Ota – ona keksaygan vaqtida xizmatlarini qilib duolarini olmasdan
jannatga kira olmagan kishi haqida
21-hadis. Abu Hurayra aytadilar:Rasululloh:””Xor bo’lsin,xor bo’lsin,xor bo’lsin!”-
deb o’n martaba takror qildilar. Shunda sahobalar:” Yo Rasululloh, kimni
aytayapsiz?”- deb so’rashdi.Rasululloh:”Ota-onasining ikkalasi,yoxud bittalari
keksayib qolgan vaqtida (ularni rozi qilmay ) o’zini do’zaxga tushishga mubtalo
qilgan kishini”,- dedilar.
Qo’shnilarning eng yaxshisi haqida
114-hadis. Abdulloh ibn Amr ibn al-Os aytadilar.Rasululloh sallollohu alayhi va
sallam:”Suhbatdoshlarning eng yaxshisi xushfe’l va ko’ngilga ma’quli va
qo’shnilarning ham eng yaxshisi qo’shnisiga munosabatda mumtozidir”,-dedilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |