«pedagogika» kafedrasi fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua tuzuvchilar


Mavzu:O’zbekistonda mustaqilligi davrida xalq ta’limi tizimidagi islohotlar



Download 8,88 Mb.
bet210/377
Sana23.01.2022
Hajmi8,88 Mb.
#402275
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   377
Bog'liq
Umum.pedagogika O\'roqov

Mavzu:O’zbekistonda mustaqilligi davrida xalq ta’limi tizimidagi islohotlar

Reja:

.

  1. O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimidagi tub o’zgarishlar.

  2. Ta’lim to’g’risidagi qonunning qabul qilinishining ahamiyati.

  3. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining amalga oshirilish yo’llari

  4. Prezident I.Karimovning asarlarida ta’lim-tarbiyaning ahamiyatlari haqida.

1991-yil 31-avgustda O’zbekiston Respublikasining mustaqilligi e’lon qilingandan keyin respublikada ta’lim tizimi 1992 yilda qabul qilingan «Ta’lim to’g’risida»gi qonun va ko’yidagi strategiya asosida ishlab chiqildi:

-ta’limning uzluksiz bo’lishi;

-ta’limni kompleks ravishda uyushtirish;

-ta’limni demokratilashtirish va insonparvarlashtirish;

-ta’lim sistemasini fan sohalari bilan integrasiyalashtirish;

-umumiy urta ta’lim asosida yoshlarni maxsus bilim yurtlarida o’qishga, mutaxassislikka tayyorlash.

Respublikada amalga oshirilgan uzluksiz ta’lim sistemasi barcha ta’lim bosqichlari - maktabgacha tarbiya va boshlang’ich, tayanch bosqichlari, o’rta va hunar maktablari, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlari, maktabgacha tarbiya muassasalari, malaka oshirish institutlari o’rtasida uzviylik bo’lishida , ta’limni ilm-fan yutuqlari bilan bog’liq holda tashkil etishda muhim omil bo’ldi. Bolalarni oilada bog’chaga, bog’chada maktabgacha o’qishga tayyorlash, umumiy o’rta ta’lim asosida o’quvchilarni maxsus bilim yurtlarida mutaxassislikka tayyorlashda jiddiy yutuqlarga erishildi. Uzluksiz ta’lim sistemasi barcha ta’lim sistemasi, barcha ta’lim bosqichlarining istiqbolli bo’lishiga, ta’limni demokratiyalashtirishsh va insonparvarlashtirishga, ta’limni mehnat tarbiyasi bilan bog’liq holda tashkil etishga o’quv fanlarni integrasiyalashtirishga yordam berdi.

Tarbiyaga kompleks yondashish bilan aqliy mehnat, axloqiy, nafosat va jismoniy tarbiyalar o’rtasidagi uzviylik mustahkamlandi, o’quvchilar hayot haqida kengroq tasavvurga ega bo’la boshladilar. Kompleks prinsipi tarbiyaning, o’quvchilar faoliyatining mazmunli bo’lishini, ta’lim vazifalarini ham kompleks ravishda amalga oshirishni ta’minladi. Bu prinsip maktab, oila, jamoatchilik o’rtasidagi aloqani mustahkamlash, bu aloqaning pedagogik sifat kasb etishida, yoshlarning anglash mustaqil fikrlash faoliyati va axloq-odobli bo’lib o’sishida ijobiy ahamiyatga ega bo’ldi.

Tarbiyada kompleks prinsipi qo’llash o’quv yurtlari, ta’lim muassasalarida barcha tarbiyaviy ishlar hamda, tarbiya jarayoni-vazifa, maqsad, mazmun, usul, shakl, vosita natijalarining o’zaro aloqada bo’lishini ta’minladi.

Ta’lim va tarbiya mazmuni, shakl va usullari bu sohada erishilgan ilg’or tajribalar asosida ishlab chiqildi, bunda ta’limni jahon standarti darajasida bo’lishi nazarda tutildi.

Yaratilgan ta’lim davlat standartlarida ularning ijtimoiy maqsadini ifoda etuvchi bo’lishiga e’tibor berildi, ularda mustaqillik davri talab etayotgan ta’lim mazmuni, darajasi, usul va shakllari belgilandi.

Davlat standarti va konsepsiyalar asosida yaratilgan dastur va darsliklarda, ayniqsa gumanitar fanlarga doir barcha dastur va darsliklarda milliy va umuminsoniy qadriyatlar o’z aksini topdi.

Ma’lumki, istiqlol mafkurasining asoslarini yaratish avvalo, ta’lim-tarbiya zamini bo’lgan oila va maktabgacha tarbiya muassasalaridan boshlanadi. Ularda tarbiyalanayotgan va maktabda o’qiyotgan bolalar vatan, jamiyat, xalq haqida muayyan tasavvurga ega bo’lishlari, ularning qalbida Vatan tuyg’usi, ulug’ allomalarimiz va ular qoldirgan ma’naviy meroslar bilan faxrlanish kerak.

Ana shu talablardan kelib chiqqan olda tibbiy kasbga, muallimlik va murabbiylik kasb, malakaga ega bo’lgan ayollar istiqomat qilayotgan oilalarda uy bog’chalarida aniq dasturlar asosida pedagogikadan milliy va umuminsoniy qadriyatlar ifodalangan darslik va qo’llanmalar yaratishga kirishildi. Bu ishda o’quvchi va talabalar hamda bo’lg’usi o’qituvchilarning umumiy madaniyati va ma’naviyatini, pedagogik bilim va pedagogik madaniyatini, pedagogik tafakkurini o’stirish asosiy maqsad qilib quyildi. Bu maqsad pedagogik fikrlashga doir bilim va axloqiy, tarbiyaviy g’oyalar, umumbashariy va milliy madaniy qadriyatlarni puxta o’rganish bilan amalga oshirilmoqda.

O’zbek tiliga davlat maqomi berilishi bilan ona tilini chuqur o’rganish - umumiy o’rta maktab va boshqa o’quv yurtlari ta’limining asosi qilib quyilda. Ona tilida beriladigan bilimlarni o’zlashtirish jarayonida o’quvchilarning mantiqiy tafakkurini o’stirish, ularda ona tilidan ko’nikma va malakalarni shakllantirish, ularni o’zbek adabiy tilining yozma va og’zaki shaklini puxta o’zlashtirgan madaniyatli va savodli qilib yetishtirish nazarda tutiladi.

Sho’ro davrida «SSSR tarixi» deb nomlangan, aslida Rossiya tarixidan iborat bo’lgan darslikka ilova hisoblangan «O’zbekiston xalqlari tarixi» tubdan qayta ishlandi. (V, VIII, IX sinflar) «Inson va jamiyat», (XI sinf) fanlarini o’qitishga soat ajratildi «Iqtisod alifbosi» (boshlang’ich sinf) , «Iqtisodiy bilim asoslari» (V-IX) ishlab chiqildi. X-XI sinf o’quvchilari o’z xohishlariga kura «Huquqshunoslik», «Menejment va marketing asoslari», «Din tarixi»ni fakultativ kurslarida egallamoqdalar.

Ta’limda test usuli qo’llanildi, iqtidorli bolalarni aniqlashga o’qitishga katta ahamiyat berilmoqda. Mingdan ortiq iqtidorli bolalar Amerika, Angliya, Shvesiyada ta’lim olib mustaqil Respublikamiz xalq xo’jaligi uchun zarur bo’lgan bilim va kasblarni egallashmoqdalar.

Maktab - ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining markaziy bo’limidir. Ana shu bosqichda o’quvchilar bilimlarning asosini egallaydilar, ularda ijodiy qobiliyat, mustaqil fikrlash, Vatan, jamiyat, shaxs axloq-odob haqidagi tushunchalar shakllanadi, takomillashadi.

Boshlang’ich bosqich (1-4 sinf)da asosiy e’tibor o’quvchilar savodini chiqarishga, ularda mustaqil fikrlash o’z fikrini ifodali bayon qilish malakasini shakllantirish va rivojlantirishga yo’naltiriladi.

Bu bosqichda ta’lim jarayonida o’quvchilarda mantiqiy tafakkur qila olish va kommunikativ savodxonlikni oshirishi, o’z-o’zini anglash salohiyatlarini moddiy borliq, go’zallikni his qilish, undash zavqlanish va uni yanada go’zallashtirish ishtiyog’ini o’stirishga, milliy urf odatlarni sevish va o’z hayotlarida ulardan foydalanish malakalarini tarkib toptirishga e’tibor berildi.

V-IX sinflarda ma’naviy qadriyatlarni shakllantirishga samarali ta’sir ko’rsatuvchi sanat turi bo’lgan adabiyotni o’qitishda sog’lom, e’tiqodli, milliy va umumbashariy qadriyatlarini anglaydigan barkamol shaxsni shakllantirish asosiy maqsad qilib qo’yildi. O’quvchilarda badiy adabiyotga havas, mehr uyg’otish badiy asarlarni o’qib tushunadigan va tahlil qila oladigan va o’z fikrin og’zaki va yozma ravishda to’g’ri, erkin ifodalay oladigan qilib tarbiyalash orqali amalga oshirilmoqda. Keyingi yillarda tashkil etilgan pedagogikadan ixtisoslashtirilgan kurslarda Vatan tarixi va madaniyati, qadimiy urf-odatlarimizni har tomonlama o’rganish va tatbiq etish asosiy vazifa qilib qo’yildi. Shunga kura, hozirgi davr talabi asosida o’zbek tili jadallik bilan o’rgatilmoqda.

Maktabgacha tarbiya muassasalari uchun tuzilgan san’at dasturida bolalarni tevarak-atrofida, tashqi muhitda sodir bulayotgan voqyea va hodisalar bilan oshno qilish, turli tasvirlar vositasida bu voqyealar haqidagi tasavvurlarini rivojlantirishga e’tibor berildi. Jismoniy tarbiya dasturida bolalarni jismonan kuchli, chaqqon, tetik qilib tarbiyalash asosiy maqsad qilib quyildi.

O’yin dasturida an’ana sifatida davom etib kelayotgan milliy o’yinlar, xalq og’zaki ijodi asosida bolalarga quvonch baxsh etish, ularning tafakkurini o’stirish, Vatan tabiati go’zalligidan bahramand qilish va ularda go’zallikni saqlash, himoya qilishga intilish, qiziqish hissini tarbiyalash talab etiladi.

Musiqa dasturida o’zbek xalqining turmush tarzi, milliy an’analari, urf-odatlari, mumtoz va hozirgi davr badiiy asarlari asosida yaratilgan musiqa orqali bolalarda musiqa san’atiga havas, go’zal Vatanimizga havas tuyg’usini shakllantirish va rivoj toptirish asosiy maqsad qilib quyildi.

Mehnat dasturida bolalarga o’z-o’ziga mehnat qilish tabiat bag’rida ishlash, qo’l mehnati va uning mohiyati, qilingan mehnat go’zalligi, yasalgan buyum, narsalarning chiroyli va puxta bo’lishidan faxrlanish tuyg’usini tarbiyalash, tejamkorlik qobiliyatini o’stirish nazarda tutiladi.

Umuman maktabgacha tarbiya davlat standartlarida yosh avlodni jismonan sog’lom, ruhan tetik odob-axloqli, iymon-e’tiqodli shaxsni tarbiyalash bo’yicha belgilangan yo’llanma maktabgacha tarbiya dastur va qo’llanmalarida o’z ifodasini topdi. Bog’chalarda bolalarning qobiliyati, iste’dodi, qiziqishi aniqlanib, chet el pedagogika tarixi bilan aloqada rivojlandi. Shu sababdan hozir Markaziy Osiyo pedagogika tarixini tadbiq etishda xorijiy Sharq va Yevropa mamlakatlari ta’lim tizimi ham o’rganilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasi huzurida Oliy attestasiya komissiyasining tashkil etilishi mustaqillikning muhim timsolidir. Bu Oliy attestasiya komissiyasi o’z zimmasiga yuklangan katta vazifalarni ya’ni yuqori malakali ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash yangi tizimni shakllantirish, ularni respublika ijtimoiy-iqtisodiy siyosiy va ma’naviy taraqqiyotining ustuvor muammolarini hal qilishga yo’naltirish, ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni davlat yo’li bilan ekspertiza qilishni ta’minlash bilan yetuk ilmiy-pedagogik kadrlar yetishtirishga samarali ta’sir ko’rsatmoqda.

Oliy pedagogik o’quv yurtlarida ilmiy daraja beruvchi ixtisoslashtirilgan kengash tashkil etilishi bilan respublikamizda pedagogika tarixi va nazariyasi , fanlarni o’qitish usullari bo’yicha doktorlik va nomzodlik dissertasiyalarini o’zbek tilida, turli millat vakillarining o’z ona tillarida himoya qilishiga keng imkoniyat yaratildi. Bu kengashlar milliy pedagog olimlar safining o’sishida muhim omil bo’lmoqda. Bu tadbir respublikada sifatli ilmiy-pedagogik asarlar, o’quv metodik qo’llanmalarining yaratilishiga, maktabgacha tarbiya muassasalarida, umumiy o’rta maktablarda, o’rta va maxsus oliy o’quv yurtlarida ta’lim-tarbiyaning yuksak saviyada bo’lishiga ta’lim tizimi mazmunining takomillashuviga samarali ta’sir ko’rsatmoqda.

Mustaqillik tufayli «biz umumbashariy qadriyatlarning eng birinchi asosi bo’lgan xalq insonparvarligi chashmalaridan qadamma-qadam bahramand bo’lmoqdamiz». Shu bahramandlik tufayli yosh avlodda mehnatsevarlik, insonparvarlik, vatanparvarlik, iymon e’tiqodlik halollik axloqiy poklik, odillik, bilimlilik, onglilik, do’stlik kabi insoniy fazilatlar shakllanib, rivoj topmoqda, o’z ona tili, milliy urf-odatlari, diyorimizning tabiat boyliklari bilan faxrlanish tuyg’usi kamol topmoqda.

Respublikada, ayniqsa 1996 yillarda iste’dodli bolalarni tanlashga e’tibor kuchaytirildi, joylarda maxsus hunarmandchilik liseylari, umumiy ta’limiy yo’nalishidagi lisey va gimnaziyalar tarmog’i kengaytirildi, ular uchun yangi dasturlar ishlab chiqildi.

Ta’lim bo’yicha xalqaro hamkorlik rivojlana boshladi, birlashgan millatlar tashkilotining O’zbekistondagi vakolatxonasi, Yunisef, Yunesko tashkilotlari bilan aloqalar mustahkamlandi.

Xorijiy davlatlarning kadrlar tayyorlash sohasidagi tajribalari o’rganilib, o’zbek xalqining milliy urf-odatlari va an’analarini hisobga olgan holda respublikamizda kadrlar tayyorlash tizimining yangi modeli yaratildi. Bu modelning tub mohiyati shundaki, uning tarkibi uzluksiz ta’lim, ilm-fan, ishlab chiqarish, davlat va jamiyat kabi alohida qismlardan tashkil topdi. Modelda kadrlar tayyorlash tizimining maqsadi, vazifasi va uzluksiz ta’lim tizimini isloh etishning asosiy yo’nalishlari, bosqichlari, milliy dasturni amalga oshirish orqali erishiladigan natijalar o’z ifodasini topdi.

1997 yil 29 avgustda bo’lib o’tgan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi birinchi chaqiriq IX sessiyasida qabul qilingan «Ta’lim to’g’risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» O’zbekiston ta’limida tom ma’noda inqilobiy o’zgartirishlarni boshlab berdi.

Bu qonun va dastur yosh avlodni Vatanimizga sadoqatli, uning mustaqilligini asrab avaylashga tayyor, keng tafakkurli, jismonan sog’lom, ma’naviy va ma’rifiy jihatdan barkamol qilib tarbiyalashda, umuman ta’lim mazmunini yanada takomillashuvida uning sifatli va samarali bo’lishida muhim omildir:



  1. qabul qilingan yangi tahrirdagi «Ta’lim to’g’risida»gi qonun asosida ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari;

  2. ta’lim O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyotidagi ustuvor soha ekanligi;

  3. ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterida ekanligi;

  4. ta’limning uzluksizligi va izchilligi;

  5. umumiy o’rta, shuningdek o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limning majburiyligi aniq ko’rsatildi.

Shuningdek qonunda:

  1. ta’limning III bosqichida 3 yillik akademik liseylarda yoki kasb-hunar kollejlarida o’qishni tanlashning ixtiyoriyligi;

  2. ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;

  3. davlat ta’lim standartlari doirasida bilim olishning hamma uchun ochiqligi;

  4. ta’lim dasturlarini tanlashda yagona va tabaqalashtirilgan yondoshuvning joriy etilganligi;

  5. iqtidorli o’quvchilarni rag’batlantirish, ularning iste’dod qirralarini ochib berish uchun barcha shart sharoitlarni yaratib berish;

  6. ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg’unlashtirish qayd qilindi.

Ushbu Qonunga muvofiq, ta’lim va tarbiyaning dunyoviyligi ta’minlanib, u maktabgacha, umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy va oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim bosqichlaridan tashkil topgan.

Maktabgacha ta’lim bolalarning uch yoshidan olti yetti yoshigacha oilada bolalar bog’chalarida boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi.

Boshlang’ich ta’lim 1-4 sinflardan iborat, unda to’qish oltinchi-yettinchi sinflar doirasida umumiy bilim asoslarini chuqur o’rganadilar, bu sinflarda asosiy e’tibor ularning dunyoqarashini shakllantirishga va kengaytirishga ularning qiziqish va intilishlarini oshirishga qaratiladi.

Shundan so’ng o’quvchilarga 3 yillik o’quv akademik liseylari va kasb-hunar kollejlaridan iborat ixtiyoriy-majburiy bosqichda o’qish tavsiya etiladi. Bu bilim yurtlarida o’quvchilar o’zlari tanlagan ta’lim yo’nalishi bo’yicha bilimlarini oshirib, muayyan oliy o’quv yurtiga kirish uchun aniq maqsadga yo’naltirilgan fanlarni chuqurlashtirgan holda o’rganishga qaratilgan, har ikki yo’nalishda o’qishni bitirgan o’quvchilar oliy o’quv yurtlariga kirishda keng imkoniyatga ega buladilar.

Oliy mutaxassislik ta’limida o’n sakkiz- o’n to’qqiz yoshlilar turt yil davomida o’qishni davom ettiradilar.

Uzluksiz ta’lim yangi tizimining amaldagi shaklidan farqi shundaki, o’quvchilar alohida kollejlarda kasb-hunar egallaydilar va umumiy o’rta ma’lumotli bo’ladilar, akademik liseylarda esa, chuqurlashtirilgan umumta’lim tayyorligiga ega bo’ladilar.

Ta’limning yangi tizimini tashkil etgan barcha o’quv maskanlarida asosiy e’tibor o’quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko’nikmalarini hosil qilishga egallagan bu ko’nikmalarini tajribada namoyon etishlariga qaratiladi.

Tabiiyki, demokratik jamiyatda bolalar erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadilar. «agar o’quvchi erkin fikrlashni o’rganmasa, berilgan ta’lim samarasi past bo’lishi muqarrar. Albatta, bilim kerak, ammo bilim o’z yo’liga mustaqil fikrlash ham katta boylikdir.» (I.Karimov)

Oliy ta’lim tizimida mutaxassis kadrlar ko’p bosqichli yo’l bilan tayyorlanadi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida bajarilishi rejalashtirilgan dasturlar asosida amalga oshiriladi. Milliy dasturni amalga oshirishning asosiy natijasi raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning yaxlit tizimini barpo etishdan iborat bo’ladi. Respublika Oliy Majlisida tasdiqlangan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da kuyidagi umumiy qoidalar ifodalangan:


  1. muammolar va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish omillari;

  2. milliy dasturning maqsadi, vazifalari va uni ro’yobga chiqarish bosqichlari;

  3. kadrlar tayyorlashning milliy modeli;

  4. kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari;

  5. dasturni ro’yobga chiqarishning tashkiliy asoslari.

Dasturda bu qoidalar mazmuni quyidagicha ifoda etilgan. O’zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning ma’naviy yangilanishini, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishni, jahon hamjamiyatiga qo’shilishni ta’minlaydigan demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurmoqda.

Inson uning har tomonlama uyg’un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro’yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o’zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O’zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi «Ta’lim to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunining qoidalariga to’la muvofiq bo’lib, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosida yutuqlar asosida tayyorlangan yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo’ljalni to’g’ri ola bilish mahoratiga ega bo’lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo’naltirilgandir.

Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro’yobga chiqarishni har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o’zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi.

«Bugungi zamon talabi, ertangi kelajagimizning tashvishlari bizdan xalq ta’limi tizimini isloh qilish zarurligini taqozo etmoqda» (I.Karimov). «Ta’lim to’g’risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» O’zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini tubdan isloh qilishda, ta’lim-tarbiya mustaqil davlat talablari darajasida bo’lishiga erishishda, har tomonlama yetuk pedagog kadrlarni tayyorlashda, umuman milliy pedagogika fanining yangicha mazmun kasb etib rivojlanishida asosiy omil bo’lishi tabiiydir..


Download 8,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   377




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish