati va hunarmandchilik sohalariga nimalar
kiradi?
A) Zargarlik, zardo’zlik, kulolchilik.
B) O’ymakorlik, kulolchilik, bastakorlik.
S) Maishiy buyumlar yasash, musiqa.
D) Zargarlik, kurash tushish.
4. Quyidagi maqolning davomini toping? Betashvish bosh qayda...
A) Mehnatsiz osh qayda.
B) Qup - quruq tosh qayda.
S) O’smasiz qosh qayda.
D) Kurmaksiz osh qayda.
31-Mavzu: O‘zbek xalqining muomala madaniyati, ahloqiy me’yorlari,
turmush kechirish tartib-qoidalari mazmuni.
Reja
1. O‘zbek xalqining muomala madaniyati.
2. Muomala axloqiy fazilat sifatida.
3. Mutafakkirlar muomala odobi haqida.
Xalqimiz azal-azaldan axloqiy fazilatlarga boy bo‘lgan. Ota-bobolarimiz
farzand o‘stirar ekanlar, ularning xulq-atvorlariga, gap-so‘zlariga, kishilar oldida
o‘zlarini qanday tutib, nimalar haqida fikrlashib, o‘z maqsadlarini qanday so‘zlar
bilan tushuntirishlariga katta ahamiyat berishgan. Ular farzandlarining qo‘rslik
qilishi, kattalar suhbatiga aralashishi, nojo‘ya ishlariga zinhor-bazinhor yo‘l
qo‘ymaganlar. Bu narsalarga farzand tarbiyasining eng muhim tomoni deb
qaraganlar.
Ispaniyalik bir faylasuf olim butun umrini jahon xalqlarining urf-odatlarini,
axloq-odobini o‘rganishga, tadqiq qilishga bag‘ishlagan ekan. Ittifoqo, o‘sha olim
bizning yurtimizga tashrif buyurib, Toshkent, Samarqand, Buxoroda bo‘libdi.
Yuritga qaytib borgach: “Hozirgacha o‘rgangan, tadqiq qilgan barcha ishlarimni
o‘n besh yoshli o‘zbek qizalog‘ining o‘rnidan turib, qo‘lini ko‘ksiga qo‘ygancha
choy uzatishdagi odobiga, nazokatiga almashtirishga rozi edim”, degan ekan. Biz
shunday yuksak odobli, madaniyatli xalqning farzandi ekanligimizdan har qancha
faxrlansak arziydi, albatta.
Milliy urf-odatlar, an’analar va marosimlar tarixiy-ijtimoiy kategoriya bo‘lib,
ular muayyan millatning tarixiy taraqqiyoti jarayonida avloddan avlodga o‘tib
kelgan ishlab chiqarish, tirikchilik, maishat, xulq-atvor va boshqalarda o‘ziga
xoslikka ega bo‘lib, rasm-rusumga aylangan munosabatlardir. Urf-odatlar asrlar
davomida yashab, kishilarning axloqiy normalariga aylangan holda, ularning qon-
qoniga, xatti-harakatiga, kundalik turmushi shakllariga singib ketadi.
Yuksak ma’naviyatli xalqlar o‘z milliy axloq-odob xususiyatlarini saqlab
qolganlar. Masalan, yaponlar, hindlar, arablar. Imon-e’tiqodi sust xalqlar esa o‘zga
millat va xalqlarning axloq-odobiga berilib ketib o‘zligini yo‘qotadi.
266
Quyida Sharq axloqi uchun mushtarak bo‘lgan muhim va mo‘’tabar jabhalar,
xalq xikmatlari va buyuk allomalarning axloq haqidagi g‘oyalari bayon qilinadi.
Shoyad donolar xikmati o‘zligimizni yangidan kashf etish va axloqiy –ma’naviy
qadriyatlarimiz tiklanishiga ko‘mak bersa degan umiddamiz.
Turli xalqlar pedagogikasini o‘rganar ekanmiz xar bir millatning o‘zga xos bu
boradagi boy tajribalari, tarixiy merosi, tarbiya jarayoniga yondashuvlari bilan
bizning milliy tarbiya o‘rtasida mushtarak jihatlar mavjud ekani va tarbiya
jarayonida xorijiy tajribalardan foydalanish samarali natija berishini guvohi
bo‘ldik.
Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlar bilan endi taraqqiyot yo‘lga kirgan
mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarda tenglik o‘rnini, iqtisodiy jihatdan taraqqiy
qilgan mamlakatlarning dunyo siyosatini belgilab beruvchi kuch darajasiga
ko‘tarilishi, ularning o‘z ma’naviyat, madaniyat va ahloqlarini ommaviy
madaniyatning negiziga aylantirish borasida olib borayotgan amaliy harakatlarini
ham ifodalaydi.
Xalq pedagogikasi insonning turmush tarzi, ahloq-odobi, urf-odatlari,
an'analari, marosimlari, ma'naviy qadriyatlari, diniy e'tiqod, ozodlik yo`lidagi
vatanparvarligi kabi xislatlarni shakllantirish va rivojlantirish sohasida orttirgan
tajribalari avloddan-avlodga o`tib keldi, ma'naviy boylik sifatida xizmat qilmoqda.
Xususan Sharq mutafakkirlarining boy merosi, ularning falsafiy qarashlari,
ayniqsa ahloq-odob, insof, diyonat, iymon, vijdon, mehnatsevarlik, ilmsevarlik,
insoniylik xususidagi q’oyalari insonni har tomonlama va uyq’un rivojlantirishda
asosiy omil bo`lib xizmat qiladi.
Shu jihatdan qaraganda Bahovuddin Naqshband ta'limoti mazmunida insonni
yuksaklikka eltuvchi, go`zallikdan baxramand qiluvchi mezon – aql – idrok yotadi.
Naqshbandiya tariqati va ta'limoti qur'oni Karim va Hadisga asoslanadi.
Hadislar inson ma'naviy kamolotining asosi bo`lgan ahloq-odob tarbiyasining
barcha muammolarini o`z ichiga oladi. Umuman olganda, hadislar ahloqiy-
tarbiyaga oid bo`lgan fikrlarning mukammal to`plamidir. Hadislarni o`rganar
ekanmiz ularda halollik va poklik, iymon va vijdon bilan boq’liq bo`lgan birorta
ham masala e'tibordan chetda qolmagan, faqatgina poklik tantanasi orqaligina
jamiyatda adolatga erishish mumkinligini ko`rsatadi.
Mustaqil O`zbekistonda ta'lim-tarbiya ishlarini to`q’ri yo`lga qo`yish milliy
va umuminsoniy qadriyatlarning barcha imkoniyatlaridan to`la va samarali
foydalanishni taqozo qiladi. Jahon xalqlarining ilq’or madaniyati milliy
ma'naviyatimizni yanada yuksak darajaga ko`tarishga ijobiy ta'sir etishi
mumkinligini inkor etib bo`lmaydi. Ta'lim-tarbiya jarayonida boshqa xalqlar
merosining ijobiy tomonlaridan qanchalik foydalanmaylik, baribir o`zbek milliy
qadriyatlari ma'naviy kamolotimizning asosi bo`lib qoladi.
Bu borada xalq pedagogikasining an'analari muhim ahamiyatga ega bo`ladi.
Bu an'analar uzoq vaqt davomida rivojlanib, falsafiy tafakkurda umumlashib,
xikmatli so`zlar, xalq maqollari shakliga kirgan. Ular yozma yodgorliklarda
Maxmud qoshq’ariy, Yusuf Xos Hojib va boshqalarning asarlarida o`z aksini
topgan. Ularda ta'lim-tarbiyaning nazariy va amaliy masalalari bilan boq’liq
ko`pgina muhim muammolar ilgari surilgan. Bular hozirgi kunimiz uchun ham
267
katta ahamiyatga ega bo`lgan tarbiyaviy omillardir. Forobiy, Ibn Sino, Beruniy
asarlarida ham milliy pedagogikaning o`ziga xos tarixiy an'analarini ko`rish
mumkin. Forobiyning «Fozil shahar aholisi» nomli asarida o`rtaga tashlangan
masalalar xalqning adolatli jamiyat va uning ma'naviy kamolot cho`qqisiga
erishgan fuqarolari to`q’risidagi falsafiy – ahloqiy fikrlar o`z ifodasini topgan.
Imom Ismoil al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin
qubro, Xoja Axror Valiy ta'limotida ham odamlarni halollik, poklik,
mehnatsevarlik va insonparvarlikka chorlovchi q’oyalarga asoslangan fikrlar
mavjud. O`zbek she'riyatida ham ahloq-odob masalasining falsafiy muammolari
nihoyatda keng o`rin olgan. Navoiiy, Bobur, Mashrab, Nodira q’azallarida
kishilarda millatimizga xos bo`lgan jihatlar: yurtga sodiqlik, insonparvarlik,
mehnatsevarlik, insonni mehr-muhabbatini uluq’lovchi falsafiy-didaktik fikrlarni
ko`rish mumkin. Mutafakkirlar pedagogik qarashlari, ta'lim-tarbiyaga oid asarlari
bizlarga buyuk meros, ta'lim-tarbiya jarayoni uchun bitmas tugalmas javohirot
sifatida yetib kelgan.
Markaziy Osiyo xalqlari, xususan O`zbek xalqi va uning madaniy-ma'rifiy
taraqqiyoti asrlar davomida misli ko`rilmagan darajada rivojlangan. qolaversa,
ahloq-odob, pedagogika fanlari butun jahonga o`rnak bo`larli ma'no va mazmun
kasb etgan.
Ibn Sino yosh bolalarni tugilishidan boshlab tarbiyalash mahallasiga katta
e'tibor beradi. Bola tuq’ilganidan to oyoqqa turguncha ma'lum tartibda tarbiyalanib
borishi lozim.
Bola xulqini mo`'tadillikda saqlashga alohida e'tibor berish kerak. Bundan
ikki manfaat bor. Bir – bolaning ruhi uchun bo`lib, u yoshlikdan boshlab yaxshi
xulqli bo`lib o`sadi va keyinchalik bu unga ajralmas malaka bo`lib qoladi.
Ikkinchisi – uning badani uchundir, chunki yomon xulq turli mijoz
buzilishlaridan bo`ladi. Shuningdek, agar yomon xulq odatga kirib qolsa, u mijoz
buzilishini keltirib chiqaradi. Masalan, q’azab kuchli qizdiradi, qayq’u kuchli
quritadi. (Ibn Sina. Kniga o dume. Izd. Fils. Pr. s 111).
Ibn sino fikricha, avvalambor ahloqiy va aqliy tarbiya usullarini yaxshi
egallagan, irodali, dono, q’amxo`r va dinga ishongan o`qituvchi va tarbiyachi
tanlash kerak bo`ladi. U soq’lom, tozalikni sevuvchi, sofdil va odamlarga yaxshi
munosabatda bo`la oladigan bo`lishi kerak. (Ibn Sino. Kanon vrachebnoy nauki. T.
1985 g. s 112).
Buyuk mutafakkir Abu Ali Ibn Sino inson kamoloti va bu sohada qilinadigan
ishlarni tajriba asosida amalga oshirish, dunyoviy ilmlarni o`rganish yo`llari
haqidagi ta'limotlari q’oyatda qimmatlidir.
Ibn Sino o`qituvchining shaxsiy xislatlariga ruhiyatiga e'tibor berib, uning
aqliy xususiyatlari, ruhiyati, mehnatsevarligi, bilimi, irodasiga asoslangan holda
ta'lim-tarbiya ishini olib borish kerakligi haqidagi fikr-mulohazalari bilan milliy va
umuminsoniy pedagogik fikr rivojiga ulkan xissa qo`shdi.
Allomaning qimmatli fikrlari bugungi kun avlodni tarbiyalashda ko`rsatma
sifatida juda ahamiyatlidir.
Qomusiy olim Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy X asrning
ikkinchi yarimi va XI asrning boshlarida – q’oyat murakkab tarixiy davrda yashadi
268
va ijod etdi.
Beruniyning bilimlarni egallash yo`llari, usullari haqidagi firkrlari hozirgi
davr uchun ham dolzarbdir. Ta'lim berish jarayonida talabani zeriktirmaslik, bir xil
fanni o`rgatavermaslik; usviylik; izchillik, mavuzlarni qiziqarli asoslab,
ko`rgazmali bayon etish va hokazolarga e'tibor berish kerakligi uqtiriladi.
Olim bilim oluvchilarga qalbini yomon illatlardan, inson o`zi sezishi mumkin
bo`lmagan holatlardan, qotib qolgan urf-odatlardan, hirsdan, behuda raqobatdan,
ochko`zlikdan, shon-shuhratdan saqlash zarurligini uqtiradi.
U barcha illatlarning asosiy sababchisi bilimsizlikda, deb bilgan. Bilimlar
egallashda esa kishida bilimga intilish, qiziqish va ijtimoiy muhit o`rnini alohida
ta'kidlaydi.
Bilim olishda tushunib o`rganishga, ilmiy taqdiqotchining ma'naviy poklikka
rioya etishiga alohida e'tibor bergan. Beruniy firicha, ahloqiy insonning eng asosiy
sifati bo`lishi kerak. Bu xislat birdaniga tarkib topmay, u kishilarning o`zaro
muloqoti davrida saralanib, muayyan ijtimoiy muhitda tarkib topadi.
Beruniy faxrlanishni yaxshi xulq ma'nosida ishlatib, «Yodgorliklar» asarida
shunday deydi: «Fahrlanish – haqiqatda yaxshi xulq va oliy fe'llar, oldin ketish,
ilmu hikmatni egallash va imkoniyat boricha mavjud nopokliklardan tozalanishdir.
Kimda shunday sifatlar topilsa, hukm uning foydasiga va kimda bular yetishmasa
hukm uning zarariga bo`ladi».
Mutafakkir inson kamolotida mehnat va mehnat tarbiyasining o`rni haqida
muhim fikrlarni bayon etadi. U har bir hunar egasini mehnatiga qarab turlarga
bo`ladi. Oq’ir mehnat sifatida binokor, ko`mir qazuvchi, hunarmand, ilm-fan
sohiblari mehnatini keltiradi. Ayniqsa, ilm ahli – olimlar mehnatiga alohida e'tibor
berish, ularga xayrixoh bo`lishga chaqiradi, ularni ma'rifatchilar, jamiyat ravnaqiga
hissa qo`shuvchilar, deb biladi. Beruniy inson kamolotida uch narsa muhimligini
ta'kidlaydi – bu hozirgi ma'rifat ilm-fani ham e'tirof qiluvchi – irsiyat, ijtimoiy
muhit va to`q’ri ta'lim-tarbiyadir. Abu Rayhon Beruniy nazarida inson kamolga
yetishining muhim omillari ma'rifatli bo`lish va yuksak ahloqlilikdir. Beruniy ilmiy
bilishga doir, ta'lim usullari haqidagi qarashlari bilan ma'rifat nazariyasida o`ziga
xos maktab yaratdi.
Sharqda mashhur bo`lgan allomalardan biri, o`rta asrning buyuk mutafakkiri
Abu Ali ibn Sinodir.
Ma'lumki, Ibn Sino ham boshqa mutafakkirlar kabi o`zining ta'lim-tarbiyaga
oid qarashlarini falsafiy, ijtimoiy qarashlari bilan boq’liq holda ifodalagan, maxsus
risolalarda talqin etgan.
Abu Ali ibn Sino kamolotga erishishning birinchi mezoni sanalgan bilimlarga
yetishishga da'vat etgan. Chunki ilm-fan tabiat va jamiyat qonuniyatlarini ochib,
avlodlarga yetkazadi. Bu maqsadga yetishish uchun inson qiyinchiliklardan
qo`rqmasligi zarur, deydi. «Ey birodarlar! Odamlarning botiri mushkulotdan
qo`rqmaydi. Kamolot hosil qilishdan bosh tortgan kishi odamlarning eng
qo`rqoq’idir». Zero, bilimli kishi jasur, o`limdan ham qo`rqmaydigan, faqat
haqiqatni bilish uchun harakat qiladigan bo`ladi, deydi u fikrini davom ettirib.
U haqiqatni bilish uchun bilimga ega bo`lish kerakligini, lekin har qanday
bilim ham haqiqatga olib kelmasligini, inson o`z bilimini haqiqiyligini anglash
269
uchun mantiqdan ham xabardor bo`lishi zarurligini uqtiradi. Ibn Sinoning ta'lim
usullari haqidagi ta'limoti asosida ham bilimlarni egallashda mantiqiy tafakkurga,
shaxsiy kuzatish va tajribalarga tayanish kerak, degan q’oya yotadi.
Ibn Sino bolalarni maktabda o`qitish zarurligini qayd etar ekan, ta'lim-
tarbiyada quyidagi tamoyillarga rioya etish zarurligini ta'kidlaydi:
bolalarga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qo`ymaslik;
ta'limda yengildan oq’irga borish orqali bilim berish;
olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo`lishi;
jamoa bo`lib maktabda o`qitishga e'tibor berish;
bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish;
o`qitishni jismoniy mashqlar bilan qo`shib olib borish.
Yuqoridagi masalalarga Ibn Sino o`zining «Tadbiri manzil» asarining «Bolani
maktabda o`qitish va tarbiyalash» bo`limida to`xtalib, ta'lim va tarbiya jarayonini
ochib beradi.
Talabaga bilim berish o`qituvchining asosiy burchidir. Shunga ko`ra, Ibn Sino
o`qituvchi qanday bo`lishi kerakligi haqida fikr yuritar ekan, shunday yo`l-
yo`riqlar beradi:
bolalar bilan muomalada bosiq va jiddiy bo`lish;
berilayotgan bilimni talabalar qanday o`zlashtirib olayotganiga e'tibor berish;
ta'limda turli usullardan foydalanish;
fanga qiziqtira olish;
berilayotgan bilimlarning eng muhimini ajratib bera olish;
bilimlarni talabalarning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda berish;
har bir so`zning bolalar hissiyotini uyq’otish darajasida bo`lishiga erishish
zarur.
Ibn Sino insonning shakllanishida uning atrofini o`rab olgan ijtimoiy muhit
alohida rol o`ynashini, ana shu muhit insonning atrof dunyoni bilishinigina emas,
balki uning xulqida yaxshi yoki yomon jihatlarning tarkib topishiga ham ta'sir
etishini, shuning uchun ham bolalarni tarbiyalashda ehtiyotkor bo`lish, uni yomon
ijtimoiy muhitdan uzoqroq saqlash zarurligini uqtiradi.
Ibn Sino inson kamolotida aqliy, ahloqiy tarbiya bilan bir qatorda jismoniy
tarbiyaning muhim ahamiyatini ham nazariy, ham amaliy jihatdan isbotlaydi.
Ibn Sinogacha insonning kamolga yetishida jismoniy tarbiyaning ta'siri
haqida yaxlit ta'limot yaratilmagan edi. Bolaga hali u tuq’ilmasdan turib
q’amxo`rlik qilish, go`daklik davridan boshlab tarbiyani boshlash zarurligini
ta'kidlaydi.
Xulosa qilib aytganda, Ibn Sinoning ta'lim-tarbiyaviy qarashlarida insonning
aqliy, ahloqiy, estetik, jismoniy rivojlanishi uning kamolga yetishishida asosiy
mezon sifatida talqin qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |