«pedagogika» kafedrasi fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua tuzuvchilar


Pedagogika tarixi ilmining manbalari, mazmuni asosiy bo’limlari



Download 8,88 Mb.
bet188/377
Sana23.01.2022
Hajmi8,88 Mb.
#402275
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   377
Bog'liq
Umum.pedagogika O\'roqov

Pedagogika tarixi ilmining manbalari, mazmuni asosiy bo’limlari.

Pedagogika tarixi manbalari kuyidagilar: xalq maorifi xamda masalalariga doir arxiv materiallari: qadimiy yozma adabiyotlar tarbiya va ta’lim masalalariga doir qadimiy qul yozmalar e’lon qilingan rasmiy materiallar (qonunlar) loyihalar sirkulyarlar, hisobotlar, dokladlar va shu kabilar darsliklar va o’quv qo’llanmalari programmalar va maktab ishining xaraketerlovchi boshqa materiallar. Atoqli pedagoglarning asarlari umumiy va pedagogik matbuot.Prezident Karimov asarlari.

Pedagogika tarixi madaniyat tarixi bilan chambarchas bog’langan. Tadqiqotchi tarixiy pedagogika masalalarini ishlab chiqishda insoniyat tarixi, falsafa, tarixi, madaniyat tarixiga adabiyot tarixiga doir manbalardan va turli asarlardan, shuningdek memuarlar va badiiy asarlarni Ayniqsa pedagogikaga doir qarashlari pedagogikaga tarixida yoritilgan avtorlarning (masalan F.Rable, J.J.Russo, L.N.Tolstoy, A.Navoiy, M.Qoshg’ariy, Yusuf Xos Hojib, Al-Xorazmiy va avtorlarni)memuarlar va badiiy asarlarida xamda maktab oila tarbiyasi va shu kabilar tasvirlangan badiiy asarlardan xam foydalaniladi. Pedagogika tarixini o’rganishi o’qituvchining pedagoglik madaniyatini oshiribgina qolmaydi. Balki shu bilan birga uning pedagogik mahoratini egallashiga xam yordam beradi. O’qituvchi O’tmishning eng yaxshi tajribalarini o’rganadi. O’tmish tajribasining bu taxlitda ijodiy O’qituvchining kundalik faoliyatida yordam beradi.

Pedagogikani paydo bo’lishi va taraqqiyoti tarixi maktab va pedagogikani taraqqiyoti tarixi O’qituvchiga pedagogikani eng muhim masalalarni ko’rsatib beradi. Maktabning umumlashtirilgan tarixiy tajribasini bayon qiladi va o’qituvchini bevosita amaliy faoliyatga tayyorlaydi.

Mustaqillikka erishganimizdan so’ng prezidentimiz I.Karimov ta’lim tarbiyaga alohida e’tiborni qaratdi va kadrlar tayyorlash va ta’lim to’g’risidagi qonunlar qabul qilib mustaqil O’zbekistonni rivojlanishiga hissa qo’shuvchi yoshlarni yetarli ta’lim olishlariga sharoit yaratib berdi. Hozirda yoshlarimiz uch bilimlari bo’yicha chet ellarda ta’lim tarbiya olmoqdalar.

Hozirgi o’zbek xalqining ajdodlari bundan birnecha ming yillar oldin yashagan bo’lib, ular yuksak va o’ziga xos madaniyatni vujudga keltirishda juda katta va mashaqqatli yolni bosib o’tganlar.Dastlabki tosh qurollaridan tortib takomillashgan mehnat qurollari yasashgacha, undan urug’chilik, qabilachilik davrlariga kelib, xo’jalik va madaniy taraqqiyotda erishilgan yutuqlargacha bo’lgan tariximiz ota-bobolarimizning boy qadimiy madaniyatga ega bo’lganligidan dalolat beradi.

Eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda Baqtriya, Xorazm, Sug’diyona, Marg’iyona, Parfiya, Zarafshon vohalari, Parkana kabi o’lkalarda turli qabila va elatlar yashagan. Bular hozirgi o’zbek xalqining «ildizi» hisoblangan sak-massagetlar, sug’diyonlar, xorazmiylar, baxtarlar, chochliklar va parkanaliklar kabi qabila va elatlar edi. Keyinchalik ular o’zaro ko’p qabila va urug’lar bilan birlashib ketib hozirgi Markaziy Osiyodagi xalqlarning ajdodlari hisoblanishadi.

Taraqqiyot eramizdan oldinggi IX-XI asrlarda paydo bo’lgan Axmoniylar hukmronligi, keyinroq eramizdan avvalgi II- asr o’rtalarida tarkib topgan Grek-Baqtriya davlati, eramizning a asrida Kushonlar davlati, U asrda Eftalitlar, so’ngra Sosoniylar va nihoyat turk xoqonligi davrlarini o’z ichiga oladi.

Tadqiqotchilar qayd etilgan ma’lumotlarga qaraganda, eng qadimgi tarbiya haqidagi yodgorliklar bizgacha bevosita yetib kelmagan. Qadimgi grek tarixchisi Gerodotning «Tarix», Strabonning «Geografiya», Mahmud Qoshg’ariyning «Devonu lug’otut turk», O’rxun-Yenisey bitiklari va boshqa shu kabi adabiy-tarixiy asarlarda saqlangan va shular orqali bizgacha yetib kelgan.

Ma’lumki, kishilar va kishilik jamiyati vujudga kelishi jarayonida inson ham biologik jihatdan, ham inson sifatida takomillashib borgan. Dastlabki diniy e’tiqodlar, oddiy ixtirolarning takomillashib borishi, inson ongining shakllanib borishiga turtki bo’ldi. Bu jarayon ming-ming yillar davom etib, inson ongi shakllanishining asosi bo’lib xulq-odob qoidalari tarkib topadi.

Eng qadimgi kishilarning dastlabki oddiy istaklari, orzu umidlari, xislatlari qadimgi eposlarda , ulardagi afsonaviy obrazlar qiyofasida o’z ifodasini topgan. Ruxga sig’inish, ajdodlar ruxiga sig’inish, totemizm, sehrgarlik kabi diniy e’tiqodlar va marosimlar aks etgan afsonalar, rivoyatlarda eng qadimgi avlodlarimizning tafakkur dunyosi aks etgan. Ammo bu rivoyatlar, afsonalar massagetlar, saklar, xorazmiylar, so’g’dlar, parfiyanlar yashagan davrlarga to’g’ri keladi.

Biz yuqorida keltirgan tarixiy, falsafiy, pedagogik adabiyotlarda tadqiqotchilar, umuman, eng qadimgi madaniy boyliklarimizni o’rganishda uch asosiy manbaga tayanganligini ko’ramiz:

1.Xalq og’zaki ijodi materiallari.

2.Buyuk adiblar, allomalarning ijodiy merosi.

3.Arxeologik qazilmalar natijasida topilgan ashyolar.

Tarixchilar va tarixchi-pedagoglarning ko’rsatishicha, kishilarning mehnat faoliyati jihatidan uch guruhga bo’lingan:

1) bolalar va o’smirlar;

2) hayot va mehnatda to’la ishtirok etuvchilar;

3) keksalar.

Biz bilamizki ibtidoiy jamiyatdan to urug’chilik jamoasigacha bolalar mehnati takomillasha bordi va kasb-hunarga intilish faollashdi. Dalalarni o’lchash, suv toshqinlarning oldini olish, odamlarni davolash usullariga oid bilimlar berish avj oldi. Natijada maktab va yozuvga zaruriyat sezila boshladi. Dastlab suratkashlik rivojlanib keyinroq piktografik xat va nihoyat qushni mamlakatlardan kirib kelgan harf bilan yozish usuli paydo bo’ladi.

Tadqiqotchilar eramizdan oldingi birinchi ming yillik o’rtalarida oromiy yozuvi, Makedonskiy istilosidan so’ng yunon yozuvi va shu bilan birga forsiy mixxat ham ma’lum vaqtlargacha qo’llanilib kelgan. O’sha davrda Xorazm, Sug’d, Kushon, Run (O’rxun-Yenisey), uyg’ur va boshqa yozuvlar paydo bo’lgan va ta’lim-tarbiyaning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etdi.

Xitoyda qog’ozning ixtiro etilishi, Hindistonda hisoblash unlik sistemasining paydo bo’lishi, Mesopotamiyada Yer kurrasini graduslarga, sutkani soat, daqiqa va soniyalarga bo’linishi joriy etilishi, M.Osiyoda Urta dengiz bilan Hindistonni bog’lovchi karvon yo’lining vujudga kelishi, keyin M.Osiyo orqali Xitoydan Urta dengizga «Buyuk ipak yolining ochilishi madaniyatning taraqqiy yotishi va yozuvning tarqalishiga sabab bo’ldi.

Demak yuqorida sanab o’tilgan yozuvlar asosida Xorazm, Sug’d, Baqtriya yozuvlari shakllangan.

Eramizdan oldingi 484-431 yillarda yashagan yunon tarixchisi Gerodotning «Tarix» kitobida qadimgi forslar, saklar va massagetlarning ta’lim-tarbiyaviy qarashlariga oid muhim ma’lumotlar berilgan:

Forslarning eng sharaflaydigan narsasi jasurlikdir deydi olima shunga ko’ra ko’proq o’g’illi bo’lishdan faxrlanishgan. Podshoh kimning o’g’li ko’p bo’lsa , unga har yili sovg’a-salomlar yuborgan. O’g’il bolalarni besh yoshdan yigirma yoshgacha faqat uch narsaga: Otda yurishga, kamondan otish, to’g’rilikka o’rgatishgan. Bolani besh yoshgacha otasiga ko’rsatishmagan, u ayollar tarbiyasida bo’lishgan. Mabodo vafot etishsa, otasining qayg’urmasligi uchun shunday qilishgan.

O’g’il bola hyech qachon ota-onasini behurmat qilmagan .Uni faqat nikohsiz yoki tashlandiq bolalardangina kutish mumkin, deb hisoblaganlar. Bundan tashqari yolg’onchilik va qarzdor bo’lish sharmandalik hisoblangan, ular daryo suviga tupurmaganlar, hatto yuvmaganlar ham, ular daryoni muqaddas sanashgan.

Sug’d yozma yodgorliklari orasida «Eski xatlar» deb yuritiladigan va V.B.Xenning tomonidan aniqlangan qimmatli manbalar bor. Bu manbada Dunxuan shahri (Sharqiy Turkiston)da yashagan sug’dlik tijorat ahl, savdo ahlining Samarqandga – o’z ona yurtiga yozgan shaxsiy xatlaridir.

Imperator Yan Di (615-617)ning elchisi Vey Szi hisobotlarida ham Samarqandda ta’lim-tarbiya haqida ma’lumotlar mavjud. « Aholisi – savdogarlardir, o’g’il bola besh yoshga to’lar ekan, unga savod o’rgata boshlaydilar; o’qishni o’rganishi bilan savdo ishlariga o’rgata boshlaydilar». Boshqa bir xitoy tarixchisi Syuan Szin esa Samarqand aholisini axloqiy va xulq-odob qoidalariga rioya etishda boshqalarga o’rnak bo’lganligi aytib o’tilgan.

Shuning bilan birga eng qadimgi davrlarda ta’lim-tarbiyaga oid qimmatli ma’lumotlarni biz xalq og’zaki ijodi namunalari – afsonalar, qahramonlik eposlari, qo’shiqlar, maqol va iboralarda ko’ramiz. Chunki xalq donishmandligining ko’zgusi bo’lgan xalq og’zaki ijodida xalq pedagogikasiga xos bo’lgan tarbiya tajribalari umumlashgandir.

Miflar asosida yaratilgan afsonalar qahramonlik eposlar uchun zamin tayyorladi. Bu qahramonlik eposlarda vatan va erkinlikka bo’lgan muhabbat, uz yurti va jonajon qabilasi uchun jonini fido etish, shon-sharaf. Or-nomus uchun kurash tuyg’ulari ifodalanadi. Poliyonning «Harbiy hiylalar» asari bunga misol bo’la oladi va bu xislatlarning hammasi Saksfar, Omart, To’maris, Shiroqlarning qahramonliklarida erkin o’z ifodasini topgan

Ma’lumki, Markaziy Osiyo hududida qadim-qadimdan turli dinlar, diniy aqidalar bo’ldi. Ularda aholining ijtimoiy-madaniy hayoti, turmush tarzi va an’analari ma’lum o’lchovga solindi va belgilandi.

Bunday dinlardan eng qadimiysi va eng mashhuri zardushtlik dini va ta’limotidir. Zardushtlik dinining muqaddas kitobi bo’lmish «Avesto» qadimgi Turon zaminida buyuk madaniyat va ma’rifat hamda xalq pedagogikasi mavjudligiga erkin dalildir.

« Eng mo’tabar qadimgi qo’lyozmalar «Avesto»ning yaratilganiga 3000 yil bulayapti,-deydi prezident I.Karimov ,- bu nodir kitob bundan XXX asr muqaddam ikki daryo oralig’ida, mana shu zaminda umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlarga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosdir. «Avesto» ayni zamonda bu qadim o’lkada buyuk davlat, buyuk ma’naviyat, buyuk madaniyat bo’lganidan dalolat beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hyech inkor etolmaydi».

Zardushtiylik dining asoschisi Zardusht atalmish buyuk tarixiy shaxs hisoblanib sharqning faylasufi, notig’i, shoiri, donishmandi bo’lgan. U miloddan oldin VII asrda yashagan, Xorazm hokimligiga qarashli chorvachilik bilan shug’ullangan Spitama urug’idan bo’lgan. Otasi Paurashpa, onasini esa Dugdova deb atashgan. Zardusht bolaligidan ot, tuya boqish bilan shug’ullangan, favqulodda qobiliyat va qudrat sohibi bo’lgan chorvador qavmlarning urf-odatlarini, dinu-udumlarini o’rgangan.

Ma’lumki ota-bobolarimiz turli dinlarga, ko’p xudolarga topinganlar,ularga bog’liq rasm-rusmlarni bajarganlar. Ana shunday rasmlardan biri qabilaning o’z xudosiga qurbonlik qilish bo’lgan. Zardusht bu qurbonlik natijasida mollarning soni kamayib ketayotganidan aziyat chekadi va buning natijasida qabilalar o’rtasidagi nizolar ko’pxudolikning natijasi ekanligini sezadi Zardusht 20 yoshida o’zining nortuyasiga minib, (Zardusht – sariq tuya sohibi) qishloqma-qishloq , shaharma-shahar kezadi, yakkaxudolik g’oyasini targ’ib qiladi; o’n yildan keyin yagona xudo – Axuramazdani kashf etadi. Zardusht ilgari so’rgan g’oyaning negizini ikki narsa: mutloq g’oya a Xurmuzning yakkayu-yagonaligini tan olish; yaxshilik bilan yomonlik, rostgo’ylik va yolg’onchilik; zulmat bilan nur o’rtasidagi doimiy kurash haqidagi ta’limot va borliqni ikkiga bo’lib qarash dualistik sodiqlik tashkil etadi.

«Avesto» sof diniy kitob bo’lmay, ijtimoiy-falsafiy, madaniy, adabiy-tarixiy qimmatga ega bo’lgan nodir qomusiy yodgorlikdir.

Abu Rayhon Beruniy «Avesto»ning vatani haqida gapirib, uni Ozarbayjonda paydo bo’lgan deydi va «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida Zardushtni soxta payg’ambarlar ro’yxatida keltiradi va bu dinni Xuroson, Fors, Iroq, Musul, Balxdan tortib, Suriya yerlarigacha tarqalganini aytadi. Asarda tasvirlangan «Ayriana Vayjo» degan mamlakat Xorazm bo’lishi mumkin va «Muqaddas olov» birinchi bo’lib shu o’lkada yoqilgani va Axura Mazda Zardushtga ko’rinish bergani haqida rivoyatlar mavjud. Ye.E.Bertelsning fikricha asarda tasvirlangan mamlakatning geografik sharoitlari Xorazm hududiga to’g’ri kelishini bildiradi.

«Avesto»ning vatani Xorazm ekanligini B.G’ofurov, X.Hamidovlar yanada aniqroq va ishonch bilan ta’kidlaydilar. Qabiladoshlariga Zardushtning yakkaxudolikni targ’ib etishi yoqmaydi va uni taqib etadilar. Shundan keyin u Rayga (Eron) ga qochadi va o’z dinini o’sha yerda targ’ib eta boshlaydi.

«Avesto» ni shox Gushtaspga taqdim etadi va u uning homiysiga aylanadi. Gushtaspning farmoniga ko’ra otashxona – ibodatxonalar quriladi hamda 1200 bobdan iborat «Avesto»ni oltin taxtachaga yozdirilib,shox otashkadasiga topshiriladi. Adabiyotshunos X.Hamidov Zardushtni shox Gushtasp qizi Havoviga uylangani, undan uch o’g’il va uch qiz ko’rgani haqida ma’lumot beradi.

Manbalarda «Avesto»ning kitob shaklidagi matni eramizdan oldin 12 ming oshlangan mol terisiga oltin harflar bilan bitilgani keltiriladi. Bu nusxasi Iskandar istilosigacha Istaxrda saqlangani va uning tibbiyot, nujum, ilmu-hikmat sohalariga oid matnlarini yunon tiliga tarjima qildirib qolganini yoqib yuborishga buyurgan.

Ba’zi tadqiqotchilarning ta’kidlashicha «Avesto» ning eng qadimgi nusxasi 1324 yilda ko’chirilgan bo’lib, Kopengagen kutubxonasida saqlanishini aytishsa (Mallayev) boshqalari esa (V.A.Livshis) 1288 yilda eng qadimgi qo’lyozma nusxasi yaratilganini aytadilar.

«Avesto» kitobi bizgacha 2 nusxada yetib kelgan: 1.Duolar to’plamidan iborat «Vendidat» , ya’ni «Pok vendidat» deb ataladi. Bu kitobda «Yasnalar» va «Vispered» ham kiritilib, yaxlit tarzda shakllangan.2. «Vendidat» va «Yasna», «Vispered» lar tarjima qilinib sharhlar bilan beriladi. Izohli tarjimasi «Zand» deb ataladi.

Zardushtiylik to’g’rilik bilan yashash va axloqiy unsurlarga asoslanadi. Ayniqsa «Avesto»da zardushtiylikning insonga, insonning jamiyatda tutgan o’rniga munosabati «Got»larda to’liq yoritilgan. Zardushtiylikda yaxshilik va yomonlik tushunchalari orqali butun yaxshilik va yomonlik dunyosi tushuniladi.

«Avesto» ning eng xajmi katta qismi «Yasna»larda inson kamolini ko’rsatuvchi axloq mezoni ana shu uchlikda Xumata-yaxshi fikr, Xukta-yaxshi so’z, Xvarsha-yaxshi ishlarda ifodalanadi.

Zaratushtra ta’limotida 15 yosh balog’at yoshi sanalgan. O’smir balog’at yoshiga yetganda Zaratushtra qonunlari o’rgatishgan. Falsafa, axloq-odob, zardushtiylikning axloqiy yoriqlari o’rgatilgan. O’smirlar xudojo’y mehnatkash, adolatli, niyatlari, so’zlari, ishlarida halollikka alohida e’tibor berilgan.

Zardushtiylikda ovqatlanish qoidalariga ham qat’iy rioya etilgan.Chunki inson ovqatlanmasa fuqarolik burchini bajara olmaydi. Insonning ma’naviy hayoti bilan moddiy hayoti bilan bog’liq hal etgan. Ayollarga g’amxo’rlik birinchi zarurat sanalgan. Ayniqsa , homilador ayollarga g’amxo’rlik qilish asosiy insoniy burch hisoblangan. Tozalikka rioya qilish, kanallar, ko’llar, suv havzalarining tozaligiga alohida e’tibor berilgan.

Zardushtiylik ilohining 72 nomi borligi ma’lum. Ta’kidlaganimizdek, Zardusht butun hayoti davomida ezgu fikr, ezgu kalom, ezgu amal kabi uchlikka rioya qiladi. O’limdan so’ng xum ustidan o’tkazilgan hisob-kitobda haqiqat ilohi Roshni ularni taroziga salmoqlab ko’radi.

Xulosa qilib aytganda «Avesto»da insonning barkamol bo’lib yetishida uning so’zi, fikri, Ish birligiga katta e’tibor beriladi. Bu axloqiy uchlik eng qadimgi davrlardan boshlab undan keyin yaratilgan barcha ma’rifiy asarlarga asos bo’lgan desak xato qilmagan bo’lamiz.




Download 8,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   377




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish