Pedagogika kafedrasi


«Ta’lim degan so‘z insonga o‘qitish, tushuntirish asosida, nazariy



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/430
Sana10.02.2022
Hajmi3,45 Mb.
#440704
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   430
Bog'liq
xalq pedagogikasi. qiyosiy pedagogika

«Ta’lim degan so‘z insonga o‘qitish, tushuntirish asosida, nazariy 
bilim berish, tarbiya berish degani esa insoniy fazilatlarni, ma’lum xunarni 
yeki kasbni egallash uchun zarur bo‘lgan xulq-atvor-normalarini 
o‘rgatishdir»
.
4
3
Ҳасанов С. Хоразм маърифати – олам кўзгуси. –Т.: “Ўқитувчи”, 1996, 79-63-бетлар., Расулова Ф., 
Дўстжонов Т., Хасанов С., Хоразм Маъмун академиясининг олис-яқин юлдузлари. –Т.:2005, 15-59-бетлар. 
4
Абу Наср Форобий. Рисолалар. –Т,: “Фан”, 1975, 71-72-бетлар 


100 
Maqsadga muvofiq amalga oshirilgan ta’lim-tarbiya insonni ham aqliy, ham 
axloqiy jihatdan kamolga yetkazadi, xususan, inson tabiat va jamiyat qonun-
qoidalarini to‘g‘ri anglab oladi, umr kechirish jarayonida to‘g‘ri yo‘l tutadi, 
boshqalar bilan halol, adolatli munosabatda bo‘ladi. Jamiyatda o‘rnatilgan oqilona 
tartib va qoidalarga rioya etadi. 
Forobiy ta’lim va tarbiya ishini boshlashdan oldin tarbiyalanuvchilarning 
shaxsiy xislatlarini bilish va ta’lim-tarbiya berish jarayonida murabbiyning 
barkamolligini nazarda tutish zarurligini ko‘rsatadi. Chunonchi, uning fikricha, 
murabbiy xohish-ixtiyor, iroda, qobiliyat, yaxshilik va yomonlik nima ekanligini 
yaxshi bilgan odam bo‘lishi zarur. Chunki, inson ruhiga xos bo‘lgan xohish-
irodani, uning qobiliyatini aniqlamasdan turib, tarbiya ishiga kirishish kutilgan 
natijani bermaydi, deydi alloma. 
Forobiyning ta’lim-tarbiya yo‘llari, usullari, vositalari haqidagi fikrlari ham 
g‘oyat qimmatlidir. U insonda go‘zal fazilatlar ikki yo‘l bilan: ta’lim va tarbiya 
yo‘li bilan hosil qilinadi, deb ta’kidlaydi. Allomaning fikricha, ta’lim nazariy va 
amaliy bilimlarni shakllantirsa, tarbiya esa insoniy fazilat, amaliy kasb-hunar, 
xulq-odob malakalarini rivojlantirib boradi, ta’lim so‘z o‘rganish bilan, tarbiya esa 
amaliy ish, tajriba bilan amalga oshirib boriladi. Har ikkalasi birlashsa yetuklik 
namoyon bo‘ladi. Shuningdek, Forobiy ta’limda barcha fanlarning nazariy asoslari 
o‘rganilsa, tarbiyada ma’naviy-axloqiy qoidalar, dob me’yorlari o‘rganiladi, kasb-
hunarga oid malakalar hosil qilinadi deb ko‘rsatadi. 
Abu Nasr Forobiy 
«Baxt-saodatga erishuv to‘g‘risida»
risolasida ta’lim-
tarbiyani ikki yo‘l bilan amalga oshirishni nazarda tutadi. Bulardan birinchisi — 
qanoatbaxsh so‘zlar, ilhomlantiruvchi so‘zlar yordamida odat hosil qilinadi, 
malakalar vujudga keltiriladi va shaxsdagi g‘ayrat-intilish harakatga aylantiriladi. 
Ikkinchi usul — majbur etish yo‘li. Bu usul gapga ko‘nmaydigan qaysar 
shaxslarga nisbatan ko‘llaniladi.
5
Demak, Forobiy ta’lim-tarbiyada 
rag‘batlantirish, odatlantirish,
majbur etish 
usullarini
ko‘rsatgan. Bu har ikkala usul ham insonni har tomonlama kamolga 
yetkazish maqsadida qo‘llanilgandir. 
Shaxs kamolotida ta’lim va tarbiya birligini ta’minlashda ustoz va shogird 
munosabatlari hal qiluvchi omildir. Bu masalaga, ayniqsa, Sharkda juda katta 
e’tibor berilgan. Musulmon olamida mavjud an’anaga ko‘ra, ustoz shogirdni qabul 
qilgan birinchi kundan boshlab, uning ma’naviy javobgarligini o‘z bo‘yniga olgan. 
Tarbiyalanuvchining ota-onasi o‘z bolasini ustozga: “
Eti sizniki, suyagi bizniki”
deb topshirgan. Ustoz shogirdga faqat bilim berish bilan cheklanib qolmay, balki u 
shogirdiga keng ma’nodagi tarbiyani ham beradi. 
Ustoz shogirdning ham axloqiy, ham kasbiy qiyofasini shakllantiradi. “
Ustoz 
otangdan ulug‘”
, degan maqolning hikmati shunda. Qadimda shogirdlar ustozni 
benihoya hurmat qilganlar. 
5
Ўша жойда, 76-бет. 


101 
Shu munosabat bilan Forobiy o‘qituvchining ijtimoiy hayotda o‘rni va uning 
o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida ibratli g‘oyalarni ilgari surgan. Uning fikricha, 
o‘qituvchi o‘quvchiga bilim beraman desa, o‘quvchi oldida haqiqatgo‘y bo‘lishni, 
yolg‘onni va yolg‘on aytganni yomon ko‘rishi, o‘zi fahm-farosatli bo‘lishi va or-
nomusini qadrlashi, shogirdlariga nisbatan adolatli bo‘lishi, ko‘zlangan maqsadga 
erishishda qat’iylik ko‘rsata bilishi va o‘rnak bo‘lmog‘i lozim. 
Forobiy “
Falsafani o‘rganishdan oldin nimani bilish kerakligi haqida
” 
risolasida muallim shogirdiga nisbatan o‘ta hokimlikka ham, o‘ta bo‘shanglikka 
ham yo‘l qo‘ymasligi kerak, chunki o‘ta hokimlik shogirdda “muallimga nisbatan 
nafrat uyg‘otsa, o‘ta bo‘shanglik esa shogirdning muallimga va uning o‘qitayotgan 
faniga nisbatan mensimaslik xislatini paydo qiladi”, deb ta’kidlaydi.
6
Bu fikrlari bilan u ustozlik ta’lim va tarbiyada nihoyatda katta ahamiyatga ega 
ekanligini yana bir karra uqtiradi. Shunday qilib, mutafakkir ta’lim va tarbiyaning 
asosiy vazifasi adolatli jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat, el-
yurt uchun xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iborat deb bilgan. 
Forobiy pedagogik ta’limotining asosida axloqiy go‘zal, mustaqil fikrlovchi, 
barkamol insonni shakllantirish masalasi yotadi. 
Insonning kamolga yetishida ham aqliy, ham axloqiy tarbiyaning o‘zaro 
aloqasi muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda Forobiy orzu qilgan ta’lim va tarbiya 
birligi hozirgi davrimizda ham yoshlarni tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. 
Forobiy 
“Aql ma’nolari to‘g‘risida”, “Baxt-saodatga erishuv to‘g‘risida”
asarlarida yoshlarning bilimiga bo‘lgan inti-lishlarini har tomonlama keng 
yoritishga xarakat qiladi: “Kishi biror buyum haqida bilishni istasa, uning 
qandaydir bir holati-ni biladi, ongini o‘sha predmet shaklidagi bilimga yo‘naltiradi. 
Bu o‘zi intilgan haqiqatni qidirish demakdir”. Forobiyning bilish to‘g‘risidagi 
nazariy asoslarini, xususan, mantiq fanida bilish jarayoni va bilish shakllariniing 
mohiyati birinchi marta ochib berildi. Bu jarayonlar mantiqda unga rioya qilish 
tafakkurini takomillashtirish va murakkab bilish jarayonida qo‘pol xatolarning 
oldini olish qonunlari sifatida aks etadi. 
Forobiy fikrlash faoliyatini faollashtirishning didaktik tamoyillari va 
metodlarini asoslab berdi. Unga o‘qitishning amaliy yo‘nalganligi; nazariy bilimlar 
uzluksizligi va bilish metodlari; mantiqiylik va uzviylik hukm metodlari va 
usullari; induksiya va deduksiya metodlari kiradi. 
Forobiy tomonidan ishlab chiqilgan fanlar tasnifi ilmiy bilimlar g‘oyasining
rivojlanishini ta’minlaydi. U shunday yozadi: “Fanlar tasnifi insonga zarur, 
foydali, tugallangan, haqqoniy va kuchli va qaysi birlari u qadar zarur emas va 
kuchsizroq, shuningdek, o‘rganish uchun nimadan boshlash, xususan, nimani 
o‘rganish, nima yaroqli, qaysi biri yaroqsiz va qay darajada uni egallashga yordam 
beradi. Shunday qilib, uning fanga bo‘lgan munosbati ko‘rlikka, nodonlikka emas, 
balki bilim va nodonlikka asoslanadi”. 
6
Ўш жойда, 23-24-бетлар. 


102 
Forobiy tomonidan asoslangan pedagogik ta’minot o‘zida quyidagi asosiy 
g‘oyalarni ifodalaydi: 
-
ma’naviy tarbiyani tashkil etish va shaxsda aqliy sifatlarni tarbiyalash 
uning kamolotga erishishini kafolatlaydi; 
-
odob tarbiyalanuvchi qiyofasida namoyon bo‘luvchi axloqiy 
xislatlarning eng asosiysi bo‘lib, insonda olijanob sifatlarni tarbiyalashda asos 
bo‘lib xizmat qiladi. Shaxsda odob ko‘nikmalarini shakllantirishda ularga inson 
xulqi va odobini muhim ma’naviy – axloqiy sifatlar ekanligini hayotiy misollar 
yordamida yoritib berish muhim ahamiyatga ega; 
-
tarbiyalanuvchida irodaning hosil bo‘lishi atrof-muhit hamda
tarbiyaviy faoliyat mazmuniga ko‘p jihatdan bog‘liq. 
Abu Nasr Forobiy ta’lim-tarbiya samaradorligini yuqori baholagan 
pedagogik, didaktik tamoyillar, ta’lim – tarbiya shakllari va usullari quyidagilar: 
-
ta’limning ilmiyligi va amaliy ahamiyatga eagligi; 
-
tizimliligi, mantiqiyligi va ketma-ketligi; 
-
hayot bilan bog‘liqligi; 
-
tushunarli bo‘lishi; 
-
kuzatish va tajribalar; 
-
dialektik, isbotli, tortishuvli, ritorik va she’riy mulohaza yuritish 
usullari; 
-
induksiya va deduksiya usuli; 
-
mashqlarni bajarish, takrorlash va h.k. 
Shunday qilib, Forobiyning ta’lim-tarbiya to‘g‘risidagi teran fikrlari, ibratli 
mulohazalari hozirgi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotgan emas. 
Sharqning ulkan qomusiy olimi, jahon ilmi va pedagogik fikrlarining eng 
mashhur namoyondalaridan 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish