«pedagogika» kafedrasi fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua tuzuvchilar



Download 8,88 Mb.
bet152/250
Sana29.05.2022
Hajmi8,88 Mb.
#614675
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   250
Bog'liq
Umum.pedagogika O\'roqov

Adabiyotlar:
1.I.A.Karimov. Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent, «Sharq»,1997 yil. 2.A.Q.Munavvarov «Pedagogika» Toshkent. «O’qituvchi»,1996 yil.
3.I.Tursunov. Halq ta’limining dolzarb muammolari. Toshkent.»O’qituvchi», 1990 yil,
4.I.N.Bajenova. «Pedagogik izlanish».Toshkent. «O’qituvchi» -1990 yil.
5.N.V.Savin. Pedagogikadan amaliy mashqlar. Toshkent. «O’qituvchi» 1998 yil.
6.B.Maqulova. Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlari. Toshkent. «O’qituvchi». 1997 yil.
7.Boshlang’ich sinflar uchun tuzilgan darsliklar va metodik qo’llanmalar. 8.Tarbiyaviy ish metodikasi. Toshkent.1991 yil. 10.Milliy o’zbek maktablari konsepsiyasi. Jamoa,1990 yil. , 11.O.Hasanboyeva. Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish metodikasi. Toshkent. 1996 yil.
12.O’zbekiston Respublikasining ta’lim to’g’risidagi qonuni: «Ma’rifat»,1992 yil, 4 soni.
13.Qobusnoma - Kaykovus. Toshkent. 1994 yil.
2-LABORAGORIYA MASHG’ULOTI. ( 4-soat)


MAVZU: Dars turlari.
Dastur asosida darsning biror turini rejasini va konspektini tanlash xamda bir qismini namoyish qilish .
Maqsad: a) tarbiya jarayoni. Uning vazifalari. qonuniyatlari va qoidalari,tarbiyaning umumiy metodlarini ko’rsatish; b) darsning maqsad va vazifalarini quya bilish.
Metodik ta’minot: jadvallar, plakatlar, tarqatma materiallar.
albomlar, testlar, darslik va adabiyotlar.
Vazifalar va tayanch tushunchalar: O’qituvchi o’zining har bir darsiga ma’lum maqsadga muvofiq nomuvofiq kelishini o’rganish xam muhim pedagogik ahamiyatga egadir. Darsni tashkil etish, tarbiyaviy tomonini ochib berish va xonaning sanitariya-gigiyena talablariga mos bo’lishiga: tozalik,sinf binosida tartib va namlik, issiqlik, yorug’lik, havo rejimi.ish joyining tayyorligi. asbob uskunalar, texnika vositalari, o’quvchilarning kayfiyati, to’g’ri o’tirishga e’tibor berish. shuningdek darsning strukturasi. vaqtni aniq taqsimlash. sinfda yordamchi yoki laborantning borligi kabi masalalar kiradi.
Darsning mazmuni.
Dars o’quv ishini tashkil qilishning asosiY formasi. maktabdagi boshqa formalar; praktikumlar. laboratoriya mashg’ulotlari, seminarlar, konsultasiyalar. uy vazifalari. qo’shimcha va fakultativ mashg’ulotlar, mehnat va ishlab chiqarish ta’limi formalaridan foydalanish xamda ularni rivojlantirishni istisno qilmaydi. Darsda materialning ilmiy asosda to’g’ri yoritilishi, uning tarbiyaviy yo’nalishi, darsning mazmuni. metodlari va tashkil qilinishi. darsda ta’lim-tarbiyaga bog’lanishi; o’til-ganlarni takrorlashga erishish. nazariyaning amaliyot bilan va o’rnatilgan bilimlarni ishlab chiqarish. turmush va tabiat hodisalari bilan bog’lay olish-darsning asosiy mazmunidir.
Darsning metod,iqtisodiy ta’minoti - o’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini tekshirishda, yangi materialni tushuntir-
rishda va hokazolarda qo’llaniladigan metodlar,manbalar va ko’rgazmali vositalar.
O’quvchilarning mustaqil ishlari: Individual xususiyatlarini hisobga olgan holdagi teskari aloqaning mavjudligi. O’quvchilarning ishining rasional payomlariga, mustaqil fikrlashsa o’rgatish. Ma’ruza. seminar, konsultasiyalar o’tkazish, texnika vositalaridan foydalanish.
O’quvchilarning bilim va ko’nikmalarining sifati.
Javoblarning ilmiyligi, aniq va to’g’riligi. savollarning nazorat va amaliy ishlarining natijalari. O’quvchilarning darslik.konturli karta va asboblar bilan ishlay olishlari,laboratoriya topshiriqlari. masala va misollarini mustaqil ishlash, konspekt, testlar tuza olish qobiliyatlarida namoyon bo’ladi.


Darsning psixologik tomoni.
O’quvchilarning diqqati tafakkuri, tasavvuri, qobiliyatlarining rivojlanishi,o’quvchilarning nutqi ustida ishlash. Darsdagi psixologik mikroiqlim. Darsga kirganda o’qituvchining pedagogik sifati - sinfiy boshqara olish. emosionalligi, pedagogik takt, shaxsiy madaniyati. obyektivligi va talabchanligi, masalaga individual yondasha bilishi, nutq madaniyati kabilar orqali aniqlanadi.
Dars tahlilini 4 guruhga bo’lish mumkin: 1.Ilmiy tahlil; 2.Metodik tahlil; 3. Didaktik tahlil; 4.Umumpedagogik tahlil;
DARS, REJA, KONSPEKT.
Dars - murakkab pedagogik obyekt va barcha o’quv muassasalarida ta’lim berishning tashkiliy shaklidir. Uning samarali o’tishi bir qator shart-
sharoitlar va omillarga, jumladan, o’qituvchining dars jarayoniga
puxta tayyorlanishidan iborat.
Darsning reja-konspektini tuzish,o’qituvchining darsga hozirlik ko’rishidagi asosiy yo’nalishlaridan biridir. Bu, aytish mumkinki, muallim darsga ko’zda tutgan maqsadiga nechog’lik erishishi mumkinligini oldindan ayon qilib turuvchi va uning dars jarayonidagi faolligi uchun yo’nalish berib turuvchi ish hujjatidir.
So’ngi 5-10 yil mobaynida jumhuriyatimiz o’rta-maxsus pedagogika bi-lim yurtlari pedagogika-psixologiya o’qituvchilarning darsga oid ish hujjatlarini tahlili ko’rsatayotibdiki: ayrim o’qituvchilar o’zlari o’tayotgan fan dasturi ustida ishlashga, darslarning kalendar /tavqim/ rejasi va reja-konspektini tuzish. dars tipi va maqsadini belgilash, ta’lim jihozlarini tanlash,dars qismlarini belgilash.o’quvchilarga uy vazifasini borishga yuzaki. e’tiborsiz qarashmoqda. Buni biz ko’pchilik maktablarda ko’rishimiz mumkin.
Reja - konspektida darsning tipi, ta’lim-tarbiyaviy. Rivojlantiruvchi maqsadlari belgilanadi. Shuningdek. dars jarayonida o’qituvchi ko’llaydigan saboq usullari, jihozlar.uskunalar, dasturiy ashyolarni o’rganishda bog’laniladigan fanlar. o’quvchilarga beriladigan uy ishlari /o’qish, yozish, chizish, mustaqil tajriba o’tkazish. kuzatish va kundalik yozish /bo’yicha topshiriqlar, ularni bajarish usullari va muddati. foydalaniladigan anjomlar. adabiyotlar. sahifalari aniq ko’rsatiladi.
Kuyida biz pedagogika kolllejida psixologiyada ikki soatlik darsning reja-konspektini majmua sifatida keltirish orqali quyilgan savolga o’z tajribamiz asosida amaliy javob berish va bu haqida fikrlashib olishni niyat qildik.
DARS REJA- KONSPEKTI.
Dars tipi: uyg’unlashgan aralash dars. Mavzu: «Diqqat»
Maqsad:
Ta’limiy maqsad - o’quvchilarda diqqat, uning turlari, xususiyatlari inson hayoti va faoliyatida tutgan o’rni, diqqatini barqarorlashtirish shart-sharoitlari va nerv fiziologik asoslari haqida ilmiy tushuncha hosil qilish.
Tarbiyaviy maqsad - o’quvchilarda psixologik ilmiga, tarbiyachilik kasbiga qiziqishni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi maqsad - o’quvchilarda diqqatning ta’lim-tarbiya jarayoni bilan bog’lik bo’lgan xususiyatlarini o’rganishga doir nazariy tushuncha va tasavvurlarini. amaliy malakalarini rivojlantirib borish.

Metod: Leksiya - suhbat, ko’rsatma ashyolardan foydalanish, amaliy tajribalar o’tkazish. texnika uskuna /Texistaskop, epidoskop va kodoskoplarni ko’llash.


Jihozlar: Darslik va qo’llanmalar: turli yoshdagi kishilar diqqat darajasini namoyon qiladigan fotosuratlar, diqqat turlariga oid jadvallar, diqqatning ko’lami aniqligi, xatosi, barqarorligi. bo’linishi. taqsimlanishi, tajribada ko’rsatish uchun: sonlar, undosh harflar, rasm va geometrik shakllardan tayyorlangan xar xil o’lchamli nusxa, kartochkalar; taxistaskop, kodoskop yoki epidoskop asbobi; oldingi va mazkur dars mavzulari yuzasidan o’quvchilar bilimini tekshirishga mo’ljallab tuzilgan savollar jadvallari.

Dars mavzusini o’rganishda bog’lanadigan fanlar: falsafa, anatomiya,


fiziologiya, pedagogika.
Darsning borishi.
1. Tashkiliy qism: Salomlashish, sinf madaniyati, o’quvchilarning tashqi qiyofasi estetik jihatlarini nazorat qilish; davomatni aniqlash; darsning mavzusi, sanasi; davomatni sinf jurnalida qayd etish.
2. O’quvchilarning o’tgan /oldingi darsga oid bilimlarini tekshirish va mustahkamlash; o’quvchilardan so’rab, oldingi dars mavzusini aniqlash.
Mavzu: «Faoliyat»
O’tgan darsni mustahkamlash uchun savollar:
1. Faoliyat deb nimaga aytiladi?
2. Inson faoliyatining hayvonlar xatti-harakatidan farqi nimada?
3. Faoliyatning motiv va maqsadi nima?
4. Faoliyat motivi va maqsadning o’zaro munosabati qanday?
5. Faoliyatning uzoq va yaqin motivlari o’rtasidagi farq nimada?
6. Inson faoliyati qanday tarkibiy qismlardan iborat?
8. Nazariy, ilmiy va amaliy faoliyatlar nima?
9. Faoliyatning inson ruhiy taraqkiyotidagi ta’siri qanaqa?
Shu kabi savollardan tuzilgan jadval hamma o’quvchilarga yaqqol ko’rinib turadigan joyga ilinib, savollar asosida o’quvchilardan so’rab, ularning bilimi tekshiriladi.
3. Oldingi dars mavzusini yakunlash va yangi mavzuga bog’lash:
O’tgan dars mavzusidan o’quvchilar bilimlarini izohli baholash: faoliyat to’g’risidagi tushunchalarni umumlashtirish: inson faoliyati diqqati bilan uzviy bog’lik ekanligini ta’kidlash.
4. Yangi mavzuni bayon qilish: yangi mavzuni e’lon qilish: mavzu va uning
rejasiga doir savollarni doskaga yozish.
Ko’rsatilayotgan qo’zg’ovchi ta’sir bilan bosh miya po’stlog’ida hosil bo’yaadigan qo’zg’alish va tormozlanish jarayonining o’zaro munosabatlari. dominantlik tushunchasi va uning diqqat hosil bo’lishidagi roli anglatiladi. Asab sistemasining tuzilishi va faoliyati tasvirlangan rasm ko’rgazmasi tarzda shakllanadi. Yangi mavzu bo’yicha bayon etilgan asosiy tushunchalar umumlashtirilib qisqacha yakunlanadi.

  1. Yangi mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini tekshirish va mustahkamlash mavzuga oid savollardan tuzilgan jadvalni o’quvchilarga ravshan ko’rinadigan joyga ilinadi va undagi savollar orqali o’quvchilar bilan suhbat o’tkaziladi. Mavzuga tegishli ayrish tajribalar o’quvchilarga mustaqil bajartirib ko’riladi

6. Darsni yakunlash: O’quvchilarning dars jarayonidagi faolliklari va tu-
shunchalari izohlab baholanadi.
Uyga vazifa beriladi; birinchi vazifa mavzu mazmuniga muvofiq konspekt yozib kelish.
Ikkinchi vazifa:a) turli faoliyatda o’z-o’zingizni kuzatib diqqatingizning chalg’ish lahzalari va uning davomiyligini aniqlang. Diqqatingizning faoliyat jarayonida necha minutlar davomida barqarorlik ko’rsatilganligini va uning sabablarini aniqlab boring.
b) Diqqat ko’lamining keng bo’lishi taqsimlanishi va barqaror bo’lishini ta’minlashga yordam beruvchi kasblarni sanab berishga tayyorgarlik ko’rib keling.
v) Mashg’ulotda bolalarni kuzatib ular diqqatiga xos xususiyatlar haqida dastlabki xulosalaringizni yozib boring.
Uchinchi vazifa: Diqqat mavzusida quyidagi savollar bo’yicha suhbatga hozirlik ko’rib kelin!:
1) diqqat deb nimaga aytiladi?
2) inson hayoti va faoliyatida diqqat qanday ahamiyatga ega?
3) diqqatning asab fiziologik asoslari nimadan iborat?
4) ixtiyorsiz. ixtiyoriy, ixtiyoriylikdan so’ngi /muvofiqlashgan/ diqqat deb qanday e’tiborga aytiladi?
5) diqqat o’zi qanday sifatlariga ega?
6) odamlarda parishonxotirlikning qanday turlarini kuzatish mumkin?
7) diqqatning samaradorligini ta’minlovchi ishrat-sharoitlar nima?
8) diqqat bilan qiziqish o’rtasida muayyan bog’lanishlar bormi?
9) diqqatning barqarorligini ta’minlovchi shart-sharoitlar nimalardan iborat?
Bizningcha darsning yuqorida namuna qilib berilgan reja singari konspekti mashg’ulotning muayyan izchillikda berilishini.o’qituvchi va o’quvchilar tomonidan bajariladigan ishlarning o’zaro taqsimoti bo’lishini talabalarning mavzu yuzasidan bilimi chuqur va tushunarli ta’sirchan bo’lishini ta’minlaydi. ularning mavzu bo’yicha o’z bilimlarini kengaytirishi maqsadida darslik va qo’llanmalar bilan ishlash uchun xam aniq yo’nalish bera oladi. Ayni paytda har bir mavzu yuzasidan talabalarning o’quv va ilmiy tadqiqot ishlarini maqsadga muvofiqlashtirib borish uchun qulaylik yaratadi. Mazkur dars mavzusi yuzasidan bo’lg’usi suhbatda tayyorlanib borishlari uchun savollarning aniq belgilab berilishi ularning bilim va tushunchalarini muayyan tizimga solish va dars jarayonidagi hozirjavobligini oshirishga o’zini erkin sezishga ruhiyatshunoslik xam yordam beradi, ularda kasbiy ixlosmandlik xam oshib borishiga ko’maklashadi. Bu samaralarga faqat konspektni puxta o’ylab tuzilgandagina, darsni rejalashga oid talab va qoidalariga to’liq rioya etilgandagina erishiladi.


HISOBOT TUZISH: Ish yuzasidan tuzilgan hisobotda kuyidagilar bo’lishi kerak:
1) ishdan ko’zda tutilgan maqsad;
2) namoyish etilgan darsni umumpedagogik tahlili;
3) darsni maqsadini ko’zda tutib, darsni reja-konspektini ahamiyatini o’rganish va tahlil qilish.


TAYANCH TUSHUNCHALARGA ASOSLANGAN NAZORAT SAVOLLAR.
1. Darsning ta’limiy. tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari nima?
2. O’quvchilarning bilim. ko’nikma va malakalarning sifati.deganda nima-larni tushunasiz?
3. Darsning psixologik tomonini ochib bering?
4. O’qituvchining pedagogik yoki shaxsiy sifatiga nimalar kiradi?
5. Qanday dars tahlillarini bilasiz?
6. Ta’lim-tarbiya birligini misollar orqali tushuntiring?
7. Dars reja-konspekti deganda nimani tushunasiz?
8. Nazariyaning amaliyot bilan bog’liqligini isbotlang?
9. Darsning biror qismini namoyish eting?


Adabiyotlar:
1. M.Vohidov. Bolalar psixologiyasi. Toshkent. 1982 yil.132-142 betlari.
2. F.N.Gonobolin. Psixologiya. Toshkent. 1976.42-51 betlar.
3. Z.I.Ignatev, N.D.Gromov,N.S.Lukin. Psixologiya.Toshkent. 1970.93-109.
4. Umumiy psixologiya. L.V.Petrovskiy tahriri ostida.Toshkent. 1975 yil.
192-207 betlari.
5. Pedagogika. Munavvarov. Toshkent. 1996 yil.
6. V.Kosimov, U.Dolimov. Ma’rifat darg’alari. Toshkent-1990 yil.
7. I.A.Karimov. O’zbekiston kelajagi buyuk davlat. Toshkent-1992 yil.
8. A.Jo’rayev. Tarbiyaviy darslar o’tish. Toshkent-1994 yil.
9. Sh.Mahkamov. Axloq-odob saboqlari. Toshkent-1994 yil.

Download 8,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish