7-mavzu: Konfliktli vaziyatda g’azab va qahr
Reja:
Konfliktli vaziyatda g’azab.
G‘azab va qahr. G’azab qo’zg’ashining sabablari.
G‘azabdan o‘zini tinchlantirish usullari.
Jahl va g‘azabni jilovlash bo‘yicha 10 foydali maslahat.
Tayanch so’z va iboralar: g’azab, qahr, tinchlantirish usullari, agressiya, zo’ravonlik, nizo, konfliktli vaziyat, ichki hissiyotlar, maslahat, konflikt, ijtimoiy aloqalar, jamiyat, to’qnashuv, psixologik holat, konflikt manbalari, qo’pollik, nizo turlari, stress, jismoniy holat
ADABIYoTLAR:
Ahmedova M.T. Pedagogik konfliktologiya. –T.: Adabiyot uchqunlari, 2017. -320 b.
Ansupov A.Ya. Osnovы konfliktologii. –M.: 1998;
To‘ychieva G.U., Asadova E. Yoshlar va konfliktlar yechimi. Manual. –T.: 2008.
Azizxo‘jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. – Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2006.
Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Darslik. N.T.Omonov, N.X.Xojaev, S.A.Madiyarova, Ye.I.Eshkulov. T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2009.
Xoliqov A. Pedagogik mahorat. – T.: IQTISOD-MOLIYA, 2011.
Hikmatnoma. //To‘plovchi N.Eshonqulov. Toshkent: Cho‘lpon, 1992.
Konfliktli vaziyatda g‘azab va qahr. Go‘zal xulq - qahr va g‘azab kelganida bilinadi? Qahr va g‘azabiga g‘olib bo‘lgan odam o‘z rohatini ta’min etadi. Muloyimlik daraxtini ekkan kishi salomatlik mevasini teradi. Inson g‘azabini yengmagunicha, qalbidagi yomonlik vas-vasalaridan qutulib, komil inson bo‘la olmaydi. Yomon qalbni to‘g‘rilash niyat va amalga bog‘liqdir. Kishi nafsi hoxishi va ehtirosini yengmagunicha saodatga erishmas.
G‘azabini yengmagan, ahloqini yo‘qotadi.
Misol: bir kishi kelib, Allohning rasuliga (s.a.v.)dediki:
Yo rasulalloh, menga nasihat qiling.
G‘azablanma! – dedilar.
Menga nasihat qiling, - deb yana so‘radi.
G‘azablanma! – dedilar.
Nasihat qilishni uchinchi marotaba yana so‘radi. Yana dedilarki:
G‘azablanma!!!
Ey ko‘ngil! Sen g‘azabingni jilovlay olasanmi? G‘azab kelganda ota-onaga qarab ham baqiradiganlardan emasmisan? G‘azab kelganda xotini, farzandlarini uradigan johildorlardan emasmisan? G‘azab kelganda do‘stidan ham kechib yuboradigan nomardlardan emasmisan? O‘ylab ko‘r: ehtimol, bir marta bo‘lsin, ota va onangga qattiq gapirgandursan, xotining, farzandlaring, do‘stlaringdan qay birinidir jahl ustida ranjitgandursan. Endi sen buning uchun g‘azabingni bahona qilma. G‘azabni yenga olmagan o‘zingni aybla! Aybla-da, tavba qil! Tavbaning qabul bo‘lish shartini unutma: bu hol endi qaytarilmasligi kerak! Qaytarilsa, tavbang qabul bo‘lmas. “Tavba” - inson o‘z hayotining jarayonini, faoliyatini, yo‘nalishini, yashash tarzini yaxshi tomonga o‘zgartirishdir.10
Do'stlaringiz bilan baham: |