Pedagogika fakulteti Pedagogika va psixologiya ta’lim yo`nalishi


Ulamolar Imom Al-Buxoriy xususlarida



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/28
Sana10.03.2022
Hajmi0,88 Mb.
#487888
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28
Bog'liq
imom al-buxoriy talimotining oquvchilar tarbiyasidagi orni (1)

Ulamolar Imom Al-Buxoriy xususlarida 
Imom al-Buxoriy butu Islom olamida ko’plab buyuk mutafakkir va yirik 
muhaddislar yetishib chiqqan bir muborak asrda yashadilar. Alloh taollohning 
cheksiz fazlu karami tufayli Imom al-Buxoriy beqiyos yuksaklikka erishdilar.Jamiki 
zamondosh ulamolar ul kishining ilm quvvati hofiza va aqlu idrok bobida o’zlaridan 
ustun ekanliklarini tan olishib,sha’nlariga qizg’in olqishu maqtovlar qilishdi. 
Imom al-Buxoriyning bolalik chog’larida ulamolar:” Bu inshoolloh buyuk olim 
bo’ladi” ,- deyishar edi,ular aytgandek bo’ldi.Quyida mazkur ulamolarning Imom al-
Buxoriy haqilardagi xabarlardan namunalar keltiramiz. 
Aya-Asqaloniy bunday deydilar: “ Imom al-Buxoriy: “G’iybat harom ekanligini 
bilganimdan buyon sira birovni g’iybat qilmadim. 
Imom Abu Abdulloh Shamsuddin Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon az Zahabiy 
bunday deb yozadilar: “(Imom al-Buxoriy) zakovat vujudinin ham, ilm vujudining 
boshi edilar”. 
Holid ibn Ismoil bunday deydilar: “Ma’rifat ahli hadis talabida Muhammad ibn 
Ismoilning ortlaridan to’da-to’da bo’lib ergashib yurishar edi. Shunda ming-minglab 
hadis toliblari ui kishini duch kelgan yerda to’xtashga va hatto yo’l chetiga o’ltirishga 
majbur qilishib , hadislar yozib olishar edi. O’sha kezlarda ul kishini hali soqoli 
chiqmagan bir bola edilar.
Imom Ishoq ibn Rohvayh hadis toliblariga bunday deb xitob qilgan ekanlar: “Ey 
hadis ashoblari! Bu bola (Muhammad ibn Ismoil)ga nazar qilingizlar undan hadislar 
yozib olingizlar! Chunki,bu bola agar Hasan ibn Abul hasan al basriy zamonida 
bo’lganida ,ul kishi buning hadis bobidagi bilimni va fiqhga albatta muhtoj bo’lur 
edi. 
Imom al-Buxoriy vafot etganlarida Yahyo ibn Ja’far al- Poykandiy: “Muhammad 
ibn Ismoilning o’limi- limning olimi demakdir”,-deb aytgan ekanlar. 
Ismoil ibn Abu Uvays shogirdlari Imom al-Buxoriyga o’z kitoblarini topshirib,undagi 
hadislarning sahihlarini ajratib bermoqlarini iltimos qilgan ekanlar.So’ng, ul kishi 


35 
doimo:” Bu sahih hadislarni ozim to’plagan hadislar orasidan Muhammad ibn Ismoil 
ajratib bergan!”,- deb faxrlanib yurar ekanlar. 
Bir kuni hadis toliblari to’planishib, Imom al-Buxoriyning huzurlariga 
kelishibdida,ul-kishiga:”Ey Abu Abdulloh! Ustozingiz Ismoil ibn Abu Uvaysga 
aytsangiz, bizga ilmi hadisdan bundan ham ko’proq dars bersalar!”,- deyishdi. 
Chunki,Ismoil ibn Abu Uvaysga shogirdlari -Imom al-Buxoriyni behad hurmat qilar 
edilar.Imom al-Buxoriy ularning iltimoslarini ustozlariga yetkazib edilar, ul kishi
hadis toliblarining ilmi nabaviyyani o’rganishga ishtiyoqlari yanada ortganidan
g’oyatda mamnun bo’lib,rozilik bildirdilar. So’ng o’z joriyalarini chorladilarda , 
unga: “Bir xalta dinor olib chiq!”,- dedilar. U dinorlarni olib chiqqach, Imom al-
Buxoriyga uzatib:” Buni ularga taqsimlab beringiz!”,- dedilar. 
Imom al-Buxoriy hayron bo’lib:”Agar, ular sizdan buni emas, hadis darslarini
ko’paytirmog’ingizni so’rashib ediku?!”,-dedilar. Shunda shayx Ismoil Imom al- 
Buxoriyga :”Ularning siz orqali qilgan talablariga rozilik bildirdim, endi men
buning ustiga dinorlarning ham qo’shilmog’ini istayman!”,-deb javob qildilar.
Abdon ibn Usmon al-Marvaziy:”Men bu boladan ko’ra donoroq kimsani o’z
ko’zim bilan ko’rgan emasman!”,- deya Muhammad ibn Ismoilga ishora
qildilar. Muhammad ibn Qutayba al- Buxoriy bunday deydilar:”Men Abu Osim 
an-Nabaviyning hazurida bo’lgaimda, u yerdagi bir bolani ko’rib:”Bu bola
qayerlik?”,- dedim. Abu Osim:”Buxorodan”,-dedi.Men:”Kimning o’g’li?”,-dedim. 
U:”Ismoilning o’g’li?”,-dedi. Keyin, men o’shal bolaga: “Sen mening
qarindoshlarimdan ekansan”,-dedim. Shunda Abu Osimning huzuridagilardan
biri:”Bu bola qo’chqorlar bilan so’zlashadi”(ya’ni, Buyuk allomalar bilan
bellashadi”),-dedi”. 

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish