Pedagogika ham psixologiya tarawɪnɪń 1-kurs talabasɪ Begmuratova Shyrinniń



Download 23,38 Kb.
bet4/5
Sana27.06.2022
Hajmi23,38 Kb.
#708265
1   2   3   4   5
Bog'liq
Uzbek t

Uchinchi turdagi kitobxon zohiran “yaxshi” deb nom olgan oʻquvchining butunlay teskarisidir. Bu kitobxon shu darajaga yetgan shaxski, u hech kimga oʻxshamaydi. U – oʻz mutolaa saltanatida mutlaq hokim, hukamo, hukmdor. Kitobdan u na maʼrifat izlaydi, na vaqtichogʻlik. Kitobdan – bu yorugʻ olamda qolgan boshqa har qanaqangi narsa kabi – faqatgina boshlanish, yoʻnalish nuqtasi sifatida, istak, niyat, mayl sifatida foydalanadi. Unga aslida nima oʻqishning farqi yoʻq. U biror faylasufning asarini unga ishonib, taʼlimotini oʻrganib olmoq yoki uni tanqid qilib, unga qarshi harakat qilmoq uchun oʻqimaydi, biron-bir shoirni dunyoning qanday yaralganini tushuntirib berishi uchun mutolaa qilmaydi. Yoʻq, u hamma narsani oʻzi tushunadi, oʻzi anglay oladi. U, taʼbir joiz boʻlsa, komil inson. U hamma narsa bilan oʻynasha oladi: muayyan bir nuqtai nazar; qarash; fikr; tasavvur. Hamma narsani oʻyinga aylantirishdan ham koʻra foydaliroq va samaraliroq boshqa hech narsaga hojat qolmaydi. Agar bunday oʻquvchi kitobdan biron-bir sentensiya, yaʼni hikmatli soʻz, dono gap, hikmat topib olsa, eng avvalo, topilmaning astar-avrasini agʻdaradi. U azal-azaldan biladiki, har qanday haqiqatlarni inkor etish asl haqiqatdir. U maʼnaviyat sohasidagi har qanday fikr, qarash, nuqtai nazar qutb ekanligini va unga qarama-qarshi xuddi shunday zoʻr qutb ham mavjud ekanini azaldan yaxshi biladi. U yosh bolaga oʻxshab, assotsiativ[3] tafakkurni yetarli darajada qadrlaydi, biroq u boshqa narsalarni ham biladi. Shunday qilib, mazkur kitobxon yoki, toʻgʻrirogʻi, shu guruhga mansub har birimiz ham duch kelgan narsani – roman, grammatika, yoʻl qatnovi jadvali, bosmaxona namunalarini va boshqa har qanday narsani oʻqiyverishimiz mumkin. Fantaziyamiz va assotsiativ qobiliyatimiz munosib darajada boʻlgan paytda ham biz baribir qogʻozdagi bitiklarni oʻqimayotgan, lekin shu asnoda oʻqiganlarimizdan bizga yogʻilib turgan nurafshon yogʻdular, istak, niyat va mayllar oqimida suzayotgan boʻlamiz. Ular sahifalar, matnlar bagʻridan, shu bilan birga, bosma harflar terilgan ustunchalarda ham koʻrinishi mumkin. Hattoki, gazetada bosilgan eʼlon ham yangilik. Eng baxt-omadli, tantanavor fikr mutlaqo jonsiz soʻz zamiridan kelib chiqsa ham ajab emas, negaki, undagi harflarni, xuddi mozaikaga oʻxshab, dam bundoq, dam undoq aylantirib koʻraverish ham joiz. Bunday holatlarda hatto Qizil Shapkacha haqidagi ertakni qandaydir kosmogoniya[4] yoki falsafa yoxud goʻzal ishqiy poeziya yangligʻ mutolaa qilish durust. Allaqanday sigara qutisidagi “Colorado maduro” degan yozuvni shunchaki oʻqib, ushbu soʻzlar, harflar va tovushlar oʻyiniga berilib ketgach, ilm, xotira va tafakkurning barcha yuzta saltanati boʻylab, yurakdagi orzuga aylangan olis sayohatga otlanmoq ham mumkin.
Biroq shu oʻrinda – mutolaa ham shunaqa boʻladimi? – deya meni yozgʻirishlari tabiiy. Xoʻsh, aytaylik, Gyoteni oʻqiyotib, Gyotening niyat, maqsad, oʻy va fikrlarini uqish, idrok etish va chuqur anglash oʻrniga oʻzini goʻyo qandaydir eʼlonni yoki boʻlmasam, tasodifiy terilgan harflar uyumini tomosha qilayotgandek tutadigan odamni, umuman, kitobxon deb atab boʻladimi? Mutolaaning soʻnggi – uchinchi darajasi deb ataganimiz aslida kitobxonlikning eng past, eng bachkana, eng varvarlarcha turi emasmikin mabodo? Bunday oʻquvchidan Hyolderlin
Download 23,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish