Topshiriq va savollar.
Turmushdan qoniqish hosil qilishning asosiy omil va sabablarini taxlil qiling.
Er - xotinning mutanosibligi haqida ma’lumot bering.
Er - xotin mutanosibligiga temperament xususiyatlari va boshqa omillaming ta'sirini yoriting.
Ota-ona oilasining er-xotinlar munosabatlariga ta'siri.
Vaziyat
Saida Hamidovna universitetni tugatib, shahardagi kasb-hunar kollejiga o`zbek tili va adabiyoti fani bo`yicha o`qituvchi bo`lib ishga joylashganiga ham 15 yil bo`libdi. U 201 bank ishi guruhiga rahbarlik qiladi. Guruhida 25 ta o`quvchining 10 tasi o`g`il va 15 tasi qiz bolalar. Saida Hamidovna rahbarlik qilayotgan guruh o`quvchilari bir-biri bilan do`st-inoq. Mana ikki yildirki, uning guruhida biror noxush voqea sodir bo`lganicha yo`q. Davomat, tartib-intizom masalasida u hech kimdan shikoyat eshitmagan. Bu masalada Saida Hamidovnaning ko`ng tinch.
Bugun Saida Hamidovnaning o`z guruhida darsi bor. Qo`ng`iroq chalingach, o`qituvchilar xonasidan guruh jurnalini oldida, birinchi qavatda joylashgan 12-xonaga qarab yurdi. Guruh xonasiga kirib, o`quvchilarni bir-bir ko`zdan kechirdi. Negadir Murodjon ko`rinmas edi.
Salom, bolalar!
Assalomu alaykum!
Murodjon qani? U maktabga kelmadimi?
U kasal ekan, ustoz,- javob berdi Olimjon. Olimjon Murodjonning o`rtog`i, bundan tashqari ularning uylari ham bir joyda.
Murodjon o`ziga to`q, ziyoli oilaning kenja farzandi. O`zidan katta aka-opalari universitetda o`qiydilar. Murodjon a’lochi, o`z intellektual salohiyati bilan guruhdoshlaridan ajralib turadi. Uning yaxshi o`qib, ulg`ayishi uchun oilada hamma sharoitlar yaratilgan. “Ha, mayli, kasal bo`lib qolgandir-da”,- degan hayol bilan Saida Hamidovna darsni boshlab yubordi.
SHu zaylda 3 kun vaqt o`tdi. Har gal Saida Hamidovna Murodjon haqida bolalardan so`raganda, ular uning kasal ekanligini aytishar edi. Saida Hamidovna bir necha marta Murodjonning uyiga borishga hozirlandi-yu, keyin “Ha, mayli, axir u aldaydigan bola emas-ku, kasaldan tuzalsa, kelib qolar”,- degancha yuraverdi. Murodjondan darak bo`lavermagach, uning uyiga borishga qaror qildi.
Saida Hamidovnani Murodjonning kata akasi Mansurbek kutib oldi. U ukasining guruh rahbarini ko`rib, hmmasini tushundi.
Assalomu, alaykum, Xush kelibsiz!
Vaalaykum assalom, xushvaqt bo`ling! Murodjon tuzukmi? Nima bo`ldi?
Mansurbek gap nimada ekanligini tushundi,va ustozga xammasini batafsil tushuntirib berdi...
Vaziyat aniqlanishicha, Murodjon ota- onasining ajrashayotganidan qayg`uda va umuman maktabga borishni istamayotgan ekan...
(Hayotiy voqea)
Do'stlaringiz bilan baham: |