Xoja Abduxoliq G’ijduvoniy
Uning ta’lim-tarbiyaga oid o’gitlari hozirgi davrda ham o’z qiymatini yo’`qotmagan. Ularning vazifalarini keltiramiz:
- Ey og’il, senga nasihat qilaman: Jamoat xizmatida bo’lgin, hadis, fiqx ilmlarini o’rgan, johil so’fiylardan o’zingni saqla, hargiz shuhrat talab bo’lmaginkim, shuhrat ofatdur, mansabni ko’zlamagil. Noming tillarga kam olinsin, qabulgohingga nomingni yozma, xonaqoni maskan qilmagil, hukmdorlar va ularning kishilari bir do’stu hamsuhbat bo’lsa, oz so’zla, kam yegil, ko’p uxlama, halol yegil va haromdan saqlan, hamma kishilarga shafqat ko’zi birla boq, tashqi ko’rinishingga oro bermakim, zohirga oro berish botin (dil, qalb)ning xarobligidan darak, kishidan xayr so’ramagil, kishini xizmatga buyurma… Bu o’gitlar Abduxoliq G’ijduvoniyning tariqat suluklariga muvofiq keladi.3
Do'stlaringiz bilan baham: |