«pedagogika» kafedrasi fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua tuzuvchilar


G’arbiy Yevropada maktab, maorif hamda pedagogik fikrlar taraqqiyoti



Download 8,88 Mb.
bet213/377
Sana23.01.2022
Hajmi8,88 Mb.
#402275
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   377
Bog'liq
Umum.pedagogika O\'roqov

G’arbiy Yevropada maktab, maorif hamda pedagogik fikrlar taraqqiyoti. G’arbiy Yevropa mamlakatlarida quldorlik jamiyatining o’rnini olgan feodalizm u asrda paydo bo’lib, to XVI arlargacha davom etdi. O’rta hol feodal jamiyatining hayotida din va unga xizmat qiluvchi ruhoniylar g’oyat katta rol o’ynardilar.

O’rta asrlarda katta kuchga ega bo’lgan katolik ruhoniylari barcha imkoniyatlardan foydalanib, ma’rifatga qarshi qattiq kurash olib bordilar. Din haqiqatning birdan-bir manbai hisoblanib, fan dinga xizmat qilar edi. O’rta asr G’arbiy Yevropa mamlakatlarida ikki guruhga bo’lingan va yetti fanni o’z ichiga olgan ta’lim dasturi vujudga keltirildi. Birinchi guruh uchta fandan iborat edi, shu sababli unga lotincha «trivium» nomi berildi. Unga grammatika (lotin tili grammatikasi) ritorika va dialektika kirar edi. Ikkinchi guruh to’rt fandan iborat bo’lgani uchun uni lotincha «kvadrivium» deyiladi. Unga arifmetika geometriya, astronomiya va musiqa kirar edi. Hammasi bo’lib bu yettita fanni yetti erkin san’at» de atash rasm bo’lib qoldi.

Hamma fanlarning toji debatologiya hisoblanar edi. O’rta asrlarda beriladigan ta’lim dasturi cherkov maktablari orqali amalga oshirilar edi. Cherkov maktablarining asosiy turlari prixod maktabi (ya’ni yer cherkovga qarashli) magistr maktabi va osh cherkov yoki yepiskop maktablaridan iborat edi.

Bu maktablarda qattiq intizom o’rnatilar edi. O’quvchilar qilgan har bir aybi uchun qattiq va shafqatsiz jazolanardi. Bunday maktablarda odatda o’quvchilarga tan jazosi berilardi. (savalash, och qoldirish, shu kabilar)

O’rta asrlarda G’arbiy Yevropada xotin-qizlar, ayniqsa mehnatkashlarning xotin-qizlari deyarli savodsiz edi. Mulkdor feodal va asilzoda tabaqalariga mansub oilalarda tug’ilgan qiz bolalar odatda xotin-qizlar monastirlari ichida yoki maxsus murabbiylar va oilaga bekitilgan ruhoniylar qo’l ostidagi uylarda tarbiya oladilar.

Risar tarbiyasi. Cherkovga qarashli maktablar diniy ruxdagi tarbiya endi o’rta asrlar jamiyatiga hukmron bo’lgan harbiy pomeshchiklar tabaqasiga mansub dunyoviy feodallarning talablariga javob bera olmaydigan bo’lib qoldi. Yer va krepostnoy dehqonlar dunyoviy feodallarning xususiy mulki bo’lib, bu feodallar krepostnoy dehqonlarni shafqatsiz ekspluatasiya qilar va ularni qurol kuchi bilan o’zlariga itoat qildirar edilar. Ular dehqonlarni qo’zg’olonlarini bostirishda va boshqa mamlakatlarga qarshi urushlarda ishtirok qiladilar. O’zlarining yer-suv mulklarini orttirish maqsadida doim bir-biriga hujum qilib, o’zaro urush qiladilar. Shuning uchun ham dunyoviy feodallar muhitida risar fazilatlariga ega bo’lgan odam ideali vujudga keldi. Bu idealga muvofiq risar tajribali, mohir va mard jangchi, krepostnoy dehqonlarga nisbatan qattiqqo’l, shafqatsiz va ayni vaqtda feodal tabaqasiga mansub kishilarga nisbatan olijanob, nazokatli, odobli, xushmuomala, vijdonli, fidokor va sodiq odamdir. Risar ideali bilan bir vaqtda alohida tarbiya tizimi, ya’ni risar tarbiyasi ham maydonga keldi.

G’arbiy Yevropa mamlakatlarida risar tarbiyasi XII asrga kelib to’la tarkib topdi va rivojlandi. Risar tarbiyasining mazmuni «risarlarga oid yettita fazilat»dan tashkil topdi. Bu fazilatlar quyidagilardan iborat, ot minib yurishni bilish, qilichbozlikni bilish, nayzabozlikni bilish, suza bilish, ov qilib bilish, shashka o’ynashni bilish, she’r to’qish va qo’shiq ayta bilish. Bu fazilatlardan birinchi o’rinda turgan uchtasi risarga berilmog’i zarur bo’lgan, harbiy tarbiyaga taalluqlidir. Risar otlik askar, qilich va nayza esa o’sha zamon jangchisining asosiy quroli edi. Suzish va ov qilishni bilish jismoniy chiniqish, chaqqonlik va bardoshlilikni o’stirish uchun talab qilinardi. Bundan tashqari ov qilish tekinxo’r feodalning bekorchi vaqtini band qilish shuningdek o’zining qayerdaligini aniqlay bilish (oriyentasiya qobiliyati), topqirlik, hushyorlik, dushmanning izini topish va shu kabi sifatlarni o’stirish vositasi hisoblanardi. Shashka va shaxmat uyini, bir tomondan, bekorchi vaqtni band qilish, ya’ni hujum va mudofaa planini tuza bilish qobiliyatini o’stirishi vositalaridan hisoblanardi.

Shahar maktablarining vujudga kelishi. G’arbiy Yevropada XII-XIII asrlarda hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi shaharlarning o’sishiga va shahar madaniyatining vujudga kelishiga sabab bo’ldi. Shaharning asosiy aholisini tashkil qiluvchi hunarmand va savdogarlar o’z bolalariga amaliy faoliyat uchun zarur bo’lgan bilim berishga manfaatdor edilar. O’sha vaqtda ishlab turgan cherkovga qarashli diniy maktablar bunday bilim bermas edilar. Shu sababli sexda birlashgan hunarmandlar va gildiyalarda birlashgan savdo ishlab turgan cherkovga qarashli diniy maktablar sex maktablari va gildiya maktablari deyilar edi. Keyinroq borib sex va gildiya maktablari magistrant maktablariga, ya’ni shahar boshqarmasi (magistrant) xarajatidagi maktablariga aylandi.

Yevropada dastlabki universitetlar hamda Akademiyalarning tashkil topishi va ulardagi ta’lim tizimi . Yevropada birinchi universitetlar XII asrning ikkinchi yarmida Italiyada , Angliyada, Fransiyada tashkil qilindi. Bu universitetlar dastlab professor va studentlarining mustaqil idora qilinadigan uyushmasi (korporasiyasi)dan iborat edi. Keyinchalik XIII  asrda bu korporasiyalar o’z-o’zini idora qilish huquqi saqlab qolgan holda davlat tomonidan rasmiy tasdiqlandi. Cherkov esa universitetni tamomlagan talabalarga ilmiy daraja va o’qituvchilik huquqini berishini o’z ixtiyoriga oldi. Ana shu tariqa universitetlar rasmiy o’quv muassasaga aylanib qoldi. XIVaXV asrlarga kelib universitetlar Yevropa mamlakatlarining hammasida ochilgan edi.

Universitetlarning vujudga kelishi va ularning rivojlanishi. XIIaXIII asrda bir qancha G’arbiy Yevropa mamlakatlarida oliy ma’lumot beradigan 6quv yurtlari sifatida universitetlarining vujudga kelishiga o’sha vaqtlarda ko’p yevropaliklarning arab madaniyati (xususan medisina va falsafa) bilan tanishuvi katta ta’sir ko’rsatadi. Bu madaniyat bilan tanishishga G’arbiy Yevropa feodallarining XI asr oxirida Sharqdagi arab musulmon mamlakatlariga qarshi boshlagan harbiy harakatlari sabab bo’ldi. O’sha zamon arab mamlakatlarida madaniyat va ma’rifat G’arbiy Yevropadagi madaniyatga nisbatan ko’p jihatdan hiyla taraqqiy qilgan edi. Xususan arablar tomonidan VIII asrda istilo qilingan Ispaniyada tashkil qilingan arab oliy o’quv yurtlari Yevropa universitetlari uchun ma’lum darajada namuna bo’ldi. Ispaniyada arablar barpo qilgan arab oliy o’quv yurtlarida falsafa, matematika astronomiya, medisina fanlari o’qitilar edi. Yevropaning turli mamlakatlaridan kelgan ko’p talabalar Kordovada o’qib, oliy ma’lumot olardilar.




Download 8,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   377




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish