Jamoa an’analari – jamoa a’zolari tomonidan birdek qo’llab-quvvatlanuvchi barqarorlashgan odat.
Jamoaning norasmiy tuzilmasi - jamoa a’zolari o’rtasidagi shaxslararo ma’naviy-psixologik munosabatlarning umumiy tizimi, shuningdek, jamoada mikroguruhni tashqil qiluvchi ayrim shaxslar o’rtasidagi tanlash munosabatlarining mazmuni.
Jamoaning rasmiy tuzilishi - turli ko’rinishdagi jamoa faoliyatini yo’lga qo’yishning tashkiliy jihatlari.
Jinsiy tarbiya - o’zida shaxsni jinsiy jihatdan chiniqtirish, ularni tozalik va ozodalikka o’rgatish, o’z sog’ligi uchun g’amxo’rlik qilish va mas’uliyatli bo’lishni ta’minlashga qaratilgan pedagogik faoliyat mazmuni.
Do'stlaringiz bilan baham: |