Pedagogika tarixi ilmining ilmiy, nazariy va milliy asoslari. O’tmishda progressiv pedagoglar va atoqli mutafakkirlar pedagogikaga doir muhim fikrlarni aytib qoldirganlar, bularni o’rganish pedagogika tafakkurini o’sishga, pedagogik madaniyatini o’sishga imkon beradi. Kuyida ba’zi pedagoglarni nazariyalarini qarab chiqamiz. Buyuk slavyan pedagogik Yan Amos Komenekiyning fikriga tarbiya nazariyasini uch vazifasi bor: o’zini, tevarak atrofidagi olamni bilish (aqliy tarbiya), o’z- o’zini boshqarish (axloqiy tarbiya) va xudoni tanishga intilish (diniy tarbiya).Komenskiyning o’rta asr pedagoglaridan bu masalada farqi shuki, u birinchi vazifani hal qilinishini juda muhim deb hisobladi.
Komenskiy tarbiyani roliga juda yuksak baho berdi. Inson deydi u - faqat tarbiya tufayligina insonga aylanadi, insonga u tarbiyalanishiga eng qulay yoshda bo’lganida, ya’ni bolalik chogida tarbiya berilishi lozim.
Tarixiy taraqqiyot davomida turli mamlakatlar va xalqlar jahon pedagogika tarixi rivojlanishiga katta hissa qo’shdilar. Bu borada yunon olimlari Arastu, Platon. Demokrit, kabi olimlar uz fikrlarini bayon etdilar. Ayniqsa, ularning inson kamolotidagi nazariy qarashlari, tarbiyaning roliga bergan katta ahamiyatlari pedagogika tarixi nazariyasini, yaratishda asosiy zamin bo’lib xizmat qiladi.
Shveytsariyalik buyuk pedagog I.G.Pestalotssi elementar nazariyasini yaratdi. Unga kura tarbiyalash eng oddiy elementlardan boshlanib, asta sekin tobora murakkabroq darajaga ko’tarilib borishi lozim.
Pestalotssining element ta’lim nazariyasi jismoniy tarbiyani axloqiy va estetik tarbiyani xamda aqliy tarbiya va o’qitishni uz ichiga oladi.
Mustaqillika erishganimizdan so’ng o’zimizning milliy urf-odatlarimiz qadriyatlarimizni foydalanishga keng yo’l ochildi. Shuningdek pedagogikada xam yoshlarni komil inson bo’lib yetishishlarida mustaqil O’zbekistonni mustaqilligini mustahkamlash uchun barcha ishlarni sidqidildan bajarishga kirishildi. Ya’ni pedagogikada o’zimizning milliy asarlar Qur’oni Karim, Hadis, prezidentimiz I.Karimov asarlaridan foydalanishga imkoniyat yaratildi.
Chunki ularda ta’lim tarbiyani yuqori cho’qqilarini ko’rish mumkin.
Masalan: Qur’onning Oli-Imron surasida "Kishilardagi baxillik, ochko’zlik, sifatlari qoralanib, ularni saxiy adolatli oliyjanob bo’lishga chaqiradi.
Chunonchi Hadislarda xam ta’lim tarbiyani hamma tomonlarini ko’rishimiz mumkin. "Ilmni Xitoydan borib bo’lsa, xam o’rgan" "beshikdan qabrgacha ilm izla" kabi Hadislarni ilmni qanchalar qudratga ega ekani u tufayli inson buyuk darajaga yetishib jamiyatda uz o’rnini topishini eplasak "Salomlashishni odat qilinglar, zero u bir-birlaringa muhabbatlaringni ziyoda qilur" Hadisida insonning yuksak odob- axloq egasi ekanligini oliy belgisi salomlashish haqida fikr yuritilib u orqali insonlarni bir-biriga bo’lgan mehr-muhabbati ortishi yaqqol ifodalanadi.
Biz ta’lim tarbiya berishda o’zimizni o’zligimizni anglashda avvalo milliy ma’naviy durdonalarimizdan foydalanish zarurdir. Bular bizga milliy asos bo’lib xizmat qiladi.
Qadimiy Turkiston jahonga Qozizoda Rumiy, Ulug’bek, Lutfiy, Xaydar Xorazmiy, A.Navoiy, Bobur - singari allomalarni yetkazdi.
Qolaversa, ularning axloq odobga oid karamlari, pedagogika fanlari bo’yicha ta’limoti butun jahonga o’rnak bularni ma’no va mazmun kasb etgan.
Pedagogika tarixning ilmiy, nazariy va milliy asoslarini puxta o’rganish O’qituvchilarning faqat pedagogik madaniyatini oshiribgina qolmay, balki shu bilan birga, unga pedagogik mahoratni egallashga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |