The Education of John Dewey. (2003)
. Columbia University Press
146
Insoniy fazilatlarni tarbiyalashda namuna ko`rsatish metodi ustida gap
yuritilar ekan, avvalo shuni aytib o`tish kerakki, insoniylik mavzusida aytilgan
ertak va dostonlarning o`zi katta tarbiya vositasi sifatida xizmat qiladi.
O`zbek xalq ijodida insoniylikni tarbiyalash yuzasidan qo`llaniladigan
namuna ko`rsatish metodi juda ko`p shakllarda uchraydi. Ertak va dostonlarda
uchraydigan namuna ko`rsatish metodining xarakterli tomoni-uning asosan ikki
yo`nalishida ko`zga tashlanishidir. Bir tomondan, ijobiy fe'l-atvorga ega bo`lgan
kishilarning hatti-harakatlarini ko`rsatish orqali undan ibrat olishga undalsa,
ikkinchi tomondan salbiy fe'l-atvorga ega bo`lgan kishilarning nojo`ya hatti-
harakatlarini ko`rsatish bilan undan nafratlanishga, yaramas urinishlardan
qochishga tarq’ib qilinadi. Masalan, «Erali va Sherali» dostonida aka-ukaning
ustozi bolalarga odob-ahloq haqida juda ko`p pand-nasihatlar aytadi.
Xalq ijodi materiallarida bolalarning odob va ahloqiy tarbiyalash yuzasidan
xilma-xil tarbiya vositalaridan foydalangani ham ko`rsatiladi.
Folklor materiallarida uchraydigan ahloqiy tarbiya vositalari juda ko`p tur va
shakllarga ega bo`lsa ham, asosiy vosita sifatida:
Bolalar o`yinlari.
Choyxo`rlik – choyxona gurungi.
Bolalar gapi – gap yeyish.
To`y marosimlari.
Sayillar va hokazolar.
Shubhasiz, bunday davra yoki yiq’inlarning tarbiyaviy ta'siri katta bo`lgan va
hozir ham u juda muhim tarbiyaviy ahamiyatga egadir.
Madaniyat deganda inson xulq-atvorining go`zalligi, sahovat va himatliligi,
olijanobligi, va'dasiga vafodorligi, o`ziga xosligi bilim olishi, donoligi, baq’ri
kengligi, odobliligi, ozoda va pokizaligi, qalbining beq’uborligi va shu singari
yoqimli urf-odatlar tushuniladi.
...Ma'rifatning insonga ko`rsatadigan ta'sirlaridan biri shuki, u odam
dunyoqarashini kengaytiradi, unga notanish uning hayotiga begona hodisalarning
asl ma'nolarini tushunishga yordam beradi. Ma'rifat ilm va madaniyat nuridir.
Aqliy tarbiya barkamol inson tarbiyasining yetakchi tarkibiy qismi bo`lib
o`quvchi yoshlarni tabiat va jamiyat, kishi tafakkuri haqidagi bilimlar tizimini
ilq’ab olishi, ularda ilmiy dunyoqarash, yuqori onglilik xislatlarini parvarishlash,
fan asoslaridan xabardor qilish, tafakkur va nutq qobiliyatlarini o`stirishni maqsad
qilib qo`yadi.
Aqliy tarbiyani shunday tashkil etish lozimki toki o`quvchilar aql-zakovatli,
ob'ektiv dunyoni yaxlit idrok etadigan, o`zligini tushunadigan, hayotda tutgan
o`rnini anglab yetadigan, o`z oldida turgan vazifalarni ongli bajara oladigan,
insoniy qadr-qimmatni uluq’laydigan bo`lishsin. Inson kamolotida bilim egallash
ulkan fazilatlardan biri hisoblanadi.
Hadis kitoblarida har bir mo`min-musulmon uchun ilmning naqadar zarurligi
bayon etilgan. «Beshikdan to qabrgacha ilm izla» - degan nurma'no hadisi shariflar
so`zimiz isbotidir.
Muhammad alayhissalom o`z hadislarida – «Ilm sahroda do`st, hayot
yo`llarida tayanch, yolq’iz damlarda yo`ldosh, baxtli daqiqalarda rahbar, qayq’uli
147
onlarda madadkor, odamlar orasida zebu-ziynat, dushmanlarga qarshi kurashda
qurol» deganlar.
Xalq pedagogikasida ham hadislarda ham, xalq oq’zaki ijodida ham ilmli
bo`lishga, ilmga intilishga yuksak darajada shariat berilgan, ular bugungi kunda
ta'lim-tarbiya jarayonida o`z ahamiyatiga ega.
Yusuf Xos Xojib o`z asarlarida bilimdon bo`lish tarbiya bilan chambarchas
boq’liqligi, bola qanchalik erta tarbiya qilinsa, shuncha yaxshiligi haqida yozadi:
«Agar kimda bo`lsa aql, ilm zehn,
Uni madh etib sen, tugal er degin,
Ziyod bo`lsa kimda o`quv, uquv, aql, bilim,
Yomon va kichik bo`lsa ham maqtagin».
Alisher Navoiy «Farhod va Shirin» dostonida ilm orqali Farhodning aql-
idrokli bilimdon, hunarmand, kamtar insonparvar, irodali va e'tiqodli inson
bo`lganligi ko`rsatadi.
Demak yuqorida ta'kidlaganidek, yoshlar aqlini o`stirish uchun birinchi galda
vazifa ilm olish, ilmiy dunyoqarashni kengaytirishga da'vat etishdir.
Aqliy tarbiya fikrlash, xis qilish, tasavvur, hayol va xotira qobiliyatini
o`stirish, ichki dunyosini ma'naviy jihatdan boyitish, yosh avlodni mehnat qilish
qobiliyatini o`stirish, ularni ijtimoiy hayotga tayyorlashga qaratilgan.
Tarixiy an'ana va tajribalardan ma'lumki, ta'lim-tarbiya doimo muayyan va
tuzum yuritgan siyosat o`z oldiga qo`ygan vazifa va maqsadlar asosiga qurilgan.
O`zbek xalqi ota-bobolaridan qolgan buyuk madaniy merosga ega. Bu
boyliklar jamiyatda fan va madaniyat adabiyot va san'at, mustaqilligimiz
ravnaqiga,
ma'naviyatimizni
yuksaltirishga,
milliy q’urur iftixorimizni
mustahkamlashga xizmat qilib kelgan va bundan keyin ham xizmat qiladi. Bunday
ma'naviyatning buloq’idan yosh avlodni baxramand etish, tarbiya jarayonida
ulardan mohirlik bilan foydalanish biz pedagoglarni asosiy burchimizdir. Bunday
meros xalqni o`zligini anglash, ajdodlar bilan faxrlanish, xalq mentalitetiga mos
ravishda shakllanishga ulkan xissa qo`shadi.
Xalq pedagogikasida xalqning milliy – tarixiy turmush va tafakkur tarzi, xalq
an'analari va urf – odatlariga sodiqlik xissini tarbiyalash q’oyalari ilgari surilgan.
Hamma zamonlarda ham inson, uning ma'naviy-ahloqiy kamoloti, bosh
masala bo`lib kelgan.
Insonda ana shunday jihatlarni rivojlantirishda quyidagi milliy aqidalar
muhim ahamiyat kasb etadi.
O`zaro hamjamiyat va jamoa bo`lib yashash hamda mehnat qilish
Kattalarga hurmat kichiklarga shafqat, el-yurtga muhabbat
Ota-onani qadrlash, farzandlik burchini to`la ado etish
Oilaga va farzandlarga q’amxo`rlik qilish
Millat ayirmaslik
Boshqalar qayq’usiga sherik bo`lish
Xasharchilik an'analarini tiklash va yordam berish
148
Vatanga muhabbat tuyq’usini yanada rivojlantirish
Ota-bobolarimizga xos mehnatsevarlik odobiga sodiq qolish
Islom diniga e'tiqod tuyq’ularini tarbiyalash
Milliy madaniyatni tobora rivojlantira borish
Bilim olishga ahamiyat berish
Ustoz-ziyolilarga, ma'rifatparvar kishilarga hurmat-ehtiromda bo`lish
Milliy odob-ahloq me'yorlariga to`la rioya qilish
Ko`rsatilgan shu ma'naviy-ahloqiy aqidalarga amal qilish hamda o`tmishdagi
olimu fuzalolaru shoirlarning benazir merosi qanchadan-qancha avlodlarning
ma'naviy ruhiy ongini va turmush tarzini shakllantirgan va u hamon o`z ta'sir
kuchiga ega ekanini yodda tutgan holda amalga tadbiq etish zarur. Bu tarbiyada
natijaga erishishning muhim shartlaridan biridir.
O`zbek Xalq pedagogikasi xalqni maqsadli yo`nalishga yoppasiga safarbar
qilishda milliy qadriyatlarga tayangan holda, talaba yoshlar qalbiga kirib boradi,
ularni ijtimoiy ongini o`stirishda yetakchi o`rin tutadi.
Komil inson tushunchasi, insonning dunyoqarashi, jumladan diniy e'tiqodi,
ruhiyati va xulq-atvor normalari, qolaversa, ahloq-odobi bilan bevosita
aloqadordir.
Barkamol insonlar xalq taqdiri va farovonligi, Vatan taqdiri va uning
ravnaqini o`ylaydilar. Bunday insonlar mutelikda qaramlikda yashashni
istamaydilar. Barkamol inson o`zida insoniylik fazilatlarini mujassam etgan, odob-
ahloq me'yorlariga amal qiluvchi, o`z shaxsiy fikriga, q’oyasiga, mukammal
bilimga ega bo`lgan jihatlarni qamrab olgan bo`lishi kerak.
Ana shunday maqsadli, e'tiqodli insonlarga jamiyat ishonadi, tayanadi, ular
hamma vaqt xalq, millat iftixori bo`ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |