112
Birlashsa ajoyib mevalar berar.
Yazdon inoyati kishi gavhari,
Yomonga yo‘lamas, qochar u nari.
Hunar o‘rganursan har hil kishidan,
Qochmasang mehnatu ranj tashvishidan.
Firdavsiy kasb-hunarni e’zozlab, kasb-hunar eng avvalo gavhardan yaxshi,
xunarmand tomonidan gavhar pardozlanishini, kasb-hunar tajriba va matonat bilan
egallanishini aytadi. Firdavsiyning takidlashicha, inson qancha boylik egasi bo‘lsa
ham agar u tajribasiz bo‘lsa, biror kasb-hunarni egallay olmaydi, har bir inson
hayotda yaxshilik va yomonlikni boshdan kechirsagina, mo‘min-qobil bo‘ladi.
Firdavsiyning
uqtirishicha, aql – idrok va bilim har bir insonning fazilati va
boyligidir:
Xudo ne’matlarin oliysi idrok,
Aqlni vasf etar kimki dili pok.
Aql bir tirik jon, bilmaydi zavol,
Aql turmush asli, buni yodlab ol.
Aql yo‘l ko‘rsatib, dilni etar shod,
Har ikki olamda aqlli obod.
Aqldan g‘amginlik, shodlik, o‘ktamlik,
Aqldan borligu-yo‘g‘ligu, kamlik.
Agar aqli xira bo‘lsa har inson,
Shodlikka erisha olmas bir zamon
Aql va idrokdan bezak topsa dil,
Uni gavhar to‘la ganjga qiyos qil.
13
Mutafakkirning fikricha, aql rahnamodir, ko‘ngilni
shod qiluvchidir, shodlik
va odamiylik aql tufaylidir, ko‘plik va ozlik undandir. Kimki aqlsiz bo‘lsa, uning
bag‘ri o‘z qilmishidan yaralanadi.
Firdavsiy ilmni qudratli kuch hisoblaydi. U toj-taxt uchun ham, shodlik uchun
ham bilim bo‘lishi shart ekanligini, ilmsiz toj-taxt foydasizligini ta’kidlab, ilmlarni
egallashga chaqiradi:
Har nechuk ilmdan eshitsang bir so‘z,
Uni tinmay o‘rgan kechayu-kunduz.
Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on,
Shunda bilursanki, ilm bepoyon.
Firdavsiy har bir insonning pand-nasihatga va ibratli xatti-harakatlarga amal
qilishini maslahat beradi. Uning ta’kidlashicha, har bir kishi eshitgan foydali
so‘zlarini unutmasligi kerak.
Buyuk
alloma ezgulik va yaxshilik, shirinsuxanlik, insoniy fazilatini kamol
toptirishni, chin inson bo‘lishni, har bir kishi uchun baxt va sharaf ekanini uqtirib,
dunyoda odamiylikdan ko‘ra yaxshiroq ish yo‘qligini aytadi:
Jahonda qoldirsang agar yaxshi nom,
Bizdan so‘ng faqat shu etadi davom.
13
Қаранг: Ўзбек педагогикаси тарихи. А.Зуннунов умумий таҳрири остида. –Т.: “Ўқитувчи”, 1997, 242-бет.
113
Shoir hirs, ochko‘zlikni qoralaydi, uning inson boshiga keltiradigan falokatini
ko‘rsatib deydi:
Faqat odam ko‘zin hirs nomli olov,
Ko‘r qilib tanitmas kim o‘g‘il, kim yov.
Firdavsiy manmanlik, takabburlik kishi
boshiga tashvish keltiruvchi, ishni
orqaga ketkazuvchi illat ekanini uqtiradi:
Manmanlik, takabbur keltirdi tashvish,
Shundan so‘ng orqaga ketaverdi ish.
Firdavsiy yoshlarni ona-Vatanni yovdan asrashga va e’zozlashga da’vat etadi:
Jahonni bermaylik, keling yomonga,
Barchani boshlaylik yaxshi tomonga.
Mutafakkir o‘z asarida bola tarbiyasiga alohida e’tibor berib, bola garchi sher
kabi yovvoyilashgan bo‘lsa ham, otaning kushandasi bo‘lmasligini, agarda u
shunday yo‘l tutsa, buning uchun ona javob berajagini aytadi:
Farzand bo‘lsa hamki sher kabi gushna,
Otasin qonig‘a bo‘lmag‘ay tashna.
Agar boshqacharoq bo‘lib chiqsa ish,
Sirin onasidan kerakdir bilish.
Umuman, Abulqosim Firdavsiy o‘zining «Shohnoma» asari bilan Markaziy
Osiyo va Eron xalqlarining ko‘p asrlik ma’naviy
madaniyati taraqqiyotiga,
shuningdek, pedagogik fikrlar rivojiga ulkan hissa qo‘shdi. Uning falsafiy,
ijtimoiy, axloqiy-tarbiyaviy qarashlari o‘z davri va undan keiingi davr uchun ham
muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: