Pedagogika instituti maxsus pedagogika kafedrasi inklyuziv ta


-mavzu: O’zbekiston respublikasida inklyuziv ta‘limni qo‘llab –quvvatlashning huquqiy asoslari va amaliy tajribalar



Download 3,37 Mb.
bet6/68
Sana23.01.2022
Hajmi3,37 Mb.
#405241
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
Bog'liq
inklyuziv ma`ruza 3-sem

3-mavzu: O’zbekiston respublikasida inklyuziv ta‘limni qo‘llab –quvvatlashning huquqiy asoslari va amaliy tajribalar

Reja:

1.Inklyuziv ta’limni joriy qilish davr talabi sifatida.

2.Inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilishga xorij tajribasini o’rganish.

3.Inklyuziv ta’limning afzallik jihatlari.


Tayanch so’zlar: Alohida ehtiyojli bolalar, Maxsus ta’lim,

Adabiyotlar:

1.Ture Yonson -”Inklyuziv ta’lim”- Opereyshen Mersiy”, Toshkent-2003 yil. O’qituvchilar uchun qo’llanma.

2. Roy Mark Konki ”Inklyuziv sinflarda o’quvchilar ehtiyojlarini anglash va bu ehtiyojlarni qondirish” Toshkent-YuNESKO-2004yil. O’qituvchilar uchun qo’llanma.

3.”Maktablr hamma uchun”- “Bolalarni qutqaring jamg’armasi” tomonidan chop etilgan -2002 yil.

4.”Dakarskie ramki deystviy”- YuNESKO-2000 yil. Frantsiyada chop etilgan.

5.”Problemы v klyucheniya detey so spetsal’nыmi obrazovatel’nыmi potrebnostyami v obsheobrazovatel’nыy protsese” Materialы respublikanskogo seminara Almatы.- Almatы «Raritet» 2002 yil.

Har bir shaxsda mehr olish, e’tiborda bo’lish, himoyalanish, shaxsiylik faoliyatini ruxlantirish kabi ehtiyojlar mavjud. Nogiron odamlar ham bundan mustasno emas, lekin bundan tashqari ularning alohida shaxsiy ehtiyojlari ham mavjud. Xatti- harakatlari, qiziqishlari, qobiliyatlari va boshqa jihatlariga asoslangan holda nogironliklari o’xshash bo’lgan taqdirda ham ular bir-biridan farq qiladi. Masalan: ikkita nogironligi bir xil bo’lgan bolalarning biri ijobiy, ruxlantiruvchi muhitda yashash mumkin, ikkinchisi esa salbiy, ko’ngilni qoldiruvchi muhitda yashashi mumkin. SHu sababli ularning ikkalasi nogiron bo’lsada, bu ularga bir xil yordam ko’rsatilishi kerak degani emas. Ularning ehtiyojlari yakkama-yakka holda qondirilishi lozim. Ushbu muammoni muhimligi amaliyotda tan olingan.

Har bir bola shaxs sifatida mukammaldir va har bir bola hayotga moslashish va rivojlanish uchun yordamga muhtojdir.

Ba’zi bir bolalar boshqalardan ko’ra ko’proq yordamga muhtojdir. Boshqalari esa hayotning ma’lum bir paytida yoki butun hayotlari davomida maxsus yordamga muhtojdirlar. Masalan, maktabda ta’lim olayotgan chog’larida. Bu kabi maxsus qo’shimcha yordam «Maxsus ta’limga borib taqaladi» Hozirgi kungacha umumiy ta’lim maktab tizimi vakillarining «Bular bizning bolalarimiz emas. Ular maxsus ta’limga qarashli», degan gaplarini juda ko’p eshitganmiz. SHu kabi masalalar bugungi kunda nogiron guruhlarga asoslangan klassifikatsiyali va maxsus ta’limga muhtoj bolalar tushunchasini o’zgartirishga asos bo’lmoqda. Umumta’lim maktablarida nuqson turiga ko’ra sharoit yaratilsa, ko’pchilik maxsus ta’limga muhtoj bolalarning ehtiyojlarini oddiy maktabning o’zida ham maxsus dastur, darsliklar va yordamchi texnik vositalarni qo’llash asosida amalga oshirish mumkin.

Jamiyat o’z a’zolariga javobgarlikni o’z bo’yniga olmas ekan, maxsus yordamga muhtoj bolalarning asosiy muammolarini hal etishga, ijtimoiy integratsiyaga erishish qiyin. Imkoniyati cheklangan bolalarnining ta’lim-tarbiyasida teng teng huquqlilik muammosini hal etish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir, chunki juda ko’plab bolalar turli sabablarga ko’ra ta’limdan chetda qolib ketmoqdalar. Inklyuziv ta’limga jalb qlishning tashkiliy, ilmiy-uslubiy choralarini ko’rib chiqish, ya’ni mutaxassislarni tayyorlash, malakasini oshirishga oid tadbirlarni ishlab chiqish lozim. Alohida yordamga muhtoj bolalarni umumta’lim muassasalariga jalb qilishning ikki asosiy omili bor.



Birinchidan, maxsus ehtiyojga ega bo’lgan bolalar ham sog’lom bolalar bilan birgalikda o’zaro faoliyat ko’rsatishlari mumkin. Inklyuziv ta’lim maqsadga muvofiq tarzda tashkil etilsa, maxsus ehtiyojli bolalar ijtimoiy tomondan himoyalanadilar, sog’lom bolalar esa ijtimoiy adolat va tenglikning tan olinishi buyukligini, nogiron bolalarga nisbatan yanada mehribon va e’tibor bilan munosabatda bo’lishni his etadilar.

Ikkinchidan, nogiron bolalar ham sog’lom tengdoshlari bilan yonma-yon o’qish, tarbiyalanish huquqiga ega ekanligi amalda o’z isbotini topadi.

Bu ishlarning muvaffaqiyati har bir davlatning qonunlarida aks etishi zarur. CHunki qonunlar, ularni kerakli moddiy va ma’naviy resurslar bilan ta’minlanishini amalga oshirishni kafolatlaydi. Imkoniyati cheklangan o’quvchilarga ta’lim berishda ota-onalar, mahalla, pedagoglar, mutaxassislar hamkorligida faoliyat ko’rsatish talab qilinadi va majburiy hisoblanadi.

Alohida ehtiyojli bolalar ham sog’lom tengdoshlari bilan birgalikda o’z qobiliyati darajasida faoliyat ko’rsatishi, ta’lim olishi, kasb-hunar o’rganishi va o’z qobiliyatini rivojlantirishi mumkin. Inklyuziv ta’lim maqsadga muvofiq tarzda tashkil etilsa, maxsus yordamga muhtoj bolalar ijtimoiy tomondan himoyalanadilar, ijtimoiy hayotda teng huquqli ekanliklarini, o’z tengdoshlari bilan birga bilim olishlari mumkinligini his etadilar.

Alohida ehtiyojli bolalar uchun tashkil etilgan segregatsion - maxsus, yopiq turdagi muassasalarda bolalardagi mavjud nuqsonlar ancha-muncha yuqori darajada korrektsiyalansada, ammo bolalarning maktab jamoasi bilangina chegaralangan tor doiraga tushib qolishlari natijasida ijtimoiy jamiyatga moslashishi, kelajakda sog’lom bolalalar qatori faoliyat yuritishlarida juda katta qiyinchiliklarga duch keladilar. Bundan tashqari maxsus ehtiyojli bolalarni barcha qatori keng jamoatchilik davrasidan ajralgan holda yashashlari ham demokratiya nuqtai nazariga to’g’ri kelmaydi. CHunki maxsus ehtiyojli bolalar ham barcha qatori haq- huquqlargaega.

Inklyuziv ta’lim masalasi XX asrning 90-yillaridan boshlab barcha mamuriy diqqat markazida bo’lib qoldi. Janubiy Afrika va Janubiy-SHarkiy Osiyodagi integratsiyalashgan ta’lim dasturlari asosida yakuniy ish hujjatlari o’rganilib chiqildi. Natijada barcha davlatlarning Ta’lim vazirliklarida maxsus maktablar qoshidagi alohida bo’limlarga muqobil sifatida inklyuziv ishlash uslublari tavsiya etildi.

Inklyuziv ta’limga bo’lgan ehtiyoj uning jamiyatga va maxsus ehtiyojli bolalar uchun quyidagi foydali jihatlari mavjudligidan kelib chiqadi:

inklyuziv ta’lim maxsus ehtiyojli bolalarga doimo o’z oilasi, mahallasi va qarindosh - urug’lari davrasida bo’lishga imkon beradi;

inklyuziv ta’lim barcha uchun, ta’lim sifatini yaxshilashga olib keladigan katalizator bo’lib xizmat qilishi mumkin;



  • bolalarni turar joylaridan uzoqda bo’lgan internatlarga joylashtirish ularning uyi, oilasi, jamiyat hayotida ishtirok etish huquqiga to’sqinlik qiladi;

  • uyidan, oilasidan, ota-ona mehridan uzoqda bo’lgan bola diydasi qattiq bo’lib o’sadi, chunki oila tarbiyaning bosh markazidir.

  • Maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim muassasalariga qabul qilinishi yanada faolroq va ko’proq o’quvchilarnn hamraydigan yangi o’qitish uslublarini ishlab chiqishga undaydi. Buning nafi esa barcha bolalarga tegadi.

Jamiyatda nogironlarga nisbatan yanglish fikr va munosabat mavjud. Ular haqidagi ma’lumotlarning kamligi va yoshligidan maxsus muassasalarda yopiq tarzda ta’lim-tarbiya berilishi bunga sabab bo’lishi mumkin. Bunday munosabatni yo’qotish yoki, kamaytirish ancha mushkul ishdir. Lekin tajribadan shu narsa ma’lumki, kattalarga nisbatan bolalar farqli za o’xshashlik jihatlarni tezrok anglar ekanlar. Agarda maxsus ehtiyojli bolalar me’yorida rivojlanishdagi bolalar bilan birgalikda ta’lim-tarbiya olsalar, bu barcha bolalarni nogironlarga nisbatan o’zlari singari bola ekanliklarini anglab, kamsitmasliklarini ta’minlagan bo’lar edi.

1). Maxsus yordamga muxtoj bo’lgan bolalar ta’lim-tarbiyasi ularni ukish va yozishga o’rgatish muammolarini ijtimoiy xayotga moslashtirishga kumak berish, bu ishlarni samarali amalga oshirish, maxsus soxa xodimlari hamda nogron bolalar ota-onalariga amaliy yordam berish kabi masuliyatli ishlar jumlasiga kiradi.

Maxsus yordamga muxtoj bolalar asosiy muamolarini ular o’zlari yashab turgan muxitdan, oiladan uzoqda ta’lim tarbiya berish bilan hal qilib bo’lmaydi. Jamiyat o’z a’zolariga javobgarlikni o’z buyniga olmas ekan, cheklab kuyilgan huquq va imkoniyatlar qaytarib berilmas ekan ijtimoiy integratsiyaga erishish qiyin.

Maxsus ehtiyojli bolalarni ta’lim tarbiyasida tenghuquqlilik muammosini hal etish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Ammo bugungi kunda ham juda ko’plab bolalar turli xildagi sabablarga ko’ra ta’limdan chetda qolib ketmoqdalar. Inklyuziv ta’limga jalb qilishning tashkiliy, ilmiy-uslubiy choralarini ko’rib chiqish ya’ni mutaxassislarini tayyorlash, malakasini oshirishga oid tadbirlarni ishlab chiqish lozim. Alohida yordamga muxtoj bolalarni umumta’lim muassasalariga jalb qilishning ikki asosiy omili bor:

Birinchidan, alohida ehtiyojga ega bo’lgan bolalar ham sog’lom bolalar bilan birgalikda o’zaro faoliyat ko’rsatishlari mumkin. Inklyuziv ta’lim maqsadga muvofiq tarzda tashkil etilsa, maxsus ehtiyojli bolalar ijtimoiy tomondan himoyalanadilar, sog’lom bolalar esa ijtimoiy adolat va tenglikning tan olinishi buyukligini nogiron bolalarga nisbatan yanada mehribon va e’tibor bilan munosabatda bo’lishni his etadilar.

Ikkinchidan, nogiron bolalar ham sog’lom tengdoshlari bilan yonma-yon o’qish, tarbiyalanish huquqiga ega ekanligi.

Bu ishlarni muvaffaqiyati xar bir davlatning qonunlarida aks etilishi zarur. CHunki, qonunlar, ularni kerakli moddiy va ma’naviy resurslar bilan ta’minlanishini amalga oshirishni kafolatlaydi. Imkoniyati cheklangan bolalar-o’quvchilarga ta’lim berishda, ota-onalar, mahallalar pedagoglar, mutaxassislar hamkorligida faoliyat ko’rsatishlarini talab qilinadi va majburiy shart hisoblanadi.

Alohida ehtiyojli bolalar ham sog’lom tengdoshlari bilan birgalikda o’z qobiliyat darajasida faoliyat ko’rsatish, ta’lim olishi, kasb-xunar o’rganishi va rivojlanishi mumkin. Inklyuziv ta’lim maqsadga muvofiq tarzda tashkil etilsa maxsus yordamga muhtoj bolalar ijtimoiy tomondan ximoyalandilar, ijtimoiy xayotda teng xuquqliligini, o’z tengdoshlari bilan birga bilim olishlari mumkinligini his etadilar. Alohida ehtiyojli bolalar uchun tashkil etilgan segregatsion-maxsus, yopiq turdagi muasasalarda bolalardagi mavjud nuqsonlar ancha-muncha yuqori darajada korrektsiyalansada, ammo bolalarning maktab jamoasidagi tor doiraga tushib qolishlari natijasida ijtimoiy jamiyatga moslashishi, kelajakda normal rivojlanishdagi boalalar qatori faoliyat yuritishlarida juda katta qiyinchiliklarga duch keladilar. Maxsus maktablar mana shu jihatlari bilan juda katta kamchiliklarga ega. Bundan tashqari maxsus ehtiyojli bolalarni barcha qatori keng jamoatchilik davrasidan ajratgan holda yashashlari ham demokratiya nuqtai nazariga to’g’ri kelmaydi. CHunki maxsus ehtiyojli bolalar ham barcha qatori haq-huquqlarga ega. SHuningt uchun ham 1990 yilda Djonpi’een (Tailand)da juda muxim koferentsiya o’tkazildi. Bu konferentsiya “Ta’lim hamma uchun” maqsadini shakllantirishga qaratilgan bo’lib, unga 155 ta davlat vakillari va 150dan ortiq nodavlvt tashkilotlari qo’shildilar. Tahlil shuni ko’rsatadiki, taxminan 10-15% bolalar maxsus ta’limga muxtoj ekanligi aniqlandi.

Djomtien (Tailan)da o’tkazilgan konferentsiya asosida “Ta’lim hamma uchun” shiorini qo’llab-quvvatlash va amaliyotga tadbiq qilishni tahlil etish maqsadida 1994 yilda YuNESKO tashkiloti va Ispaniya davlati bilan hamkorlikda Salamanka - Ispaniya umumjaxon konferentsiyasi o’tkazildi. Ushbu konferentsiya ishtirokchilarining maqsadi va vazifasi butun dunyodagi imkoniyati cheklangan bolalarning umumta’lim muassasalarida ta’lim olishlari uchun qulayliklar yaratish, maktabda o’qitish vazifasini amalga oshirish uchun maktab isloxotlarini o’tkazish zarurligi to’g’risida fikr-muloxazalar yuritishga qaratilgan edi.

2). Maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim muassasalariga jalb etishga bo’lgan ehtiyoj bu shunda namoyon bo’ladiki, ta’lim tizimidan butunlay chetda qolib ketayotgan maxsus ehtiyojli bolalarni ta’limga jalb etish, maxsus muasasalarga borishga yashash joyi juda uzoqda bo’lganligi yoki moddiy mablag’ning yetishmasligi yoki ota-onalarning o’z farzandini maxsus muassasaga borishini hohlamasligi oqibatida qiynlalayotgan ota-onlalargan ko’mak berish, maxsus ehtiyojli bolalarni ijtimoiy jamiyatga erta va to’laqonli moslashtirish, teng huquqlilik masalasini hal etish, kamsitishlarni oldini olishdadir.

Inklyuziv ta’lim masalasi 90-yillarning diqqat markazija bo’lib qoldi. Janubiy Afrika va Janubiy SHarqiy Osiyodagi integratsiyalashgan ta’lim dasturlari asosida yakuniy ish hujjatlari o’rganilib chiqildi. Natijada barcha davlatlarning Ta’lim Vazirliklarida maxsus maktablar qoshidagi maxsus bo’limlarga muqobil sifatida inklyuziv ishlash uslublari qabul qilindi.

3). Inklyuziv ta’limga bo’lgan ehtiyoj uning jamiyatga va maxsus ehtiyojli bolalar uchun quyidagi nafli jihatlari mavjudligidan kelib chiqadi:

Inklyuziv ta’lim maxsus ehtiyojli bolalarga doimo o’z oilasi mahallasi va qarindosh-urug’lari davrasida bo’lishga imkon beradi.

Bolalarni oilasidan, uyidan uzoqda bo’lgan iternatlarga joylashtirish ularning uyi, oilasi hamjamiyat hayotiga ishtirok etish huquqiga to’sqinlik qiladi. Uyidan, oilasidan, ota-ona mehridan uzoqda bo’lgan bola diydasi qattiq bo’lib o’sadi. CHunki oila tarbiyaning bosh markazidir.

Inklyuziv ta’lim barcha uchun ta’lim sifatini yaxshilaydi.

Inklyuziv ta’lim ta’lim sifatini yaxshilashga olib keladigan katalizator bo’lib xizmat qilishi mumkin. Maxsus ehtiyojli bolalrni umumta’lim muassasalariga qabul qilinishi o’quvchilarni yanada bolaga qaratilgan faolroq va ko’proq o’quvchilarni qamraydigan yangi o’qitish uslublarini ishlab chiqishga undaydi. Buning nafi esa hamma bolaga tegadi.

Inklyuziv ta’lim kamsitishlarni oldini olishga yordam beradi.


Download 3,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish