Mavzu: Movarounnahrga Islom dinini kirib kelishi va ta’lim-tarbiyaga ta’siri
Reja :
Movarounnahrni arablar tomonidan bosib olinishi va unda ta’lim-
tarbiya muhiti.
Vatanimizda dunyoviy pedagogika g’oyalari va uning namoyandalari.
Vatanimizda diniy pedagogik g’oyalar va ularning namoyandalari.
Uyg’onish davri ta’lim tizimi.
Movarounnahr (ikki daryo oraligi yoki daryo orqasidagi joy) VIII asrda arablar tomonidan bosib olingan, xalqimiz ma’naviy hayotida jiddiy o’zgarishlar sodir bo’ldi. Islom dini o’lkamiz ijtimoiy ma’naviy hayotida hukmron mafkura rolini o’ynay boshladi.
Islom dinini xalqimiz ijtimoiy-ma’naviy takomilidagi roliga turli qarashlar mavjud:
1.Islom dini va arablar istilosini xalqimiz ma’naviy hayotidagi ta’sirni ideallashtirish. Bunday qarash "Avesto" va "Avesto"gacha davr tarixini yaxshi bilmagan va islom ruhoniylarining ayrim vakillari tomonidan e’tirof etiladi. Ularning fikricha: xalqimiz istilogacha yovvoyi qaloqlarcha turmush tarziga ega edi, arablar bizga madaniyat, ma’rifat olib kirgan.
2.Tanqidiy asosda yondashuv. Ovropa, Russiya olimlari ateistik (xudosizlik) nuqtai nazaridan yondashadi. Ularning fikricha arablar o’lkamizga jaholat, madaniyatsizlik, xurofotni olib kelganlar, boyliklarni talagan, tinch aholiga tajovuz qilganlar.
3.Islom dini va arablar istilosini ta’sirini xolisona baholash, bunday qarash O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng shakllanadi.
Islom dini va arablar istilosi o’lkamiz ta’lim va pedagogik fikrlarni taraqqiyotiga qanday ta’sir etdi?
1.Islom dini Vatanimizga chetdan kirib kelganligi tufayli xalq uz ixtiyoriy bilan uni qabul qilmagan.Natijada xalq manaviyatining barcha sohalarida birdan hukmronlikka erisha olmagan.
2.O’lkamizda fan va madaniyatning o’sha davrda ilg’or darajada rivojlanganligi islom g’oyalarini singishga to’sqinlik qilgan.
3.Vatanimizda o’ziga xos ta’lim tizimi vujudga keldi.
Masalan: ta’lim- o’rganish
maktab- ta’lim beradigan odam
madrasa-muddaris kabilar yuzaga keldi.
Vatanimizda pedagogik g’oyalar ikki yo’nalishda shakllandi va rivojlandi.
1. Dunyoviy pedagogika - uni asosida yunon olimlari asos solgan g’oyalar, hind eposlari g’oyalari, o’lkamizning o’ziga xos madaniyati,tajribalar, yutuqlar turardi. Dunyoviy pedagogika insonni tabiatning bir qismi sifatida , ta’lim tarbiya bilan kamolotga erishadi deb hisoblanadi. U yashayotgan muhit, uz xatti-harakati bilan bog’liq buladi deb asoslanadi. Bolani yoshligidan kasb-hunarga o’rgatish lozim deb, odob-axloqni foydasi to’g’risida g’oyalar olga suriladi. (namoyandalari) Muhammad Muso al Xorazmiy (780-850) Arab xalifaligining markazi Bog’dodda ilmlar uyi "Akademiyani" boshqargan. Akademiya qoshidagi madrasada mudarrislik qilgan. Uning "Astronomiyaga kirish ", "O’ttiz fasldan iborat astronomiya kirish".
Vatanimizda XI asrga kelib yesh avlod ta’lim-tarbiyasi oid juda ko’p asarlar paydo bo’ldi:Nizomul Mulkning "Siyosatnoma", Nosir Xisravning "Saodatnoma", Kaykovusning "Qobusnoma", Yusuf Xos Xojibning "Kutag’du-bilig", Ahmad Yugnakiyning "Haqiqatlar armug’oni" kabilar.
Burxoniddin Zarunjiy (1150-?) Marg’ilon madrasasida katta mudarris bo’lib, uning "O’quvchilarni ta’limga yo’llashga doir nasihatlar" asarida: fanning mohiyati va uni takomillashtirish; ta’lim jarayonida ongli bilim olish; ta’limda fanni, O’qituvchi sherik va vaziyatni tanlash; fan va olimlarni hurmatlash; ta’limda o’quvchi intilishi, tirishqoqlik, ularni o’stirish; darsni boshlash va uni hajmi, darsni o’tkazish tartibi haqida, mashg’ulot vaqti, ta’limda O’quvchini o’qitish va unga nasihat qilish, bilimlarni egallash haqida; ta’limda o’qituvchi va o’quvchining muvaffaqiyatini umid qilish haqida; ta’limda Xudodan qo’rqish haqida; ta’limda o’quvchi xotirasini tarbiyalash haqida kabi masalalar o’ziga xos usulda hal etiladi.
Olimning fikricha, ilm egallash avvalo o’qituvchiga, o’qiyotgan kitobiga, bilimga nisbatan tirishqoq va chidamli bo’lishni talab etadi. Bir darsni puxta o’zlashtirmay, bir kitobni tugatmay, bir o’qituvchida saboqni tashlab boshqasiga utma. Bilimni faqat oltitta shartiga rioya qilsa puxta egallab olasan: ziyraklik, kuchli istak, chidam, o’qituvchi nasihati va yetarli vaqt,- deb ta’kidlaydi.
Maxmud Zamaxshariy (1074-1144). Uning ilm olamidagi mavqyeyini olimlar "Xorazm osmonidagi quyosh" deb nisbat berganlar. Arab olimlaridan biri "Agar Xorazmning Zamaxshar qishlog’idan chiqqan olim bo’lmaganida biz arablar uz ona tilimizni mutlaqo bilmasdan utib ketar edik"-deb yozgan ekan. Zamaxshariy: tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tarix, geografiya, Hadis ilmlari sohasida asarlar yozgan: "Grammatika hikmatlari ", "Arab tili grammatikasi", "Eng yangi lug’at", "Vatan va tog’larning nomlari"asarlarini yozgan. Bu asarlar boshqa tillarga tarjima qilingan. Zamaxshariyning "Nozik hikmatlar"asari yeshlar tarbiyasi, ustoz-shogird munosabatlari, oila muammolari to’g’risida.
Demak, Uyg’onish davrida dunyoviy pedagogika gullab yashnagan, ta’lim-tarbiya o’ziga xos yo’nalishda amalga oshirilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |