Pedagogika kafedrasi


-masala. O’zbek xalq pedagogikasining tarixiy



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/430
Sana10.02.2022
Hajmi3,45 Mb.
#440704
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   430
Bog'liq
xalq pedagogikasi. qiyosiy pedagogika

 
4-masala. O’zbek xalq pedagogikasining tarixiy 
taraqqiyot yo’li 
Jamiyatning ma‘naviy yetukligi, ijtimoiy ong teranligi, inson kamolotini 
ta‘minlashda etnopedagogika asarlarning ahamiyati beqiyosdir. Shuning uchun 
o’zbek xalq pedagogikasining tarixiy taraqqiyot yo’lini o’rganish muhim ahamiyat 
kasb etadi. 
Qadim zamonlaridayoq tarixiy, badiiy, ilmiy asarlar mualliflari turli 
maqsadlarda folklar asarlariga murojaat etib, ularni yozib olganlar. Jumladan, 
Mahmud Qoshg’ariyning (XI asr) “Devoni lug’otit turk” asari shular 
jumlasidandir. Mazkur manbalarda pedagogik g’oyalar targ’ib etilgan. Jamiyatning 
tarixiy taraqqiyoti jarayonida etnopedagogika asarlari takomil topib, bizgacha yetib 
keldi. Mehnat jarayonida va ongning rivojlanishi tufayli ilk etnopedagogika 
asarlari namunalari badiiy jihatdan mukammallashib borgan. Dastlab, kichik 
hajmli naql va miflar, mehnatni yengillashtiruvchi, ruhni tetiklashtiruvchi ertak va 
afsonalar yaratilgan, qo’shiqlar paydo bo’lgan. 
Demak, o’zbek xalq pedagogikasi manbalari yozuv yuzaga kelishidan ancha 
oldin paydo bo’lib, yozma adabiyotning vujudga kelishiga asos bo’lgan. Qadimiy 
etnopedagogik manbalar bizgacha asl holida yetib kelmagan. Chunki ular ijtimoiy 
taraqqiyot bosqichlarida o’zgarib, sayqal topib borgan. Eng qadimgi 
etnopedagogik manbalar miflar, jangnomalar, rivoyat, ertak, naqllar, qo’shiqlardan 
iborat bo’lgan. 
O’rta Osiyoda feodalizm davri (XI-XX asr boshigacha) g’oyat ziddiyatli 
taraqqiyot bosqichi bo’lib, bu davr xususiyatlari etnopedagogika manbalariga 
kuchli ta‘sir ko’rsatgan. Ammo bu davrga xos ma‘lumotlar bizgacha to’la yetib 
kelmagan. Mavjud taraqiqotlarda ko’rsatilishicha, eng qadimgi davrlarda miflar, 
rivoyatlar, aytimlar, mehnat va marosim qo’shiqlarida pedagogik fikrlar targ’ib 
etilgan. Ayniqsa, dostonchilik vujudga kelgach, kishilar ularda madh etiluvchi 


87 
qahramonlarning tarbiyaviy sifatlaridan ruhiy madad, zavq olganlar. Yoshlar 
halollik, ma‘naviy va jismoniy yetuklik timsolini his etganlar. Etnopedagogika 
manbalarining ilk yozma nusxasi O’rta Osiyoda XII asrda (“Abu Muslim” kitobi) 
yozilgan. XIV asrda Amir Temur o’z g’olibona yurishlarini baxshilarga doston 
qilib kuylashni topshirgan. 
Manbalarda o’zbek dostonchiligining ilk bo’g’ini Ergash Jumanbulbul 
o’g’lining yetti ota-bobosi (XVI asr) aytgan dostonlarga borib taqalishi 
ta‘kidlangan. 
XVII-XVIII asrlar dostonchilik taraqqiyotida gullagan davr bo’ldi. Bu davrda 
“CHambil qamali”, “Rayhon arab”, “Tulumbiy”, “SHayboniyxon”, “To’lg’anoy” 
singari vatanparvarlik, mardlik, halollik, insonparvarlik, aqliy va jismoniy 
komillikni madh etuvchi asarlar, shu ruhdagi maqollar, matallar, xalq qo’shiqlari 
yuzaga keldi. 
Rusiya bosqinchiligi davrida xalq ommasi boshiga tushgan beadad azob 
uqubatlar XIX asr etnopedagogika namunalarida o’z aksini topdi. Jumladan: 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish