Pedagogika kafedrasi o’quv-uslubiy majmua



Download 4,71 Mb.
bet194/222
Sana28.02.2022
Hajmi4,71 Mb.
#475518
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   222
Bog'liq
Пед конф. мажмуа-2021

Axborot. Ko‘p yillar mobaynida o‘tkazilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalariga asoslangan holda shuni aytish mumkinki, agar katta yoshdagi kishilar bolalarining harakatlarini qattiq nazorat qilib, ularning mustaqil harakatlarini rag‘batlantirma salar, u holda ular gapga kiradigan, “odamovi”, passiv, befarq va erkin muhitda tarbiyalanayotgan bolalarga nisbatan kam faol bo‘lib qoladilar. Keyingi toifadagi bolalar, odatda, ancha qiziquvchandir lar. Bolalarning xulq-atvori qanday shaklda rag‘batlantiriladigan bo‘lsa, ularning shu tomonga og‘ib ketishlari hayotiy tajribalarda o‘z tasdig‘ini topgan.
6-vaziyat.
1. Bahodan foydalanmagan holda, faqat olingan axborotlarga ko‘ra, tarbiyachi bolalarning mustaqil harakatlarini rag‘batlantir maydi gan vaziyatda, 5 yoshli Qudratning harakatlarini tushuntirib bering. Tarbiyachi Qudratdan boshqa bolalar chizayotgan narsani chizishni talab qiladi. Qudrat gapga kiradigan, “qulflangan” va kam qiziquvchan bo‘lib qoldi.
Vazifa: quyidagi fikrlar bo‘yicha siz nima deysiz?
a) nima uchun bu holat sodir bo‘ldi?
b) tarbiyachi qanday rol o‘ynadi?
v) Qudratga ota-onalarining ta’siri haqida nima deyish mumkin?
g) Qudratning xulq-atvori o‘zgarishiga tengdoshlarining ta’siri qanday bo‘lishi kerak?
d) bu o‘zgarishlarda Qudratning shaxsiy roli qanday?
Axborotning ikkinchi qismidan foydalangan holda vaziyatga boshqa tomondan qaraymiz. Berilgan mavzu bo‘yicha rasm chizayotgan bolalarga tarbiyachi mehribonlik bilan munosabatda bo‘lgan. Qudratga bu yoqar edi. Lekin u, tarbiyachi barcha vazifalarni bajargan boshqa bolalarni maqtayotganini sezdi. Shundan so‘ng u, hamma bolalar singari gapga quloq soladigan bo‘lib, o‘zining xulq-atvorini o‘zgartirdi.
2. Shu axborotning o‘zidan tarbiyachining harakatlarini ham tahlil qilishda foydalanish mumkin. Faraz qilaylik, u yosh pedagog. Pedagogik o‘quv yurtlaridagi o‘quv mashg‘ulotlarda, talabalarga bolalar bilan ishlash mobaynida imkoni boricha, ularga ijod qilish uchun ko‘proq vaqt va erkinlik berish zarurati o‘rgatiladi. Boshqacha bo‘lishi ham mumkin, rahbariyat uni guruhda tartib bo‘lgani uchun maqtagandir. Ota-onalar bolalarining chizgan rasmlari bilan zavqlangandirlar. Balki tarbiyachining guruhdagi xulq-atvoriga atrofdagi ijtimoiy muhit ta’sir qilgandir. Olingan axborotga ko‘ra vaziyatda ishtirok etayotgan personajlarning xulq-atvorlarini oldindan aytib berish mumkin. Masalan, yuqorida keltirilgan personajlar Qudratning va tarbiyachining boshqa vaziyatlarda harakatlarini aniqroq aytib berishga yordam beradigan qo‘shimcha ma’lumotlar topishga urinib ko‘ring. Noto‘g‘ri tanlangan tarbiya usuli Qudratning odamovi, passiv, befarq, hech narsaga qiziqmaydigan bo‘lishiga olib keldi. Agar Qudratning rasm chizishidagi mustaqil bajargan harakatlari rag‘batlantirilganda edi, kelajakda undan, masalan, dizayner chiqishi mumkin bo‘lardi.
Vazifa. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra yana qanday oldindan aytib berishlarni amalga oshirish mumkinligi haqida o‘ylab ko‘ring. Hayotiy tajribaning ahamiyati. Qudrat, tarbiyachi va o‘zingizning hayotiy tajribangizni nazarda tutgan holda bunday vaziyatlardagi harakat yo‘lini modellashtiring. Sizning hayotiy tajribangiz qanday darajada va qanday qilib, sizning harakatingiz(xulq-atvoringiz)ga ta’sir etadi? Aniq-amaliy masalalarni hal qilish yetarlicha murakkab ish: balki, u yoki bu hodisaning rivojlanishiga ta’sir etadigan umumiy qonuniyatlarni bilmaslik oqibatidagi xatolardir. Maxsus tuzilgan o‘quv masalalarni yechishda o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma butunlay boshqacha shakllanadi. V.V.Davыdov shunday deydi: «...o‘quv masalaning muhim tabiati o‘quvchilar tomonidan aniq-xususiy masalalarning ba’zi sinflarini yechishning nazariy umumlashgan usulini egallashga xizmat qiladi. O‘quvchilar oldiga o‘quv masalani qo‘yish – ularni barcha mumkin bo‘lgan xususiy va aniq shartlarning variantlarida uni umumiy yechish usuliga yo‘llashni talab etadigan vaziyatga kiritish demakdir».
Shunday qilib, o‘quv masalalarini hal etish uchun, o‘quvchi aniq-amaliy masalalarni yechishning umumiy usullarini egallagan bo‘lishi kerak. Masalan, «Bola o‘zining o‘yinidan keyin o‘yinchoqlarini yig‘ishtirmagan bo‘lsa, tarbiyachi unga nisbatan qanday yo‘l tutishi zarur?». Bunday masalani hal etish uchun hodisaning barcha mumkin bo‘lgan sabablarini, bolaning shaxsiy-psixologik xususiyatlarini va vaziyatni tahlil qilib chiqish, ya’ni, bola guruhda yangimi? Uning psixik holatining qandayligini va ushbu vaziyatning joyi va kun tartibidagi vaqti, oldingi va keyingi faoliyat tabiati, bolaning sog‘lig‘i va shu kabilarni tahlil qilish kerak. Mazmunli tahlilga vaziyatning asosiy tavsiflari, ularning o‘zaro aloqadorligi va o‘zaro bog‘langanligini qo‘shish, vaziyatning har bir parametrining o‘zgarishi, qolgan parametrlarga qanday ta’sir etishini kuzatish, ular qanday bog‘liqlikda ekanligini aniqlash lozim. Barcha vaziyatlarda tarbiyachi e’tiborli bo‘lishi, bola shaxsini hurmat qilishi, bolaga xulq-atvor qoidalariga rioya etishni o‘rgatgan holda, masalani konstruktiv hal etishi, bolaning zo‘riqishlarini nazorat qilishi va rag‘batlantirishi kerak. Ta’kidlash lozimki, har bir aniq-amaliy masala, uning mazmunli tahlilini amalga oshirish va yechishning umumiy usulini topish uchun o‘quv masalaga o‘tkazilishi mumkin. O‘quv masalani yechish, vaziyatlarni o‘zgartirish, qaralayotgan masalalarning shartlari va munosabatlarini aniqlashlarni qamrab olgan o‘quv harakatlar yordamida amalga oshiriladi. Vaziyatning mazmunli tahlilini ko‘rgazmali qilish uchun, modellashtirishning grafik yoki belgili shaklidan o‘quv harakatlar sifatida foydalanish juda muhimdir.
Model va modellashtirish o‘quv harakatlari:
- o‘rganilayotgan hodisani eng umumiy va muhim munosabatlarini aniqlash va belgilash usuli;
- ichki berk munosabatlarni o‘rganish uchun tashqi tayanch;
- hodisa va dalillarni umumiy munosabatga keltirish vositasi;
- ko‘rgazmali shakl sifatlarida foydalanilishi mumkin.
Shuni ta’kidlash kerakki, ijodiy fikrlash negizida, haqiqiy dunyoni bilish asosida modellashtirish amali yotadi.

Download 4,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish