Qarorning konkretligi va reglamentligi. Yaxshi qaror nafaqat muammoli vaziyatdan chiqishning umumiy – printsipial echimini beradi, balki bu qarorni amalga oshirish va harakatlar ketma-ketligini – ya’ni rejasini ham o’z ichiga oladi. Bu holat qaror ijrosini nazorat qilish va shu orqali muammoga konstruktiv yondoshish imkonini beradi.
Qarorning o’z vaqtidaligi. “Absolyut to’g’ri” qarorning o’zi yo’q. Har qanday qaror u yoki bu davrda yuzaga keladigan, harakatchan va bir-birlarini almashtirib turadigan vaziyatlar vaqtida to’g’ri bo’lishi mumkin. Shuning uchun o’z-o’zicha to’g’ri qaror o’z vaqtida emaslig – kechikkanligi yoki vaqtidan ilgariroq qabul qilinganligi oqibatida xato qaror sifatida baholanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |