laboratoriya ishini to„g„ri bajarish va laboratoriya jurnalini to„ldirish tartibi, davriy
jadval yordamida elementlar va ular birikmalarining xossalarini aniqlash uchun: 19
ta jadval, 5 ta grafik va metallarning faollik qatori, shuningdek turli darajada va
turdagi ko„plab vazifalardan iborat Qo„llanmada turli molekulalarining shar-
serjenli, gibridlangan shakli, molekuladagi atomlar o„rtasidagi bog„ uzunligini
Qo„llanmaning -bo„limi laboratoriya jihozlari va ulardan turli laboratoriya
ishlarini bajarish uchun yig„ish ishlarini bajarishga bag„ishlangan
Elektron qo„llanmaning bosh menyu ishchi oynasidagi keyingi bo„limi
“Свойства неорганических веществ Anorganik birikmalarning xossalari”
bo„lib, u o„z ichiga anorganik kimyo kursini eng muhim tayanch negizi bo„lgan o„n
uchta mavzusini olgan. Har bir mavzu ichida ushbu mavzu mazmunini tushuntirib
beruvchi bir nechtadan kichik mavzular joylashgan.
3-bo„lim “Свойствса органических веществOrganik birikmalarning
xossalari” bo„lib, bu bo„lim ham organik kimyoning asosini tashkil qiluvchi
mavzuni qamrab olgan Organik kimyo bo„limida nazariy olingan barcha
bilimlarni amaliy ishlar vositasida mustahkamlash mumkin.
“Химические реакции Kimyoviy reaktsiyalar” bo„limi turdagi kimyoviy
jarayonlarni mexanizmi va tavsifini ochib berishga yordam beradi Bu bo„limdagi
laboratoriya ishlarini ko„pchiligini hozirgi kunda kimyo xonalarda to„la bajarish
imkoniyati mavjud emas Bu elektron qo„llanmaning maktab kimyo fanini
o„quvchilar tomonidan o„zlashtirishda naqadar zarurligini ko„rsatadi va uning
salohiyatini yanada oshiradi.
Keyingi “Атомы и молекулыAtomlar va molekulalar” bo„limida
konstruktor dasturi vositasida nafaqat turli oddiy va murakkab tarkibli anorganik,
hamda organik moddalarning tuzilishini, balki ularning ionlarini, molekuladagi
atomlar o„rtasidagi elektron effektlarini ham ifodalash, virtuallashtirish mumkin
bo„ladi
Elektron qo„llanmaning “КоллекцияTo„plam” menyusida laboratoriya
ishlarini bajarish uchun zarur bo„lgan xavfsizlik qoidalari, kimyoviy laboratoriya
jihozlari va nazariy ma‟lumotlar bazasi, hamda internet zahiralari berilgan
To„plamda laboratoriya ishlarini to„g„ri bajarish texnikasini o„rgatuvchi
videotasvirlar ham o„z ifodasini topgan
“ТаблицыJadvallar” bo„limida esa laboratoriya ishlarini bajarishda zarur
bo„ladigan turli jadvallar bazasi keltirilgan Jadvallardan foydalanib o„quvchilar
zaruriy nazariy bilimlarni esga soluvchi va mustahkamlovchi ma‟lumotlarni izlab
topishi, amaliy ko„nikmalarini boyitishlari mumkin bo„ladi
“ЗадачиVazifalar” ishchi oynasida turli murakkablikdagi miqdoriy, hamda
sifat jihatdan hal qilinadigan masala va mashqlari berilgan. Vazifalar hal qilinish
usuliga ko„ra, mavzular bo„yicha va turlarga ajratilgan Vazifalarni bunday tarzda
taqsimlanishi o„quvchilarni mustaqil ishlarini tashkillashtirishni qulaylashtiradi va
ularning intelektual qobiliyatlarini ortishiga yordam beradi.
Elektron qo„llanmaning “Конструктор молекулMolekulalar konstruktori”
dasturi xohlangan anorganik yoki organik birikmalarning tuzilish shakllarni
virtuallashtirish, oddiy va murakkab tarkibli moddalar tarkibidagi atomlar
o„rtasidagi bog„lanish va bog„ uzunligi haqidagi mavhum tasavvurlarni
aniqlashtirish, atomlarni bir-biriga tahsiri tufayli vujudga keladigan elektron
taqsimotni (elektron effektlarni) virtuallashtirish imkonini beradi. Bu dastur
vositasida nafaqat birikmalarning tuzilishini, balki birikmadagi turli atomlar
o„rtasidagi bog„ uzunligini aniqlash, birikmadagi atomlarning elektron
bulutlarining gibridlangan shakllarini yasash, π-bog„larning delokallashishini
misollarda ko„rsatish imkoniyati mavjud
Do'stlaringiz bilan baham: