7-sinf (68 soat, haftasiga 2 soatdan)
1. Kirish. (2 soat)
2. Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari (2 soat).
Kimyo fanining maqsad va vazifalari. Uni fan sifatida shakllanish tarixi.
O„zbekistonda kimyo. O„zbekistondagi kimyogar olimlarning kimyo faniga
qo„shgan hissalari .
Atom-molekulyar ta‟limoti. Atom va molekulalarning mavjudligi. Kimyoviy
element, kimyoviy belgi.
Atomlarning o„lchami, nisbiy va absolyut massasi.
Kimyoviy modda-atom va molekulalar. Molekulyar va nomolekulyar
tuzilishdagi moddalar. Sof modda va aralashmalar. Oddiy va murakkab moddalar.
Kimyoviy formula va undan kelib chiqadigan xulosalar. Valentlik. Indekslar
haqida tushuncha.
Molekulalarning o„lchami, nisbiy va absolyut massasi. Mol va molyar massa.
Moddalarning xossalari: fizik va kimyoviy o„zgarishlar. Kimyoviy reaksiya
tenglamalari. Koeffitsientlar.
Tarkibning doimiylik qonuni, massaning saqlanish qonuni. Ekvivalentlik
qonuni va ularning o„zaro bog„lanishi. Avogadro qonuni. Molyar hajm. Avogadro
doimiysi.
Kimyoviy reaksiya turlari: birikish, parchalanish, o„rin olish va almashinish
reaksiyalari.
Hisoblashga oid masalalar: 1. Moddalarning nisbiy molekulyar massasini va
modda miqdorini ularning formulalari asosida hisoblash.
Murakkab moddalar tarkibidagi elementlar atomlarining massa ulushini
topishga oid masalalar.
Oddiy va murakkab moddalarning ekvivalentini hisoblashga doir masalalar
yechish.
Modda tarkibidagi elementlarning miqdoriy nisbatlari aniq bo„lganda ularning
formulalarini topish.
Kimyoviy reaksiyalar tenglamalari asosida va massaning saqlanish qonuniga
asoslanib olib boriladigan hisoblashlarga doir masalalar.
Ko„rsatiladigan namoyishli tajribalar: 1. Turli xildagi suyuqliklar zichligini
areometr yordamida o„lchash. 2. Kimyoviy hodisalarga misollar: shakarni
qizdirganda o„zgarishi, parafin va gugurt cho„pining yonishi. 3. Suv
molekulasining elektr toki ta‟sirida parchalanishi. 4. Oltingugurtning temir yoki
rux bilan birikishi. 5. Atomlarning modellari yordamida turli molekulalar
modellarini yasash.
Laboratoriya tajribalari: 1. Fizik xossalari turlicha bo„lgan moddalar (osh tuzi,
shakar, ichimlik soda, mis kuporosi, alyuminiy, rux, temir, mis, suv, spirt,
oltingugurt, yod) bilan tanishish. 2. Fizik hodisalarga misollar: parafin (sham)ni
8
suyuqlantirish, shakar yoki osh tuzini suvda eritish, eritmani bug„lantirish, spirt,
sirka, efirning bug„ini hidlash yo„li bilan farqlash. 3. Kimyoviy hodisalarga
misollar: (qog„oz, spirt, gaz, gugurt cho„pining yonishi, mis tolasini spirt lampasi
yoki gaz alangasida qizdirish, xlorid kislotaning bo„rga ta‟siri,
har xil alomat
beriladigon yoki turli sharoitda boshlanadigan va kechadigan (o„qituvchining
ko„satmasiga muofiq)
reaksiyalarni bajarish va kuzatish. 4. Oddiy va murakkab
moddalar: minerallar, tog„ jinslari, metallar va metalmaslar namunalari bilan
tanishish. 5. Birikish (ohakni so„ndirish), parchalanish (malaxitning parchalanishi),
o„rin olish (mis (II)-xlorid tuzi eritmasiga tozalangan temirni tushirish)
reaksiyalariga doir tajribalarni bajarish.
Amaliy mashg„ulotlar (3 soat) 1. Kimyo xonasidagi jihozlar bilan ishlashda
mehnat xavfsizligi qoidalari bilan tanishish. (1soat) 2. Laboratoriya shtativi, spirt
lampa, gaz gorelkalari va elektr isitgich bilan ishlash usullari, alanganing
tuzilishini o„rganish. (1soat) 3. Ifloslangan osh tuzini tozalash. (1soat)
Mavzu bo„yicha test savollarini yechish.
Jihozlar va o„quv ko„rgazmali qurollar: Areometrlar silindri bilan,
o„qituvchining namoyishli tajribalari uchun idish va anjomlar to„plami, kimyoviy
reaktivlar to„plami, kimyoviy idishlarni quritish uchun doska, kimyoviy reaktivlar
uchun temir shkaf, organik shishadan yasalgan ximoya ekrani, shishaga yozish
uchun qalam, quruq yonilg„i, keramik plita, magnitli aralashtirgich, KEX,
laboratoriya elektron tarozisi, poli propilenli kimyoviy laboratoriya idishlar
to„plami, atomlarning sharsterjenli modellari, kimyoviy universal laboratoriya
shtativi, texnika xavfsizligi bo„yicha plakatlar to„plami (5 dona), o„quvchilar uchun
laboratoriya ishlari uchun idishlar to„plami, shisha idishlar to„plami, «Mineral va
tog„ jinslari» va «Oddiy moddalar» kolleksiyalari, moddalar massasini saqlanish
qonunini namoyish etish asbobi, namoyishli doskada moddalar molekulalari
modellarini namoyish etish to„plami.
. Kislorod (6 soat)
Kislorod-kimyoviy element. Kislorodning kimyoviy belgisi, atom massasi.
Kislorodning tabiatda tarqalishi.
Kislorod-oddiy modda. Fizik xossalari. Ozon-oddiy modda, kislorodning
allotropik shakl o„zgarishi.
Kislorodning kimyoviy xossalari. Valentligi. Kislorodning biologik
ahamiyati, olinishi va ishlatilishi. Katalizatorlar haqida tushuncha. Havo va uning
tarkibi, havoni ifloslanishdan saqlash.
Moddalarning toza kislorod va havo muhitida yonish tezligini taqqoslash.
Yonishning boshlanishi va to„htashi, yong„inning oldini olish choralari.
Yonilg„ilarning turlari.
Ko„rsatiladigon namoyishli tajribalar
: 1.Kislorodning fizik xossalari bilan
tanishish. 2. Kislorodda temir, oltingugurt, cho„g„langan yog„ochning yonishi. 3.
Vodorod peroksidni katalizator ishtirokida parchalanishini ko„rsatish. 4. Havodagi
kislorod miqdorini aniqlash. 5. Moddaning yonishi uchun zarur bo„lgan sharoitlar
va alangani o„chirish vositalari bilan tanishtirish.
Laboratoriya tajribalari: 1.Oksidlarning namunalari bilan tanishish. 2.
Yonilg„ilarning turli xillari va ulardan unumli foydalanish usullari bilan tanishish.
Amaliy mashg„ulot. 1.Kislorod olish va uning xossalari bilan tanishish (
soat).
Mavzu bo„yicha test savollarini yechish.
Jihozlar va o„quv ko„rgazmali qurollar: O„qituvchining namoyishli tajribalar
uchun idish va anjomlar to„plami, kimyoviy reaktivlar to„plami,
kimyoviy
idishlarni quritish uchun doska, kimyoviy reaksiyalar uchun shkaf,
organik
shishadan yasalgan himoya ekrani, shishaga yozish uchun qalam, quruq yonilg„i,
keramik plita, magnitli aralashtirgich, KEX, laboratoriya elektron tarozisi,
polipropilenli kimyoviy laboratoriya idishlar to„plami,
atomlarning shar-sterjenli
modellari, kimyoviy universial labaratoriya shtativi
, texnika xavfsizligi qoidalari
bo„yicha plakatlar to„plami (5 dona), o„quvchilar uchun laboratoriya ishlari
idishlari va anjomlari to„plami, shisha idishlari to„plami,
Namoyish uchun
Evdidometr; “Yonilg„i” kolleksiyasi; havo tarkibini aniqlovchi asboblar.
. Vodorod ( soat)
Vodorod-kimyoviy element, kimyoviy belgisi, nisbiy atom massasi, tabiatda
tarqalishi. Kislotalar haqida dastlabki tushunchalar.
Vodorod-oddiy modda. Uning formulasi va molyar massasi. Vodorodning
fizikaviy va kimyoviy xossalari.
Valentligi. Vodorodning laboratoriyada olinishi. Vodorod sof ekologik
yonilg„i va uning kimyo sanoatida xom ashyo sifatida ishlatilishi Hisoblashga doir
masalalar. 1. Kimyoviy tenglama bo„yicha gazning hajmini aniqlash. 2. Gazlarning
hajmiy nisbatlarini kimyoviy tenglama bo„yicha hisoblash. 3. Gazlarning nisbiy
zichligini hisoblab topish.
Ko„rsatiladigan namoyishli tajribalar: 1.Vodorodning fizik xossalari bilan
tanishtirish. 2. Kipp apparatining tuzilishi va ishlatish qoidalari bilan tanishish. 3.
Vodorodning havoda va kislorodda yonishi. Vodorodni yondirishdagi ehtiyot
choralarini ko„rsatish.
Laboratoriya tajribalari: 1. Kislota eritmasiga rux ta‟sir etib vodorod olish.
2.Vodorodning mis (II)-oksid bilan o„zaro ta‟siri va bu reaksiyaning amaliy
ahamiyatini o„rganish.
Mavzu bo„yicha test savollarini yechish.
Jihozlar va o„quv ko„rgazmali qurollar: O„qituvchining namoyishli tajribalari
uchun idish va anjomlar to„plami, kimyoviy reaktivlar to„plami, kimyoviy
idishlarni quritish uchun doska, kimyoviy reaktivlar uchun temir shkaf, organik
shishadan yasalgan himoya ekrani, shishaga yozish uchun qalam, quruq yoqilg„i,
keramik plita, KEX, laboratoriya elektron tarozi, polipropilenli kimyoviy
laboratoriya idishlar to„plami, kimyoviy universal laboratoriya shtativi,
o„qituvchilar uchun laboratoriya ishlari idishlari va anjomlari to„plami, shisha
idishlari to„plami, o„zi yopishadigan etiketka, rezina naylar to„plami,
suvni sintez
qilish namoyishli asbobi.
. Suv va eritmalar (8 soat)
Suv-murakkab modda. Uning elementar tarkibi. Molekulyar tuzilishi,
formulasi va molyar massasi. Suvning fizik va kimyoviy xossalari. Suvning
tabiatda tarqalishi. Uning tirik organizmlar hayotidagi ahamiyati, sanoatda
ishlatilishi. Suv havzalarini ifloslanishdan saqlash choralari. Suvni tozalash
usullari.
Suv - eng yaxshi erituvchi, eruvchanlik.
Eritmalar va ularning kontsentratsiyasi haqida tushuncha. Eritmada erigan
modda massa ulushi, foiz kontsentratsiya, molyar va normal kontsentratsiya.
Eritmalarning inson hayotida ahamiyati.
Hisoblashga oid masalalar. Eritmada erigan moddaning massa ulushini topish.
2. Ma‟lum hajm eritmadagi erigan moddaning mol miqdorini hisoblash.
Ko„rsatiladigan namoyishli tajribalar. 1. Tabiiy suvni haydash yo„li bilan toza
(distillangan) suv olish. 2. Suvni Gofman asbobida tarkibiy qismlarga ajratish. 3.
Suv molekulasini oddiy moddalardan olish. Analiz va sintez xaqida tushuncha
berish. 4.Suvning metallar (kalsiy, natriy, magniy) bilan o„zaro ta‟siri.
Laboratoriya tajribalari
Suvning oksid (kalsiy oksid, mis (II)-oksid, uglerod (IV)-oksid)lar bilan
o„zaro ta‟siri, hosil bo„lgan eritmalarda indikatorlar rangini o„zgarishi.
Amaliy mashg„ulotlar. 1. Erigan moddaning massa ulushi va molyar
kontsentratsiyasi ma‟lum bo„lgan eritmalar tayyorlash (1soat).
2. Tuproqning suvli eritmasini tayyorlash va unda ishqor borligini aniqlash
Mavzu bo„yicha test savollarini yechish.
Jihozlar va o„quv ko„rgazmali qurollar: O„qituvchining namoyishli tajribalari
uchun idish va anjomlar to„plami, kimyoviy reaktivlar to„plami, kimyoviy
idishlarni quritish uchun doska, kimyoviy reaktivlar uchun temir shkaf, organik
shishadan himoya ekrani,
eritmalarni haydash uchun mikro asbob,
elektr toki
yordamida boradigan tajribalar uchun asbob, shishaga yozish uchun qalam,
indikator qog„ozi, magnitli aralashtirgich, KEX, laboratoriya elektron tarozisi,
polipropilenli kimyoviy laboratoriya idishlar to„plami, kimyoviy universal
laboratoriya shtativi, areometrlar silindri bilan, o„quvchilar uchun laboratoriya
ishlari idishlari to„plami, o„quvchilar uchun laboratoriya shisha idishlari va o„zi
yopishadigan etiketka, rezina naylar to„plami.
. Noorganik moddalarning eng muhim sinflari
.1. Moddalarni toifalanishi (2 soat) Metalmaslar va metallar. Murakkab
moddalarning toifalanishi.
. 2. Oksidlar (4 soat) Oksidlarning tarkibi, tuzilishi va nomlanishi. Ularning
olinishi va xossalari. Oksidlarning toifalanishi: asosli, kislotali, amfoter va befarq
oksidlar. Eng muhim oksidlarning ishlatilishi.
.3. Asoslar (4 soat) Asoslarning tarkibi, tuzilishi va nomlanishi. Ularning
olinishi va xossalari. Ularning toifalanishi, ishqorlar va amfoter asoslar. Eng
muhim asoslarning ishlatilishi. Suvda erimaydigan asoslarning olinishi va
xossalari.
.4. Kislotalar (5 soat) Kislotalar tarkibi, tuzilishi va nomlanishi. Ularning
olinishi va xossalari. Toifalanishi: kislorodli va kislorodsiz kislotalar. Metallarning
faollik qatori haqida tushuncha. Kislotalarning negizi. Eng muhim kislotalarning
ishlatilishi.
.5. Tuzlar (5 soat) Tuzlar tarkibi, tuzilishi va nomlanishi. Ularning olinishi
va xossalari. Toifalanishi: o„rta, nordon va asosli tuzlar. Tuzlar tarkibidagi
elementlar atom valentligiga qarab formulalarni tuzish. Eng muhim tuzlarning
ishlatilishi.
Jihozlar va o„quv ko„rgazmali qurollar: O„qituvchining namoyishli tajribalari
uchun idish va anjomlar to„plami, kimyoviy reaktivlar to„plami, kimyoviy
idishlarni quritish uchun doska, kimyoviy reaktivlar uchun temir shkaf, organik
shishadan tayyorlangan ximoya ekrani, shishaga yozish uchun qalam, indigator
qog„ozi; magnitli aralashtirgich, KEX, laboratoriya elektron tarozisi, polipropilenli
kimyoviy laboratoriya idishlar to„plami, kimyoviy universal laboratoriya shtativi;
raqamli o„quv termometri, o„quvchilar uchun laboratoriya ishlari idishlari va
anjomlari to„plami, o„quvchilar uchun laboratoriya ishlari uchun shisha idishlari va
anjomlari to„plami, o„zi yopishadigan etiketka, rezina naylar to„plami.
. Oksidlar, asoslar, kislotalar va tuzlarning o„zaro genetik bog„lanishi (5
soat) Oksidlardan asos, kislota va tuzlarning olinishi. Asoslardan oksid va
tuzlarning olinishi. Kislotalardan oksid va tuzlarning olinishi. Tuzlardan oksid,
asos, kislotalarning olinishi. Ularning o„zaro genetik bog„lanishi.
Ko„rsatiladigan namoyishli tajribalar. 1. O„yuvchi natriy va so„ndirilgan
oxakning suvda erishi. 2. Xlorid, nitrat va sulfat kislotalarning fizik xossalari va
indikatorlarga ta‟siri. 3. Kislota eritmasining indikatorlarga ta‟siri. 4.
Kislotalarning metallar (temir, rux, alyuminiy, mis) ga ta‟sirini o„rganish. 5.
Kislotalarning metall oksidlari bilan o„zaro ta‟siri. 6. Xlorid, nitrat va sulfat
kislotalar tuzlari bilan tanishish. 7. Sulfat kislotaning gazlamaga ta‟siri. 8. Kislota
eritmalarining metallarga ta‟siri. 9. Neytrallanish reaksiyasi va uni amalga oshirish.
10. Metall gidroksidlari (kalsiy va natriy gidroksid eritmalari) ning metalmaslar
oksidlari (karbonat angidridi) bilan o„zaro ta‟siri. 11. Suvda erimaydigan asoslar
olish va ularning xossalari. 12. Asoslarning oksid va tuzlar bilan o„zaro ta‟siri.
Laboratoriya tajribalari. 1. Natriy, kalsiy va temir (III)-gidroksidlarining
xossalari bilan tanishish. 2. Suvda erimaydigan asoslarning kislotalar bilan o„zaro
ta‟siri. 3. Kislotalar eritmalariga indikatorlar ta‟siri. 4. Kislotalarning metallar bilan
o„zaro ta‟siri. 5. Kislotalarning metall oksidlari bilan o„zaro ta‟siri. 6. Mis (II)-
gidroksidning qizdirilganda parchalanishi.
Amaliy mashg„ulotlar. 1. Sulfat kislotaning mis (II)-oksidi va temir (III)-
oksidi bilan almashinish reaksiyalarini olib borish va reaksiya tenglamalarini yoza
bilish (1 soat).
Noorganik birikmalarning eng muhim sinflariga oid bilimlarni
umumlashtirish yuzasidan tajribaviy masalalar yechish.
Mavzu bo„yicha test savollarini yechish.
Jihozlar va o„quv ko„rgazmali qurollar: O„qituvchining namoyishli tajribalari
uchun idish va anjomlar to„plami, kimyoviy reaktivlar to„plami, kimyoviy
idishlarni quritish uchun doska, kimyoviy reaktivlar uchun temir shkaf, organik
shishadan tayorlangan ximoya ekrani, shishaga yozish uchun qalam, indikator
qog„ozi, magnitli aralashtirgich, KEX, laboratoriya elektron tarozisi, polipropilenli
kimyoviy laboratoriya idishlar to„plami, kimyoviy universal laboratoriya shtativi,
raqamli o„quv termometri, o„quvchilar uchun laboratoriya ishlari idishlari va
anjomlari to„plami, shisha idishlari to„plami, o„zi yopishadigan etiketka, rezina
naylar to„plami.
Ekskursiya o„tkazish mumkin bo„lgan taxminiy joylar.
O„lkashunoslik muzeylari. Sanoat va qishloq xo„jaligi korxonalaridagi kimyo
laboratoriyalari. Dorixona. Xo„jalik mollari magazini. Suv tozalash inshootlari.
Foydali qazilmalar qazib olinadigan konlar va o„qituvchi lozim topgan boshqa
joylar.
Do'stlaringiz bilan baham: |