Imom Ismoil Al-Buxoriy
Buxoriyning “ Al-adab al-mufrad” (Adab durdonalari) asarida axloq, odob haqida so’z yuritar ekan, odamlarni ota-onalarga hurmatda bo’lishga, onani e’zozlashga, mehr-oqibatli, pok va imonli bo’lishga davad etadi, yaxshilik qilish insonning muqaddas burchi ekanini ta’kidlaydi. “Al-adob ul-mufrad” ning 1-24-boblari farzandlarning ota-ona hurmatini choyiga qo’yishlari, ularni e’zozlab, dillariga ozor yetkazmay, farzandlik burchlarini ado etishlari zarurligi kabi masalalarga bag’ishlanadi. Imom al- Buxoriy bolalarning solih- qobil bo’lishlari Alloh taoloning tavfiqi bilan bo’ladi, ammo ularga odob-axloq o’rgatish otalarning vazifasi deydi.15
Do'stlaringiz bilan baham: |