Pedagogika kafedrasi o’quv-uslubiy majmua


Vazifa: bu holda insoniyatga, uning tarixiga nima bo‘lar edi? Bolalarning psixik rivojlanishi qanday kechar edi? Izoh



Download 4,71 Mb.
bet193/222
Sana28.02.2022
Hajmi4,71 Mb.
#475518
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   222
Bog'liq
Пед конф. мажмуа-2021

Vazifa: bu holda insoniyatga, uning tarixiga nima bo‘lar edi? Bolalarning psixik rivojlanishi qanday kechar edi?
Izoh. Ushbu muammoni yechish uchun jamoaviy-tarixiy tajribani ta’lim va tarbiya yordamida uzatishning muhimlik farazini o‘rtaga tashlash lozim.
Yechish. Insoniy shajara to‘xtamasa ham, insoniyat tarixi uziladi. Moddiy ne’matlar va ma’naviy madaniyat qolsa ham, ulardan bolalar foydalana olmaydilar, ularni qadr-qimmatiga yetarli darajada yeta olmaydilar, chunki kattalarning tajribasi kichik avlodga faollikda uzatilishi zarur. Jamoat-tarixiy tajribani uzatish ta’lim va tarbiya yordamida amalga oshirilishi kerak.
4-vaziyat. Bolalar bog‘chasining o‘rta guruhiga shu kunga qadar bolalar bog‘chasiga qatnamagan 4 yoshli Xurshid qabul qilindi. Xurshid mashinachasini o‘ynab bo‘lgandan keyin uni xona o‘rtasida qoldirib ketdi.
Vazifa: ushbu vaziyatda tarbiyachi qanday yo‘l tutishi kerak?
Yechish. Bunday vaziyatda tarbiyachi bolaning bog‘chada yangiligini inobatga olishi zarur. U hozircha bolalar bog‘chasining tartib-qoidalarini bilmaydi. Buning ustiga, uning bezovtalanishini ham inobatga olish darkor. Tarbiyachi Xurshidga asta-sekinlikda, tushunarli qilib, bolalar bog‘chasidagi tartib-qoida haqida gapirib berishi lozim, so‘ngra ochiq ko‘ngillik bilan: “Kel, sen bilan mashinachani turadigan joyi, ya’ni uning garajiga olib borib qo‘yamiz”, deyishi kerak. Shunda bola xohish bilan tarbiyachi qo‘ygan talabni amalga oshiradi.
5-vaziyat. Keyingi gal, doimiy bolalar bog‘chasining ushbu tarbiyachisi guruhiga qatnaydigan 4 yoshu 2 oylik Munira, rasm chizib bo‘lganidan so‘ng, qalamlarini ham, rasm daftarini ham ish o‘rni (ya’ni, stol)da qoldirib ketdi. Odatda, Munira har doim tarbiyachining ogohlantirishisiz, o‘zining narsalarini o‘zi yig‘ishtiradi. Bu gal, u tashqariga chiqib aylanishga shoshilganligi tufayli shu vaziyat yuzaga keldi.
Vazifa: bunga o‘xshash vaziyatlarda tarbiyachi qanday yo‘l tutishi lozim?
Yechish. Albatta, tarbiyachi Munira tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolikdan taajjublanadi. Unga guruhdagi tartib-qoidani qayta eslatib qo‘yishi lozim. Bunday vaziyat(masala)larni va ularning yechimlarini taqqoslash foydadan holi bo‘lmaydi. Bunday turdagi aniq-amaliy masalalarning to‘g‘ri javoblarini ko‘plab masalalarni hal etish jarayonida olish mumkin. Shu bilan, bu kabi vaziyatlardan chiqish uslub hamda yo‘llari haqidagi axborotlar to‘planadi. Masalalarni yecha turib, bolalarning aniq hayotiy vaziyatlarni his-tuyg‘ulik va ratsional darajada tahlil qilish qobiliyatlarini rivojlantirish lozim. Shuningdek, vaziyatlarda ishtirokchilar bilan birgalikda:
a) har bir aniq holatni anglab olishga yordam beradigan bola rivojlanishi haqidagi yangi axborotni olish;
b) hayotiy vaziyatlarga o‘zining shaxsiy reaksiya (ta’sirlanish)larini yaxshiroq tushunish kabi qayg‘urish ko‘nikmalari hisobiga takomillashadi. Vaziyatga qayg‘urish usulidan foydalanishning umumiy algoritmi quyidagicha bo‘lishi mumkin:
I. Boshlang‘ich ta’sirlanish darajasi.
A. Vaziyat tavsifini o‘qing va o‘qiganlaringiz bo‘yicha o‘zingizning tasavvurlaringizni gapirib bering.
B. O‘zingizning shaxsiy hayotiy tajribangizga asoslanib, o‘zingiz boshlang‘ich ta’sirlanishingizni tushuntirishga yordam beradigan jihatlarini tavsiflang.
II. His-tuyg‘ulik ta’sirlanish darajasi.
A. O‘zingizni ushbu vaziyatning ishtirokchisi sifatida his qilishga harakat qiling.
B. Birin-ketin o‘zingizni vaziyat ishtirokchilarining har biri o‘rniga qo‘yib ko‘ring.
V. Baholashda ehtiyot bo‘ling: tanbeh bermang, ayblamang. Faqat sezganingizni tavsiflang.
III. Ratsional anglash darajasi.
A. Vaziyatning tavsifidagi asosiy tayanch holatlarni aniqlang.
B. Adabiyotlarda mavjud bo‘lgan shunga o‘xshash muammolar bo‘yicha mos ilmiy axborotlar bilan tanishib chiqing.
V. Olingan axborotlardan faqat qaralayotgan vaziyatni tushunish uchun foydalaning. Vaziyatda ularning har birining harakatini oldindan aytib ko‘ring. Harakatlarni ayblashdan qoching. O‘zingizda mavjud bo‘lgan barcha axborotlardan foydalanib vaziyatning yechimi bo‘yicha bir necha variantni taklif qiling.
G. Ushbu yoki shunga o‘xshash vaziyatlarda siz qanday harakat qilishingiz mumkinligini o‘ylab ko‘ring. Bevosita shunday harakat qilishingizga sizning hayotiy tajribangizdagi qanday omillar ta’sir qilgan?

Download 4,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish