Pedagogika kafedrasi


 Tangri nazdida eng yaxshi uy qaysi?



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet324/430
Sana10.02.2022
Hajmi3,45 Mb.
#440704
1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   ...   430
Bog'liq
xalq pedagogikasi. qiyosiy pedagogika

4. Tangri nazdida eng yaxshi uy qaysi? 
A) Yetimlar izzat qilinadigan uy. 
B) Mehmon kelgan uy. 
S) Ahil oila. 
D) Ota-ona bor uy.
 
 
30-Mavzu: Xalq amaliy san’ati, tasviriy san’at, musiqa san’ati yosh
avlodni estetik tarbiyalashda muhim omil sifatida 
 Reja
1. Etnopedagogikada insonparvarlik tarbiyasi xususida. 
2. Do’st tanlash va do’stlik odobi xususida. 
3. Estetik tarbiya haqidagi etnopedagogik tasavvurlar. 
Etnopedagogikada insonparvarlik tarbiyasi xalq pedagogik qarashlarining 
negizini tashkil etadi. Umuman, etnopedagogika manbalarida tasvirlangan barcha 
obrazlarda insonparvar shaxslar ijobiy obraz sifatida tasvirlanadi. 
Xalq pedagogikasida insonparvarlik ruxidagi g’oyalar(gumanizm), avvalo, 
sevgi, oila, bolalar, ota-onalar, qarindosh-urug’lar, qo’ni-qo’shnilar, do’stlar va 
butun halqqa bo’lgan munosabatlar doirasida ko’p asrlar davomida shakllangan. 
Ma‘lumki, Respublikamizda chinakam insonparvarlik siyosati milliy istiqlol 
davrida amalga oshirilmoqda. O’zbekiston aholisi milliy tarkibining o’ziga xosligi, 
ko’pmillatligi, aholi tarkibining 60 % dan ortig’i bolalar ekanligi, ajdodlar yashab 
kelgan yurtda ularning tarixan turg’un hayot kechirishi va boshqalar insonparvarlik 
tarbiyasini yanada kuchaytirishni taqoza etayotir. Shuning uchun Respublikamizda 
xalqqa siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy turmush tarzini o’zi tanlash huquqi berilgan. 
O’zbekistonda tug’ilgan va yashayotgan har bir kishi teng huquqli fuqaro sifatida 
yashamoqda. Mamlakatda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar inson 
manfaatiga qaratilgan. Bu yo’nalish kelajakda ham rivojlanib boradi. Shuning 
uchun kelajagi buyuk davlatimizning istiqboldagi egalarini haqiqiy insonparvar, 
komil shaxslar kilib tarbiyalashimiz kerak. 
Insonparvarlik tuyg’usini tarbiyalash xalq pedagogikasida, avvalo, oilada va 
oilaviy munosabatlarda amalga oshirilishi zarur deb ko’rsatiladi. Agar bu fikrni 
hozirgi zamon pedagogik mezonlari doirasida bayon etsak, xalq o’z amaliy 
hayotida shunga amin bo’lganki, oilada bolaga tarbiyaviy ta‘sir etish uchun xalq 
pedagogikasi tarbiya metodlarini belgilashda tashabbuskor bo’lishi lozim: u 
bolaning dam olishi, o’quv va mehnat mashg’uloti, ota-ona va qarindoshlar, qo’ni-
qo’shnilar bilan munosabat tarzini belgilab berishi kerak. Ayniqsa, oilaviy 
munosabatlarni to’g’ri o’rnatish g’oyat nozik ish. Unda ota-onaning tarbiyachilik 
vazifasi amalga oshadi. Oilada bola oila a‘zolariaro insonparvarlik tuyg’ularini 
sezadi. Qarindosh-urug’larga nisbatan odamiylik munosabatlari axloqini his etadi. 
Ularga nisbatan mehribonlik, izzat-hurmat, insonparvarlik tuyg’ularini tuyadi va 
buning oqibatida xalq ommasiga bo’lgan muhabbati o’sadi. Yoshlar orasidagi sof 
do’stlik tuyg’ulari sevgiga aylanadi. Xalq pedagogikasi: “Faqat ilk sevgi - 
haqiqiydir”, - deb ta‘lim beradi. “Sevgi – maslahat so’ramaydi”, va “Sevgi – 
o’limdan kuchli” ekanligi ta‘kidlanadi. 


262 
Qadimgi Turon xalqida nikoh to’yi oldidan va to’y jarayonida bajariladigan 
ko’plab insonparvarlik urf-odatlari shakllangan (sovchi qo’yish, qalin solish, 
to’qqiz tovoq, asal yalatish ...). 
Xalq ertaklarida, afsona va rivoyatlarida, topishmoq va qo’shiqlarida, do’stlik 
va sevgi ulug’lanadi. Jamiyatning ilk beshigi hisoblanmish oilada yuz beruvchi 
ziddiyatlarni hal etishning insonparvarona metodlari ko’rsatiladi: “Er bilan 
xotinning urushi – doka ro’molning qurishi” ga o’xshatiladi. “Yaqinlar urushganda 
begonalar bayram qilishi”, do’stlikni kayta tiklash uchun yon berish (“Bir marta 
yon bersang, yuz marta yutasan”) zarurligi ta‘kidlanadi. 
Bolalarga insonparvarlik tarbiyasi berishda ularga ertaklar, dostonlar aytib 
berish, qo’shiqlar o’rgatish, marosimlarda qatnashtirish, ukalariga muhabbat ruhini 
tarbiyalash muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, quyidagi maqollarni o’rgatish bu 
borada muhim ahamiyatga ega: “Bola aziz, odobi undan aziz”, “Davlating – ota-
onang”, “Yomon xotin – umr azobi”, “Oriqmidi, sariqmidi – erim edi, yoriqmidi, 
yuriqmidi – uyim edi”, “Ota-onang o’tirgan uyning tomiga chiqma”, “Tengini 
topsang tekin ber”, “Yaxshi xotin ishlik bo’lar, yomon xotin tillik bo’lar”, 
“Qozilashgan qarindosh bo’lmas”, “Hovli olma, qo’shni ol”, “Hazil edi chin 
bo’ldi, o’ynash edi er bo’ldi”, “Mehmon – otangdan ulug’”, “CHaqirgan yerga bor, 
chaqirmasa nima bor?”, “Kunda kelgan mehmonning qadri yo’q” va boshqalar. 
“Dunyoda do’stlikdan qudratliroq tuyg’u yo’q”, - deb ta‘lim beradi xalq 
pedagogikasi. Shuning uchun uning turfa xil manbalarda do’stlik, boshqalar bilan 
ahil va inoq bo’lish g’oyasi olg’a suriladi. Hayot muammolarini hamkorlikda 
bartaraf etish, zulm va razolatga qarshi birgalikda kurashish, do’stni hayotning 
achchiq damlarida sinovdan o’tkazish haqidagi fikrlari maslahat beriladi. Ijtimoiy 
taraqqiyotning hozirgi pallasida yosh avlodga milliy totuvlik, baynalmilal do’stlik 
ruxini singdirishda etnopedagogikaning mazkur g’oyalari muhim ahamiyat kasb 
etadi.CHunki, bugungi global xaetiy muammolarni insoniyat yaxshi ko’shnichilik, 
hamjixatlik, do’stlik aloqalarisiz hal kila olmaydi. 
Etnopedagogikada, avvalo, “Aybsiz do’st axtargan do’stsiz qoladi” maqolida 
kechirimli bo’lishga undaladi, mayda kamchiliklar tufayli do’stlikni uzish 
qoralanadi. Chunki, xalqning ta‘kidicha: “Birlashgan kuch yengilmas”. Lekin 
do’stlar orasidagi “Gumon do’stni do’stdan ajratadi”. Shuningdek: “Dil og’ritgan 
do’st emas”. Shuning uchun “Do’stga dilingni toza tut!”, kezi kelganda “Do’sting 
uchun zahar yut”. Negaki, “Do’stlik barcha boylikdan afzal”. Ayni paytda, hech 
kim dunyoda yolg’iz yashay olmaydi. Shuning uchun “Baliqning tirikligi suv 
bilan, odamning tirikligi odam bilan”. Chunki: “Ahillik baxtning boshi”, negaki: 
“Arg’amchiga qil quvvat” deganlaridek, “Birlashgan kuch yengilmas” ligi 
ta‘kidlanadi. 
Etnopedagogikada do’stlararo munosabatlarda mehr-muhabbatli bo’lish 
zarurligi ham ta‘kidlanadi. Aks holda, “Bemehr qarindoshdan, mehr bilgan yot 
yaxshi” bo’lishi ham mumkin. 
Do’st tanlash haqida xalq pedagogikasida ming yillar davomida sinalgan 
metodlarni tavsiya etadi. Xalqning ta‘kidlashicha, “Do’st achitib gapiradi”, “Dil 
og’ritgan do’st emas”. Do’st boylikka, dasturxonga boqmaydi, orqadan 


263 
gapirmaydi, yurakdan so’zlaydi. Shuning uchun u tug’ishgan bilan teng 
hisoblanadi. Bunday do’stlarga hamisha eshikni ochib qo’yish mumkin. 
Do’stlikning ijtimoiy ahamiyati etnopedagogikada yuqori qo’yiladi. 
Hamjihatlikda yashash, tinch hayot kechirish, ulug’vor vazifalarni bajarish, 
obodonchilik uchun va dushmanga qarshi birgalikda kurash jarayonlarida 
do’stlikning ahamiyati katta ekanligi ta‘kidlanadi: “Quyosh havoni isitsa, do’stlik 
qalbni isitadi”, “Piyozning po’sti ko’p, yaxshining do’sti ko’p”, “Yolg’iz otning 
changi chiqmas, changi chiqsa ham dong’i chiqmas”, “Birlashgan o’zar, 
birlashmagan to’zar”... . 
Lekin: “Hisobli do’st ayrilmas”, yoki: “Do’stingdan top” maqollari do’st 
tanlashda kishini sergaklikka undaydi. 
Etnopedagogika manbalarida xalqning go’zallik, nafosat tarbiyasi haqidagi 
tasavvurlari afsonalar, miflar, dostonlar, ertaklardagi badiiy obrazlar vositasida 
bayon etiladi. Ayniqsa, xalq qo’shiqlari, marosim va mavsumiy aytishuvlarida 
insonning, Ona yurtning, farzandlarning, tog’ va daryolarning, qir-adirlarning, 
qushlar va hayvonlarning go’zalligi yuksak pardalarda kuylanib, o’quvchi va 
tinglovchining vatanparvarlik, insonparvarlik hislarini yanada kuchaytirishga 
zamin yaratadi. 
Etnopedagogikada go’zallik tushunchasi haqida gap ketar ekan, insonning 
zohiriy va botiniy go’zalligiga dahldor xususiyatlari alohida ko’rsatib o’tiladi. 
Insonning ham tashqi, ham ichki dunyosi mutlaq go’zallikka erishgandagina 
tarbiya jarayonida maqsadga to’la erishilgan deyish mumkin. Shuningdek, 
go’zallik insonning boshqalar bilan muomalasida, nutqida, kiyinish va yurish-
turish odobida, mehnatsevarligida namoyon bo’ladi. 
Mustakil 
Respublikamizda 
jamiyatni 
demokratiyalash 
va 
insonparvarlashtirishning kuchayishi bilan estetik tarbiyaning ham ahamiyati 
yanada kuchaydi. Yoshlar ongida go’zallik hissini o’stirish, estetik didni 
kuchaytirish, san‘at asarlari va yodgorliklarini tushunish va qadrlash, tabiat 
go’zalligini asrash va boshqalar har bir kishining vazifasiga aylandi. Xalq ustalari 
yaratgan yodgorliklarda, binolarda (Samarqand, Buxoro, Xiva ...), ayollar to’qigan 
gilamlarda, joynamoz va kashtalarda, zardo’zi tun va do’ppilarda estetik did, 
go’zallikka chorlovchi g’oya va ruh ufurib turibdi. 
Xalq go’zallikni yarata turib, o’z ijodi namunalariga qo’shyurak (sevishganlar 
belgisi), qo’sh uzuk, gullar, palaklar, nakshlar tasviri singari belgilarni qo’ygan. 
Xalq qo’shiqlari, marosim aytishuvlarida mehnatga muxabbat; to’y, Navro’z, 
qovunsayli, to’quvchilar qo’shig’i, sog’uvchilar qo’shig’i, alla va shu kabilarda 
xalqning ichki tuyg’ulari tasvirlangan. Gijjak, qo’buz, tor, dutor, rubob, tanbur, 
doira, sibziq, karnay, surnay singari musiqa asboblarining bezaklari vositasida 
yoshlar qalbida go’zallikka muhabbat uyg’otilgan. 
Binolarni bezashda o’ymakorlik, naqqoshlik, rangli metallar o’ymakorligi, 
teriga badiiy ishlov berish singari estetik tarbiya vositalari yoshlar tarbiyasida 
muhimdir. Bunday san‘at asarlarida Xalq o’z ma‘naviy dunyosi go’zalligini aks 
ettirib, kelajak avlodlarga meros qilib qoldirgan.Ammo, «Husn tuyda , aql kunda 
kerak» ligi alohida ta‘kidlangan. 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish