Qarorning asoslanganligi. Qabul qilinayotgan alternativa nafaqat real vaziyatning xususiyatlarini adekvat aks ettirishi va uni bartaraf etishning konkret yo’llarini ko’rsatishi, balki shu qaror bilan aloqador odamlarga xam tushunarli bo’lishi kerak.
Qarorning bajarish imkoniyati. Har qanday yaxshi, asoslangan, o’z vaqtidagi qaror ham agar amalga oshirilmasa befoyda qarorga aylanadi. Bu holda ba’zida fikran (mavhum) yaxshi qaror varianti bilan real – bajariladigan variantlar o’rtasida go’yoki kompromiss variant sifatida ijro etiladi (oilada, ishxonada qarorning oldingi variantini o’zgartirib kelishuvchanlikka borish holatlari).
Do'stlaringiz bilan baham: |