Pedagogika kafedrasi «pedagogik riskologiya»


-amaliy: Ta’limdagi ijtimoiy-iqtisodiy xavflar



Download 354,36 Kb.
bet64/122
Sana14.01.2022
Hajmi354,36 Kb.
#362614
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   122
Bog'liq
Pedagogik riskologiya majmua(1)

3-amaliy: Ta’limdagi ijtimoiy-iqtisodiy xavflar.

  1. Ta’limdagi madaniy xatarlar.

  2. Ta’limdagi iqtisodiy tavakkalchilik.

  3. Ta’lim va bozor.

  4. Ta’lim falsafasi yangi yo’nalish sifatida.

  5. Ta’limdagi pragmatizm.

Ta’lim mazmuni masalalariga boshqa bir yondashish «Pragmatizm pedagogikasi» yoki progressivizm AQSHda, alohida rivojlandi. Uning yetakchisi Djon Dyui mazkur ta’limotni ifodalashda pragmatizmning falsafiy g ‘oyalarini asos qilib oldi. Pragmatizm (yunoncha pragma – ish, harakat, falsafiy amal) zamonaviy Amerika falsafasida idealistik oqim. Bu oqim haqiqatning obyektivligini rad etadi, haqiqat bu obyektiv borliqqa mos kelmaydi, balki amaliy foydali natijalar beradi. D.Dyui fikricha, bilish va bilim inson o'z hayotida duch keladigan turli muammo yoki qiyinchiliklarni yengish vositasi hisoblanadi. Bilim yashash uchun kurash vositasi va shaxsning rivojlanish darajasini k o ‘rsatuvchi omil hi soblanadi . Biz faqatgina muammoni hal etayotganimizda fikrlaymiz, buning bo shlanish yo‘li har doim qiyinchilikni his etish hisoblanadi.

«Harakatlar pedagogikasi» konsepsiyasi ko‘p jihatdan D.Dyuining falsafiy (pragmatizm) va psixologik qarashlarining oqibati hisoblanadi. Uning muallifi, reformatorlardan biri nemis pedagogi Vilgelm Avgust Lay (1862—1926-yillar) bilim olish jarayonida ko‘zga tashlanuvchi quyidagi uch bosqichni ko‘rsatadi: idrok etish, ishlab chiqish, ifoda etish.

Bugungi kunda ham ta’lim mohiyatini tushunishga nisbatan turlicha yondashishlar mavjud. Xususan:

1. Sotsiologik vondashish. Unga ko‘ra ta’limning mohiyati ijtimoiy tajribalarni yoshlarga yetkazishdan iborat. 0 ‘quvchilar insoniyatning ijtimoiy-tarixiy tajribasi natijalari b o lg a n bilimlarni o ‘rganadilar. Ta’limning mazmuni o ‘quvchilarning ajdodlartajribasini o'zlashtirishga xizmat qiluvchi jarayonini tashkil etishdan iborat. Bu falsafiy qoida ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning muhim omili –shaxs kamolotini tushunishga ilmiy yondashishni anglatadi. Ta ’limga bunday yondashish iitimoiv iaravon hisoblanadi.

Boshqa bir yondashishni xususiv pedagogik voki didaktik yondashish deb atash mumkin. Bu yondashish yaxlit ta ’lim jarayonining borishini belgilab beruvchi bilim olish bosqichlari ( o ‘quv materialini o ‘rganish, uni anglab yetish, mustahkamlash, amaliy faoliyatda bilimlarini q o ‘llash)ni ifodalaydi. Mazkur yondashuvga ko‘ra ta ’lim mazmuni o ‘quvchilar tomonidan bilim egallash bosqichlarining ketma-ketligiga amal qilish asosida faoliyatni tashkil etishdan iborat. Konsepsiya tarafdorlari bilish y o ‘lini quyidagicha formula asosida ifodalaydilar: ionli mushohadadan abstrakt fikrlashga va abstrakt fikrlashdan amaliyotga. T a ’lim mazmunini tushunishga nisbatan psixologik yondashish bilimlarni o ‘zlashtirish va inson rivojlanishi borasidagi psixologik nazariyada ilgari surilgan g ‘oyalarga tayanadi. Bu konsepsiyaning kelib chiqishi L.S.Vigotskiyning (1896— 1934-yillar) ta’limning shaxs rivojlanishida asosiy omil bo‘lishi haqidagi «vaqin rivojlanish zonasi» deb yuritiluvchi qarashining yaratilishi bilan bog‘liq. Un g a ko'ra, ta ’lim faqat yaqin z o n a d a qur ilg an d a , hali to‘la shakllanmagan, lekin o ‘quv jarayonini qurishga asos bo‘la oladigan

mexanik harakatlar asoslangandagina mazmunga ega bo’ladi.

Psixologik tadqiqotlar pedagogik nazariyani so ‘zsiz boyitadi. Bilim olish jarayonida shaxs rivojlanishining kechish jarayoni mohiyatini ochib beradi. Ammo faqat psixologik g ‘oyalar asosida ta’lim mohiyatini yoritish pedagogik jarayonni bir tomonlama talqin etishga olib keladi. XIX asrning 40-yillarida dialektik materializm nazariyasi asoslandi. Dialektik materializm tabiat, jamiyat va fikrlashning harakatlanishi hamda rivojlanishi borasidagi umumiy qonunlarni yorituvchi falsafiy ta’limotdir. Bu ta ’limotda Feerbaxning materializmi va Gegelning dialektikasi uzviy ravishda birlashadi. Bu ta’limot ta’lim jarayoni inson ongining borliqni aks ettira olishiga imkon berishi zarur degan g ‘oyani ilgari suradi. Haqiqatni bilish murakkab jarayon. Dialektik nazariya g ‘oyasiga ko‘ra rivojlanishning asosi qarama-qarshilik hisoblanadi.

Rivojlanish qarama-qarshi kuchlar kurashidir. Dialektik yondashishga binoan ta’lim jarayonining asosiy qaramaqarshiliklarini quyidagilar sanaladi:

1. litimoiv-tarixiv (ilmiv) bilimlar hajmi va o ‘quvchi o ‘zlashtirgan bilimlar hajmi o ‘rtasidagi qarama-qarshilik. Bu qarama-qarshilik ta’lim jarayonini harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi. U ta’lim mazmunini doimiy takomillashtirishga olib keladi. Umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ta’limini ijtimoiy-texnik taraqqiyot darajasiga yaqinlashtirish zaruriyati ta’lim mazmunini tubdan yangilash, uni yangi tamoyil, shakl, metod va vositalarini izlashni muhim ijtimoiy vazifa qilib q o ‘ymoqda.

2. Q‘quvchi tomonidan o ‘zlashtirilgan o ‘rganishning amaliy iihatlari (shakl, metod va vositalari)ning darajasi bilan iitimoiv-tarixiv bilish (o‘rganishning o ‘quvchi egallab olishi kerak bo‘lgan shakl, metod va vositalari) darajasi o ‘rtasidagi qarama-qarshilik. Bu qarama-qarshilikni hal etish o ‘quvchining intellektual rivojlanishi sur’ati va darajasiga bog‘liq. Bir xil mazmun va hajmdagi o ‘quv materiali aqliy rivojlanishning turli ko'rsatkichlarida namoyon etishi mumkin.

3. Q ‘qu v ch in in g mavjud rivojlanish darajasi bilan ijtimoiy buvurtmada ko‘zda tutiluvchi rivojlanish darajasi o ‘rtasidagi qaramaqarshilik. Agarda ijtimoiy talab bolaning idrok etish imkoniyatidan yuqori b o ‘lsa, unda jiddiy qiyinchilik yuzaga keladi.

XX asrning 80—90-yillarida pedagogik hodisalar, shu jumladan, ta ’lim muammolarini ham o ‘rganishda MDH davlatlarida aksiologik vondashuv k o ‘zga tashlana boshladi. Aksiologiya (yunoncha «axios» - qimmatli, logiya — fan) — qadriyatlar haqidagi falsafiy ta’limot bo‘lib, u XIX asrning oxiri XX asr boshlarida shakllangan.

Rossiyalik ba’zi olimlar (V.A.Slastenin, I.F.Isayev, Y.N.Shiyanov) mazkur yondashuvni ta’limning yangi falsafasi asosi hamda zamonaviy pedagogikaning metodologiyasi sifatida tushunishni taklif etadilar. Hayot, sog'liq, muhabbat, oila, ta’lim, mehnat, tinchlik, ishonch, g o ‘zallik, ijod va shu kabi qadriyatlar hamma davrlarda ham inson hayoti uchun o ‘ziga xos ahamiyat kasb etgan. Insonparvarlik g ‘oyasi asosini tashkil etuvchi ushbu qadriyatlar tarixiy taraqqiyot jarayonida vaqt sinovidan o'tgan. 0 ‘zbekiston Respublikasida kechayotgan demokratik o‘zgarishlar mazkur qadriyatlarni qayta tiklash va baholash zaruriyatini kun tartibiga olib chiqmoqda.

Insonparvarlik g‘oyasi markazida shaxsni har tomonlama kamol toptirish masalasi yotadi. Shaxsni rivoilantiruvchi ta’lim nazariyasi a so s ch ila r i ushbu masalani nazariya u ch u n qilib olganlar.

Rivojlantiruvchi ta’lim nazariyasiningg‘oyalari XX asrning 80-yillarida, pedagogikaga muqobil sifatida yuzaga kelgan hamkorlik pedaeogikasida o'z aksini topdi.

Hamkorlik nedagogikasini novator-pedagoglar (Sh.A.Amonashvili, S .N .Lisenko, I.P.Volkov, V.F.Shata lo v, Y .N . I l in va boshqalar) pedagogik jarayon ishtirokchilari (o'qituvchi va o ‘quvchilar) o ‘rtasida insonparvarlik tamoyiliga asoslangan o ‘zaro munosabatlari tashkil etishini ta’kidlab o ‘tadilar. Hamkorlik pedagogikasi uchun konseptual ahamiyatga ega qoidalari — A.Avloniy, G ‘.G‘ulom, K.D.Ushinskiy, A.S.Makarenko, V.A.Suxomlinskiy, J.J.Russo, Y.Korchak, K.Rodjers va boshqalarning pedagogik qarashlarida o ‘z ifodasini topgan. Pedagogik hamkorlik g‘oyalari bugungi kunda pedagogik texnologiyalar mazmuniga singdirilgan va «XXI asr ta’limi Konsepsiyasi» asosini tashkil etadi.

Pedagogik hamkorlik ma zmu n i va me tod ik a s i xususiyatlari quyidagilardan iborat:

Bolaga insonparvarlik asosida shaxsiy yondashuv maktab ta ’limi tizimida bola shaxsi, uning hali rivojlanmagan qobiliyatlari, «men»ligi ustuvor o ‘rin tutadi. Maktabning maqsadi mavjud qobiliyatlarni rivojlantirish, shaxsni ijtimoiy faoliyatga jalb e t ish, uni erkin rivojlantirishdan iborat.

Shaxsga yo‘naltirilgan (rivojlantiruvchi) texnologiyalar asosida quyidagi g‘oyalar muhim o ‘rin tutadi:

1. Shaxsga ta’limning maqsadi sifatida vangicha qarash: bola maktabda — to‘la huquqli shaxs, pedagogik jarayonda subyekt; shaxsning rivojlanishi — ta’lim tizimining maqsadi; har biri erkin, o ‘z fikrini mustaqil ifodalovchi, barkamol shaxsni tarbiyalash ta’lim maqsadining asosi kabi g‘oyalarlarni aks ettiradi.

2. Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish bolalarga nisbatan muhabbatli bo'lish, ularning taqdiri bilan qiziqish; bolani o ‘z kuchi va iqtidoriga ishontirish; pedagogik munosabatlar jarayonida u bilan hamkorlikka erishish, o ‘qituvchi va o ‘quvchining huquq jihatdan tengligi; bolaning erkin tanlash huquqi; xato qilish huquqi; o ‘z shaxsiy nuqtayi nazariga ega bo’lish kabi holatlarni ifodalaydi. Aksincha, to ‘g ‘ridan to ‘g‘ri majburlash inkor etiladi.

3. Individual vondashishning vangi talqini. Uning mazmuni o'quv fanini o'quvchiga emas, balki bolani o ‘quv faniga y o‘naltirishdan iborat. Individual yondashish quyidagilarni o ‘z ichiga oladi: materialni o ‘rtacha o ‘zlashtiruvchi o ‘quvchilarga mo ‘ljallashdan chetlanish, shaxsning ijobiy sifatlarini ko‘ra bilish, shaxsni psixologik-pedagogik diagnostika qilish.

4. Shaxsning ijobiv «Men-konsepsivasi»ni shakllantirish. Menkonsepsiyasi

— bu shaxsning o ‘zi haqidagi tasavvurlari asosida shaxsiy xulqini shakllantiruvchi tizim bolib, ijobiy Men-konsepsiyasi (Men o ‘zimga yoqaman, Men har ishga qodirman, Men hamma narsani bilaman) shaxsni muvaffaqiyatlarga rag‘batlantirib, shaxsninng ijobiy namoyon bo'lishiga yordam beradi. Salbiy Men-konsepsiyasi (Men o ‘zimga yoqmayman, Men hech narsani bajara olmayman, Men hech kimga kerak ema sman ) uning turli faoliyat y o ‘nalishlarida muvaffaqiyatga e r ishishiga xalaqit beradi, o ‘qish natijalarini yomonlashtiradi, shaxsda salbiy sifatlarning shakllanishiga olib keladi.

0 ‘qituvchining vazifasi har bir o ‘quvchi timsolida komil shaxsni ko‘rish, uni tushunish, qabul qilish va unga ishonishdan iborat («Hamma bolalar iste’dodli» tarzida).

5. «Nimaga?» va «qanday ta’lim?» masalasini hal etishga vangicha yondashish. Uning mohiyati ta’lim mazmunini shaxs rivojlanishining vositasi sifatida tushunishdan iborat.

6. Zamonaviy maktabda tarbiyalash konsepsivasi. Hamkorlik pedagogikasi quyidagi muhim g‘oyalarni aks ettiradi: bilimlar maktabini tarbiya maktabiga aylantirish, o ‘quvchi shaxsini yaxlit tarbiya tizimining markaziga q o ‘yish, tarbiyaning insonparvarlik xususiyatiga egaligi, umuminsoniy va milliy qadriyatlarning shakllanishi, bolaning ijodiy qobiliyati hamda uning individualligini rivojlantirish, individual va jamoaviy tarbiyani uyg‘unlikda olib borish. Pedagogik hamkorlik yuqorida qayd etilgan g'oyalar asosida shaxsga y o‘naltiriluvchi (rivojlantiruvchi) texnologiya yaratiladi. Ta ’lim texnologiyasining mohiyati shaxsni rivojlantirish, ta’lim nazariyasini asoslash uchun nazariy shart-sharoit yaratish, falsafasi esa insonni shakllantirishdan emas, balki unga o ‘zi o ‘zini tarbiyalashga yordam berishdan iborat.

XX asr boshlarida, chet el va ayniqsa amerika pedagogikasida maktab ta’limi masalalari bo‘yicha pragmatik (yunoncha «pragma» — harakat, amaliyot) g‘oyasi keng tarqaldi. Pedagogikada mashhur pragmatizm tarafdori Djon Dyun (1859—1952-yillar) maktab ta ’limining o‘z konsepsiyasini yaratishga ko‘p urindi. Bu yo ‘nalishlar vakillari (Dj.Dyun, www.ziyouz.com kutubxonasi G.Kershenshteyner) o'qitish bu o ‘quvchining «tajribasini qayta tashkil etish» uzluksiz jarayoni deb hisoblaydilar. 0‘qitishni Dyun kundalik hayotdan olingan amaliy masalalarni hal etishga oid bolalar faoliyatini tashkil etish sifatida tushunadi. Bu nazariyaning asosiy boshlang‘ich qoidalari quyidagilardan iborat deb hisoblangan: «Oldindan tuzilgan o ‘quv kurslari kerak emas», « 0‘qitish materiallarini bolaning tajribasidan olish kerak», «Bola o ‘qitishning sifati kabi miqdorini ham belgilashi kerak», «Bajarish yordamida o ‘qitish – maktabda asosiy metod». Shunday qilib, Dyun maktabda ta’lim va alohida fanlar aniq belgilangan mazmuni zarurligini rad etadi, ilmiy ta’limni tan olmaydi va o ‘qishni tor hamda o ‘quvchilarning qiziqishlariga asoslangan praktitsizmidan iborat deb hisoblaydi.

Mazkur nazariya asosida uning izdoshi Uilyam Kilpatrik 20-yillarda «o‘aitishning lovihali tizimi» (yoki lovihalar metodi)ni ishlab chiqdi, uning mazmuni o ‘z qiziqishlaridan kelib chiqib bolalar o ‘qituvchi bilan birga qandaydir amaliy masalaning yechimini loyihalashtirishlaridan iborat. Misol uchun, o ‘yinchoq uychaning qurilishi amaliy faoliyatga kiritiladi va lining davomida til, matematika, boshqa fanlar bo‘yicha u yoki bu ma’lumotlarni bilib oladilar. Bu nazariya ommaviy maktabda ta ’lim darajasini pasaytirishi mumkinligini tushunish qiyin emas. Amerikalik pedagoglar I.Adler, Dj.Brunner va boshqalar Dyun nazariyasi amerika maktablari rivojlanishini ortga tortganini aytadilar va ta ’limni modernizatsiyalashtirish hamda takomillashtirish yo’llarini izlaydilar.

Ko‘plab pedagoglar — A.Disterveg, K.D.Ushinskiy, M.Behbudiy va A.Avloniylar maktab ta’limiga taalluqli ko‘plab qimmatli g'oyalarni ilgari surganlar. Ular xalq maktablari, yangi usulli maktabda ta’lim darajasini oshirish, tabiiy-ilmiy fanlar va gumanitar fanlar birligi tarafdori edilar.

Bugungi kunda turli ta’lim konsepsiyalari mavjud. Konsepsiyalardan biri ta’lim mazmunini ta’lim muassasalarida o‘rganiladigan fanning pedagogik moslashtirilgan asoslari sifatida talqin qiladilar. Bu yerda shaxsning ijodga qobiliyati, erkin tanlashni amalga oshira bilishi, odamlarga haqqoniy munosabatlarda bo'lishi kabi sifatlari chetda qolib ketadi. Ushbu yondashish o‘quvchilarni fan va ishlab chiqarishga jalb etishga qaratilgan, lekin demokratik jamiyatda mustaqil hayotga y o ‘naltirishga emas. Amalda odam bu yerda ishlab chiqarish omili sifatida ishtirok etadi (avtoritarizm).

Boshqa bir konsepsiya ta’lim mazmunini o'quvchi o'zlashtirishi kerak bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar majmui sifatida qaraydi. Bu konsepsiya mualliflari bilim va malakalarni egallab olish odamga zamonaviy jamiyatda mos ravishda hayot kechirishga imkon beradi deb hisoblaydilar. Odamdan faqatgina u bilishi va bajara olishini talab etish yetarli. Bunday holatda ta’limga talablar ham quyidagicha bo'ladi: o'sib kelayotgan avlodga ona tili. matematika, fizika va boshqa fanlar bo'yicha bilim va malakalar berish zarur.

Milliy umumiy o'rta ta’lim maktabi hozirgi zamon sharoitlarida rivojlanishi uchun bu yetarli emas. Jamiyatning o'quvchilardan faqat ma’lum o'quv fanlari mazmunini emas, balki ularda iroda kuchi, o'z harakatlari uchun, jamiyat va mamlakat taqdiri uchun mas’uliyatli, atrof-muhitni himoya qilish; millatchilik va diniy aqidaparastlikka yo'l qo'ymaslik va shu kabi sifatlarni rivojlantirishni talab etadi. O'zbekiston Respublikas ining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» (1997)da

zamonaviy ta’lim mazmuni ijodiy, mustaqil fikrlovchi demokratik jamiyat fuqarosini shakllantirish vazifalariga mos kelishi kerak deb yozib qo'yilgan.

Rossiya ta’lim akademiyasi (RAO) haqiqiy a ’zosi V.V.Krayevskiy tomonidan ilgari surilgan konsepsiyada qayd etilishicha, ta’limning asosiy ijtimoiy vazifasi ajdodlar tomonidan to'plagan tajribalarni avlodlarga uzatish hisoblanadi.

Mazkur konsepsiya mazmunida ta’lim mazmuni quyidagi to'rtta tashkiliy elementlardan iborat bo'ladi:

— idrok etish faoliyatini amalga oshirish usul lari qayd etilgan shaklidagi idrok etish faoliyati (bilimlar);

— amaliy faoliyatni amalga oshirish usullari shaklida qayd etilgan amaliv faoliyat tairibasi (ko'nikma va malakalar);

— muammoli vaziyatlar, nostandart vaziyatlarda yangi masalalarni hal etish shaklida (iiodiv faoliyat tairibasi):

— atrof-muhitga, bir-biriga, emotsional qadrivatli munosabatlar tairibasi. ya’ni, emotsional, axloqiy, estetik tarbiyalash.

Mazkur elementlar o'zaro bog'liq va bir-biriga asoslangandir. Mamlakatlar bilimlarsiz bo'lishi mumkin emas. Odamning ijodiy faoliyati bilimlar va ko'nikmalar mazmunli ma’lum materialida amalga oshiriladi. Ma’naviy-axloqiy tarbiyalilik odam yashaydigan jamiyatning xulq, ko'nikma va malakalarini egallab olganligini ko'zda tutadi. Ijtimoiy tajribaning bu elementlarini o'zlashtirish odamga jamiyatda muvaffaqiyatli yashash, yaxshi bajaruvchi boMish bilan birga mustaqil

harakat qilish, jamiyatni o ‘zgartira olish, ijtimoiy taraqqiyotga o‘z hissasini q o ‘sha olishga imkon beradi. Shuning uchun umumiy o ‘rta, o ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi birinchi navbatda. hayotga tayyorlaydi, ikkinchidan. inson ushbu tartibga o ‘z hissasini qo‘shish, hatto uni qayta tuzishga ham qodirbo‘ladi. Akademik V.V.Krayevskiyning konsepsiyasi o ‘qituvchini o ‘quvchilar ongida umuminsoniy va milliy qadriyatlar tizimi, odamlarga insonparvarlik munosabatini shakllantirish, erkin fikrlovchi, barkamol rivojlangan shaxsni shakllantirishga qaratilgan maxsus faoliyatga yo‘naltiradi.


Download 354,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish