Pedagogika kafedrasi o’quv-uslubiy majmua


Nima uchun bizning g‘azabimiz qo‘zg‘aydi? G‘azabdan o‘zini tinchlantirish mumkinmi?



Download 4,71 Mb.
bet44/232
Sana20.06.2022
Hajmi4,71 Mb.
#686445
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   232
Bog'liq
Pedagogika kafedrasi o’quv-uslubiy majmua

Nima uchun bizning g‘azabimiz qo‘zg‘aydi? G‘azabdan o‘zini tinchlantirish mumkinmi? Har birimiz o‘zimizni o‘rab turgan voqea-hodisalarga turlicha munosabat bildiramiz. Masalan, ba’zilar hind filmlarini miriqib ko‘radilar, ba’zilar ularni umuman yoqtirmaydilar. Ba’zilarga blokbasterlar bo‘lsa bas, ba’zilar esa trillerni xush ko‘radilar. Ba’zilar esa milliy kino, milliy kiyimlarni yoqtiradilar. Masalan, “xevi-metall” musiqasini 100 % katta yoshdagi odamlar “bosh og‘riq” deb qabul qilishi tabiiy. Chunki odam yoshi o‘tgandan keyin uning bosimi ko‘tarilishi hollari ko‘p uchray boshlaydi, bosim ko‘tarilishining tabiiy xususiyatlaridan biri bu – bosh og‘rig‘i hisoblanadi. O‘zi boshi og‘rib turgan odamning bunday baland va shovqinli musiqadan lazzatlanishi g‘ayri oddiy hol bo‘ladi. Shu bilan birga, ba’zilar uxlashni yaxshi ko‘radilar, ular joy tanlamaydilar, hamma joyda uxlab ketaveradilar, ularga bosh qo‘yishga joy bo‘lsa bo‘ldi, pishillab uxlayveradilar. Boshqalar esa ularning bunday uxlashga bo‘lgan moyilligini beg‘amlik, qayg‘urmaslik, tepsa tebranmaslik, mas’uliyatsizlik alomati deb baholashi mumkin. Ba’zilar ovqat yeyishni yaxshi ko‘radilar. Sabrsizlik bilan ketma-ket katta-katta luqmalarning og‘iz bo‘shlig‘ida yo‘qolib borayotganligini kuzatib turgan boshqa bir odamning esa umuman ishtahasi yo‘qolib ketishi mumkin. Chunki u bu darajada ovqat yeyish mumkinligiga umuman ishonmaydi.
Demak, biz voqea va hodisalarga turlicha munosabat bildirishimiz tabiiy. Mana shunday turlicha munosabat, fikrlar va qarashlar rang-barangligi odamlar orasida ba’zi konfliktlarni keltirib chiqarishi mumkin. Mana shunday xilma-xillik konflikt uchun bahona bo‘lishi mumkin. Sizning so‘zlaringiz, tana zaboningiz, ovozingiz, nimalarni o‘ylashingiz, orzularingiz, amallaringiz biror boshqa kimsaning, ba’zan esa xatto eng yaqin kishilaringizning g‘azabini ko‘zg‘ashi mumkin. G‘azab esa zo‘ravonlik bilan tugashi mumkin. Demak, biz konfliktli vaziyatlarning kelib chiqishini oldini olish uchun o‘zimizda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan g‘azabning oldini olishga o‘rganishimiz lozim.
Odamlar turli yo‘llar bilan o‘z hissiyotlari, g‘azab va jahllarini jilovlashi mumkin. Konflikt bilan to‘qnash kelganda kimdir portlab ketadi, kimdir baqirishni boshlaydi, kimdir qo‘pollik qila boshlaydi, kimdir qo‘llarini musht qilib, boshqalarga hamla qilishga urinadi, kimdir stolga ura boshlaydi. Bu xatti-harakatlarning barchasi g‘azabni jilovlash emas, balki g‘azabdan qutilish yo‘llaridir.
Afsuski, birovning g‘azabi qo‘zg‘ayotganligini yoki o‘zimizning g‘azabimiz chiqayotganligini bir oldindan reja bilan ayta olmaymiz. G‘azab avval odamning ichida to‘planadi, uning fikrlarida mana shu hissiyotlar ustunlik qila boshlaydi. Agar vaziyat qo‘lga olinmasa, g‘azab dilisiyohlilik bilan tugashi mumkin.
Boshqalarning g‘azabi qo‘zg‘ayotganligini bilish uchun mana shu insonni juda yaxshi o‘rganish, uning tana harakatlari, ovozi, mimikasiga juda katta e’tibor bilan qarash lozim bo‘ladi. Bir-ikki daqiqadan so‘ng g‘azabi oshib-toshib ketishi mumkin bo‘lgan odam tashqi ko‘rinishidan tamoman tinch ko‘rinishi mumkin. Ammo uning ichki hissiyotlarida agressiv holat vujudga kelgan va u to‘planayotgan bo‘ladi. Agressiv holatning nechog‘li kuchli darajada to‘planishi uning portlashiga olib keladi. Ba’zilar g‘azab qo‘zg‘atadigan vaziyatdan o‘zlarini olib qochadilar. Chunki ularning tinchligini hech kim va hech narsa buzmasligi lozim. Ammo shunga qaramay insonni o‘z g‘azabini jilovlay olish ko‘nikmalariga o‘rgatish va undan unumli foydalanish mumkin.

Download 4,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish