«pedagogika» kafedrasi fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua tuzuvchilar



Download 8,88 Mb.
bet150/250
Sana29.05.2022
Hajmi8,88 Mb.
#614675
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   250
Bog'liq
Umum.pedagogika O\'roqov

Sinf-dars tizimi. Komenskiy o’qituvchi butun sinf bilan jamoa bo’lib ish olib borishini, ya’ni o’qitishni olib borishni tavsiya etdi. Dars vaqtida utgan darsni qaytarish, yangi mavzuni tushuntirish, mustahkamlash, uyga vazifa berish kerakligini ko’rsatadi. Darsni rejalashtirish va olib borish to’g’risida ko’rsatmalar berdi.
Axloqiy tarbiya. Intizom. U qo’yidagilarni axloqiy tarbiya vositalari deb biladi a) ota-ona, o’qituvchi, o’rtoqlarning namunasi, B) bolalarga yo’l-yo’riq ko’rsatish, ular bilan suhbat o’tkazish, V) bolalarni yaxshi xulqqa o’rgatishda mashqlar o’tkazish, yalqovlik, o’ylamay ish qilishga, intizomsizlikka qarshi kurashish.
Komenskiy intizomning katta ahamiyati borligini ko’rsatib «Intizomsiz maktab suvsiz tegirmondir» degan chex maqolini keltiradi. O’rta asr maktablarida kaltak vositasi bilan o’rnatiladigan intizomga u qarshi chiqadi. Kaltak, xipchin-qullik qurolidir, deydi. Bolalarga insoniy muomalada b6lishini aytdi. Intizom a) xayrixohligi, b) o’qituvchining bolaga bo’lgan to’g’ri munosabati, v) bolani ko’pchilik oldida o’rtoqlari ichida oqilona maqtash yoki qoralash intizomlilikka olib keladi.
O’qituvchining roli va unga quyiladigan talablar. Komenskiy o’z davridagi iste’dodsiz, ma’lumotsiz o’qituvchilarni qattiq tanqid etdi. O’qituvchilikni «yer yuzidagi har qanday kasbdan kura yuqoriroq turadigan juda faxrli kasb» deb hisobladi.
Shunday qilib, ajoyib slavyan pedagogi Komenskiy butun dunyoda pedagogika ilmiga asos solib maktab taraqqiyotiga katta ta’sir ko’rsatdi. Uni ko’p G’arbiy mamlakatlari maktab ishimni yaxshilash maqsadida taklif etdilar. Uning darsliklari ko’p tillarga, jumladan rus tiliga tarjima etildi. 300 yildan ortiq davomida uning yozgan asarlari boshlang’ich ta’lim uchun darslik sifatida xizmat qildi. Komenskiyning ko’rsatmalari hozirgacha ahamiyatini yo’qotgani yo’q.
Iogann Genrix Pestalosiy Shveysariyada vrach oilasida tug’ildi. Pestallossining otasi u kichikligida o’lgan edi, shuning uchun ham uni onasi hamda oddiy ayol- ularning sobiq xizmatchisi tarbiyalab o’stirdi.
Pestalosiy avval boshlang’ich maktabda, so’ngra lotin maktabida o’qib ilm oldi. Pestalosiy o’rta maktabni tamomlagach, ko’proq gumanitar fanlar o’qitiladigan oliy o’quv yurtiga - kollegiumga, uning filologiya va falsafa bo’limlariga kirib o’qidi. Pestalosiy kollegiumni tamomlamay turib, xalqning ahvolini yaxshilash to’g’risida o’zining azaldan orzu qilib kelgan niyatini amalga oshirishga qaror qildi.
Keyingi sakkiz yil davomida Pestalosiy o’sha davrning eng muhim masalasini dehqon ho’jaliklarini qanday qilib tiklash, ularning turmushini qanday qilib yaxshilash, mehnatkashlarning axloqiy va aqliy holatini qanday qilib yaxshilash masalasini hal qilishga jamoatchilik e’tiborini tortishga intilib adabiy faoliyat bilan shug’ullandi. U «Lingard va Gertruda» degan ijtimoiy-pedagogik roman yozib, bu romanda xo’jalikni oqilona usulda olib borish va bolalarni to’g’ri tarbiyalash vositasi bilan dehqonlarning turmushini yaxshilash to’g’risidagi o’z g’oyalarini olga surdi.
O’rta internat ochilib unda o’qituvchilar tayyorlaydigan alohida bo’lim ham tashkil etildi, bu maktabga Pestalosiy boshliq qilib tayinlandi. XIX asrning boshlaridayoq Pestalosiyning «Gertruda o’z bolalarini qanday qilib o’qitadi», «Onalar kitobi yoki onalar uchun o’z bolalariga kuzatish va gapirishni qanday o’rgatish haqida qo’llanma», «Kuzatish alifbesi yoki o’lchash haqida ko’rsatmali qo’llanma», «Son to’g’risida ko’rsatmali ta’lim» degan kitoblari bosilib chiqdi, bu kitoblarda boshlang’ich ta’limning yangi usullari bayon qilindi.
Pestalosiyning ijtimoiy-pedagogik va falsafiy qarashlari. Pestalosiyning dunyoqarashi demokratik xarakterda bo’lsa ham, lekin tarixdan cheklangan edi. U o’z xalqini oyoqqa turg’izishni orzu qildi, lekin soddalik qilib mehnatkashlarni o’qitish va tarbiyalash yo’li bilan ularning turmushini o’zgartirish mumkin, deb ishondi. U o’z zamonidagi jamiyatda odamlarning ijtimoiy va huquqiy tengsizligini tushunmadi. U xalq boshiga tushgan kulfatlarining manbasi iqtisodiy sharoit emas, balki ma’rifatning yo’qligi deb bildi.
Pestalosiy hamma odamlar tarbiya va ilm olish huquqiga ega bo’lishi lozim, deb davo qilib maktablar jamiyatni ijtimoiy jihatdan o’zgartirishning muhim vositalaridan biri bo’lishi kerakligini ta’kidladi. Uning fikricha, har bir kishining haqiqiy insoniy kuchlari harakatga kelib, mustahkamlangandagina eng muhim ijtimoiy masalalar hal qilinadi, tubdan ijtimoiy o’zgarishlar ro’y beradi. Bunga tarbiya yo’li bilangina erishish mumkin.
Pestalosiyning fikricha, mehnat odamni tarbiyalash va o’stirishining eng muhim vositasidir, mehnat odamning jismoniy kuchlarnigina emas, shu bilan birga aqlini ham o’stiradi. Shuningdek, unda axloq ham tarkib topadi. Mehnat bilan shug’ullanayotgan odamda mehnatning jamiyat hayotida juda katta ahamiyati bor degan ishonch tug’iladi, bunday ishonch esa odamlarni ahil va mustahkam ijtimoiy ittifoq qilib, bir-biriga bog’lovchi eng muhim kuchdir.
Tarbiyaning maqsadi va mohiyati. Pestalosiyning fikricha, tarbiyaning maqsadi odamning barcha tabiiyiy kuchlarini va qobiliyatlarini o’stirish, o’stirganda ham har tomonlama va bir-biriga uyg’un ravishda o’stirishdir. Tarbiyaning bolaga ko’rsatayotgan ta’siri uning tabiatiga uyg’un bo’lishi lozim.
Barcha insoniy kuchlar va har bir bolaga xos bo’lgan tug’ma kuch va qobiliyatlar kurtaklarini tabiiy tartibga muvofiq, odam kamolotining abadiy va o’zgarmas qonunlariga muvofiq holda muntazamlik bilan mashq qildirib, o’stirish kerak.
Elementar ta’lim nazariyasi. Pestalosiy pedagogika tizimining o’zagidir, bu nazariyaga kura tarbiyalash eng oddiy elementlardan boshlanib, asta-sekin tobora murakkabroq darajaga ko’tarilib borishi lozim.
Pestalosiyning elementar ta’lim nazariyasi jismoniy tarbiyani, mehnat tarbiyasini, axloqiy va estetik tarbiyani hamda aqliy tarbiya va o’qitishni o’z ichiga oladi. Tarbiyaning mana shu hamma jihatlarini Pestalosiy birabiriga bog’lab olib borishni taklif qildi, mana shunday tarbiyalash natijasidagina insonning hamma jihatlari bir-biriga uyg’un bo’lib kamol topishini ta’minlash mumkin, dedi.
Jismoniy va mehnat tarbiyasi. Pestalosiy bolaning barcha jismoniy kuchlari va imkoniyatlarini o’stirishi ularni jismoniy jihatdan tarbiyalashning maqsadi deb, bolaning harakatga, o’ynashga, bir joyda o’tirib qolmaslikka, hamma narsaga yopishishga, hamisha harakatda bo’lishga majbur qiluvchi tabiiy intilishini jismoniy tarbiyalashning asosi deb hisobladi.
Pestalosiy inson shaxsini kamolotga yetkazishda jismoniy tarbiyaga juda katta ahamiyat beradi va uni bolalarning o’sishiga kattalarning oqilona ta’sir ko’rsatishining birinchi turi deb hisobladi.
Axloqiy tarbiya. Pestalosiy tarbiyaning asosiy vazifasi - kelgusida ijtimoiy hayotda qatnashib foyda yetkaza oladigan va hamma jihatlari uyg’un bo’lib kamol topgan inson yetishtirishdir deb biladi. Bolani boshqalarga foyda keltiradigan ishlarda mashq qildirish yo’li bilan uning axloqi voyaga yetkaziladi. Pestalosiyning fikricha, bola organizmining kundalik ehtiyojlarini qondirish asosida bolada onaga nisbatan tugilayotgan mehr-muhabbat axloqiy tarbiyaning eng oddiy elementidir. Bolaning axloqi uchun oilada asos solinadi. Bolaning onaga bo’lgan muhabbati asta-sekin oilaning boshqa a’zolariga ham o’tadi.
Aqliy ta’lim. Pestalosiyning aqliy ta’lim to’g’risidagi ta’limoti boy va mazmunli ta’limotidir. Pestalosiy o’zining insonning hamma jihatlarining bir-biriga uyg’unlashib kamolga yetishi to’g’risidagi asosiy g’oyasiga tayanib, aqliy ta’limni axloqiy tarbiya bilan bog’lab olib borish kerakligini ko’rsatadi va tarbiyalovchi ta’lim olib borishini talab qiladi.
Har qanday ta’lim kuzatishga va tajribaga asoslanishi hamda xulosalar va umumiylashtirish darajasiga ko’tarilishi lozim, deydi Pestalosiy kuzatishlar natijasida bolada ko’rish, eshitish sezgilari va boshqa sezgilar hosil bo’ladi, bu sezgilar bolada fikrlash va so’zlash ehtiyojini tug’diradi, deydi.
Boshlang’ich ta’limning xususiy metodikalarini yaratish. U o’zining umumiy didaktik qoidalariga tayanib turib, boshlang’ich ta’limning xususiy metodikasi asosini yaratib berdi.
Pestalosiy ona tili o’qitishning asosiy vazifasi bolaning nutqini o’stirish va uning so’z boyligini orttirishdan iborat bo’lishi lozim, deb hisoblaydi. Pestalosiy savod o’rgatishda tovush metodini birinchi o’ringa quydi, bunday qilish harflarni qo’shib o’qitish metodi hukmronlik qilib turgan o’sha vaqt uchun g’oyat muhim edi.
Pestalosiy pedagogika nazariyasi va tajribasining ahamiyati.
Pestalosiy burjua-demokratik pedagogikasining kuzga ko’ringan nazariyachisi va amaliyotchisi bo’ldi. U kambag’allarning bolalarini tarbiyalash ichiga o’zining butun kuchini fidokorona sarfladi.
Pestalosiy odamning barcha tabiiy kuchlarini va qobiliyatlarini bir-biriga uyg’un qilib o’stirishdek vazifani tarbiyaning asosiy vazifasi deb bildi. U bolani jismoniy tarbiyalash, mehnatda tarbiyalash, axloqiy, aqliy tarbiyalash tug’risida bir qancha juda qimmatli fikrlarni aytib utdi.
Adolf Disterverg (1790-1866) Adolf Distervergning ijtimoiy-pedagogik faoliyati. U xalqqa ma’rifat berish ichiga o’zini bag’ishlashga qaror qildi va dastlab Mersa-Reynda, sungra esa Berlinda o’qituvchilik seminarlariga uzoq vaqt boshchilik qildi, ularni namunali seminarlarga aylantirishga muvaffaq bo’ldi. Disterverg seminarda pedagogika, matematika va nemis tilidan dars berdi, ayni vaqtda o’sha seminarlar huzuridagi boshlang’ich tajriba maktablarida ham o’qituvchilik qildi. Disterverg pedagogika sohasida samarali ish olib borish bilan bir vaqtda, adabiy ham metodik ishlarini ham zo’r muvaffaqiyat bilan bajarib turdi. U «Nemis o’qituvchilarini o’qitish uchun qo’llanma» degan kitobini nashr qildirdi (1835). Bu kitobda Disterverg ta’limning umumiy vazifalarini va prinsiplari to’g’risidagi o’zining progressiv qarashlarini bayon qilib berdi, shuningdek u matematika, nemis tili, geografiya, astronomiyaga doir yigirmadan ortiq darslik va qo’llanmalar nashr qildi, bu darsliklar va qo’llanmalar Germaniyadaa va boshqa ko’pgina mamlakatlarda katta shuhrat qozondi.
Disterverg tirik chog’idayoq asarlari Rossiyada mashhur bo’lgan eli. Chunonchi, 1861 yilda uning «Elementar geometriya» si rus tilida nashr etildi. Rossiyaning ilg’or pedagoglari bu kitobni boshlang’ich maktablarda geometriya o’qitish uchun eng yaxshi qo’llanma deb hisobladilar.
Disterverg 1827 yildan to umrining oxirigacha «Tarbiya va ta’lim uchun Reyn varaqalari» degan jurnal chiqarib turdi. U bu jurnalda pedagogikaning turli masalalariga doir turt yuzdan ortiq maqolasini bostirdi. Boshlang’ich maktablarining o’qituvchilarini tayyorlash ishini tubdan yaxshilash uchun kurashdi. U nemis xalq o’qituvchilarining birlashtirish uchun judda ko’p ish qildi.
Disterverg umrining oxirgi kunlariga qadar progressiv ijtimoiy pedagogika ishlari bilan shug’ullandi.
Tarbiyaning mohiyati, maqsadi va asosiy prinsiplari.
Disterverg umuminsoniy tarbiya g’oyasini himoya qilib chiqdi, shu g’oyaga tayanib turib, pedagogikaga oid masalalarni yuqori toifaviy va shovinistik manfaatlarni kuzlab hal qilishga qarshi kurashdi. Uning fikricha, maktabning vazifasi «chinakam prussiyaliklar» emas, balki insonparvar kishilar va ongli grajdanlar tarbiyalab yetishtirishdir. Odamlarda insoniyatga va o’z xalqiga bo’lgan muhabbat bir-biriga chambarchas bog’langan holda rivojlantirilishi lozim. Disterverg «inson - mening nomim, nemis mening laqabimdir» - deydi. Disterverg Pestalosiy singari tarbiyaning eng muhim prinsipini tabiatga uyg’un bo’lishidir, deb hisobladi.
Aqliy ta’lim. Disterverg ham Pestalosiy singari, ta’limning asosiy vazifasi bolalarning aqliy kuchlarini va qobiliyatlarini o’stirishdan iboratdir, deb hisoblaydi. Lekin u formal ta’lim moddiy ta’lim bilan chambarchas bog’langanligini ko’rsatib, Pestolossiga nisbatan olg’a tomon katta qadam quydi. Disterverg, umuman sof formal ta’lim bo’lmaydi, lekin o’quvchining o’zi mustaqil olgan bilimlari va malakalarigina qimmatga egadir, deb uqtirdi. U tabiat va matematika fanlariga ayniqsa yuksak baho berdi, bu fanlar bolaning aqliy o’sishi uchun muhim vosita ekanligini ko’rsatdi va hamma tipdagi umumiy ta’lim maktablarida bu fanlar o’qitilishi lozim deb hisobladi.
O’qituvchiga nisbatan qo’yiladigan talablar. Distervergning fikricha, o’qitish chog’ida bolalarning tashabbuskorligini o’stirish, ularni bilimlar bilan qurollantirish o’qituvchi rahbarlik rolini o’ynagandagina mumkin bo’ladigan ishdir. U ham Komenskiy singari o’qitish ishida puxta ishlangan o’quv rejasi va yaxshi darslikning bo’lishiga katta ahamiyat beradi. Distervergning Komenskiydan farqi shuki, u ta’limning muvaffaqiyatli bo’lish oqibati, darslik yoki metodga emas, balki o’qituvchiga bog’liq deb ta’kidlaydi .
Disterverg o’qituvchilarni amaliy pedagogik mahorat va malakalari bilan qurollantirishga katta ahamiyat berdi.
Rus pedagogikasining asoschisi K.D.Ushinskiy 1824 yilda Tula shahrida tug’ildi. U Novgorod - Severskdagi gimnaziyada o’rta ma’lumot olgach, 1840 yilda Moskva universitetining Adliya fakultetiga o’qishga kirdi. Universitetni tamomlagach 22 yoshda Yaroslavldagi adliya liseyida qomus, (ensiklopediya) qonunshunoslik, davlat huquqi va moliya fanlari kafedrasiga professor lavozimini bajaruvchi qilib tayinladi. Ushinskiyning xalqparvar harakati lisey rahbariyatiga yoqmadi, oqibatda uni liseydan ishdan bo’shatdilar, shu sababli u boshqa o’quv yurtlariga o’qituvchilik ishiga kira olmadi.
60-yillardagi ijtimoiy pedagogik Ushinskiyning pedagogik iste’dodini shakllanishiga yordam berdi. 1854-1859 yillari u do’stlari yordamida Gatchina yetimxonalar institutiga ishga kirdi avvaliga rus tilidan o’qituvchi, keyin esa sinflar inspektori bo’lib ishladi. U institutda o’quv rejasi va dasturlariga, ta’lim jarayoniga jiddiy o’zgarishlar kiritdi, metodik yo’llanma berdi.
Ushinskiy 1857 yildan e’tiboran «Jurnal dlya vospitaniya» sahifalarida o’z maqolalarini chop ettira boshladi. 1860 yilda u «xalq maorifi» jurnalining muharriri qilib tayinlandi.
1861 yilda o’zining birinchi asari - «Bolalar dunyosi» nomli o’qish kitobini nashr ettirdi. Bu kitob shu yilning o’zidayoq ikki marta nashr etildi. K.D.Ushinskiyning Smolniy asilzoda qizlar institutidagi faol pedagogik faoliyatini ayrim reaksion kayfiyatdagi amaldorlarning o’qituvchilarning noroziligini uyg’otdi va 1862 yili ishdan bo’shab, pedagogikadan darslik to’zish bahonasida chet elga ketadi.
U yerlarda «Rodnoye slovo» darsligi nashr etildi. 1870 yilda «muallimlar uchun qo’llanma», «Ona tili»darsliklari chop etildi. Bundan tashqari Ushinskiyning pedagogika sohasidagi asosiy nazariy asari «Kishi-tarbiya predmeti sifatida»asari 1867 yilda I tom, 1869 yilda II tomi bosilib chiqdi.
«Ijtimoiy tarbiyada xalq ruhi to’g’risida», «Pedagogik adabiyotning foydasi haqida», «Maktabning uch elementi», «ona tili» kabi maqolalar yozgan. «Ona tili»asarida tilni o’rganishning tarbiyaviy ahamiyati haqida fikr yuritsa, ta’limning psixologik va mantiqiy asoslari asarida muallifning diqqat, xotira, tafakkur to’g’risidagi nazariy qarashlari bayon etilgan.
Ushinskiy xalqni har tomonlama tarbiyalash uchun o’zining umuminsoniy tarbiya g’oyasini olg’a surdi.
U «Ijtimoiy tarbiyada xalq ruhi» nomli asarida ta’kidlashicha oila bolalar organizmida ota-onalar xarakterining takrorlanishi va rivojlanishiga imkoniyat yaratadi.
K.D.Ushinskiy chet el maktablarida olib borilayotgan ta’lim-tarbiyani o’rganib, o’zining «Boshlang’ich ta’lim metodikasi» asarini yozdi. Unda boshlang’ich maktabdagi ta’lim mazmunini asoslab berish bilan birga uning qoida, qonun, tartib, metod va vositalarini ishlab chiqarish didaktika faniga katta hissa qo’shdi. U eng avval o’qitishni bolalar mehnati bilan bog’lashni tavsiya qildi. Uning fikricha har bir fanni o’qitishda tarbiyalanuvchining hissasiga tushadigan mehnat uning yoshi va kuchiga loyiq bo’lib, aqliy mehnatdan dam olish uchun jismoniy mehnat bilan shug’ullanish zarurligini ta’kidlaydi.
Tarbiyaning xalqchilligi haqidagi g’oya Ushinskiyning pedagogik nazariyasidagi eng asosiy g’oyadir. U ta’lim-tarbiya ishlarida tarbiya asosiy va hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini, tarbiyaning ta’limni ham o’ziga bo’ysundirishini, lekin uning o’ziga xos mohiyatini yo’qqa chiqarmasligini ta’kidlaydi.
Ushinskiy o’qitish jarayonida ta’limning ko’rgazmalilik, onglilik, puxtalilik, bolalar kuchiga mosligi va izchilligi prinsiplarini foydalandi.
Umuman K.Ushinskiy tarbiyaning xalqchilligi g’oyasini tarbiya nazariyasiga asos qilib oldi, boshlang’ich ta’lim asoslarini va metodikasini ishlab chiqdi, bu uning pedagogikani rivojlantirishdagi katta xizmatidir.
Rus xalqining ulug’ yozuvchisi, olimi, sharqshunos, pedagog va tanqidchi Lev Nikolayevich Tolstoy 1828 yilda Yasnaya Polyanada qishlog’ida tavallud topgan.
Tolstoy 1849 yili Yasnaya Polyanada dehqon bolalarni o’qitish bilan pedagogik faoliyatini boshlaganlar.
Tolstoy o’zining didaktik qarashlari va darslik kitoblariga quygan talablariga asoslanib, «O’qish kitobini» (1872y) tuzdi. Keyinchalik u kitob ikki marta qayta ishlanib, 1875 yilda «Yangi o’qish kitobi» nomi bilan nashr etildi. Tolstoy 4 ta «O’qish kitobi» va arifmetika darsligini ham yozgan.
Yuksak badiiylik, ifodalik, qisqalik, soddalik va materialning bolalarga tushunarliligi va jozibaliligi muhim belgilardan biridir.
Tolstoy XIX asr 60 yillarning boshida tarbiya bolaning shaxsiga zulm qilishdan iborat, shuning uchun tarbiyada xatoga yo’l quyish kerak emas, faqat kattalarning bolaga bilim berishlarigina kifoya qiladi, -degan edi. Bu fikrning xatoligini keyinchalik Tolstoyning o’zi ham pedagogik faoliyati ham isbotladi. Haqiqatda, Tolstoy umuman tarbiyaga qarshi bo’lmay, balki o’sha davrdagi maktablarda olib boriladigan tarbiyaga qarshi edi.
Tolstoy maktablar uchun 12 ta fanni tavsiya etgan. Uning fanlarni o’qitish haqidagi qarama-qarshi fikri -12 ta fanni o’qitish kerak, ammo ularning hajmi va ularni o’qitish uchun ajratilgan vaqt o’quvchilarga bog’liq bo’lishi kerak degan edi.
U ta’limning onglilik, puxta o’zlashtirish, ko’rgazmalilik, hayot bilan bog’liqligi prinsiplarini qayd qilgan va amaliyotda qo’llagan.
Tolstoy o’qituvchi arifmetika, grammatika va imloni yuzaki, mexanik ravishda o’rgatish bilan cheklanadigan maktabni quruq, befoyda narsa deb hisoblagan. U ta’lim bilan tarbiya ajralmas bir narsadir- deb uqtirgan.
Tolstoy fikricha, o’qituvchi o’quvchilar miyasini ko’p charchatmasligi, har bir darsni o’zlashtirish o’quvchining qulidan keladigan bo’lishi kerak.
Umuman Tolstoy didaktik fikrlarida ayrim ziddiyatlar mavjud bo’lsada o’qituvchilar va o’zidan keyingi avlodlar uchun didaktik qoidalarga asoslangan darsliklar va metodik qo’llanmalarni meros qoldirdi.
Anton Semyonovich Makarenko Xarkov guberniyasining Belopolye shahrida temir yo’l ustaxonasining bo’yoqchilik sexi ustasi oilasida dunyoga keldi.
U Kremenchug shahridagi maktabni va pedagogika kursini tamomlagandan keyin 1905 yildan boshlab Kryukovodagi ikki yillik temir yo’l maktabida xalq o’qituvchisi bo’lib ishladi.
1920 yilda Poltava guberniyasining xalq maorifi bo’limi A.S.Makarenkoga Poltava yaqinidagi balog’atga yetmagan qonunbuzar bolalar, yosh jinoyatchilar uchun koloniya tashkil etish va unga rahbarlik qilishni topshirdi. U 3-4 yil mobaynida namunali tarbiya muassasasi - Gorkiy nomidagi Mehnat koloniyasini vujudga keltirdi. Unda tarbiyalanuvchi bolalar soni 1926 yilda 120 nafarga yetdi. O’sha Gorkiy nomidagi koloniya Kurajga ko’chirildi, u yerdagi qarovsiz bolalar 180 nafar edi. U yerdagi bolalarni ham intizomga, uyushqoqlikka, mehnatsevarlikka o’rgatdi. Keyinchalik F.E.Djerjinskiy nomidagi mehnat koloniyasiga rahbarlik qildi. Kommunada mehnat tarbiyasining yangi metodlarini foydalandi. Mehnat faoliyatini va boshqa foydali ishlarni bajargani uchun kommunarlar 10-15 kishilik otryadlarga bo’linganlar. Har bir otryadning komandiri bo’lgan.
1933-1935 yillarda A.S.Makarenko «Pedagogik poema» sini 1937 yilda oila tarbiyasi masalalari yoritilgan badiy pedagogik asar «Ota-onalar kitobini» nashr ettirdi. Makarenko pedagogik faoliyatida tarbiyasi buzilgan insonni qayta tarbiyalash g’oyasini nazariya va amaliy jihatdan asoslab berdi.
«Ta’lim-tarbiya tajribasidan ba’zi bir xulosalar» asarida jamoalarning tarbiyaviy ta’sirini kuchaytirishda tarbiyachi, o’qituvchi hamda bolalar jamoasini bir-birlariga yaqinlashtirish, o’qituvchilar va bolalar jamoalari bitta jamoa, yoki ta’lim-tarbiya jamoasi bo’lishi zarurligini alohida ta’kidladi.
U kommunadagi bolalarni hayron qoladigan darajada ijodkor, talabchan, intizomli qilib yetishtirdi. Makarenkoning ta’limoticha bunga buyruq berish bilan erishib bo’lmaydi.
A.S.Makarenko tashkil qilgan kommuna va koloniyalarda bolalarni mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalashning birdan-bir omili bolalar jamoasi ekanligini isbotladi.
A.S.Makarenko barkamol insonni tarbiyalashda silla va uning tutgan o’rniga alohida e’tibor berib «Ota-onalarga bolalar tarbiyasi haqida leksiyalar» asarini yaratgan. U yoshlarga murojaat qilib «otangni ham onangni ham izzat-hurmat qil, rohat ko’rasan va yer yuzida umring uzoq bo’ladi»degan.
Umuman A.S.Makarenko pedagogika fani taraqqiyotida o’zining qimmatli mehnati bilan qayta tarbiyalash nazariyasini yaratib, g’oyat katta hissa qo’shdi.

Download 8,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish