II. . “Oksidlar” mavzusining o„rni, hajmi va mazmuni
Umumiy o„rta ta‟lim kimyo fanining davlat ta‟lim standartiga sharh. Kimyo
fanidan o„quvchilarning tayyorgarlik darajasi va zaruriy bo„limlar mazmuniga
qo„yiladigan talablar:
- modda, uning tarkibi, tuzilishi, xossalari, tarkibini bilish;
- kimyoviy elementlar va ularning birikmadagi valentligini hamda kimyoviy
formulani tuza bilish;
- kimyoviy qonunlar va nazariyalarni, atom-molekulyar ta‟limotni bilish;
- anorganik birikmalarning eng muhim sinflari: oksidlar, asoslar, kislotalar va
tuzlarning tarkibi, xossalari, qo„llanilishi hamda ular orasidagi genetik bog„lanishni
bilish;
- atom yadrosi tarkibi, elementlar zarrachalarni bilish;
- kimyoviy elementlar davriy qonuni va davriy sistemasini bilish;
- kichik va katta davr elementlarining atom tuzilishlarini hamda elektron
formulalarini tasavvur qila olish;
-
elektronlarni yadro atrofida harakatlanishi, kvant sonlar haqida tasavvurga
ega bo„lish.
- yadro reaksialari va sun‟iy radiaktivlik haqidagi tushunchalarga ega bo„lishi;
- kimyoviy bog„lanish turlarini bilish;
- kimyoviy reaksiyadagi asosiy qonuniyatlarni anglash;
- kichik davrda joylashgan kimyoviy elementlar tavsifini bilish;
- kislota, ishqor, tuzlarning dissotsiatsiyalanishini yoza olish;
-
ion almashinish tenglamalarini yoza olish;
- metall va metalmaslarning ayrim vakillari (vodorod, kislorod, galogenlar,
oltingugurt, azot, fosfor, uglerod, kremniy, ishqoriy metallar,
Ca, Mg, Al, Fe.
xossalari va qo„llanilishini bilish;
- buyuk allomalarimiz va ularning kimyo fani rivojiga qo„shgan hissalari
haqida tasavvurga ega bo„lish;
- O„zbekistonda olinadigan kimyoviy xom ashyolar va ularning mohiyatini
anglash;
- organik moddalarning tuzilishini tushuntira olish;
-
Organik
brikmalarning
to„yingan
uglevodorodlar,
to„yinmagan
uglevodorodlar, bezol, bir atomli to„yingan spirtlar, fenollar, sirka aldegidi, sirka
kislotasi, aminlar, anilin, uglevodlar, aminokislotalar, oqsillar qo„llanilishini
tushuntira olish.
- anorganik kimyoga oid masalalar yecha olish;
-
polimerlarning xossalari va qo„llanilishini tushuntira olish.
- kimyoviy reaksiyalar va jihozlardan foydalana olish;
- kimyoviy ishlab chiqarish jarayoni, kimyoviy moddalardan foydalanishni
ekologik nuqtai nazardan tushuntira olish.
Umumiy o„rta ta‟lim maktablarida kimyo ta‟limining ahamiyati, uning xalq
xo„jaligi taraqqiyotida, ishlab chiqarish sohasida va kundalik hayotda tutgan o„rni
bilan belgilanadi. Maktabda kimyo fanini o„qitish ta‟limining umumiy
maqsadlariga xizmat qilishi, ya‟ni o„quvchilarning ilmiy dunyoqarashi, mantiqiy
tafakkur qila olish qobiliyati, aqliy rivojlanishi, o„z-o„zini anglash salohiyatini
shakllantirishi va o„stirishi, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarkib
toptirishi hamda ijtimoiy hayotlari va ta‟lim olishni davom ettirishlari uchun zarur
bo„lgan bilimlarni egallashi lozim.
Umumiy o„rta ta‟lim maktablarida kimyo ta‟limining asosiy vazifalari sifatida
quyidagilar keltirilgan:
-
o„quvchilarni kimyoviy hodisalar, tushunchalar, kattaliklar, modellar,
qonunlar, kimyoning amaldagi tadbiqlari, olamning kimyoviy manzarasiga oid
bo„limlar bilan tanishtirish.
- kimyodan masalalarni mustaqil ishlash, kimyoviy jarayonlarni kuzatish va
ularni tushuntira bilish ko„nikmalarini shakllantirish;
-
kimyoga oid jihozlar, asboblar va moddalardan foydalanish, amaliy va
labaratoriya ishlarini bajarish, ularning natijalari asosida hulosalar chiqarish,
jihozlar, asbob va moddalar foydalanishida xafsizlik qoidalariga rioya qilish
malakalarini mustahkamlash.
-
o„quvchilarni fan tehnika taraqqiyoti kimyo qonunlarining amalda
qo„llanilishi bilan tanishtirish.
- o„tgan asrlarda yashab, ijod etgan buyuk mutafakkirlar va hozirgi davr
Vatanimiz kimyogar olimlarining faoliyati bilan tanishtirish;
- ta‟lim mazmunini tevarak-atrofdagi, mahalliy va tarixiy materiallar bilan
bog„lash orqali o„quvchilarni milliy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;
- ta‟lim mazmunini ijtimoiy hayot va texnika taraqqiyoti bilan bog„lash orqali
o„quvchilarni ongli ravishda kasbga yo„naltirish, o„rta maxsus, (akademik litsey)
yoki kasb-hunar (kollej) ta‟lim muassasalarida o„qishni davom ettirishlari uchun
zamin tayyorlashdan iborat.
Umumiy o„rta ta‟lim maktablarida kimyo ta‟limi oldiga qo„yilgan
vazifalarning bajarilishini ta‟minlash va nazorat qilish ushbu Davlat ta‟lim
standarti orqali amalga oshiriladi.
Kimyo ta‟limi mazmunining majburiy minimum umumiy o„rta talim
maktablarida o„quvchilarga kimyo fanidan berilishi zarur bo„lagan ta‟lim
maazmunini ifodalaydi. Maktab kimyo talimi mazmunini belgilashda 9-sinfni
tugatgan yoshlar anorganik va organik kimyo kursidan malum darajada
tugallangan bo„limga ega bo„lishlari zarur ekanligi inobatga olingan.
O„quvchilar quydagi fundamental nazariyalar, kimyoviy tilni o„zlashtirishni
va kimyoviy tajribalar hamda hisoblashga doir masallalarni bilishlari shart.
7-sinf
Fundamental nazaryalarning kimyoviy element, kimyoviy belgi, elementning
nomlanishi, oddiy va murakkab moddalar, nisbiy atom massa, kimyoviy formula,
nisbiy molekulyar massa, ekvivalent, elementning birikmadagi massa usuli, modda
miqdori, molyar xajm, gazlarning zichligi, kimyoviy reaksia turlari, moddalar
massasining saqlanish qonuni, oksidlar, asoslar, kislotalar, va tuzlarning hossalari,
olinishi, toifalanishi, ular orasidagi genetic bog„lanish.
Kimyoviy tilni o„zlashtirish:elementlarning kimyoviy belgilarining to„g„ri
yoza olish, nomini ayta olish nisbiy atom massa, nisbiy molekulyar massa, mol
tushunchalar, murkkab modalarning formulalari ularning tarkibini tashkil qilgan
elementlarning valentliklarim, oksidalar, asaoslar, kisdlatalar, tuzlarning
tarkibidagi farqini to„g„ri ajratib va ularni nomlarini to„g„ri atash, noorganik
birikmakarning asosiy sinflari orasidagi genetik bog„lanishni isbotlovchi tajribaviy
masalalarning sxemalarini to„g„ri o„qish.
Kimyoviy tajribalar: maktab kimyo xonasida mavjud bo„lgan jihozlarning
nomlari, ishlatish vaqti va qanday maqsadda ishlatilishi, tajriba o„tkazish uchun
zaruriy asboblarni yig„ish, moddani tortish, o„lchash, qizdirish, tindirish, filtrlash,
kislota, ishqor, yonuvchan moddalar bilan ishlashda ehtiyot choralarini bilish,
eritmalar tayyorlash, labaratoriya ishlarini bajarish, tahlil qilish va natijalarni yozib
berish.
Hisoblashga doir masalalar: moddalarni nisbiy molekulyar massalari, ular
tarkibidagi ayrim elementlarning massa ulishlarini toppish, ekvilanentlar va
massaning saqlanish qonunini, gaz moddalari orasida boradigan kimyoviy reaksiya
tenglamalarini tuzganda massa, hajm nisbatlarida hisoblashlari bilish.
II. O„quvchilar quyidagi kimyoviy jarayonlarni nazariy fundamental bilimlar,
kimyoviy tilni o„zlashtirish, kimyoviy tajribalar bajarish va hisoblashga doir
masalalarning yechishni bilishlari shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |